Oilashunoslik ta’lim yo‘nalishi: Gumanitar fanlar


-Mavzu: Chaqaloq parvarishi


Download 0.52 Mb.
bet31/43
Sana04.02.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1165513
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   43
Bog'liq
oila majmua

28-Mavzu: Chaqaloq parvarishi.
Reja:
1. Momolar o'giti.Chaqaloq parvarishi.
2.Chaqaloq parvarishi.
3. Chaqaloq uchun zarur parvarish buyumlar.


1. Momolar o'giti. Onalik muborak boisin! Avlodlar zanjirini jismi bekam zurriyot bilan ulashlik ulug'ligi, o'zidan yana bir o'zini yaratish qodirligini tuyush va bunday yuksalish muborak boisin.
Olloh ikki jonni hamisha salomat qilsin! Momolarimiz o'giti hech qachon esdan chiqmasin: • Har gal chaqaloqni qoiingizga olib emiza bosh- laganingizda yaratuvchiga shukur qilib, uning ulugiigini tan oling. "Bismillohir rohmanir rohim" bilan ko'krak tuting
Keksalarimiz shundan bolaning yuzi farishtali qalbi nurli bo'ladi deyishadi.

  • Hadislarda ayollarga homilador bo'lish, bola tarbiyasidan tashqari erlari bilan yaxshi muomilada bo'lib, namoz ham o'qisalar jannatga kirishlari shubhasiz deyilgan.

  • Chillali chaqaloq xonasida ham tunlari chiroq yonib

tursin.

  • Momolarimiz asraydi deb chaqaloqning yostig'i ostiga kulcha non qo'yishgan, keling yaxshi irimni biz ham tark etmaylik.

  • Chaqaloqqa ism qo'yganda xosiyatli kunlarni tanlash

lozim.
Qarindoshlar ismini qo'ymaslikka odatlangan ma'qul.

  • Bolani emizishdan oldin poklanib olish kerak.

  • Emizikli ayol oldida ovoz ko'tarilmaydi, aks holda sut qochadi deyishadi.

  • Bolani emizib bo'lgach qolgan sutni sog'ib oling va uni duch kelgan yerga to'kmay, gulning ostiga ohista to'king.

  • Keksalar bolaning sochini gulning tagiga tirnoqlarini toza joyga ko'mish darkor deydilar.

  • Chaqaloqning kiyimlari alohida sovunda, alohida tog'orada yuviladi. Uning kiyimlari qorong'ida qolmasin, yo'qsa uchinadi deydi momolarimiz.

  • Bolaning idish-tovog'ini alohida tutib, ustiga toza sochiq yopib-qo'yiladi.

Pichoq, qaychi, bolta kabi keskir narsalarni va issiq choy, choynak-piyola, ovqat solingan boshqa idishlarni boladan uzoqroq tuting.
Bolani emizayotganda, yo'rgaklayotganda sochlarni turmaklab, ro'mol o'raladi.
Kechasi emizayotganda uxlab qolmang.
Bola tug'ilgandan keyin 3 haftagacha davr kichik davri, 6 ti haftagacha davr katta chilla davri deyiladi. Bola 1 yoshga to'lguncha go'daklik davri deb yuritiladi. Yoshi- gacha kasalga chalinmagan bola sog'lom o'sadi deydi momolarimiz.
Homiladorlikni 39 haftasidan keyin tug'ilgan bola yetilib tug'ilgan hisoblanadi. Uning vazni o'rta hisobda 3, 300 bo'ladi. Lekin vazni 2, 500dan 4-5 kg gacha bo'lishi mumkin.Chaqaloq dastlabki kunlari boshini tutib tura olmaydi. Boshi yumshoq, suyaklar birikkan joylarda liqildoqlar bor. Katta liqildoq 18 oyda kichigi esa 8 oyda bitadi, terisi yupqa, pushti rangda. Ko'pincha bolalar tug'ilgan zahoti- yoq siyadi. Dastlabki 2 kunda ichagidan yashilroq, deyarli qop-qora, qora moyga o'xshash modda mekoniy keladi.
Chaqaloq ko'radi, lekin uning sezgisi kattalarga nisbatan 20 marta pastroq bo'ladi. U yaltiroq, qizil narsalarni ko'radi. 10 kunlik bo'lganida hididan, 5 haftada ovozidan, 3-5 oylikda ko'zi bilan taniydi.
Eshitish: olimlarning aytishicha chaqaloq ona qornidayoq eshita boshlaydi.
2. Chaqaloq parvarishi. Bola yashaydigan xona iloji bo'lsa alohida, ozoda, quruq va yorug', t° 20-25°S atrofida bo'lishi zarur.
Derazalardagi katta pardalar, gilam, turli yumshoq mebel, tuvakdagi gullar va shu kabi narsalar boshqa xonaga chiqarilishi lozim, chunki bular o'ziga chang yig'ib bolaga allergik reaksiya berishi mumkin. Xonada faqat bolaning beshigi yoki krovatchasi va shkafcha bo'lishi kerak. Krovat yohud beshik xonaning yorug', issiq joyida turishi kerak.
Chaqaloq uchun zarur parvarish buyumlari: Vanna- cha, ko'zacha yoki krujka, 3 ta termometr (suv, tana va uy havosi uchun), mochalka, bolalar sovuni, sochiq, Nel klizma ballonchasi, grelka, steril paxta, bint, vazelin, 6- dona so'rg'ich, 2 ta tomizg'ich, qaynatilgan o'simlik moyi, yod, brilliant yashili kabilar bo'lishi lozim.
Amaliy mashg'ulot: Chaqaloqqa kiygiziladigan kiyim- kechak va yo'rgak 20-25 dona 70x100 smli surp yo'rgak, 10 dona paxmon yo'rgak, 2ta 60x60 kleyonka, 20ta surp taglik, 6-10 ta chit ko'ylakcha, 5 ta paxmoq ko'ylakcha 2- 3 ta chit va issiq qalpoqcha. Ko'ylakchalarni engi tikib qo'yilsa bola yuzini tirnab olmaydi.
Chaqaloqni cho'miltirish. U tug'ruqxonadan kelgan kuniyoq cho'miltirish kerak. O'zbeklarda ko'proq buvilar, onalar bu muolajani boshlab berganlar va yosh onalarga o'rgatganlar. Cho'miltirishdan awal yuqoridagi kerakli parvarish buyumlari tayyorlab qo'yiladi. Vannacha tozalab yuvilib, bola tanasini biroz kuymaydigan qilib suv quyiladi. T° 36.5 37°S, bo'lishi kerak. Xona t° 25°S. Bola asta-sekin yo'rgagi bilan suvga tushiriladi. Olti oygacha har kuni, keyin kun ora cho'miltiriladi. Cho'miltirishda bolani boshi va orqasini chap qo'l bilagiga qo'yiladi, o'ng qo'l bilan dumba va oyog'idan ushlab turib suvga tushiriladi. Keyin o'ng qo'l bilan badani suvlanadi, sovunlab chaqaloq boshini peshonasidan orqaga, ensa tarafga qaratib yuviladi, shunda bola ko'ziga sovun tushmaydi. Boshiga qaynatilgan o'simlik moyini surtib qo'ygan bo'lsangiz sovunli latta bilan artib olinadi. Boshidagi ko'pikni yuvib tashlagach, qo'lni yana sovunlab quloq orqasi, bo'yni, ko'krak, biqinlari va osti yuviladi. Suv quyishda bolani old tarafi bilan pastga qaratib, chap bilakka osilib turgandck holatda tutiladi. Cho'milgan bolani tezda choyshab yoki sochiqqa yotqizib awal boshi o'rab quritilgach, tanasi va oyoqlari bot-bot bosib quritiladi. Iloji boricha kechki payt 8-9 larda cho'miltirish kerak.
Cho'miltirish muddati 5-7 minutdan oshmasligi kerak. Cho'miltirib bo'lgach ovqatlantiriladi. Kundalik cho'milti­rishdan tashqari har kuni erta bilan yuvib taraladi. Emizib bo'lgach terisi, bo'yni, qo'ltiqlari, choti, taqim, tirsak, qu­loq orqasida qizargan bichilgan joylar bor-yo'qligini tek- shiriladi va o'sha joylarga steril vazelin yoki o'simlik moyi surtiladi. Chaqaloq yuzi va qo'llari qaynagan suvga paxta xo'llab artiladi, shunday paxta bilan, burun, tomoq artiladi. Burunda qatqaloq bo'lsa bir tomchi o'simlik moyi tomizilib, paxta pilik bilan tozalanadi.
Og'zi choy sodasi qo'shilgan eritma bilan artiladi. Chaqaloq sutkada 1-5 marta siyadi, 3-5 marta ichi keladi. Har safar osti tozalanib yuviladi. Qiz bola ostini oldidan orqa tomoniga qaratib yuviladi.

    1. Chaqaloqdagi patologik holatlar, ich dam bo'lishi, qabziyat. Agar terisi toza turmasa infeksiya tushishi mum- kin, agar terida mayda yiringli toshmalar paydo bo'lsa uyga shifokor chaqirtiriladi. Chunki bola bir oylik boiguncha poliklinikaga olib chiqilmaydi.

Uyga kelganingizda hali kindik yarasi suvchirab turgan bo'lsa 3-4 kun 3% pereks vodorod bilan yuviladi va zelyonka surtiladi.
Yo'rgaklash: awal adyol yozilib, ustiga paxmoq yo'r­gak, bolalar kleyonkasi, chit yo'rgak va uch burchak qilib taxlangan taglik qo'yib tayyorlanadi.
Yo'rgaklashda bola kindigidan yuqori ko'tariladi, tag- likning ikki uchi bola qorniga o'ralib, uchunchisi oyoqlari orasiga qo'yiladi, keyin belidan chit yo'rgak o'raladi, so'ngra paxmoq adyolga o'raladi.
Sayr: chaqaloqni yilning har qanday faslida ham 2-3 mahal sayr qildirsa bo'ladi.
Chaqaloq yig'isi asosan atrofdagilar bilan muloqot qilishidir: U tagi xo'l bo'lganda, ichi dam boiganda, ichi qotganda yoki qulog'i shamollaganda yigiaydi. Yoki "qor- nim och", "chanqadim", "isib ketdim", "sovqotdim", "qisib yo'rgakladingiz", zaylida yig'laydi.
Ich dam bo'lishi: bola bezovtalanib, oyoqlarinh tipir- chilatib qorniga tortadi qorni qattiq bo'ladi. Shunda bolani chalqancha yotqizib, qorni soat strelkasi bo'yicha silanadi, yel chiqib ketadi.
Ich kotishi: bola noto'g'ri emizilsa, suv ichirib turil- masa sutkasiga 1 marta ham ichi kelmasa, uni qorni bilan yotqizish, keyin soat strelkasi bo'yicha silash, agar naf ber- masa tozalovchi klizma qilinadi.
5. Beshikning afzalligi. Beshik hozir yana taomilga kirib, qoilana boshladi. Bunda bolaning osti quruq bo'ladi, suyagi tekis, chiroyli o'sadi, qishda sovqotmaydi, yozda elvizakdan himoya qiladi.
Shu o'rinda chaqaloq va emizilik davr ya'ni 1 yosh­gacha davr to'g'risida qisqacha to'xtalib o'tamiz.
Ona suti:

      1. Bola uchun eng to'yimli ovqatdir.

      2. Bolaga oson singib, to'la hazm bo'ladi.

Bolani infeksiyalardan saqlaydi
ibratidan kuchliroq va mustahkamroq o'rin oladigan ibrat yo'q. (N.I.Novikov).
Rivoyat qiladilarki, bir ona donishmand oldiga kelibdi va bolasining tarbiyasiga qachon kirishish kerakligi haqida surabdi. Donishmand bolaning necha yoshga kiiganini so'rabdi. Besh yoshga to'lganini bilib onaga xitob qilibdi:
— Tezda uyga qayt!
Bola tarbiyasida eng kerak bo'lgan besh yilni sen boy berib qo'yibsan! Shunday, bola dastlabki yillarda tez va ko'p qabul qiladi va tarbiyaning asosiy qismini qabul qiladi. Tarbiya keyin ham davom etaveradi. "Lekin siz mevani keyin ko'ra boshlaysiz, — deydi bir donishmand — bu o'zingiz bir vaqtlar, bolangiz besh yoshigacha bergan tarbiyangiz gulining mevasidir" bu davrda bolaning olamni bilishi odamni bilishi orqali kechadi. Yaxshilik va yomonlik degan katta tushunchalar ota va onasining bir-biriga munosabati, ovozi, qarashi, harakati orqali borligiga singib boraveradi. Donishmandlar kishi keyin umr bo'yi o'zi yashaydigan yaxshilik va yomonliklarning qariyb 90% ni aynan bolalikning ilk davrida olishini, besh yoshli bala bilan keksalik o'rtasi bir qadam ekanligini tan olishadi.Bugungi bolakayning ertaga qanday inson bo'lishi ko'p jihatdan bolalik deb atalgan bu davrning qanday o'tgani, uning ongi va qalbiga atrof-muhitdan nimalarni olib kirganiga bogiiqdir. Bolaga munosabatda awalo uning yosh darajasini inobatga olish kerak, uni yoshiga ko'ra taxminan quyidagicha taqsimlash mumkin:
2. Tarbiyaning yoshga bogiiq jihatlari:

        1. Uch yoshgacha.

        2. uchdan yetti yoshgacha.

        3. yettidan o'n yoshgacha.

        4. o'ndan-o'n to'rt yoshgacha.

        5. o'n to'rtdan-o'n sakkiz yoshgacha. »

Bolaning bir yoshidayoq rivojlanishi jadallashadi: tana
vazni uch hissa oshadi, bo'yi 25 sm o'sadi, tishlari chiqadi, ovqat chaynashni o'rganadi, emishdan to'xtaydi, bola oyo- g'ida turishni, kattalar qo'lini ushlab yoki o'zi mustaqil yurishni biladi. 3 yoshgacha bu ko'rsatkich oshib boradi, qo'llar harakati takomillashadi, mustaqil kiyinadi, echinadi, yuvinadi, qo'li bilan nozik harakatlarni qiladi, u endi qalam bilan rasm soladi, tugmasini qadaydi, gapirishga o'rganadi, shuning uchun ota-onalar juda sezgir va ehtiyotkor bo'- lishlari kerak. Tana a'zolarining to'g'ri rivojlanishi aniq- ravon so'zlashga o'rganishi, ota-onalarni sabr-toqatli, aqlirasolik bilan ish tutishlariga bog'liqdir. Bolaning 3-7 yosh oralig'i alohida ahamiyatga ega. Bu davrda bolada zamon tushunchasi haqida to'g'ri tushunchalarni shakl­lantirish uchun unga yolg'on gapirmaslik, savollariga to'g'ri, jiddiy javob berish kerak. Bundan tashqari bolalarda gigienik ko'nikmalarni go'dakligidanoq shakllantirish kerak 2-2, 5 yoshidan yuz-qo'l yuvishni eslatib turish, nazorat qilish va ko'maklashish zarur. Tozallikka rioya qilish faqat bolaning sog'lig'ini saqlash uchungina emas balki uni kelajakda ham pokiza bo'lishining omilidir. Bolani 2 yoshidan tishlarini tozalashga o'rgatish kerak. Buning uchun kichkintoyga bolalar tish cho'tkasi, pastasi berish lozim.



Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling