Oilaning ijtimoiiy maqomi Reja
IJTIMOIY PEDAGOGIK FAOLIYATNING ASOSIY YO'NALISHLARI NIMADAN IBORAT
Download 132.23 Kb.
|
Oilaning ijtimoiiy maqomi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1917-1940 yillardagi ijtimoiy pedagogik faoliyatning asosiy yo’nalishlari Ijtimoiy pedagogikaning maqsadi, vazifalari
IJTIMOIY PEDAGOGIK FAOLIYATNING ASOSIY YO'NALISHLARI NIMADAN IBORAT
Reja: Ijtimoiy pedagogikaning maqsadi, vazifalari Ijtimoiy pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi. 1917-1940 yillardagi ijtimoiy pedagogik faoliyatning asosiy yo’nalishlari Ijtimoiy pedagogikaning maqsadi, vazifalari Ijtimoiy pedagogika o`z nomiga ko`ra sotsium, ya'ni jamiyat bilan shug`ullanadi. Shu bois uni jamiyat tarbiyasi ham deyish mumkin. Jamiyat tarbiyasi deganda “Inson” tizimi ichida olib boriladigan tarbiya tushuniladi. Ya'ni, bevosita insonlararo munosabatlar jarayonidagi tarbiyaviy ta'sir, shuningdek ijtimoiy institutlar faoliyatining (xayriya jamg`armalari, tashkilotlar, jamiyatlar va assotsiatsiyalar) tarbiyaviy ta'siri nazarda tutiladi. Ijtimoiy “autsayderlar”, ya'ni qariyalar, nogironlar, yolg`iz yashovchilar, iqtisodiy nochor aqvolda yashovchilar va xalqning shu kabi boshqa tabaqalariga kiruvchilarga yordam berish ijtimoiy pedagogikaning maqsadalaridan biridir. Chunki faqat jamiyat va ijtimoiy ta'sir vositasida insonlarda insoniylik, vatanparvarlik, ijtimoiy faollik, mas'uliyatlilik singari fazilatlarni shakllantirish mumkinki, ushbu jarayonda oila, maktab va boshqa o`quv muassasalari yordamchilar sifatida faoliyat ko`rsatadi. Ijtimoiy pedagogika (lat.socium-jamiyat)ning asosiy vazifasi ijtimoiy tarbiya muammolarini o`rganishdan iborat. Demakki, uning ob'ekti ijtimoiy hayotiy tarbiyaviy jarayonlardir. Predmet esa, shaxsning shakllanishiga ijtimoiy muhitning ta'siri qonuniyatlari, jumladan oilaning, birlashmalarning, jamqarmalarning tarbiyaviy ta'siri kabilar hisoblanadi. Demak, ijtimoiy pedagogikaning predmeti - bu shaxsning ijtimoiylashuv jarayonidir. Ijtimoiy pedagogika, ayniqsa, “og`ir guruq”larga aloqida e'tibor qaratadi. Bu guruqga taqdir taqozasi bilan og`ir vaziyatlarga tushib qolgan shaxslar kiradi. Bular: narkomanlar, ishsizlar, fohishalar, jinoyatchilar, qamoqda o`tirib chiqqan kasallar, jinoiy guruqlarga va man etilgan diniy sektalarga o`zlari bilmagan qolda kirib qolgan shaxslar va h.k kiradi. Shuningdek, ijtimoiy pedagogika katta yoshdagi va qariyalarni; ishlab chiqarish jarayonlaridagi rahbar va xodimlarning o`aro munosabatlari, ayollar tarbiyasi, kasbidan qoniqmaganlik, qolaversa dam olishga, ruhyi kasallangan, ta'lim olishdagi muommalar, tarbiyasi oqir bolalar kabi muammolarni ham nazardan chetga qoldirmaydi. Ijtimoiy qayotning turli javhalaridagi bu insonlar, albatta, yuqori malakali pedagogik yordamga muxtojdirlar. Ijtimoiy pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi. Rivojlangan davlatlarda ijtimoiy tarbiyani amaliy tashkil etish maxsus kasb darajasiga ko`tarilgan. Janubda bu kasb “Ijtimoiy faoliyat” deb yuritiladi. Bizning yurtimizda aholining, umuman jamiyat a'zolarini ijtimoiy muqofazalashga doir 142 qator ishlar amalga oshirilishidan qat'i nazar, u bilan shug`ullanuvchi maxsus fan yo`nalishi to`liq shakllanmagan. Ijtimoiy ish jamiyat a'zolarining bir-biriga insoniy munosabatda bo`lishini taqozo etadi. qadim zamonlarda bu faoliyatning diniy mas'ullik, saqiylik, xayrixohlik singari qirralari namoyon bo`lgan. “Ijtimoiy pedagogika” ning paydo bo`lishi jamiyatning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy qayotidagi o`zgarishlar bilan boqliq. Chunki bu o`zgarishlar tarbiya jarayonini murakkablashtirib, yoshlar tarbiyasida yangi muammolarni vujudga keltirib, yosh avlodning ijtimoiy shakllanish jaraynini ilmiy o`rganishni talab etmoqda. An'anaviy pedagogika fani ta'lim muassasalari qobiqida cheklanib qolib, ijtimoiy muhit omilining tarbiyaga bo`lgan ta'siriga yetarlicha e'tibor bermadi. Ayniqsa, ijtimoiy tarbiyaning umumiy xarakterini chetga surib qo`ydi. Ijtimoiy pedagogika Rossiyada o`tgan asrning 80-yillarida aloqida fan sifatida shakllandi. Mustaqil yurtimizda esa uning ma'lum qirralari yoritilgan bo`lishiga qaramasdan bu yo`nalish bo`yicha hali aloqida tadqiqot ishlari yuzaga chiqqanicha yo`q. Bu fan qar bir jamiyatning, har bir mamlakatning, qar bir millatning ijtimoiy qayoti va milliy psixologiyasi bilan bevosita boqliq. Shu nuqtai nazardan mazkur fanni turmush pedagogikasi, deyish ham mumkin. Turmush -shaxsning jamiyatda o`z o`rnini topishini taqozo qiladi. Biz ta'lim tarbiya muassasalari va ulardan tashqari, ya'ni har kungi ijtimoiy hayotimiz orqali tarbiyaviy ta'sir ko`rsatish asosida barkamol, komil insonni voyaga yetkazishimiz kerakki, toki biz tarbiyalagan shaxs jamiyatga “kirishib keta olsin”. Ular jamiyatdan chetda qolishi mumkin emas. Ma'lum sabablarga ko`ra “jamiyat tan olmagan”, “sotsiumga kirisha olmagan” shaxslarning o`z yo`lini topib ketishi uchun ijtimoiy faoliyat talab etiladi. Ushbu muammo dolzarb kasb etib, Rossiyada 1960-1970 yillardayoq shunday ijtimoiy-pedagogik faoliyatga yo`naltirilgan mutaxassislarni tayyorlash bo`yicha ishlar olib boriladi. Jumladan, sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi, uyjoy kommunal xizmati tashkilotchisi, maktabdan tashqari muassasalar xodimlari, yotoqxona, maktab klublari xodimlari singari kadrlar faoliyat olib borishdi, qator chet mamlakatlarda esa 1970-1980 yillarda ijtimoiy talab-bu muammoni hal etishning yangi darajalarini vujudga keltirdi. Amaliyotda ijtimoiy pedagogik va yoshlarning yashash komplekslarida, turli yoshdagi xodimlardan iborat birlashmalarda ijtimoiy pedagogik tajribalarni to`plash ishlari shakllantirilgach, maktablarning ijtimoiy institutlar bilan qamkorligi o`zgardi. Shu asosda ijtimoiy muqitni pedagoglashtirish jarayoni intensiv tarzda rivojlanib bordi. Lekin bu boradagi kadrlar masalasi muammo bo`lib qolaverdi. Buning ustiga tarbiya ishlari bilan faqat maktab, boqcha kabi ta'lim-tarbiya maskanlari shuqullanadi,-degan fikr jamiyat a'zolari ongida o`rnashib qolgan. Demak, ta'lim tarbiya bilan shuqullanuvchi fanlar va o`quv muassasalaridan farqli o`laroq ijtimoiy pedagogika ijtimoiy hayotimizning barcha jabqalari bilan boqliqdir. Shuning uchun ham u juda ko`plab fanlar bilan uzviy bog`liq. Ularning asosiylari quyidagi jadvalda aks ettirilgan.. Pedagogika-Psixologiya-Sotsiologiya 143 IJTIMOIY PEDAGOGIKA Tibbiyot-Biologiya-Geneologiya Filosofiya-Mantiq-Iqtisod Tarix-Etnografiya-huquq Ijtimoiy pedagogika ijtimoiy fan sifatida barcha ijtimoiy fanlar bilan uzviy bog`langan. Barcha ijtimoiy fanlar inson xulq-atvorining turli tomolarini o`rganadi. Ijtimoiy pedagogika ijtimoiy psixologiya, sotsiologiya, antropoligiya, tarix, iqtisod, siyosatshunoslik fanlari bilan hamkorlikda boyib va rivojlanib boradi. Ijtimoiy psixologiya jamiyatimizda shaxslararo munosabatlarning tabiati va qonuniyatlarini o`rganuvchi fan sifatida o`zining nazariy tamoyillarini amaliyotga tadbiq etadi va shu orqali yangicha mazmundagi demokratik munosabatlarning jamiyatning har bir jamoasida, oilasida va fuqarosida qaror topishiga, yoshlarda yangicha fikrlashni va dunyoqarashni shakllantirish jarayoniga ko`maklashadi. Sotsiologiya insonning ijtimoiy turmushini, guruh va jamiyatni o`rganadi. Ijtimoiy mavjudot bo`lgan odamlarning xulq-atvori uning predmetidir. Antropologiya- odamning kelib chiqishi va evolyutsiyasi, odamzot irqlarining paydo bo`lishi, odamning tana tuzilishidagi farq-tafovut, o`zgaruvchanlik haqidagi fan. Antropoligiyaning muhim sohasi- odam organizmining tuzilishi va rivojlanishiga ta'sir qiladigan fiziologik. Biokimyoviy va genetik omillarini o`rganadigan bo`limi- «Odam biologiyasi» degan umumiy nom bilan XX asr o`rtalaridan boshlab rivojlandi. Siyosatshunoslik jamiyatning siyosiy hayoti va siyosiy munosabatlarida ro`y beradigan voqea-hodisalar, o`zgarishlarni ilmiy-nazariy jihatdan asoslab beradi. Uning siyosiy fan sifatidagi roli va ahamiyati uning siyosiy mohiyatga ega bo`lgan voqea-hodisalarni alohida olingan bir mamalkat doirasida emas, balki jahonning turli mamlakatlarida siyosiy muammolarni hal qilishida erishilgan natijalar bilan belgilanadi. Iqtisod fanlari esa ishlab chiqarish kuchlari va munosabatlari, jamiyatning iqtisodiy turmushini o`rganishga yordam beradi. Hamza faoliyati ikki davr-inqilobgacha va inqilobdan keyingi davrlar to’qnashuvida o’tgan. IJTIMOIY PEDAGOGIKADA ISHONTIRISH METODI Reja: 1.Ijtimoiy pedagogikaning jamiyatda tutgan o’rni. 2.Ijtimoiylashuv tushunchasi. Ijtimoiy pedadagogika fani haqida gap ketganda avvalambor biz pedagogika fani haqida malumotga ega bo’lishimiz lozim.Pedagogika fani nega kerak ? Pedagogika pedagoglar jamiyatimizni ajralmas bo’lagi hisoblanadi yosh kelajak avlodlarimizga bilim berish manaviyatini yuksaltish talimiy tarbiyaviy jihatdan bizga bilim va ko’nikmalar berishadi. Download 132.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling