Oila va mahallalarda manaviy axloqiy muhitni rivojlantirishda chet tilini o'rni Muallif: Davlatova Aziza Akmalovna Navoi Davlat Pedagogika Instituti 1-kurs magistranti


Download 57 Kb.
bet2/3
Sana09.01.2022
Hajmi57 Kb.
#264563
1   2   3
Bog'liq
Oila va mahalla maqola Azizaa asosiysi

Kalit so'zlar: Mahalla, umuminsoniy qadriyatlar, milliy ruh , manaviy axloqiy muhit, globallashuv, axborot asri, jadallashuv jarayoni, mentalitet, milliy g'oya, psixologik immunitet

Iqtibos: Bugungi kunga kelib mahalla jamiyatimizdagi adolat tamoyillarining ko’zgusiga aylanishi kerak. Bu yer odamlar kelib fikrini, taklifini, dardini aytadigan, muammosiga yechim topadigan joy bo’lishi kerak". (Shavkat Mirziyoyev- O’zbekiston Respublikasi Prezidenti).

Iqtibos: " Til bilgan el biladi, zamonaviylik bilan hamohang yashash zamonaviy tillarni biluvchi yosh avlodni talab etadi» (Shavkat Mirziyoyev- O’zbekiston Respublikasi Prezidenti).

Xalqimiz qadimdan mahallani milliy qadriyatlar, ezgu amallar maskani sifatida ardoqlab kelgan. Farzand tarbiyasi, mehr-oqibat, ahillik va totuvlik, ehtiyojmand, yordamga muhtoj insonlar holidan xabar olish, to’y-tomosha, hasharu ma’rakalarni ko’pchilik bilan bamaslahat o’tkazish, yaxshi-yomon kunda birga bo’lish kabi ezgu fazilatlar aynan mahallamuhitida shakllangan.

Azaldan o’zbek mahallalarida insonparvarlik, mehr-oqibat, saxovatpeshalik kabi fazilatlar xalq milliy mentalitetining ajralmas qismi bo’lib kelgan. O’zbeklarda farzand dastlab oilada, so’ngra mahallada ulg’ayadi, ya’ni qo’ni-qo’shnilar orasida unib-o’sadi. Bu o’z navbatida, kishilar ongida uyushqoqlik, bir-birini qo’llab quvvatlash, atrofdagilarga qarab ish tutish, kattaga hurmat, kichikka izzatda bo’lish kabi fazilatlarni tarkib toptirgan.

Bugungi kundagi jadal o’zgarishlar barcha sohalar qatori mahalla va uning boshqaruv tizimini, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-ma’naviy faoliyatini yangicha mezonlar asosida tahlil etishni taqozo etmoqda. Zamon talablariga javob bera oladigan, o’zini o’zi boshqarish organining yangicha tuzilmasini shakllantirish, uning ish yuritish tizimini samarali tashkil etish muhim vazifalardan biriga aylanmoqda.

Shuningdek, 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha “Harakatlar strategiyasi”ning birinchi ustuvor yo’nalishida “Mahalla institutining jamiyat boshqaruvidagi o’rni va faoliyatining samaradorligini oshirish”ga katta ahamiyat berilganligi bejiz emas.Bugungi kunda yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda mahalla faoliyatini yanada samarali tashkil etish va rivojlantirish uchun quyidagi takliflarni ilgari surish maqsadga muvofiq. Dunyoning boshqa mamlakatlarida uchramaydigan fuqorolarning o’zini o’zi boshqarish instituti bo’lmish mahallalarning jamiyat hayotidagi rolini yanada chuqurlashtirish, bu boradagi islohotlarning davomiyligini ta’minlash borasida bugungi kunda ham bir qator amaliy islohotlar amalga oshirilmoqda.

Bu kabi ishlar negizida sog’lom avlodni milliy qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalash, ular shuurida vatanparvarlik, insonparvarlik, mehr-oqibat, el-yurt sha’nini ardoqlash kabi ulug’vor fazilatlarni kamol toptirishda mahallaning o’rni beqiyosdir.Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning: biz har qaysi xonadon, butun el-yurtimizdagi ma’naviy iqlim va vaziyatni anglamoqchi bo’lsak, bu boradagi haqiqiy manzaraning yorqin ifodasini, avvalo, mahalla hayotida xuddi oynadek yaqqol ko’rish imkoniga ega bo’lamiz,- degan fikrlari bejiz emas albatta. Zero, oila biz uchun ko’z ochib ko’rgan dargoh bo’lsa, mahalla muqaddas Vatanimiz ichidagi mo’jaz vatandir. Mahalla oilalardan tashkil topadi. Oila jamiyatning asosiy bo'g'ini bo'lganligi kabi mahallalarimiz ham millatimiz , milliy ruhimiz singgan bo'gi'nimizdir. Farzandlar oila bag’rida kamol topgani kabi, oila ham mahalla ko’z o’ngida barpo bo’ladi, uning ichida ravnaq topadi. Shu tufayli ham mahalla oilaning eng yaqin maslahatchisi sifatida yoshlar ma’naviy-axloqiy tarbiyasi bilan bog’liq masalalarda yuqori o’rinda turadi. Umuman olganda, mahalla avvalo, sog’lom ijtimoiy muhit maskani sifatida insonning xulq-atvori, o’zaro munosabatlarini adolat va ma’naviy mezonlar asosida tartibga solib turadi.Bugungi kunda ma’naviy hayotimizni yuksaltirish haqida fikr yuritganda mahallaning roli va ta’siri xususida to’xtalib o’tishimiz, albatta, o’rinlidir. Azaldan bizning mahallalarimiz chinakam milliy qadriyatlar maskani bo’lib kelgan. Ushbu tizimda amalga oshirilayotgan islohotlardan ko’zlangan asosiy maqsad mahallani kechayu kunduz odamlarning ahvolidan boxabar bo’ladigan maskanga aylantirishdir.

“Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari” degan muhim tamoyilni amalga oshirish jarayonida, eng avvalo, biz ana shunday mahalla deb atalmish ijtimoiy institutlarning ko’magi, kuchi, imkoniyatlari va yordamiga albatta tayanamiz.Mahalla institutlari shuning uchun ham, chin ma’noda, xalqning joylardagi maslakdoshi, ko’makdoshi, “adolat tarozisi”ga aylanishi odamlarning davlatga bo’lgan ishonchini yanada mustahkamlaydi.Buning natijasida esa jamiyatimizda tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash bo’yicha olib borilayotgan ishlar yangi bosqichga ko’tarilishi, hayotda o’zini oqlagan maktab, oila, mahalla hamkorligiga asoslangan ijtimoiy tizim samarasini oshirishda faol ishtirok etib, barchaga o’rnak va namuna bo’ladilar.

Oilaning eng muhim ijtimoiy vazifasi - bu yosh avlod tarbiyasi. Zamonaviy jamiyatdagi oila bolani dastlabki sotsializatsiya instituti sifatida qaraladi. Ota-onalar ijtimoiy-madaniy xususiyatga ega bo'lib, madaniyat va jamiyat tomonidan belgilanadigan normalar va qoidalar tizimi bilan ajralib turadi, ular ota-onalar o'rtasida bolalarni boqish va oilada tarbiyalash vazifalarini taqsimlashni tartibga soladi: rollarning mazmunini, rol xatti-harakatlarining modellarini belgilash. Ota-onalar ontogenezning har bir bosqichida bolaning yosh xususiyatlariga mos keladigan va uning shaxsiy va aqliy rivojlanishi uchun maqbul imkoniyatlar yaratadigan sharoitlar tizimini yaratishda jamiyat oldida javobgardirlar. Ota-ona tarbiyasi tarixida oila institutining ahamiyati oshib borishi tendentsiyasi tobora aniqroq namoyon bo'ladi. Oila deb ataladigan muqaddas dargoh shirin davlatni qurishda va uni muqaddasligi õz javobgarlik hamda masulyatini yoshlarga tushuntirish, farzand tarbiyasida ota - onaning o'rni ularning roli qanchalar ahamyatli ekanini yoshlarga yetqazish shu bilan birga axborot globallashuv asrida farzand tarbiyasida bolaga milliy ruhni , milliy qadriyatlarimizni singdirgan holda zamonaviy bilim berish kunning dolzarb masalalaridan biridir. Shu o'rinda oilada jamiyatda sog'lom axloqiy muhit -tarbiya jarayonini yaratish ota -onalar tomonida katta ma'suliyat va e'tiborni talab etadi. Soğlom axloqiy ma'naviy jarayon bu farzandga har taraflama o'rnak bo'ladigan, ruhiy, psixologik tarbiyalaydigan , ota -onalarimiz tarafidan hatto oddiy so'zlar orqali muomaladan tortib ko'rinishgacha bola tarbiyasida o'rnak bo'loladigan ,ta'lim jarayonida esa masalan chet tillarini o'rganishni oladigan bo'lsak o'z milliy an'analarimizni unutmagan holda bolalarni janjal va bahs munozalarsiz, huquq buzarliksiz, axloqsiz muhitdan tashqarida tarbiyalashni ko'zda tutadi.

Bolaga chet tilini o'qitish qanday ta'sirlar o'tqishi mumkinligi haqida o'ylab ko'raylik, hammamizga ma'lumki bola oilada ko'rgan hamda bilganini o'rganadi ,bajaradi shu sababdan ham bekorga "Qush inida ko'rganini qiladi" degan naql aytilmagan. Xorijiy til o'rgatish jarayoni avvalo bolaga yangicha millat va urf- odatli mamlakatga qiziqishlari orqali uning miyyasiga kirib boradi, kiyish va tashqi ko'rinish, yashash tarzi haqida bilimlarga ega bo'lgan sari bolada tilini o'rganayotgan mamlakat odamlarining odatlari , kiyinish uslubi, yurish turishi , o'zini tutishi kabi ta'sirlarini kuzatishingiz mumkin bo'ladi.

Mahalla va oilalarimizda chet tillarini o'qitishda innovatsion taklif sifatida avvalo yosh farzandimizning o'zini anglaganidan boshlab toki oilasi ,ota -onasini tanigan paytdan boshlab biz o'zbekligimiz, milliy qadriyatlarimiz kiyimlarimizdan tortib mehmondo'st urf -odatlarimizni bolalarimizga o'yin sifatida o'rgatishimizni taklif qilgan bo'lardim. Bunda oddiy bolani tezroq bilimdon tilni biladigan darajaga yetqizish uchun repetitorlaru ustozlarga berish emas balki bog'chalarimizdan boshlab oddiy "xolakam" o'yinida xalqimiz mehmondo'stligi qanday ko'rsatilgan bo'lsa , bolalarga shunday o'yinlar sifatida o'zligimizni o'rgatib keyin yangi muhit, yangi tillarni o'qitishga tayyorgarlik ko'rishni maqsadga muvofiq deb o'ylayman.

Bunda avvalo , bolada aniq obrazlar va rasmlar hatto harakatli o'yinlar orqali til birliklari bo'lgan so'zlarni o'rgatish yanada samarali deb hisoblanadi. Chunki Bola har bir narsani ko'rsa yoki bajarsa tezda o'rganadi va o'zlashtiradi.Oilalar, taʼlim muassasalari, mahallalar va korxonalarda mustaqil fikrlash va qaror qabul qilish layoqatiga ega bo‘lgan yoshlarning maʼnaviy kamol topishi uchun zarur bo‘lgan innovatsion ijtimoiy-pedagogik sog‘lom va barqaror muhit yaratiladi. Prezidentimiz tomonidan amalga oshirilgan tashabbuslardan biri ham "bog'cha yoshidagi bolalarga chet tillarini o'qitish, maktablarda esa fanlar integratsiyasi asosida 1-sinfdan boshlab ingliz tilini o'qitish" to'g'risida qaror qabul qilindi.Bu esa bog'cha yoshidagi bolalarda chet tili ko'nikmalarini va tashqi olamga bo'lgan sog'lom muhit ostida bilim olishga imkoniyat yaratadi.

Farzandlarimizni ilm-fan va taʼlim-tarbiya asosida voyaga yetkazish maqsadga muvofiq ekan, o‘z o‘rnida tarbiya esa maʼnaviyat bilan chambarchas bog‘liqdir. Zero, yoshlar kelajak egalari hisoblanadi. Yoshlarimiz taʼlim-tarbiyasida esa maʼnaviy tarbiya katta ahamiyatga ega. Eng muhimi, farzandlarimiz tarbiyasiga etiborli bo‘laylik, aynan shu mezon bolalarimizni maʼnan, ruhan sog‘lom, o‘z ota-bobolariga, tariximizga, Vatanimizga, ona tilimizga, o‘z milliy qadriyatlarimizga hurmat bilan qaraydigan barkamol bo‘lib o‘sib unishining asosidir.




Download 57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling