Oilada ma’naviyat va ma’rifatning tarkib topishi


Oila, mahalla,ta’lim-tarbiya tizimi yosh ma’naviy va ma’rifiy


Download 42.03 Kb.
bet3/4
Sana13.11.2023
Hajmi42.03 Kb.
#1770595
1   2   3   4
Bog'liq
Oilada ma

Oila, mahalla,ta’lim-tarbiya tizimi yosh ma’naviy va ma’rifiy
yuksaltiruvchi asosiy maskanlar sifatida
Yosh avlodni yaxshi xulqli, davlat ramzlariga sadoqatli qilib tarbiyalashda
ularning yosh jihatlariga, xarakteriga alohida ahamiyat berish lozim, chunki
bularsiz tarbiyada ko’zlangan maqsadga erishib bo’lmaydi. Oila, mahalla, o’quv
bilim yurti hamkorligida quyidagi tamoyillarga va bosqichlarga amal qilinganda
samaradorlik yanada yuqori bo’ladi:
- ta’lim va tarbiya sohasida hamkorlik jarayoni ishtirokchilari harakatlarining
ish birligi;
- tarbiyalanuvchiga hurmat va talabning uyg’unligi;
- hamkorlik jarayoni sub’ektlarining teng huquqliligi va yuksak mas’uliyati;
- faoliyat jarayonida millat va davlat manfaatlari ustuvorligi;
- hamkorlikning ilmiy asoslanganligi;
Birinchi bosqich. Yosh oilalar bilan ishlash. Yosh ota-onalarga farzand va
uning tarbiyasi haqida falsafiy, tibbiy tushunchalarni berish va bu masalalarga
tibbiyot xodimlari, obro’li xotin - qizlarni, ota-onalarni jalb qilib, "Yosh onalar va
otalar o’quv muassasasilari" faoliyatini yo’lga qo’yish muhim ahamiyat kasb
etadi.
Ikkinchi bosqich. Farzandning o’quv muassasasigacha bo’lgan davridagi
jismoniy, aqliy va ma’naviy rivojlanishini ta’minlash borasida ularga rasm chizish,
voqealarni bayon qilish, o’ziga o’zi xizmat qilish, harf tanish, qo’shiq, aytish va
raqs tushish, turli o’yinlarda ongli qatnashish tushunchalarini singdirish va
mustaqil ravishda bilim olish ko’nikmalarini shakllantirish yuzasidan o’quv
muassasasiga tayyorlash sinflari, "Yakshanbalik o’quv maskanlar" ishini tashkil
qilish.
Uchinchi bosqich. Kichik yoshdagilar uchun mo’ljallangan (6-11 yosh)
o’quv muassasalarida shaxslarning jismoniy, ma’naviy va ijtimoiy shakllanishini
ta’minlash, uning ilk iqtidori, qiziqishi va aqliy imkoniyatlarini aniqlash, o’z hatti
- harakatlariga javobgarlik hissini tarbiyalash, bo’sh vaqtini to’g’ri tashkil qilishni
o’rgatish, atrof-muhitga ongli munosabatda bo’lib, do’stlik, baynalmilallik,vatanparvarlik xislatlarini shakllantirish.
To’rtinchi bosqich. O’smirlarning (11 -16 yosh) qiziqishini, bilimga
chanqoqlik va aql zakovatini hisobga olgan holda ijtimoiy faoliyatga tortish,
jismonan baquvvat bo’lishini ta’minlash, maishiy mehnat faoliyati orqali turli
kasblarga yo’naltirish, o’smirlar sinflari va jamoatchilik orasida o’z o’rnini topa
olishiga ko’maklashish, o’z hatti-harakatlari uchun jamiyat, qonun va ota-onalari
oldida javobgarlik tuyg’usini shakllantirish, ijtimoiy faolligi va mustaqil
dunyoqarashini yuzaga keltirish.
Beshinchi bosqich. Yoshlarni (16 yosh va undan yuqori) dunyo andozalariga
mos bilim olishlari, kasb tanlashlari, mustaqil hayotga tayyorgarliklarini
ta’minlash. Ularning imkoniyatlari darajasida ta’lim olishlariga, tanlagan kasblari
bo’yicha ish bilan ta’minlanishlariga, iqtisodiy mustaqil bo’lishlariga shart-sharoit
yaratish. Vatan, Davlat va jamiyat oldidagi fuqarolik burchlarini ado etishga
javobgarlik hissini to’la shakllantirish, mustaqil oila qurishga tayyorlash.
Ta’lim va tarbiya sohasiga e’tiborni kuchaytirish, bu borada hukumatimiz
tomonidan qabul qilingan qonun va hujjatlarni, direktiv ko’rsatmalarni samarali
bajarish uchun oila, mahalla, o’quv muassasasi hamkorligi faoliyati o’ziga xos
pedagogik tizim, uslub va shakllarga ega bo’lishi zarur.
O’tkazilgan tadbirlar har tomonlama puxta, shuning bilan qatnashchilarning
yoshlariga mos pedagogik va psixologik mujassamlashgan, mantiiqan teran,
qiziqarli va ko’rgazmali, ta’sirchan, ommabop, amaliy jihatdan qisqa va lo’nda,
estetik jihatdan keng ko’lamli bo’lishi kerak.
Hamkorlikda olib borilayotgan ishlar mahalla hududidagi barcha yoshlar va
toifadagi fuqarolarni qamrab olishi hamda ularning qiziqish va intilishlariga mos
bo’lishi lozim. Hamkorlik tadbirlarining mavzulari "Sog’lom avlod uchun", "Otaonangga rahmat", "Odobinga balli", "Sog’ tanda sog’lom aql", "Mehr chashmasi",
"Qizlar ibosi", "Bir yigitga qirq, hunar oz", O’g’lim posbonim", «Hayot—ustoz,
xalq—muallim", "O’zbekiston Vatanim manim!", "Milliy burch va mas’uliyat",
"Oila saboqlari", "Oila etikasi", "Oila tinch — mahalla tinch", "Mustaqil hayot
bo’sag’asida", "Askarlik — yigitlik o’quv muassasasii", "Oila baxti — Vatan
baxti", "Sportchi oila", "Oilamiz ohanglari", "Vatan ostonadan boshlanadi", "Biz
kimmiz" kabi tadbirlardan iborat bo’lishi mumkin.
Bahslar, bellashuvlar, uchrashuvlar va turli sanalarga bag’ishlangan anjuman
va tantanalardan iborat bo’lishi mumkin.
Joriy qilingan jamoatchilik kengashi o’z faoliyati to’g’risida mahalla ahliga
har chorakda bir marotaba hisobot beradi. Zarurat tug’ilganda o’quv-tarbiya
muassasalari, mahalla faollari, mahalla hududida joylashgan tashkilot, korxona va
idoralarning ta’lim-tarbiya yuzasidan olib borilayotgan ishlari to’g’risida
hisobotlarini tinglab, ularga amaliy va nazariy yordam berishi ish samarasiga va
uning izchilligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Mehnat tarbiyasi bilan mehnat ta'limi bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan. Mehnat faoliyati ma'lum bilimga ega bo‘lishni talab etadi. Zero, bilim va ko‘nikmalar o‘quvchini mehnat faoliyatiga tayyorlaydi.
Sinfdan tashqari ishlar jarayonida mehnat tarbiyasi ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi.
Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning turli shakllari o‘quvchining texnik ijodkorligini rivojlantiradi, u yoki bu bilim sohasida bilimga bo‘lgan qiziqishini shakllantiradi. To‘garaklarda o‘quvchining qiziqish va qobiliyatlari namoyon bo‘ladi.
O‘quvchilarning to‘garklardagi faoliyati ma'lum pedagogik talablarga rioya qilganda samarali bo‘ladi. Chunonchi:
to‘garak faoliyati ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lishi lozim, ya'ni, o‘quvchilar tayyorlagan buyumlar kishilar uchun amaliy qiymatga ega bo‘lishi zarur;
texnik ijodkorlik o‘quv muassasasidagi o‘quv-mehnat jarayoni bilan uzviy alohada bo‘lishi kerak (maktab, kollej, oliy ta'lim va boshqalar);
ijtimoiy-foydali, unumli mehnat jarayonida o‘quvchining texnik ijodkorligini tashkil etishda faoliyatni ijtimoiy buyurtmadan ijodkorlikka aylantirish kerak bo‘ladi.
To‘garak faoliyati jarayonida o‘quvchilar o‘z kollejlari uchun o‘quv-ko‘rsatmali qurollar: jadvallar, rasmlar, diagrammalar, kolleksiyalar, oddiy modellar, yuqori sinflarda – stendlar, harakatdagi modellarni yaratish mumkin.
Tabiatshunoslik, botanika, zoologiyadan amaliy mashg‘ulotlarda o‘quvchilar o‘quv-tajriba uchastkalarida ishlaydilar, jonli burchaklar tashkil etadilar, o‘quv maskanini ko‘kalamzorlashtiradilar.
Mehnat tarbiyasi oilada tabaqalashtirilgan holda olib boriladi: bolalar o‘z-o‘ziga xizmat qiladilar, uy hayvonlarini parvarishlaydilar, ro‘zg‘or texnikalarini ta'mirlash bilan shug‘ullanadilar. Oila byudjeti va uni yuritish bilan bog‘lik topshiriqlarni bajaradilar, Oilada bolalar va kattalar mehnatini hamkorlikda tashkil etishning imkoniyatlari cheksiz.
So‘nggi yillarda o‘quvchilar mehnat tarbiyasiga jamoatchilik katta e'tibor bermoqda. Yirik fermer xo‘jaliklari, qo‘shma korxonalarning jamoalari maktablarni otalikqa olmoqda, ularning moddiy bazasini yaratish, o‘quvchilarning bilim olishlari, ijtimoiy-foydali mehnatni tashkil etishda yordam bermoqdalar.
O‘quv mehnati o‘quvchilarning ilmiy bilimlar hamda turli fanlar asoslarini o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan faoliyati turidir.
Ijtimoiy-foydali mehnat shaxsni har tomonlama kamol toptirish hamda uning muayyan ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan hamda ijtimoiy mehnat xarakteridagi faoliyati turidir.
Hozirgi davrda ta'lim muassasalarida o‘z-o‘ziga xizmat keng yo‘lga qo‘yilmoqda. O‘z-o‘ziga xizmat o‘quvchilarning ijtimoiy va o‘quv ehtiyojlarini qondirish maqsadida ularning o‘zlari tomonidan amalga oshiriluvchi mehnat faoliyati turidir. O‘quvchilarning navbatchiligi o‘z-o‘ziga xizmat qilishni tarkib toptirishning muhim shaklidir.
Mehnat tarbiyasi o‘quvchilarni mehnatga psixologik va amaliy jihatdan tayyorlashni nazarda tutadi. Zero, mavjud sharoitda ro‘y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar shaxs kamolotiga nisbatan juda katta talablarni qo‘ymoqda. Xususan, mehnatga muhim ijtimoiy burch sifatida qarash, ma'lum faoliyatni bajarishda mas'uliyatni his etish, mehnatga va uning natijasi, shuningdek, mehnat jamoasiga hurmat, mehnat faoliyatini tashkil etishda tashabbuskorlik, faollik ko‘rsatish, o‘z aqliy va jismoniy qobiliyatini to‘lik namoyon etishga bo‘lgan ichki ehtiyoj, mehnatni ilmiy tashkil etish yo‘lida amaliy harakatni olib borish shular jumlasidandir.
Mehnatga psixologik jihatdan tayyor bo‘lish esa tarbiyaviy ishlar tizimida amalga oshirilib, ularning har biri quyidagi vazifalarni hal etishga yordam beradi:
-o‘quvchilar tomonidan mehnatning ijtimoiy ahamiyati, mehnatni tashkil etish hayotiy zaruriyat ekanligining anglab yetilishiga erishish;
ularda mehnat faoliyatini amalga oshirishga nisbatan rag‘bat uyg‘otish;
-o‘quvchilarda mehnat ko‘nikma va malakalarini shakllantirish va hokazolar.
Jamiyatda kechayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, mulkka egalik, xususiy mulkni yaratish yo‘lida qonun doirasida olib borilayotgan amaliy faoliyatni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan ijtimoiy harakatlar mehnat tarbiyasiga yangicha yondashuvni talab etmoqda.
Mehnat tarbiyasining yangi texnologiyalar asosida o‘quv dasturlari, ta'lim metodlarining variativligi tamoyili yotadi. Dasturlar kasb-hunar kollejlari ixtisoslashgan turli kasblar bo‘yicha yaratiladi. Ularda kasbiy ta'limni o‘zlashtirishga nisbatan qo‘yilgan davlat talablari o‘z ifodasini topadi.
Ta'lim jarayonida egallangan bilim, ko‘nikma va malakalar mehnat tarbiyasida pedagogik faoliyatning yakuniy natijasi emas, balki inson qobiliyatining rivojlanishi, ya'ni, mehnatga bo‘lgan layoqatini rivojlantirishning samarali vositasidir. Bu esa mehnat tarbiyasida an'anaviy metodlarni emas, balki bilim olishning faol metodlaridanfoydalanib,o‘quvchilarda tadqiqotchilik hamda
ixtirochilik malakalarini rivojlantirish metodlarini qo‘llashni nazarda tutadi.
Bundan tashqari muammoli, izlanuvchan tadqiqot metodlari, konstruktorlash, loyihalash, texnik modellashtirish, mehnatni tashkil etish jarayonida uning eng yaxshi variantlarini izlab topish, ijodiy topshiriqlarni to‘g‘ri tanlay olishshuningdek, tanlovlar, yoshlarning ijodiy ko‘rgazmalarni tashkil etish ham eng samarali metodlardan sanaladi.
Mehnat tarbiyasining texnologiyalari o‘quvchining nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash imkoniyatini yaratishi zarur. Bu esa, o‘z navbatida, mehnat ta'limi mazmunini ham takomillashtiradi. U kompleks xarakter kasb etib, o‘quvchilarda o‘quv texnika va texnologiyalari haqida tasavvur hosil qilishi, amaliy masalalarni hal etish malakasini shakllantirishi, sifat natijalarini ta'minlashi lozim. Ayniqsa, o‘quv topshiriqlarini hal etishga ijodiy yondashish, ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy, ijtimoiy ko‘rsatkichlarini yuqoriga ko‘tarishga intilish hosil qilishi maqsadga muvofiqdir.
Demak, o‘quvchilarning mehnat faoliyatini tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
1.O‘quvchilarning mehnat ta'limi jarayonida ularning mehnatga qiziqishlarini oshirish, kasbiy yoki mehnat faoliyatiga tayyor bo‘lishni ta'minlash.
2.O‘quvchilar kuchini to‘g‘ri taqsimlash, faoliyat turlari va uni ijro etishda o‘rin almashtirish vositasida ularda rahbarlik va ijrochilik malakalarini hosil qilish.
3.O‘quvchilarning mehnat faoliyatiga rag‘batlantirishning samarali metod va vositalaridan foydalanishga e'tiborni qaratish.
Mehnat faoliyatining turidan qat'iy nazar mehnat madaniyatini shakllantirish, kasbiy faoliyatni rejalashtirish, vaqtdan oqilona foydalanish, o‘z joyini tartibli saqlash hamda mehnat qurollariga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish.
Mehnat tarbiyasining iqtisodiy tarbiya bilan aloqadorligi. O‘tgan asrning 30-yillaridan boshlab o‘quvchilarga iqtisodiy bilim berish hamda, ularda mehnat va kasbiy faoliyatni tashkil etish ko‘nikma, malakalarini shakllantirish masalasiga jiddiy e'tibor berila boshlandi. O‘quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish, ularda ishchanlik, tartiblilik, ehtiyotkorlik xislatlarini shakllantirish tarbiyaviy ishlarning tarkibiy qismlaridan sanaladi.
Iqtisodiy ta'lim o‘quvchilarga xo‘jalik yuritish tizimi (oila byudjetini shakllantirish, xo‘jalikni yuritish, mavjud moddiy boyliklarni asrash, ko‘paytirish, savdo-sotiq munosabatlarini to‘g‘ri tashkil etish va hokazolar) to‘g‘risidagi nazariy bilimlarni berishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon.
Iqtisodiy tarbiya o‘quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish, ularda xo‘jalik yuritish faoliyat (oila byudjetini shakllantirish, xo‘jalikni yuritish, mavjud moddiy boyliklarni asrash, ko‘paytirish, savdo-sotiq munosabatlarini to‘g‘ri tashkil etish va hokazolar)ni tashkil etish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat pedagogik faoliyat jarayoni.
Binobarin, iqtisodiy tarbiya yosh avlodda iqtisodiy bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish, ularda tejamkorlik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, iqtisodiy faoliyatni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida fikrlashga o‘rgatadi
Demak, iqtisod inson faoliyatining asosiy jihati bo‘lib, jamiyatning eng muhim negizi, uning poydevori hisoblanadi. Chunki, eng avvalo, insonning inson sifatida talab-ehtiyojining qondirilishi, albatta, uning iqtisodiy faoliyati asosida erishiladi.
Bulardan ma'lumki, inson o‘z hayotida iqtisodiyot bilan doimiy munosabatda bo‘ladi. Iqtisodiy tarbiya, avvalo, oiladan boshlanadi. Oilada iqtisodiy tarbiya zamirida ham mehnatsevarlikni tarbiyalash yotadi. Bolalar o‘z mehnati natijalarini ko‘rgandagina o‘z imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanayotganini anglab yetadi, mustaqil faoliyat yuritishni o‘rganadi, ularda tadbirkorlik va ishbilarmonlik xislatlari tarkib topadi.
Oilada yo‘lga qo‘yiladigan bolalar mehnati hovli va xonalarni tartibli saqlash, kiyim-kechaklarni asrab-avaylash, uy jihozlarini ta'mirlash, ro‘zg‘or yumushlariga yordam berish kabilar ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi.
Ota-onalar bolalarni mehnat faoliyatini kuzatib borib, ularga zarur o‘rinda maslahat beradilar. Ayniqsa, o‘quvchi-yoshlarda oilada ham, ta'lim muassasalarida ham tejamkorlikka rioya qilishga o‘rgatish katta ahamiyatga ega.
Iqtisodiy tarbiya o‘z ichiga o‘quvchilar tomonidan iqtisodiyot asoslarini o‘rganish, ularning unumli va ijtimoiy mehnatning turli ko‘rinishlarida ishtirok etish, rejalashtirishga doir bilim va malakalarga ega bo‘lish, ishlab chiqarish mahsulotlarini hisobga olish va nazorat qilish kabilarni oladi.
Jamiyatda keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlar amalga oshirilayotgan sharoitda Respublika iqtisodiyotini rivojlantirish, xo‘jalikni oqilona tashkil etish, sanoat va qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini takomillashtirish, moliya operatsiyalarni to‘g‘ri tashkil etish, rejalashtirish, mehnat unumdorligi, ishlab chiqarish samaradorligi, korxonalar rentabelligi, kichik va o‘rta biznes, ijara, bozor infrastrukturasi, mahsulot qiymati, sof daromad, qo‘shimcha daromad, byudjet, xaridor, tovar, tovarlar importi va eksporti, shartnoma, birja, raqobat, menejment, marketing, pul, bank, banknot va boshqalar haqida to‘la ma'lumotlarning berilishi o‘quvchilarning iqtisodiy ongini shakllantirishga yordam beradi.
XULOSA
Biz oilada farzand tarbiyasi mavzusini o’rganib chiqib quyidagi xulosalarga keldik.
Barcha milliy an’analarimizni avaylab – asrab, rivojlantirib, kelajak avlodga yetkazib berish bizning asosiy vazifamiz bo’lib, hisoblanadi. Jamiyatning taraqqiyoti ko’pgina davrlarda tarbiyaning mazmuni va yo’nalishi milliy qadriyatlarimiz, an’analarimiz va urf – odatlarimiz uyg’unligi bilan belgilanadi.
Bu nazariy qoida xozirgi kunda ijtimoiy tarbiyaga bog’liq.
Yosh avlodni tarbiyalashda bugungi kunda bu qadriyatlar, an’analar o’zining barcha qirralarini ko’rsatib yangi ijtimoiy munosabatlarning shakllanishida ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. Bolalarni milliy an’analar ruhida tarbiyalash uchun oila, maktab va mahallalar birgalikda quyidagilarni bosqichma – bosqich amalga oshirsa maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Oilada bolalarni milliy an’analar asosida tarbiyalashda oila va jamiyatchilik faoliyatlarini muvofiqlashtirilsa.
Bolalarni milliy an’analar asosida tarbiyalash jarayonidagi amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalarni aniqlash, ularni amalga oshirish uchun zarur shart – sharoitlar yaratilsa.
Maktab yoshidagi o’quvchilarni milliy an’analari asosida tarbiyalashning asosiy tamoyillarini belgilash.
Bolalarni milliy an’analar ruhida tarbiyalashda ota – onaning pedagogik madaniyatini shakllantirish.
Milliy an’analarimiz xis etgan ilmiy va badiiy kitoblar, darslik va qo’llanmalar, ko’rgazmali vositalar ishlab chiqarish.
Oilada yo’qolib ketayotgan an’analarimizni yosh avlod ongiga singdirish, milliy tarbiyamizni yanada rivojlantirishda xalq pedagogikasining axamiyati beqiyos.
Milliy qadriyatlarimiz, an’analarimiz, urf – odatlarimizni ta’lim – tarbiya jarayonida yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashda amaliy qo’llash, uning nazariy asoslarini ochib berish, kelajakni asosi bo’lib xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, mustahkam ma’naviy immunitetli, o’zining fikrlarini ravon ayta oladigan, yuqori marralarga erishuvchan avlodni tarbiyalash uchun ota-ona, oila muhiti juda katta ahamiyat kasb etadi. Hech kimga sir emas, insonning qalbi va ongini egallash, ayniqsa, yoshlarning ma’naviy dunyosini zaharlashga qaratilgan turli xavf-xatarlar ham kuchayib borayotgan bugungi kunda o’zining kimligini, qanday bebaho meros vorislari ekanini teran anglab, ona yurtga muhabbat va sadoqat hissi bilan yashaydigan, imon-e’tiqodi mustahkam yosh avlodgina muqaddas zaminimizni yot va begona ta’sirlardan, balo-qazolardan saqlashga, Vatanimizni har tomonlama ravnaq toptirishga qodir bo’ladi.
Farzandlarimizga shunday tarbiya berayliki, ular o’z ota-bobolariga, o’z tarixi, Vatani, ona tiliga, millati, diniga va an’nalariga sodiq bo’lib kamol topishsin.
Ulg’ayotgan shaxsda ijobiy sifatlar shakllanishida oiladagi sog’lom muhit katta ahamiyat kasb etadi. Oilada sog’lom muhitning saqlanishi ko’p omillarga bog’liq. Masalan, oila boshliqlarning o’zaro yaxshi munosabati, xonadon qariyalariga hurmat, e’tibor oiladagi bolalarning o’zaro munosabatlari to’g’ri tarbiyalangani, ota-onaning bolalar tarbiyasiga barobar jonkuyarligi, oilada o’rnatilgan to’g’ri munosabatda bo’lish kabilar shular jumlasidandir. Bularning qay birida mutanosiblik buzilsa demak, o’sha oiladagi sog’lom muhitga putur yetadi.
Bola tarbiyasida ota-onaning bir-biriga munosabati o’zlarini tuta bilishlari muhimdir. Oilada muomalaning barcha qoidalariga amal qilinishi lozim. Kattalarga hurmat, kichiklarni avaylash, bir-biriga mehribonlik, ayniqsa, ayollarni izzat qilish odatga, qoidaga aylanib borishi kerak. Bolalarga onani hurmat qilishni, unga mehribon bo’lishni o’rgatish otaning muhim vazifasi.
Odatda o’g’il bola otasiga, qizlar esa onasiga o’xshashga, ulardagi yaxshi xislatlarni o’ziga singdirishga harakat qiladi. Ota ham, bolani tarbiyalashga o’z hissalarini qo’shadilar. Ona g’amxo’r, mehribln ko’ngilchan uy bekasi bo’lsa, ota kuch-qudrat, jasurlik, qattiqqo’lik va adolat ramzi. Ota ko’proq bolaning aqliy va jismoniy rivojlanishi uchun qayg’ursa, ona yurish-turish, muomala, xis-tuyg’u nafosat uchun tashvishlanadi.
Bularning hammasi nisbiy bo’lib, ota ham, ona ham bolaning aqliy, axloqiy, jismoniy kamolati uchun baravar javobgar, chunki ularning biridan bir maqsadi shaxsni tarbiyalashga qaratilgandir. Anna shu jarayonning muvaffaqiyatli bajarishi ko’p o’rinda ota-onaning obro’siga bog’liq.
Manfaatlar umumiy bo’lgan ahil oilada yaxshi odat an’analar vujudga keladi, sog’lom muhit mehr-oqibat, qadr-qimmat uchun zamin yaratadi. Bolaning yaxshi tarbiya topishlari uchun shart-sharoit tug’iladi.

Download 42.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling