Oilaviy munosabatlarning bola shaxsida ijtimoiy


Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази


Download 5.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/273
Sana24.10.2023
Hajmi5.36 Mb.
#1717990
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   273
Bog'liq
internet ma\'lumot

Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази 
Ovqatlanishning to'g'ri tashkil etilishi ham bolaning sog'lom bo'lib o'sishining asosiy 
omillaridan biridir. Ota-onalar tomonidan bolaning belgilangan muayyan soatlarda 
ovqatlanish, ovqatlanishdan avval qo'lni yuvish, ovqatdan keyin og'izni chayish, 
shuningdek, kuniga ikki marta (ertalab va kechqurun) tish tozalash, haftada bir marta 
vanna (yoki dush, hammom)da cho'milish, qo'l va oyoq tirnoqlarini olishga odatlantirib 
borishlari zarur. Ushbu holatlar bolalarda jismoniy madaniyat unsurlarini shakllantiradi.
Oila tarbiyasida bolalarni aqliy jihatdan tarbiyalash ham muhim o'rin tutadi. Bu 
boradagi dastlabki va muhim vazifa ota-ona tomonidan bolaning qiziqish va 
ehtiyojlarini ko'ra bilish asosida tasavvur, idrok, tafakkur, hotira hamda diqqatni 
takomillashtirishga yordam beruvchi mashg'ulotlarga jalb etishdan iborat.
SHuningdek, ma'lum yo'nalishlar bo'yicha bolada qg'iziqishni uyg'ota olish, uni 
rivojlantirib borish ham talab etiladi. Bu borada ota-ona yoki oilaning boshqa 
a'zolarining dunyoqarashi, ehtiyoj va qiziqishlari doirasi hamda ular tomonidan 
ko'rsatilayotgan namuna muhim tarbiyaviy omil bo'lib xizmat qiladi. Oila muhitida 
bolaning aqliy jihatidan tarbiyalab borishda konstruktorlik o'yinlari (kubiklar yordamida 
uylar qurish, kesmalar asosida fano (tasvir)lar hosil qilish va boshqalar), fikr doirasini 
kengaytirishga yordam beruvchi sport o'yinlari (shahmat, shashka)ni tashkil etish, turli 
mavzulardagi krossvord, chaynvord va rebus topishmoqlarini hal qilish, teatr, muzey va 
ko'rgazmalarga tashrif buyurish hamda ilm-fan, texnika va texnologiya taraqqiyoti 
yuzasidan suhbatlarning uyushtirilishi bu borada o'zining ijobiy samarasini beradi.
Axloqiy tarbiya oila tarbiyasining o'zagini tashkil etadi. Oilada uyushtirilajak axloqiy 
tarbiyaning maqsadi bolalarda eng oliy axloqiy sifatlar ota-ona hamda oilaning boshqa 
a'zolari, shuningdek, atrofdagilarga nisbatan mehr-muhabbat, kattalarga hurmat
kichiklarga muruvvat, kamtarlik, to'g'riso'zlik, mehnatsevarlik, sahovat, insonparvarlik, 
adolat, vijdon, or-nomus, g'urur, intizom, ijtimoiy burchni anglash va hokazolarni 
shakllantirishdan iboratdir. Shaxsda mazkur sifatlarning qaror topishida oiladagi 
sog'lom muhit, oila a'zolarining psixologik jihatdan o'zaro yaqinliklari, ehtiyoj, qiziqish 
va hayotiy yondoshuvilaridagi umumiylik, bir-birlarini har qanday vaziyatda qo'llab-
quvvatlay olishlari, ota-onalar tomonidan barcha farzandlariga nisbatan qo'yilayotgan 
talablar, shuningdek, ularga ko'rsatilayotgan e'tiborning bir hil bo'lishi oila tarbiyasida 



Download 5.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling