Oilaning ijtimoiiy maqomi Reja


OILAGA IJTIMOIY PEDAGOGIK YORDAM SHAKLLARI


Download 132.23 Kb.
bet9/9
Sana14.09.2023
Hajmi132.23 Kb.
#1678276
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Oilaning ijtimoiiy maqomi

OILAGA IJTIMOIY PEDAGOGIK YORDAM SHAKLLARI
Reja:

1. Oila va uning vazifalari.


2. Oilaning ijtimoiy mavqei va uning turlari.
3. Oilaga ijtimoiy pedagogik yordam shakllari.

Jamiyatda oilaning roli o‘zining kuchi buyicha boshqa hech bir ijtimoiy institutlar bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Aynan olada insonning shaxsi shakllanadi va rivojlanadi; bola jamiyatda qiyinchiliksiz moslashib ketishi uchun u ijtimoiy vazifalarni egallaydi. Oila birinchi tarbiyaviy institut sifatida ishtirok etadi, u bilan bolalikni inson o‘zining butun hayoti davomida his etadi. Oilada insonning ma’naviyligiga asos solinadi, mulkiy qoidalari yuzaga keltiriladi, shaxsning ichki dunyosi va individual sifatlari ochib beriladi. Statistika ko‘rsatishicha, xo‘jalik yuritish bozor siyosatiga o‘tish ijtimoiy institut sifatida oila holatiga ancha salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Demograflar tug‘ilish kamayganini qayd etadilar. Sotsiologlar asotsial oilalar sonini o‘sib borishini qayd etadilar va turmush darajasining pasayishini taxmin qiladilar.
Hamma davrlarda kam oila o‘zining bolalarni tarbiyalashda yordam olishga talabni his etgan. Tarixning ko‘rsatishicha odamlar katta oilalar bilan yashaganlarida oilaviy hayotning zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalari avloddan avlodga tabiiy ravishda va oddiy kundalik hayot bo‘lib o‘tib ketgan. Zamonaviy rivojlangan jamiyatda avlodlar o‘rtasidagi oilaviy aloqalar buzilmokda. Shuning uchun jamiyat oila tashkil etish va bolalarni tarbiyalash hakidagi zarur bilimlarni yetkazish bo‘yicha ishlarni o‘z zimmasiga oladi. hozirgi paytda ota-onalarga mutaxassis psixologlar, ijtimoiy ishlar xodimlari, ijtimoiy pedagoglar va bolalarni tarbiyalash bo‘yicha boshqa mutaxassislarning yordamlari zarur. Ana shu mutaxassislarning yordamiga faqat notinch, yomon sharoitdagi oilalar emas, bugungi kunda tinch, yaxshi oilalar ham muhtojlar. Oila haqidagi bir necha xil tushunchalar mavjud: birinchidan, oila bu nikox va (yoki) qon-qarindoshlikka asoslangan kichik ijtimoiy guruh, uning a’zolari birgalikda yashaydilar va uy-ishlarini bajaradilar, bir birlariga nisbatan o‘zaro majburiyatlar bilan birlashganlar. Ikkinchidan, oila bu ijtimoiy institut bo‘lib unda odamlar o‘rtasida o‘zaro munosabatlar barqaror mustahkam shaklda bo‘ladi. Ana shu o‘zaro munosabatlar doirasida odamlarning kundalik hayotining asosiy qismi amalga oshiriladi: intim munosabatlari, farzand ko‘rish va bolalarning boshlang‘ich ijtimoiylashishi, tarbiyalash, tibbiy xizmat ko‘rsatish va boshqalar. Oila nikoh munosabatlari insoniyatga kadim davrlardan ma’lum. Neolit davridayok (15 20 ming yil ilgari) ongli nikoh paydo bo‘lganda, odamlar jamoasi paydo bo‘lganidayok ularning birgalikda xo‘jalik yuritishdagi va birgalikdagi bola tarbyalashdagi vazifalari tabiiy jinsiyligi, yoshiga qarab (erkak, ayol) ajratishiga asoslangan. Tarixda qayd etilgan oilaviy munosabatlarda farqlar bo‘lishiga qaramay hamma oilalarni birlashtiradigan qandaydir umumiylik bor. Bu oilaviy tarzda hayot kechirishdir, bunda insoniyat yashashning yagona imkoniyatini topgan. Olimlar oilaning turli vazifalarini ko‘rsatadilar. Biz birinchi navbatda bolani tarbiyalash va rivojlantirishga taaluqlilarigagina to‘xtalib o‘tamiz.
Oilaning reproduktiv vazifasi
(productio lotincha so‘z - qayta ishlab chikarish, ko‘payish). Oilaning muhim bo‘lgan vazifalaridan reproduktiv(jamiyatning biologik o‘z luksizligini ta’minlash, bolalarni dunyoga keltirish) funksiyasidir. Reproduktiv vazifani inson zotini davom ettirish zaruriyati sababini asoslaydi. hozirgi kunda 2-3 ta odamdan tashkil topgan oilalar soni ortib bormokda. Bunday odamlarning aytishlaricha bolalar ota-onalarning erkinliklarini cheklaydilar: ta’lim olishda, ishda, malakasini oishirishda, o‘zining qobiliyatini amalga oshirishda. Afsuski, bolaga ega bo‘lmaslik faqat mavjud bo‘lmay, ba’zilari farzand ko‘rishga layoqatli bo‘lganlarda, farzand orttirmay shunday o‘tadiganlar soni Yevropa mamlakatlari oilalarida ortib brmokda. Buning sabablarini quyidagicha izohlash mumkin: tug‘ilishning kamayishi, yosh oilalarning ota onalaridan alohida yashashlari, ajralishlari, o‘sib borishi sababli bir ota yoki onalik oilalar soni ortib bormokda, aholining sog‘likni sifati va mamlakatda sog‘likni saqlash rivojlanishi darajasi. Ekspertlarning baholashlari bo‘yicha yomon, noqulay ekologik sharoit, ahlqksiz hayot kechirish, yomon ovkatlanish, kasalligi va boshqa va boshqa turli xil sababli yoshi katta aholining 10 15% sog‘ligi holati sababli bolaga ega bo‘lishi mumkin emas.
Iktisodiy va xo‘jalik turmush vazifalari
Qadimdan oila har doim jamiyatning boshlang‘ich xujalik tashkiloti bo‘lib kelgan. Ov qilish va don yetishtirish, hunarmandchilik va savdo oilada har doim vazifalari taqsimlangan bo‘lgani uchun mavjud bo‘la olgan. Qadimdan ayollar butun uy ishlari bilan mashg‘ul bo‘lganlar, erkaklar kasb-hunar bilan shug‘ullanganlar. Ilmiy texnik revolyutsiya asriga kelib odamlar hayoti yumushlarining ko‘plari (ovkat tayyorlash, kir yuvish, uy tozalash, kiyim tikish va boshqalar) qisman maishiy xizmat sohasiga yuklatildi.Iktisodiy vazifasiOila a’zolari uchun boylik to‘plash bilan bog‘lik bo‘lgan: kelin uchun sovg‘alar, kuyov uchun qalin, avlodlarga qoldiriladigan buyumlar, tuyga, voyaga yetish yoshiga sug‘urta qilish, pul mablag‘lari to‘plash. Bizning jamiyatimizda sodir bo‘layotgan ijtimoiy iktisodiy o‘zgarishlar oilaning mol mulk to‘plash, xususiy mulkka ega bo‘lish, turar joyini xususiylashtirish, meros qilib koldirish va shu kabilar masalalaridagi iktisodiy vazifasi yanada faollashib bormokda.Boshlang‘ich ijtimoiylashtirish vazifasi. Oila – jamiyatning birlamchi bug‘ini sifatida ko‘p asrlik an’analar, urf – odatlarga tayanib yashaydi. Oila halkning tayanchi, ma’naviy va axloqiy meros makonidir. Oila tajribasini an’ana, urf – odatlar, marosimlar zamirida ijtimoiy hayot tushunchasi va qoidalarini avloddan – avlodga o‘tkazib keladi. Milliy istiqlol g‘oyasining kurtaklari, eng avvalo, oilada unib – o‘sadi. Bu jarayonga ota – onalar va bolalarning hamkorligi, qarindoshlarning o‘zaro yordami, kattalarga izzat – ikrom ko‘rsatish, bolalar haqida g‘amxo‘rlik qilish kabi insoniy mehr – oqibat rishtalari ta’sir ko‘rsatadi. Oiladagi sog‘lom muhit - yuksak ma’naviy – axloqiy hislatlarni shakllantirish kafolatidir. Oila, maktab va voyaga yetmaganlar bilan ishlash inspeksiyasining ijtimoiy–pedagogik imkoniyatlari, ularning qonunga buysunuvchi fuqarolarni tarbiyalash yuzasidan birgalikda olib borgan ishlari voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlikning oldini olishni ta’minlaydi.
Oila bola shaxsining shakllanishiga faol ta’sir ko‘rsatadigan birinchi va asosiy ijtimoiy guruhdir. Oila ijtimoiy mikromuhitdir va ijtimoiy ta’sir ko‘rsatish omillaridan biridir. U bolaning jismoniy, psixik va ijtimoiy rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Oilaning vazifasi bolani u dunyoga kelgan mamlakat madaniyatiga va bola tabiatiga mos ravishda rivojlanib borishi uchun uni asta sekin jamiyatga kirib borishidan iboratdir. Insoniyat to‘plagan ijtimoiy tajribalariga, u tug‘ilib o‘sayotgan mamlakat madaniyatiga, uning ma’naviy ahlokiy koidalariga, halk an’analariga bolani o‘rgatish ota onalarining majburiy vazifasidir.Tarbiyaviy vazifasi.Boshlang‘ich ijtimoiylashtirish jarayonida bolani oilada tarbiyalash muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Ota-onalar bolaning birinchi tarbiyachilari bo‘lganlar va shunday bo‘lib qoladilar. Bolani oilada tarbiyalash murakkab ijtimoiy pedagogik jarayondir. Oiladagi sharoit va muhit bola shaxsi shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Ota va ona o‘z bolasini ardoklaydi, erkalaydi, tashvishini qiladi, hayot tashvish va qiyinchiliklaridan asraydi. Ota-onalarnig shaxsiy ibratlari bola tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatishning muhim vositasidir. Uning tarbiyaviy ahamiyati bolaning taqlid etishga qiziqishi, havas qilishga asoslangan.

Download 132.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling