Oilashunoslik ta’lim yo‘nalishi: Gumanitar fanlar


Download 0.52 Mb.
bet30/43
Sana04.02.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1165513
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   43
Bog'liq
oila majmua

Tayanch iboralar:

          1. Varikoz — tomirlarning yo'g'onlashuvi.

          2. Gipertoniya - qon bosimining ko'tarilishi.


27-Mavzu: Homiladorlik davrida kun tartibi.
Reja:
1.Homiladorlik kechishida shaxsiy gigienaning ahamiyati.
2. Homilador taksikozlari.
3.Mehnat va dam olish tartibi
Homiladorlik kechishida shaxsiy gigienaning ahamiyati. Homilador ayol uchun badanni toza tutish juda muhim. Teri kirlanganda uning himoyalash vazifasi pasayadi; ter va yog'lar chiqadigan teshiklar tiqilib yoqimsiz hid keladi va terda mayda yiringli toshmalar toshishi mumkin. Erta bilan yuz, qo'l, bo'yinni yuvishdan tashqari badanni hoi sochiq bilan ishqalab artish kerak. Uyqu oldidan ham yuz-qoi, bo'yin va oyoqlarni yuvish lozim.
Haftada bir marta yaxshilab, sovunlab cho'milish, ichki kiyimlarni va choyshablarni tez-tez almashtirish lozim. Tez- tez dushda cho'milib turish tavsiya etiladi. Homilador ayollarga issiq vannada cho'milish tavsiya etilmaydi, chunki u bo'shashtiradi va tez charchatadi, har-xil kasal- liklarni keltirib chiqarishi mumkin. Oyoqlarni issiq suvga solib parlamaslik kerak, chunki bu vaqtdan ilgari tug'ib qo'yishga sabab bo'lishi mumkin. Har bir ayol ayniqsa homilador ayol tashqi jinsi a'zolarini toza tutishi zarur, aks holda bu a'zolar saiga ishib, yiring paydo boiishiga, yallig'lanish kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin.
Sut bezlarini tayyorlash. Sut bezlarini tayyorlash, bola tug'ilmasdan ancha erta boshlanadi. Bu bilan ayollar bola emizish jarayonida bo'ladigan ko'krak uchi kelishi va mastit kasalligini oldini oladilar ko'krak yassi yoki botiq bo'lsa uni kuniga 2-3 marta 3-4 minut mashqlar qilishi lozim, buning uchun ko'krak uchiga vazelin yoki boshqa biron moy surtib bosh va ko'rsatkich barmoqlari bilan sirtga qarab ehtiyot bilan cho'zib turiladi. Kiyim kechak siqmasligi lozim, qalin chitdan tikilgan siynaband taqilishi kerak. Homiladorlik normal o'tayotgan bo'lsa, odatdagi turmush tarzini o'zgartirish kerak emas ayol o'z yumush- larini dam Olib dam olib, bajaraverishi mumkin. Faqat og'ir narsa ko'tarmaslik, qaltis, keskin harakatlar qilmasligi kerak. Tiniqib kamida sakkiz soat uxlash homilador ayollar uchun muhim ahamiyatga ega.
Tishlarning holati va og'iz. Tishlarni holati va og'iz bo'shlig'iga alohida e'tibor qilish lozim, chunki chirigan tishlar infeksiya manbai bo'lib u tug'riqdan keyin turli kasalliklarga olib kelishi mumkin.
Ko'pincha homilador ayollar tishlari og'riydi, milklari yumshab qon oqadigan bo'lib qoladi, shuning uchun tez- tez tish doktoriga uchrab turishi kerak. Og'iz bo'shlig'ini toza tutish va kechqurun yotish oldidan tishlarni tozalab yuvish har safar ovqatdan keyin og'izni chayqash kerak.
Turar joy gigienasi. Turar-joy gigienasi xona +0 18- 20 S° atrofida bo'lishi va kunda bir necha marta shamol- latib turilishi kerak uy ichidagi changlarni ho'l latta bilan artish kerak. Kunlar iliq paytida doim oynakni ochib qo'yish kerak.
Kiyim va poyabzal. Kiyim va poyabzal: homilador ayollar kiyimi qulay, keng bo'lishi, harakatga halal ber- masligi, ko'krak qafasi va qorinni qisib qo'ymasligi, yil fasliga mos bo'lishi lozim. Qorinni kattaligini sezdir- maydigan qulay kiyimlar kiyish va bu kiyimlar yaxshi yuviladigan matodan tikilishi lozim. Oyoqqa paypoqni ush- lab turadigan aylana rezina paypoq taqish yaramaydi, bu qon aylanishini qiyinlashtirib oyoqning kerikishiga oyoq vena qon tomirlarining varikoz kengayishiga sabab bo'lishi mumkin.
Oyoq venalarining varikoz kengayishida maxsus jas- ting paypoq kiyish kerak. Qechqurun esa oyoqni ko'tarib yotish kerak.
Homilador ayolning poyab/ali qulay, qismaydigan, past poshnali bo'lishi lozim. Agar baland poshnali poyabzal kiysa umurtqaning bel qismi qayishib orqa muskullari zo'riqadi va chanoqda homilani boshi noto'g'ri joylashishiga sabab bo'ladi, qadam tashlayotganda ham behosdan qoqinib ketishiga va vaqtidan awal tug'ib qo'yishga olib keladi.
Bandaj. Homila kattalashgan sari bachadon og'irligi qorin old devorlariga zo'r kelib muskullarning nihoyatda cho'zilib ketishiga, terida taram-taram dog'lar vujudga keli- shiga, qorinni osilib, homilani bachadonda noto'g'ri o'rna- shib qolishiga sabab bo'lishi mumkin. Bu kabi asoratlarni oldini olish uchun homiladorlikni ikkinchi yarmida qorin devori uchun maxsus bandaj taqiladi, u qorinni qismay, uni ko'tarib turadigan bo'lishi kerak. Uni homiladorlikning 28- 30 haftasidan taqilgani ma'qul.
Mehnat va dam olish tartibi. O'zbekiston Respub- likasida ishlab chiqarishda va muassasalarda, homilador ayollar mehnati qonun bilan himoya qilinadi, ularga ish joyida bir qancha imkoniyatlar, huquq va imtiyozlar berib qo'yilgan. Uy sharoitida o'zini ortiqcha toliqtirmasligi, uy yumushlarini osoyishta bajarishi lozim. Shu bilan birga ko'p o'tirish va yotish zararlidir bunda ayol, semirib ketishi, ich qotishi va ayniqsa muskullari bo'shashib, tug'ishga qiyna- lishi mumkin. Keskin harakat qilish va og'ir narsa ko'tarish, oyoq mashinkada tikish, velosiped va otda yurish kabi sport turlari bilan shug'ullanish mumkin emas.
Tungi uyqu. Kech soat-10 dan ertalabki soat 6 gacha bo'lgani ma'qul. Sayr 8-9 soatdan kam bo'lmasligi kerak — yozda ertalabki 8-10 gacha, qishda esa 10-13 gacha bo'lgani ma'qul, chunki bu paytda sochma ul'trabinafsha nurlari ko'p bo'ladi. Homiladorlik davrida transportda uzoq yurish mumkin emas, dard tutib qolishi mumkin, bundan tashqari bemor kishilardan uzoqroq yurish kerak, biror kasallik yuqsa homiladorlik kechishi murakkablashadi.
Ovqatlanish. Uni to'g'ri tashkil qilish alohida ahami- yatga ega. Bu vaqtda organizmdagi barcha jarayonlar tezlashadi: Bachadon rivojlanadi, homila o'sadi, moddalar almashinuvi kuchayadi. Yangi yaxshi tayyorlangan taom organizmni doimo kerakli bo'lgan kuch-quwat bilan ta'minlab turadi. Homiladorlikda vaznning 8-12 kilogramm ortishi me'yor hisoblanadi. Me'yordan ko'p ovqatlanish natijasida vazni og'ir, muskullari "bo'sh", yaxshi ritfojlan- magan "xom semiz" chaqaloq tug'iladi. Yetarli ovqatlan- maslik esa bola tashlashga, chaqaloqning yashash qobiliyati kamayib ketishiga, uning o'lik tug'ilishiga, onalar va bolalar o'limiga olib kelishi aniqlangan. homilador ayol spirtli ichimliklar ichmasligi, tamaki chekmasligi kerak va ayniqsa homiladorlikning birinchi oylarida shifokorning ruxsatisiz dori ichmasligi kerak, shuningdek achchiq va sirka quyilgan ovqatlardan o'zini tiyishi lozim. Ko'proq qaynatilgan, par­da pishgan ovqatlar, sut, tvorog, pishloq, salatlar yeyish kerak.
Homiladorlar badantarbiyasi: homiladorlar badantar- biyasi — muhim o'rin egallaydi, u shifokor ruxsati bilan amalga oshiriladi. Davolovchi badantarbiya bilan muntazam shug'ullanish homilador organizmining umumiy holatini yaxshilaydi, yurak-qon tomir, asab sistemalari, ovqat haz- mini yaxshilaydi. Ona va bola yetarli miqdorda kislorod bilan ta'minlanadi. Mana shu davrda homilador to'g'ri nafas olishga o'rganadi, ko'krak-qorin, tos suyagi osti va oyoqlardagi harakatsizlik yo'qoladi, badantarbiya bilan shug'ullangan ayollarda tug'ruq tez va engil o'tadi.
Agar yuqoridagi tavsiyalarga og'ishmay amal qilinsa homiladorlik yaxshi kechib, sog'lom bola tug'iladi. Ammo shunday hollar ham bo'ladiki, bu davrda turli asoratlar vu­judga kelishi mumkin.
2. Homilador taksikozlari: homilador taksikozlari — ayol organizmidagi fiziologik o'zgarishlar izdan chiqib, moslashishi buzilishidan kelib chiqadi. Agar ayol ilgari yurak-qon tomir, jigar, oshqozon kasalliklari bilan surun­kali. og'rigan bo'lsa hamda ruhiy va nerv kasalliklariga chalinganida, tuzuk ovqatlanmaganida, bu holat tezroq ri- vojlanadi.
Jismoniy zaif organizmga boshqorong'ilik zo'r keladi. Ko'pincha ko'ngil aynib qayd qilish bilan boshlanadi.
Tibbiyotda boshqorong'ilik uch turga boiinadi:

  1. Yengil ko'rinishi - bunda ayol bir kecha-kunduzda besh martacha qayd qiladi. Taomlarni, ayniqsa yog' hidiga toqat qila olmaydi. 2-3 kilogramm oziydi.

  2. O'rtacha ko'rinishi — kecha-kunduzda 6-10 mar­tacha qayd qiladi, siydikda atseton paydo bo'ladi.

  3. Og'ir ko'rinishi — terisi quriydi, harorati ko'tari- ladi oiganizm suvsizlanadi, ayol kecha-kunduzda 20-25 martagacha qayd qiladi. 8-10 kilogramm oziydi. Birinchidarajasiuyda-davolanishmumkin, lekinikkinchi-uchinchidarajasishifoxonadadavolanadi. Momolarimizqadimdakelinchaklaruchunalohidaqozonosgan, ellikovqatlardanasraganlar. Yengilhazmbo'ladigan, servitamin, ayniqsakalsiymoddasigaboytvorog, baliq, olmakabieguliklardanovqatlanishonavabolauchunbirdayfoydali.

Tayanch tushunchalar


Homila, to’g’ri ovqatlanish, homilaning rivojlanishi, jismoniy tetiklik.



Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling