Oilada ota-onalarning farzandlar uchun namuna
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
Download 51.99 Kb. Pdf ko'rish
|
oilada-ota-onalarning-farzandlar-uchun-namuna-jixatlari-va-o-ziga-xos-pedagogik-imkoniyatlari
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24411/2181-1385-2021-01075 Academic Research, Uzbekistan 38 www.ares.uz Birinchi Prezidentimizning ushbu fikrlarida oilaning eng avvalo, e‟tiqod va sog‟lom dunyoqarash tarbiyasidagi benazir roli ta‟kidlangan. Shu sababli oila hamda mahalla tizimida bola tarbiyasi bilan bog‟liq barcha tarbiyaviy ishlarning asosida xalq an‟analari, oilaviy o‟zaro munosabatlar hamda milliy qadriyatlarning tub mohiyatiga aloqador qonuniyatlarni o‟rganish vazifasi turibdi. Bu esa ularning ijtimoiy psixologik shart-sharoitlarini tadqiq etish bilan qo‟lga kiritilgan natijalarni amaliyotga tadbiq etishga bog‟liq. Chunki, barqaror va mustahkam oilani shakllantirish uchun, unda oilaparvarlik an‟analarini kuchaytirish, milliy urf-odatlarni zamon talablari asosida qayta o‟rganib chiqib eng nodirlariga nisbatan yoshlarimizda ma‟naviy-axloqiy tarbiyalashning ta‟sirchan vositalarini ishlab chiqish lozim. Bugungi kunda oiladek ta‟sirchan ijtimoiy institut orqali bolalarda aynan shunday qadriyatlarga nisbatan e‟tiqodni shakllantirish, va shu orqali oilaga nisbatan ijobiy axloqiy munosabatlarni hosil qilish dolzarb masalalardandir. Shu muqaddas dargohda ma‟naviy-axloqiy munosabatlarni vujudga keltirish va u orqali shaxsni sog‟lom e‟tiqodli, yangicha fikrlaydigan komil inson qilib tarbiyalash bugungi islohotlar davrida davlat ahamiyatiga molik masaladir. Oʻzbekiston hukumati oila masalalariga davlat siyosati darajasida bajarilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifa sifatida qaraydi. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 63-moddasiga ko‟ra, Oila jamiyatning asosiy boʻgʻini hisoblanib, u jamiyat hamda davlat tomonidan muhofazada boʻlish huquqiga ega. Onalik va bolalikni muhofaza qilish boʻyicha boshqa qonuniy hujjatlar ham qabul qilinib, amaliy tadbirlar belgilangan. Jumladan, "Kam taʼminlangan Oilalarni ijtimoiy himoya qilish choralari toʻgʻrisida"gi 1994 yil 22 avgustda farmon chiqarilib, yordamga muhtoj Oilalarga moddiy va maʼnaviy yordam berishning koʻlami kengaytirildi. Oilani jamiyatda ravnaq topishidagi oʻrni va ishtirokini yanada oshirish, oilalarning huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-axloqiy manfaatlarini va farovonligini yaxshilashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi kuchaytirish hamda izchil taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasida 1998 yilni "Oila yili" deb eʼlon qilingan edi. Shunga asosan, Oila manfaatlarini taʼminlash borasida amalga oshiriladigan tadbirlar toʻgʻrisida davlat dasturi ishlab chiqilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qoʻmitasi huzurida Respublika "Oila" ilmiy amaliy markazi tashkil etildi. Oilaviy hayot masalalarini huquqiy tartibga solishga bagʻishlangan Oʻzbekiston Respublikasining “Oila kodeksi” qabul qilingan. “Oila kodeksi”ning e‟lon qilinishi, O‟zbekiston qonunchiligi uchun yangilik bo‟lgan nikox shartnomasi, qarindosh-birodarlik va bolalarning nasl-nasabni belgilash, alimentlar to‟lash to‟g‟risida kelishish, bolalarning oiladagi huquqlari va |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling