Oilashunoslik ta’lim yo‘nalishi: Gumanitar fanlar


Download 0.52 Mb.
bet21/43
Sana04.02.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1165513
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   43
Bog'liq
oila majmua

Tayanch iboralar:

  1. Flegmatik-ehtiyotkor, mulohazali tip.

  2. Melanxolik - o'ta ta'sirchan muvozanatsiz tip.

19-Mavzu: OILA TARIXI.


Reja:
1.Oila paydo bo’lishi.
2. "Avesto" da oila nikoh masalalari
1. Oila paydo boiishiga nima sabab bo'lgan.Er yuzida 4 mlrd yillar muqaddam hayot nishonalari paydo bo'l­gan, 3 mln. yillar muqaddam esa hozirgi zamon odamlari- ning dastlabki ibtidoiy ajdodlari (Nomo-sapienes) fikrlovchi odam shakllangan.
Dastlabki nikoh munosabatlari biologik omillar bilan boshqarilgan, ibtidoiy erkak va ayollar bir-birlari bilan qo'- shilishib ketaverganlar, hech qanday oila bo'lmagan. Odam- larning tik yurishga o'tishi bilan ular organizmida ro'y bergan o'zgarishlar "Ilk ayollarni" ko'z yorish jarayonida ko'p nobud bo'lishiga olib kelgan va oqibatda odamlar to'dasida ularning soni keskin kamayib ketishiga olib kelgan. Shu boisdan erkaklar o'rtasida ayol bilan bog'liq ko'plab nizolar yuzaga kelgan, ularning ko'pchiligi qonli to'qnashuv ishtirokchilaridan birining nobud bo'lishi bilan tugagan, bunday tabiiy tanlanish estruss hodisasi uzoqroq muddat davom etgan urugiarning ko'proq yashab qolishiga olib kelgan. Keyinchalik ayollar o'zining jinsiy maylini nazorat qiladigan, endi kim to'g'ri kelsa o'sha bilan emas, balki faqat o'zlariga yoqadigan erkaklar bilangina qo'shila- digan bo'lib borganlar. Erkaklarga nisbatan tanlab muno- sabatda bo'lish — o'ziga xos insoniy muhabbatning biologik poydevori yuzaga kela boshlaganligidan dalolat beradi.
"Sevgi" hissining ilk elementlari, ayollarning shu holati xususiyati evaziga insoniyat ruhiyatiga singib ketadi. Shu tariqa asta-sekinlik bilan bir-birlarini shahvoniy ma'qul ko'radigan juftlardan iborat unchalik katta bo'lmagan guruhlar tashkil topa boshlaydi. Bu esa urug' tarkibiga kiruvchi erkaklar o'rtasida yana janjallar qon to'kilishiga sabab boiadigan holatlarni keltirib chiqaradi. Shu tarzda yuzaga kelayotgan jamiyatda, maxsus ijtimoiy me'yorlar shakllana boshladi. Ana shunday ijtimoiy me'yorlardan biri mazkur urug' ichida erkak va ayollarning jinsiy muloqatlarni ma'lum bir muddatga (ovga tayyorlanish ov vaqtlarida jinsiy tabular (taqiqlash) keng yuzaga kela boshlagandir.
Tabu — qattiq saqlanib uni buzganlar buni bilib qil- ganmi yoki bilmaymi bundan qat'iy nazar jazolangan, yo'q qilib yuborilgan.
Tabu vaqtida erkaklarning ayollarga tegishi, qarashi, gaplashishi, birga ovqatlanishi hatto, bir torn ostida, ya'ni "bir uyda" bo'lish taqiqlangan.
Bu vaqtlarda hali na nikoh, na oila mavjud bo'lgan. O'z navbatida tabular keyinchalik nikohning ilk turlaridan bo'lgan ekzogam nikohlarini yuzaga keltiradi.
Ekzogara nikoh—guruhlararo, qabilalararo nikoh, jin­siy aloqa faqat qo'shni qabila a'zolari bilan bo'lgan, o'z qabilasi ichida bo'lishi ta'qiqlangan.
"Boshqa urug'dagilar" bilan boiganlar aloqalardan tug'ilgan bolalar bo'ydor, abjir ekanligi sezilib borgan. Bu aynan hozirgi zamon odami gomosapiens shakllana bosh- lagan davrga, taxminan bundan 42-45 ming yillar muqad- dam o'tgan davrga to'g'ri keladi.
Guruhli nikohda bir guruh erkaklari boshqa guruhning barcha ayollari uchun er va aksincha ikkinchi urug'ning erkaklari birinchi urug' ayollarining erlari hisoblangan.
Guruhli nikoh shaxsiy nikoh bo'lmagan, ya'ni unda biron bir doimiy "er xotinlik" juftlari mavjud bo'lmagan. Tabiiyki guruhli nikohda u yoki bu bolaning otasi kim ekanligini aniqlash ham mushkul bo'lgan. Shuning uchun bolalarning kelib chiqishi faqat ona tomonidangina hisob­langan. Bolalar faqat o'z onasinigina bilishgan. Ularning singillari, singillarining bolalari, tug'ishgan aka-ukalari va boshqa qarindoshlar ona urug'ini tashkil qilgan. Keyinchalik guruhli nikoh doirasida o'zaro mayllar zaminida yetarlicha doimiy juftlar shakllana boshladi, bu taxminan 24-25 ming yillar ilgari yuzaga kelgan.
Ayrim erkaklarda ortiqcha mahsulot, shaxsiy mulk- ning paydo bo'lishi, oilaning shakllanishi tomon qo'yilgan yangi qadam bo'lgan sovg'a ayirboshlashni yuzaga keltirdi. Erkak kishi boshqa urug'dagi "o'z ayoliga" o'zining "mukofotini" sovg'a qilgan, shuningdek ayol ham o'zinikini unga bergan. Toki ular o'rtasida sovg'a ayirboshlash davom etar ekan, erkak bilan ayol o'rtasidagi jinsiy aloqa davom etavergan. Sovg'a ayir-boshlashning to'xtalishi esa ular o'rtasidagi aloqaning ham tugashini bildirgan. Shunday qilib nikohning yana bir turi—individual juft nikoh yuzaga kelgan.
Ba'zi erkaklarning ayol va uning bolalari bilan aloqasi muntazam va uzoq muddatli bo'lib bordi.
Nihoyat qabilalararo nikoh zaminida doimiy o'rin olgan xo'jalik birligi — jamoa tashkil topdi, unga erlar o'z xohishlari va ularning ayollari bolalari bilan birga kirdi. Erkaklar o'z opa singgillaridan, ayollar esa mos ravishda o'z aka-ukalaridan ajralishdi.
Yangi iqtisodiy xo'jalik birligi yoki oilaning yana bir turi — juft oila yuzaga keldi, unga asosan er, xotin va uning bolalari kirdi.
2. "Avesto" da oila nikoh masalalari qanday bo'lgan?
"Avesto"da oila, er-xotin munosabatlari yetarli o'z ifodasini topgan. Unda ayolga munosabat, ayolning roli, vazifalari, nikoh qurish yosh davrlari belgilangan. Nikoh shartnomasi tuzilgan va undagi shartlarga ko'ra ayol huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, axloqiy tomondan eri bilan teng huquqli bo'lgan.
Er xotinni teng huquqli, sevimli xotin va hurmatli shaxs sifatida oilasiga olib kirgan. Baynalminal nikohlarga qarshilik ko'rsatilmagan.
Nikoh shartnomasiga ko'ra er-xotinning roziligisiz takror uylanish yoki ayol kishini xizmatkorlikka olish huquqiga ega bo'lmagan. Nikoh shartnomasi, oilaning mustahkamligiga xizmat qilib, rashk hissini qo'zg'atuvchi, muloqot odobiga rioya etmaslik, shaxsiyatga tegish kabi salbiy hodisalarning oldini olishga qaratilgan.
Nikoh buziishiga salbiy qaralgan, doimo ajralish oqi- batida ayol va erkakning manfaatlari nikoh shartnomasida huquqiy kafolatlangan.
"Avesto"da ko'rsatilishicha, oilada ota yetakchi bo'l­gan.



Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling