Oilaviy munosabatlarning bola shaxsida ijtimoiy
Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
Download 5.36 Mb. Pdf ko'rish
|
internet ma\'lumot
Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
taraqqiyotga orqada qolish bilan, 24%xulq-atvorning buzilishi, 4% aqliy yetishmaslik va nutqning rivojlanmaganligi bilan bog’liq. Ko’pincha o’qituvchilar o’zlashtirishi past bo’lgan o’quvchilar bilan qo’shimcha mashg’ulotlar o’tkazadilar.Bunda ular darsda o’tilgan materiallarni qaytarish , bir mashqni bir necha marta yozdirish bilan chegaralanadilar.Bunda bola nimada xato qilayotganiga e’tibor berilmaydi. Ko’pincha o’qituvchilar sababini tushunmasdan o’zlashtirmovchi o’quvchilarni “qobilyatsizlar”, “aqli yetishmaydiganlar” safiga kiritib qo’yadilar. Tez orada o’qituvchilar o’zlashtirmovchi o’quvchilarga e’tibor bermay qo’yadilar, sinfdan qolmasliklari uchun “uch” baho qo’yadilar. Keyinchalik bunday o’quvchilarda maktabga nisbatan salbiy munosabat rivojlanadi, shaxs xarakteri potologik shakllanadi.Psixik taraqqiyotda vaqtinchalik orqada qoladigan bolalarga individual ishlashning mahsuldor usullari qo’llanilsa, umumta’lim maktabida bemalol o’zlashtiruvchi o’quvchilar qatorida bo’ladilar. Har qanday o’qituvchi shuni aniq idrok etadiki, yoshi teng tarbiyalanuvchilar bir- biridan nafaqat o’zlarining jadalligi bilan aynan bir xil topshiriqni bajarishdagi aqliy salohiyati yoki toliquvchanligi bilan ajralib turadi.Qaysidir o’quvchining “matonati” bir-ikki darsga yetadi, kimdir kun bo’yi intensiv ishlashi mumkin, boshqa bola esa birinchi darsdanoq diqqatini ob’yekt ustiga to’play olmaydi.Bola diqqatining ko’chuvchanligi va tarqoqligi uning darsni to’liq o’zlashtira olmasligiga olib keladi. Xolerik-temperamentli bolalarning asab sistemasi turg’un emas,ularda tashqi ta’sirga javob berish faollikka nisbatan ustunroq. Flegmatiklar og’ir –bosiqdirlar.Ishga jiddiylik bilan yondoshib uzoq va unumli mehnat qilishadi. Sangviniklar odatda yuqori faollikka ega. Yangi ish ularni toliqtirmaydi. Melanxoliklarda bu jarayon biroz qiyin kechadi.Chunki ularning oliy nerv faoliyati zaifroq.Ularda faollik deyarli sezilmaydi. O’qituvchilar o’quvchilarning ishchanligini oshirish maqsadida oliy nerv faoliyati to’rtta tur tafovutini yodda tutishlari kerak. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling