Oila psixologiya
II.Bob: JINOYAT PROTSESSUAL PSIXOLOGIYASI
Download 489 Kb.
|
CHORIYEV BAHROM Kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tergovchiing muhim psixofiziologik fazilatlariga quyidagilar kiradi
II.Bob: JINOYAT PROTSESSUAL PSIXOLOGIYASI
2.1. Balog‘at yoshiga tegishli bo‘lgan tergov ishlarining psixologik xususiyatlari Tergov amaliyotida psixologiyani qo‘llash bo‘yicha huquqiy asoslar yo‘q. Faqatgina Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF4947-sonli Farmoniga, ya’ni "O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida ba’zi fanlar qatorida psixologiya fanini rivojlantirish alohida vazifa sifatida belgilangan. Ammo, bu bo‘yicha hali amaliy ishlar bajarilgani yo‘q. Psixologiyani tergov faoliyatida qo‘llash asoslari haligacha huquqiy asossiz qolib kelmoqda. Amaliyotda ehtiyojimiz bor, lekin uni tartibga soladigan tizimli mexanizm yo‘q. Yuqoridagi faktorlar tergov organlari xodimlari orasida kasbiy psixologiyaning yetarli darajada shakllanmasligiga ham sabab bo‘ladi. Masalan, tergovchining ishidagi ruhiy zo‘riqishning kuchayishi, doimiy Operativ reaktivlikka bo‘lgan ehtiyoj psixikani tashkil etishga alohida talablar qo‘yadi. Tergovchining protsessual mustaqilligi undan yuqori tashabbuskorlik, uyushqoqlik va ijtimoiy javobgarlikni talab qiladi. Nerv-psixik Ortiqcha yuklamalarni yengish uchun u hissiy va irodaviy Chidamlilik, xotirjamlik, qat’iyatlilik, O‘z ishining muvaffaqiyati uchun bitmas-tuganmas ishonchga ega bo‘lishi kerak. Tergovchiing muhim psixofiziologik fazilatlariga quyidagilar kiradi: • sezgirlik - tashqi ta’sirlarga nisbatan neyropsixik sezgirlikni oshirish; • reaktivlik (impulsivlik) va faollikning Optimal nisbati; • hissiy barqarorlik; • aqliy jarayonlarning plastikligi; • tashvishlanish darajasining pasayishi - xavfli vaziyatlarda o‘rtacha hissiy qoʻzg‘aluvchanlik; • qarshilik - boshlangan faoliyatni amalga oshirishga xalaqit beradigan tashqi va ichki sharoitlarga qarshilik; • bag‘rikenglik - neyropsixik stressga qarshilik. Tergovchi so‘roq qiliishi kutilayotgan shaxsga yaxshi muomala qilib, unga bir piyola suv berishi ham uning psixofiziologik xususiyati hisoblanadi. Ammo, ishdagi stresslar, ziddiyatlar, uzundan-uzoq ish vaqti, ortiqcha yuklamalar uning hayolini tergov harakatini iloji boricha tezroq hal qilish fikri bilan to‘ldiradi. Tergovching axloqiy fazilatlarga quyidagilar kiradi: yomonlik, qonunbuzarlik va ijtimoiy adolatsizlikka qarshi murosasiz kurash - bu tergovchilik kasbini tanlagan inson uchun zarur bo‘lgan eng muhim fazilatlardir. Tergovchining xattiharakatlari strategiyasi so‘roq qilinayotgan odam bilan o‘ynashishga, umumiy manfaatlarini izlashga asoslanmasligi kerak. So‘roq qilinayotgan shaxslar tergovchini o‘z ishini biladigan, shaxsiy qadr-qimmatni kamsitmaydigan, haqorat qilmaydigan, lekin qonun bilan kafolatlangan huquqlarini himoya qiladigan halol, prinsipial, madaniyatli shaxs sifatida ko‘rishlari kerak. Udan tashqari, tergov qilish jarayonida turli xil taktik-psixologik usullar mavjud bo‘lib, ular ishontirish, so‘roq qilinayotgan shaxsning ijobiy shaxsiyat xususiyatlaridan foydalanish, "yolg‘onni bostirish” va “kutish” texnikasi, izchillik, stressni yengillashtirish, shaxsning zaif joylaridan foydalanib chalg‘itishi, tergovchining yaxshi ma’lumotga ega ekanligi haqidagi taassurot qoldirishi va boshqalar hisoblanadi. Bizning tergov amaliyotimizda aksariyat "qo‘rquv hissidan unumli foylaniladi. Tergovchi tergov xonasida jiddiy qiyofada shunday atmosfera yaratadiki, so‘roq qilish tergov harakati osongona yakunlanadi, qo‘rquvda qolgan shaxs o‘ylab o‘tirmay bir-nimalar deyish kerakligini tushunadi. Bazida nimalar deganini ham keyinchalik eslolmaydi. Shuning uchun sud jarayonida avval bergan ko‘rsatmasidan bosh tortish holatlari ko‘p uchrab turadi. So‘roq qiliayotgan shaxsga nisbatan yolg‘on, ruhiy yoki jismoniy zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ymasligi kerak. Ammo, amaliyotimizda tergov protsessi tartibiga amal qilmay, tergovchining kasb psixologiyasiga amal qilmasligi yomon oqibatlarga olib kelganlik holatlari ham uchrab turibdi(Bosh prokuratura Matbuot xizmati tomonidan bayon etilishicha, 2020-yil 30-may kuni Respublika shoshilinch tez-tibbiy yordam Andijon filialiga Andijon shahar, Salohiyat ko‘chasida yashovchi fuqaro A.Abdukarimov tan jarohatlari bilan kelib tushgan. Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilib, shu kuni Andijon shahar IIO FMB 4-son IIB xodimlariga nisbatan Kning 206-moddasi 1qismi va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Aniqlanishicha, IIB JQB tezkor vakillari ish yurituvdagi ariza yuzasidan fuqaro A.Abdukarimovni IIB ma’muriy binosiga olib kelib, hayoti va sog‘ligi uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib, noqonuniy ravishda ushlab turganliklari oqibatida uning huquqlari va qonuniy manfaatlariga jiddiy zarar etkazilishiga sababchi bo‘lgan. A.Abdukarimov sog‘lig‘i yomonlashganligi sababli Andijon shahar IIO FMB 4-son IIBdan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialiga yotqizilgan. Jinoyat ishi yuzasidan olib borilgan tergov harakatlari davomida 01.06.2020 yilda 3 nafar ichki ishlar xodimlariga nisbatan Kning 206, 234 va 235-moddalari bilan ayb e’lon qilinib,“qamoqqa olish" ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Jabrlanuvchi A.Abdukarimovga shifokorlar tomonidan barcha tibbiy yordamlar ko‘rsatilgan bo‘lishiga qaramasdan 2020-yil 1-iyun kuni vafot etgan. Rivojlagan davlatlarda tergov va sud psixologiyasi(investigative psychology and forensic psychology)ni qo‘llash alohida fan sifatida qabul qilingan bo‘lib, bizda esa tergov psixologiyasi hozirgi kunda hamon nazariy yondashuvligicha qolmoqda. Tergov psixologiyasi, asosan, zamonaviy jinoyat olamida anglosakson huquq tizimidagi davlatlarda jadal rivojlangan. "Tergov psixologiyasi – bu jinoiy xattiharakatlarni tekshirishda psixologik tadqiqotlar va tamoyillarni qo‘llash". Bu atama Angliya Liverpul universiteti Tergov psixologiyasi markazining direktori Devid Kanter tomonidan kiritilgan. Qisqacha aytganda, tergov psixologlari, asosan, gumon qilingan harakatlar va jinoiy yondashuvlar bo‘yicha psixoanalizning o‘tkazadi. Qo‘shma shtatlar hamda Angliya davlatlarida bo‘lib, jinoyat qidiruv psixologlari - bu jinoyatchilarning fikrlari, shaxsiy xususiyatlari va xattiharakatlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni to‘playdigan, tadqiqotchilar va statistik mutaxassislar hisoblanadi. Undan tashqari jinoyatchilikni profillash bu davlatlarda juda kata yutuqlarga sabab bo‘ldi. Jinoyat profilining to‘rtta asosiy turi mavjud: jinoiy tergov tahlili (CIA), diagnostik baholash (DE), tergov psixologiyasi (IP) va geografik profil. Federal qidiruv byurosining profillash usuli - Markaziy razvedka boshqarmasi jinoiy profilaktikaning eng keng tarqalgan nomotetik usuli hisoblanadi. Unda gumon qilinuvchilar haqidagi savollar, huquqbuzarliklarni oddiy jinoyatchiga bogʻlash, jinoyatchilarning uy bazasini topish va keyingi jinoyat qayerda va qacho sodir bo‘lishini taxmin qilish belgilanadi. Tergov psixologiyasi mantiqiy xulosalar qiladi, ular tergov faoliyati nafaqat "profillar" tayyorlashni amalga oshiradi. Baholash, odatda, psixologik testlar tuzishda, vaziyat testlari berish va tanlov bo‘yicha tavsiyalar berishni o‘z ichiga oladi. Download 489 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling