Oilashunoslik ta’lim yo‘nalishi: Gumanitar fanlar
JINSIY ALOQA ORQALI YUQADIGAN
Download 0.52 Mb.
|
oila majmua
JINSIY ALOQA ORQALI YUQADIGAN KASALLIKLARNING OLDINI OLISH CHORA-TADBIRLARI
Keyingi yillarda tanosil kasalliklarining oldini olish borasi-da ko'pgina ishlar qilinganligiga qaramasdan, ularning yil sayin oshib borishi bir qator muammolarni keltirib chiqarmoqda. Kasalliklar past ko'rsatkichga ega bo'lgan paytda ularning oldini olish yuzasidan turkum ishlar susayganligi sababli kasal-lik kuchayganda bu sohadagi faoliyat ta'sirchanligini keng tahlil qilishni oshirish, bu sohada yangi ilg'or chora-tadbirlarni qo'llash zarur bo'lib qoladi. Hozirda tanosil kasalliklarining o'sishi boshqa vaqtdagilar-dan farq qilganligi sababli tushuntirish ishlarini, kasallikning oldini olish chora-tadbirlarining yangi yo'nalishlarida izlanish va taxminlar asosida tashkil etishni taqozo qiladi. Kundalik hayotda uchraydigan har xil vaziyatlar, por-nografiya, ota-onalarning o'zaro munosabatlarining yomonligi, yoshlar o'rtasida narkomaniya, alkogolizm va fohishabozlikning rivoji, yoshlar o'rtasidagi gomoseksualizmni avj olishi, albatta shularga qarshi chora-tadbirlarni yangi yo'nalishlarini ishlab topishga undaydi. Yuqoridagi sabablar, albatta bolalarning ruhiy holatiga ta'sir etadi va o'quv muassasalarida bu boradagi ta'lim-tarbiya ishlarini to'laqonli olib borilishiga xalaqit beradi. Ayni paytda bular milliy udumlarga rioya qilish chegarasidan chiqaradi. Bularning hammasi tanosil kasalliklari bo'yicha birlamchi profilaktikaning sustligidan dalolat beradi va bu kasalliklarning tarqalishidagi asosiy omillardan biri ekanligi isbot etiladi. Shuning uchun hozirda hech narsani ayamasdan, aholini tanosil kasalliklari haqidagi axborotlar bilan to'liq ta'minlash zarur. Bunda har xil yoshga va uning jinsiga mos adabiyotlar bilan ta'minlash kerak. Ularda kasalliklarni belgilari haqida, ularning yuqish yo'llari va ularning oldini olish chora-tadbirlari ko'rsatilishi hamda odam eng awalo o'zini va atrofidagilarning sog'lig'i uchun qayg'urishi lozimligini tushuntirish zarur. Birlamchi profilaktikani hozirda yurtimizda past darajada hisoblashadi. Lekin respublikada keyingi paytlarda gazeta va jurnallarda maqolalar, radio va televideniyeda chiqishlar biroz avj olmoqda, ammo yoshlar o'rtasida har xil tanosil kasalliklari haqida maxsus eshittirishlar hozircha kam. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling