Oila psixologiya


Og‘ishgan hulqning turli sbakllarida ijtimoiy psixologik aralashuv strategiyalari


Download 489 Kb.
bet6/11
Sana14.04.2023
Hajmi489 Kb.
#1357868
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
CHORIYEV BAHROM Kurs ishi

1.3. Og‘ishgan hulqning turli sbakllarida ijtimoiy psixologik aralashuv strategiyalari
Psixologik koireksiya - bu keng ma’noda amaliy psixologiyaning shunday shakli va usuldagi faoliyatki, bu faoliyat insonni ruhiy, aqliy va shaxsiy rivojlantirishdagi zaifliklarni tuzatishlarga qaratilgan bo‘ladi.
Psixologik korreksiyasining maxsus bo‘lgan ma’nosi psixolog “nimani tuzatmoqchi” bo‘lishiga bog‘liqdir. Masalan: bilim olishga boigan intilish koneksiyasi, deviant xulqining korreksiyasi, o‘zaro muloqot kelishmovchiliklarning korreksiyasi. Psixokorreksiva, konsultativ psixologiya (maslahat berish) bilan uzviy bog‘liq, u psixologiyaning mustaqil bo‘limidir.
Aynan, yakka tartibdagi ruhiy maslahatlar turli hayotiy, shaxsiy va boshqa shu turdagi muammolari bor insonlarga yordam beradi. Maxsus tashkil etilgan muloqot-suhbat davomida psixolog yordamida shaxs o‘zidagi bor kuchlami safarbar qila olishi mumkin.
Aynan, shu qo‘shimcha ruhiy kuch-quvvat va qobiliyat, insonning qiyin muammoli holatlardan chiqishga yordam beradi. Maslahat berish usullarini quyidagicha tuzish mumkin:

  1. Hayotiy ko‘nikmalar, treninglar

  2. Insonlarning o‘zaro aloqalarining treningi;

  3. Muammoni hal qilish va muhim qaror qabul qilish treningi;

  4. Qobiliyatlami yunaltirish va rivojlantirish;

  5. 0 ‘zining rivojlantirishga, o‘z ustida ishlashga yordam.

Bu usuldagi treninglardan guruh ichidagi va oilaviy psixologiyada, psixoterapiyada foydalaniladi, shu usullar vositasida muammoli vaziyatga shaxsning boshqalar bilan kelisha olmaslik xususiyatlarini to‘g‘rilash kiritiladi (psixokorreksiya). Psixokorreksiya va rivojlanish kamchiliklarni tuzatish va shaxsning shakilanishi jarayonida yuz bergan me’yordan chiqishlarni hal qilish: shaxsning sog‘lom ruhiy rivojlantirishga sharoit yaratish. Korreksiyaning maqsad va vazifalari:
- ruhiy rivojlantirish jarayonini to‘g‘rilash, o‘quvchilaming salbiy fikr, hatti-harakatlariga o‘zgartirish kiritish;
- o‘quvchilarning qiziqish, faolligmi bilish jarayoniga bo‘lgan intilishlarini rivojlantirish maqsadida ularning aqliy sustkashligini to‘g‘rilash;
- bolalar va o‘smirlaming ijtimoiy me’yorlarga, qadriyatlarga, o‘z deviant xulqi sabab, oqibatlariga, atrof-muhitga, maktab hayotiga moslasha olmaganliklami to‘g‘riIanishi;
- o‘smirlarga, ularning ota-onalari, o‘qituvchilariga, tarbiyachilarga psixokorreksiyaning shaxsni rivojlantirish uchun qanchalik muhimligini tushuntirish.
Psixologik maslahatlar — o‘smirlarga, ota-onalarga, vasiy-homiylarga, o‘qituvchi va tarbiyachilarga ularning muammoli vaziyatlarni hal qilish uchun ko‘rsatiladigan ruhiy yordam. Ichki ruhiy quvvatni jamlay olishni o‘rgatish.
Maslahatlarning maqsad vazifalari:
- ota-onalarga bolalarning yoshiga va ijtimoiy ruhiy xususiyatlariga qarab savollariga javob berish ularning rivojlantirishdagi kamchiliklarni yengib o‘tib, to‘g‘rilab o‘zgartirish;
- o‘smir o‘g‘il va qizlarga kattalar, tengdoshlari bilan kechadigan o‘zaro muloqotlardagi qiyinchiliklari, shaxsiy, kasbiy muammolarni chetlab o‘tishi haqida maslahat berish;
- o‘smirlarning o‘z ‘‘men”ini shakllantirib, o‘ziga hurmat bilan qarashni, o‘z ustida ishlashni, o‘zidagi kamchiliklarni amalda tuzatish ko‘nikmalarini shakllantirishni o‘zgartirish.
Deviant xulqli o‘smirlar va voyaga yetmagan huquqbuzarlar bilan yakka tartibdagi korreksiya ishlarini quyidagi uslublarda olib borish tavsiya etiladi:
1. “Psixoterapevtik oyna” vositasi - o£zini tashqaridan ko£rishga imkoniyat yaratib, shartli ravishda o£zini tushunishni rivojlantirish;
2. “Muqobil yo‘llar” vositasi - noto‘g‘ri axloq-odob me’yorlarini namoyon qilgan o‘smirga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish;
3. “O‘rniga-o‘rin” vositasi - xarakterida, fe’l-atvoridagi bo‘shanglik, iroda va kuchli mhiy quvvat kabilar bilan o‘rniga-o4nn almashtirish, to‘ldirish taklif kilinadi;
4. “Ijobiy ijtimoiy faoliyatni singdirish” vositasi - psixologning salbiy dunyoqarashni o‘zgartirib, ijobiy fikrlashga ta’sir qilishi;
5. “Ma’naviy immunitet hosil qilish” usuli - namunaviy, ideal axloq-me’yorlariga ega bo‘lishni maktabdan, hayotdagi misollardan keltirish, ba’zi insonlarning salbiy ta’siriga qarshi immunitet hosil qilish;
6. “Ko‘rsatmalar, qoidalar” usuli - oilaviy psixoterapiya vositasida oila a’zolarining qilishi kerak bo‘lgan ishlari qonun-qoidasini belgilaydi. KoVsatmalar turlicha bo‘lishi mumkin: nimadir qilish, nimanidir qilmaslik. Bu qonun-qoidalar to‘g‘ri va qarama-qarshi ko‘rinishdagi qonun-qoidalar;
7. “Ishontira olish” vositasi - ta’sir o‘tkazish sifatida harakatlanayotgan inson - psixolog yoki pedagogning boshqa ta’sir etuvchi insonning xulqiga, o‘ziga bo‘lgan munosabatiga, boshqalarga boigan munosabatiga, muammoni yaxshilikcha hal qilishga xizmat qiluvchi axborot vositasi;
8. “Ijtimoiy me’yorlarning to‘g‘rilanishi” vositasi - insonning shaxsiy shakllangan dunyoqarashlari, xususan, “o‘qishga, ishga”, “o‘ziga”, “boshqalarga” “kelishmovchiliklar”ga bo‘lgan qarashlarini to‘g‘rilash. Agar shu vosita yordamida faoliyat olib borilsa, unda muvaffaqiyatga erishish uchun kerakli dunyoqarashni shakllantirishga urinish kerakki, bunday dunyoqarash namunasi xulq-atvor qoidalarini madaniy, ijtimoiy majmuasining ideal shakli bo‘lib xizmat qilsin.
Yuqorida berilgan barcha to‘g‘rilash usullari deviant o‘spirinlarning shaxsiy xususiyatlari jumladan, “o‘ziga”, “boshqalarga”, “nizolarga” bo‘lgan munosabatlarini to‘g‘rilaydi. Muammolarni to‘g‘ri tuzatadi. Shu bilan birga bu usullarni qo‘llash jarayonida ruhiy maslahatlar va ruhiy treninglarga ahamiyat berish lozim. Shunday kompleksli (jamlangan) yondashilgandagina deviant xulqli o‘smirlarni to‘g‘rilash ishlari yaxshi natija bera oladi. Deviant xulqli o‘smirlar axloqi va shaxsiy xususiyatlarini to‘rilash ishlarida ijobiy xislatlarni shakllantirish, rag‘batlantirishi muhimdir.

Download 489 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling