Oilaviy munosabatlarning bola shaxsida ijtimoiy
Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
Download 5.36 Mb. Pdf ko'rish
|
internet ma\'lumot
Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
ijobiy natijalarga erishishning omillari sanaladi. Oilada muayyan an'ananing qaror topganligi, unga oila a'zolari tomonidan bildirilayotgan hurmat, shuningdek, keksa avlod vakillarining shaxsi, ularning ijobiy sifatlari, mehnatda erishgan (garchi u oddiy bo'lsa ham) yutuqlari, atrofdagilar bilan munosabati borasidagi suhbat yoki hotiralarning tashkil etilishi bolalarda hayotiy e'tiqodning shakllanishini ta'minlaydi. Oilada tashkil etiladigan estetik tarbiya bolalarda go'zallikni his qilish, undan zavqlanish, tabiat go'zalliklaridan bahra olish asosida his-tuyg'u, idrok, tasavvur hamda qarashlarni yuzaga keltirish, ularni hayotni sevishga o'rgatishdek vazifalarning ijobiy hal etilishini nazarda tutadi. Axloqiy va estetik qarashlar mazmuni o'zgargan bir sharoitda oilada axloqiy va estetik tarbiyani to'g'ri va samarali tashkil etilishi ayniqsa muhimdir. Bolalar juda yoshligidanoq sohta go'zalliklar (yarim yalang'och yoki yalang'och badan, me'yoridan ortiq qo'llanilgan pardoz, urfga kirib borayotgan kosmetik operatsiyalar «mahsuli», o'ta darajadagi yaltiroq mato yoki taqinchoqlar) go'zallikning timsoli emasligini anglab etishlari lozim. Bola tasavvurida haqiqiy, tabiiy go'zallik (yam-yashil tabiat, nafis qor uchquni, nozik gullar, beg'ubor osmon, viqorli tog'lar, tiniq zilol suv, toza, musaffao havo, bepoyon dalalar, qushlarning yoqimli ovozi, sharqiroq suv, «chuchvara»lar hosil qilayotgan yomg'ir tomchilari, kamalak jilosi, shuningdek, ochiq, hushsurat, chiroyli tabassum, shirali ovoz, ta'sirchan badiiy va san'at asarlari, yuksak mahorat bilan yaratilgan o'yinchoqlar (bolaning asabini junbushga keltiradigan elektron o'yinchoqlar emas), yarashiqli liboslar va boshqalar)ning namoyon bo'lishi uchun shart-sharoit yaratib berish maqsadga muvofiqdir. Bolalarda haqiqiy go'zallikni his etish tuyg'usi tabiat bag'rida, muzey, ko'rgazma, kino va teatrlarda bo'lish tufayli shakllanadi. SHu bois maktabgacha ta'lim muassasalari hamda boshlang'ich sinf o'quvchilari bilan tabiat bag'riga, muzey, ko'rgazma, kino va teatrlarga uyushtiriladigan ekskursiya va tashriflar katta tarbiyaviy kuchga egadir. Mehnat tarbiyasi ham oila tarbiyasining asosiy yo'nalishlaridan biri sanaladi. Shaxsning mustahkam harakter va qat'iy iroda egasi bo'lib voyaga etishida mehnatning roli kattadir. Bolalarni oilada to'g'ri tarbiyalashda oila ho'jaligining odilona tashkil etilishi, bolalarni oila ho'jaligini yuritish ishiga jalb qilish katta ahamiyatga ega. Bolalar tomonidan bajariladigan oilaviy yumushlar ularning jismoniy va aqliy kamoloti |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling