Oila psixologiyasi


Psixikaning taraqqiyot bosqichlari


Download 291.5 Kb.
bet3/8
Sana05.02.2023
Hajmi291.5 Kb.
#1168406
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Psixika haqida tushuncha

1.2. Psixikaning taraqqiyot bosqichlari
Jamiki materiya, jonsiz anorganiq materiyadan tortib, to organiq materiyaning Yuksak hamda murakkab shakli - inson miyasigacha moddiy olamning umumiy xususiyati bo‘lmish aks ettirish xususiyatiga, ya’ni turli ta’sirlarga javob qaytarish qobiliyatiga egadir. Jonsiz tabiatda harakat jism yoki moddalarning o‘zaro mexaniq fizik va kimyoviy munosabatlari tarzida namoyon bo‘lishi mumkin. Tirik materiyaga o‘tishda harakatning shakli sifat jihatdan o‘zgaradi. Tirik materiyaga aks ettirishning biologik shakllari xosdir. Tirik materiya taraqqiyotining ma’lum bosqichida aks ettirishning sifat jihatidan yangi shakli bo‘lmish psixika yuzaga keladi. Hamma tirik organizmlar, o‘simliklardan tortib hayvonlargacha evolyutsiyaning barcha bosqichida aks ettirishning biologik shakli bo‘lgan seskanuvchanlik xususiyatiga ega. Seskanuvchanlik - tirik organizmlarning biologik ahamiyatiga ega bo‘lgan ta’sirlarga javob qaytarish qobiliyatidir. Sodda, bir hujayrali tirik organizmlarda elementar seskanuvchanlik xususiyati bor bo‘lib, ular tashqi muhit ta’siriga harakat bilan javob qaytaradi, muhit ta’sirida hujayra protoplazmasininng xususiyati o‘zgaradi. Biologik omillarga maxsus harakatlar bilan reaksiya qilish usullariga tropizm deb ataladi. Tropizmlar har xil bo‘ladi, fototropizm - tirik organizmning issiqlik ta’siri ostida harakat qilishga moyilligidir, xemotropizm - ma’lum fizik - kimyoviy muhitni tanlab olishga moyilligidir, topotropizm tirik organizmning mexaniq qo‘zg‘atuvchi ta’siri ostida harakatlanishdir. Tropizmlar o‘simliklarning o‘z-o‘zini boshqarishiga imkon beradi. Hayvonlarda ta’sirlanishning yangi turi - sezuvchanlik yuzaga kelgan. Yuksak tashqil topgan hayvonlarda sezuvchanlik taraqqiy etadi, sezgi a’zolari tarkib topadi. Narsalarning organizm uchun aslida befarq, ya’ni organiq ehtiyojlarini qondirmaydigan belgilari (hidlari, shakllari, ranglari) signallik ahamiyatiga ega bo‘ladi. Hayvonlarda o‘simliklarga qaraganda sezuvchanlik tufayli ancha ko‘p ta’sirlarni aks ettirish vujudga keladi. Masalan, infuzoriyalarning ular uchun neytral (befarq) bo‘lgan yorug‘likka reaktsiya qilishlari kuzatilgan. Tajriba quyidagicha o‘tkazilgan: suv to‘ldirilgan nayga sodda hayvonlar joylashtirilib, naychaning bir tomoni isitilgan, Bir hujayrali hayvon termotropizmga ega bo‘lganlari tufayli tezlik bilan naychaning iliq tomoniga o‘tib olganlar. Naychaning bir tomoni isitilish bilan birga bir vaqtda yoritilib ham borilgan. Oddiy sharoitda yoruqlikka neytral munosabatda bo‘luvchi infuzoriyalarga yorug‘lik bilan birgalikda ular uchun qulay bo‘lgan issiqlik bir necha marta ta’sir ko‘rsatilgan taqdirda infuzoriyalar issiqlik ta’siridan qat’iy nazar yorug‘likka to‘planaverganlar. Bu sensor bosqich bo‘lib hisoblanadi. Sensor bosqich uchun harakterli xususiyat shundan iboratki, bu bosqichda organizm narsalarning o‘zini emas, balki alohida xususiyatlarini aks ettiradi. Bunday aks ettirish evolyutsion taraqqiyotning quyi darajasi - to‘rsimon va ganglioz asab tizimiga ega hayvonlarda kuzatiladi. Masalan: Biror bir hashorot o‘rgimchak to‘riga tushishi bilan uni o‘z ipi bilan o‘ray boshlaydi.
Ko‘pgina tajribalardan ma’lum bo‘lishicha, o‘rgimchak uchun faqat bir xususiyatlar, to‘r orqali beriladigan tebranish, vibratsiya ahamiyatlidir. Tebranish to‘xtashi bilan o‘rgimchak ham o‘lja tomon harakatlanishdan to‘xtaydi. Keyingi bosqich pertseptiv yoki idrok qilish bosqichi deb ataladi. Bu bosqichga mansub hayvonlar atrof - muhitning ayrim xususiyatlarini emas, balki ularni butun narsalar sifatida aks ettiradi. Keyingi bosqich - intellektual bosqichi (aql) bo‘lib, Yuksak darajada rivojlangan hayvonlarga, ya’ni odamsimon maymunlarga xosdir.



Download 291.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling