Oilada ota-onalarning farzandlar uchun namuna


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES


Download 51.99 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana11.11.2023
Hajmi51.99 Kb.
#1765936
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
oilada-ota-onalarning-farzandlar-uchun-namuna-jixatlari-va-o-ziga-xos-pedagogik-imkoniyatlari

 


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
DOI: 10.24411/2181-1385-2021-01075 
Academic Research, Uzbekistan 38 www.ares.uz 
Birinchi Prezidentimizning ushbu fikrlarida oilaning eng avvalo, e‟tiqod va 
sog‟lom dunyoqarash tarbiyasidagi benazir roli ta‟kidlangan. Shu sababli oila hamda 
mahalla tizimida bola tarbiyasi bilan bog‟liq barcha tarbiyaviy ishlarning asosida xalq 
an‟analari, oilaviy o‟zaro munosabatlar hamda milliy qadriyatlarning tub mohiyatiga 
aloqador qonuniyatlarni o‟rganish vazifasi turibdi. Bu esa ularning ijtimoiy 
psixologik shart-sharoitlarini tadqiq etish bilan qo‟lga kiritilgan natijalarni 
amaliyotga tadbiq etishga bog‟liq. Chunki, barqaror va mustahkam oilani 
shakllantirish uchun, unda oilaparvarlik an‟analarini kuchaytirish, milliy urf-odatlarni 
zamon talablari asosida qayta o‟rganib chiqib eng nodirlariga nisbatan yoshlarimizda 
ma‟naviy-axloqiy tarbiyalashning ta‟sirchan vositalarini ishlab chiqish lozim.
Bugungi kunda oiladek ta‟sirchan ijtimoiy institut orqali bolalarda aynan 
shunday qadriyatlarga nisbatan e‟tiqodni shakllantirish, va shu orqali oilaga nisbatan 
ijobiy axloqiy munosabatlarni hosil qilish dolzarb masalalardandir. Shu muqaddas 
dargohda ma‟naviy-axloqiy munosabatlarni vujudga keltirish va u orqali shaxsni 
sog‟lom e‟tiqodli, yangicha fikrlaydigan komil inson qilib tarbiyalash bugungi 
islohotlar davrida davlat ahamiyatiga molik masaladir. 
Oʻzbekiston hukumati oila masalalariga davlat siyosati darajasida bajarilishi 
lozim boʻlgan ustuvor vazifa sifatida qaraydi. Oʻzbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasining 63-moddasiga ko‟ra, Oila jamiyatning asosiy boʻgʻini hisoblanib, 
u jamiyat hamda davlat tomonidan muhofazada boʻlish huquqiga ega. Onalik va 
bolalikni muhofaza qilish boʻyicha boshqa qonuniy hujjatlar ham qabul qilinib, 
amaliy tadbirlar belgilangan. Jumladan, "Kam taʼminlangan Oilalarni ijtimoiy 
himoya qilish choralari toʻgʻrisida"gi 1994 yil 22 avgustda farmon chiqarilib, 
yordamga muhtoj Oilalarga moddiy va maʼnaviy yordam berishning koʻlami 
kengaytirildi. Oilani jamiyatda ravnaq topishidagi oʻrni va ishtirokini yanada 
oshirish, oilalarning huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-axloqiy manfaatlarini va 
farovonligini yaxshilashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi kuchaytirish 
hamda izchil taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasida 1998 yilni "Oila yili" 
deb eʼlon qilingan edi. Shunga asosan, Oila manfaatlarini taʼminlash borasida 
amalga oshiriladigan tadbirlar toʻgʻrisida davlat dasturi ishlab chiqilgan. Oʻzbekiston 
Respublikasi Xotin-qizlar qoʻmitasi huzurida Respublika "Oila" ilmiy amaliy markazi 
tashkil etildi. Oilaviy hayot masalalarini huquqiy tartibga solishga bagʻishlangan 
Oʻzbekiston Respublikasining “Oila kodeksi” qabul qilingan. 
“Oila kodeksi”ning e‟lon qilinishi, O‟zbekiston qonunchiligi uchun yangilik 
bo‟lgan nikox shartnomasi, qarindosh-birodarlik va bolalarning nasl-nasabni 
belgilash, alimentlar to‟lash to‟g‟risida kelishish, bolalarning oiladagi huquqlari va 



Download 51.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling