Oilashunoslik ta’lim yo‘nalishi: Gumanitar fanlar
Download 0.52 Mb.
|
oila majmua
Tayanch so’z iboralar.
Tanosil kasalligi, so’zak, jinsiy yaqinlik, aholi salomatligi, jinsiy xulq. 26- Mavzu: Homiladorlik bo`lish va uning rivojlanishi. Reja: 1.Sog'lom onadan sog'lom farzand tug'iladi. 2. Homilaning rivojlanishi. Sog'lom onadan sog'lom farzand tug'iladi. Bola paydo bo'lishi, o'sishi, tug'ilishi haqida so'z yuritishdan awal onalik ma'suliyati haqida ham to'xtalib o'taylik. Sir emaski qizlarimizning ba'zi birlarida turli kasalliklar, bo'la- diki, ularning tug'ilajak bolaga va onaga ta'siri bo'lmaydi deb aytolmaymiz. Dardmand ayoldan tug'iladigan bolalar ham dard- mand bo'lishi, oilaga ham jamiyatga ham ko'p tashvish 'orttirishi sir emas. Dardmand tug'iJgan bolalarga qancha urinmang onasini qornida olishi kerak bo'lgan narsani bera olmaysiz. Unday bolalar bir umr onasining, oilasining, jamiyatning muttasil nazoratida, tashvishida bo'ladi. Tug'- ruqxonalardagi reanimatsiya bo'limlarida amallab tug'dirib olingan bolalarni tabobatning so'nggi yangiliklaridan foy- dalanib jonlantirishga, sog'aytirishga harakat qilishadi. Lekin bola sog'lom "inga" deya dunyoga kelsa, qanday yaxshi. Qiz bolalik chog'ida bo'lib o'tgan kasalliklar u turmushga chiqib homilador bo'lgandan keyin ayrim noxush omillar tufayli yuzaga chiqa boshlaydi. Bu albatta homila rivojlanishida nuqsonlar keltirib chiqarishi yoki uning no- bud bo'lishiga sabab bo'ladi. Homilador ayol yuqori nafas yo'llaridagi tez—tez shamollashga beparvo bo'lib, e'tiborsiz bo'ladi va yaxshilab davolanmaydi. Ammo shu infeksiyalar vaqtidan oldin tug'ib qo'yishga, yangi tug'ilgan davrida chaqaloqning kasal bo'lishiga sabab bo'lishi mumkin. Chunki onasidagi mik- roblar yo'ldosh, qon va limfa orqali yo'ldoshning yal- lig'lanishiga va ona qornidagi homilaning nobud bo'lishiga olib keladi Ekstragenital kasalliklar. Homilador ayollarda ekstragenital kasalliklarni ertaroq anglab, oldini olish, ko'p hollarda ona va bolaga katta foyda beradi. Homilador ayollarda tez-tez uchrab turadigan ekstragenital kasalliklar haqida to'xtalib o'tamiz: Revmatizm — umumiy yuqumli allergik kasallik; bunda asosan yurak-qon tizimi va bo'g'inlar yallig'lanadi. Awal bu kasallik bilan og'rigan ayollarda homiladorlik kasallikni zo'raytirishi mumkin. Revmatizm xuruji kislorod yetishmasligi va yo'ldoshdagi o'zgarishlar gipotrofiyaga va homilaning ona qornida nobud bo'lishiga olib keladi. Ba'zi hollarda tug'ish mahalida ona organizmida kuchli o'zgarishlar boshlanishiga (yurak tomir yetishmovchiligiga) olib keladi. Kasalliklami oldini olish uchun o'z vaqtida shifo- xonaga yotqizib davolanadi, bundan tashqari infeksiya manbai bo'lgan a'zolarni (og'riq tishlar, gaymorit, tonzillit) davolash lozim. Yurak poroklari — yurak va qon tomirlarining patologik o'zgarishidir. Yurak poroklariga ilgari revmatizm, surunkali tonzillit bilan kasallanganlik ham sabab bo'ladi. Yuragida nuqsoni bor ayollarda homiladorlik ko'ngildagi- dek kechmasligi mumkin, chunki kasal yurakka yangi sharoit va talablar og'irlik qiladi. Shuning uchun kasal- likning holati, turi va holatlarini hisobga olib maxsus davo- lar tayinlanadi. Gipertoniya kasalligi — arterial qon bosimining doimiy oshishi bilan kechadi. Bu kasallik homiladorlik kechishiga jiddiy xavf soladi, ayniqsa kech rivojlangan taksikoz va gipertoniya birga kelsa, noxush oqibatlarga olib keladi. Ana shunday noxushliklarning oldini olish uchun ruhiy, hayajonli hislarga berilmaslik, mehnat va dam olish tartibini to'g'ri tuzish, parhez (ovqat sifatli va xilma- xil bo'lishi, tuz, suyuqlik, hayvon ydg'larini cheklash) bo'lishi kerak. Gipertoniya kasalligida homiladorlar vaqti- vaqti bilan shifoxonada davolanadi,-' tug'ishiga 2 hafta qolganda tug'ruqxonaga yotqiziladi. Anemiya yoki kamqonlik — qonda eritrotsit va gemoglobin miqdori kamayib ketishi bilan kechadi. Homiladorlikda temir moddasi yetishmasligi bois kamqonlik ko'p uchraydi, bunga homilaning ona organizmidagi temir moddasini ko'proq o'zlashtirib olishi sabab bo'ladi. Gipotoniya - arterial qon bosimining pasayishi. Bu holat ayollardagi gormonlar etishmasligining belgisi hisoblanadi. Bunday ayollarda ilk va kech rivojlanadigan taksikoz ko'p uchraydi. Masalan ko'ngil aynishi, qayd qilish, holsizlik, shish, siydikda oqsil bo'lishi kabilar. Gipotoniyada ham homila o'z-o'zidan tushib qolish hollari kuzatiladi. Shuning uchun ular dispanser nazoratida turadilar va davolanadilar. Ular o'ta tashvishdan o'zlarini asrashlari, ko'proq toza havoda bo'lishlari lozim. Ovqatlari kaloriyali, oqsilga, vitaminga boy bo'lishi lozim. Gipotoniyaning og'ir turlarida va asoratlari paydo bo'la boshlaganda shifoxonada davolanishi, tug'ishiga 2 hafta qolganda esa tug'ruqxonaga yotqizish lozim. Venalarning varikoz kengayishi — venalarning kengayish shakli o'zgarishi va egiluvchanligining kamayishi bilan ifodalanadi. Ko'pincha oyoq venalarining varikoz kengayishi kuzatiladi, bunda homilador ayol oyoqlarida og'riq va og'irlik, oyoq muskullarining tortishishi, oyoq- larining uvishishi, jonsizlanishi va tez toliqishidan shikoyat qiladi. Kasallikning boshlanishida uzoq vaqt tik turish yoki o'tirishni cheklash, tor va siqadigan kiyimlar kiymaslik, suyuqlikni cheklash, past poshnalik poyabzal kiyish kabilar yaxshi natija beradi. Shuning uchun iloji boricha ertaroq shifokorga murojaat qilish lozim. Jig'ildon qaynashi — qizilo'ngach qizib achishishi bilan ifodalanadigan noxush sezgi. Neyrogumoral o'zgarish oqibatida yuzaga keladi. Keyinchalik o'z-o'zidan o'tib ketadi. Faqat ayollar achchiq, qovurilgan, uglevodli ovqatlarni ko'p yeyishdan o'zlarini tiyishlari lozim. Qabziyat — ichaklarning vaqtida yurib turmasligi homilador ayollarda tez-tez uchrab turadi. Oldini olish uchun ovqat xilma-xil bo'lishi, kechqurun yotish oldidan qatiq ichish, nahorda bir piyola sovuq suv ichish, xom sabzavot mevalar (olxo'ri, olma, sabzi va qora non) yeyish lozim. O'z bilganicha surgi qilmaslik lozim. Shu o'rinda qisqacha jinsiy a'zolarning anatomik tuzilishi va xususiyatlariga to'xtalib o'tsak. Jinsiy a'zolar zurriyod qoldirish a'zolar hisoblanadi. Ular ichki va tashqi a'zolarga bo'linadi. Qizlaming ichki jinsiy a'zolari: qin, bachadon, tuxum yo'llari (naylar) va tuxumdondan iborat. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling