Oilaviy munosabatlarning bola shaxsida ijtimoiy


Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази


Download 5.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/273
Sana24.10.2023
Hajmi5.36 Mb.
#1717990
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   273
Bog'liq
internet ma\'lumot

Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази 
munosabatlar mazmuni, oila a'zolarining fiziologik, psixologik, madaniy jihatdan 
komillik hamda ma'lumot darajasi, ularning qiziqish va ehtiyojlari o'rtasidagi 
mutanosiblik, oilaviy hayotni tartibga solish borasidagi o'zaro yordam, hamkorlik, birlik 
tamoyillariga tayanish kabilar sub'ektiv omillar sirasiga kiradi.
Bolalarda ijtimoiy-dunyoviy bilimlarni egallashga bo'lgan intilish, ijtimoiy 
faoliyatning shakllanishida ota-onalarning samarali ishtirok etishlari hal qiluvchi omil 
bo'lib, bu oia tarbiyasini muvafiqiyatli amalga oshirishning zarur shartlaridan biri. Oila 
tarbiyasida bolalar hayotini to'g'ri yuritish ularni vaqtdan to'g'ri va unumli 
foydalanishlarining asosiy garovidir. Bolalarning oiladagi vaqtini o'yin, mehnat va 
o'qish faoliyatlari bo'yicha to'g'ri taqsimlash nihoyatda muhimdir. Oila jismoniy va 
psixologik jihatdan sog'lom, ma'naviy barkamol, mehnat, ijtimoiy hamda oilaviy 
hayotga tayyor shaxsni shakllantirib berishi lozim. Oila tarbiyasining mazmuni 
bolalarga ijtimoiy tarbiyaning mazkur yo'nalishlari — jismoniy, axloqiy, aqliy, estetik, 
mehnat, ekologik, iqtisodiy, huquqiy, siyosiy-g'oyaviy hamda jinsiy ta'lim berish, ularda 
faoliyat ko'nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat. Oila muhitida tashkil 
etiladigan jinsiy tarbiya o'zida bolani jinsiy jihatdan chiniqtirish, ularni tozalik va 
ozodalikka o'rgatish, o'z sog'ligi uchun g'amho'rlik qilish va mas'uliyatli bo'lishni 
ta'minlashga qaratilgan harakatlarning mazmunini ifoda etadi. Bolalarning sog'lom 
bo'lishlarida ularning kundalik hayotiy rejimga amal qilishlari nihoyatda muhimdir. 
Ota-onalar yoki oilaning katta vakil avlodlari bolalarning mehnat qilishlari va dam 
olishlarini tartibga solishga ahamiyat berishlari kerak.
Organizmning 
bir 
maromda 
ishlashi 
bola 
salomatligini 
saqlash 
va 
mustahkmlashgagina yordam berib qolmay, shu bilan birga uning barcha yumushlarni 
tartibli va sifatli bajarishi uchun imkon yaratadi. Markaziy asab tizimining 
mustahkamlanishi uchun yaxshi dam olish talab etiladi. Tiniqib uhlash bosh miya asab 
hujayralarini to'la orom olishini ta'minlaydi. Bu esa butun organizmning mo''tadil 
o'sishiga, uning ish qobiliyatini saqlash va qayta tiklashga yordam beradi. Inson 
salomatligini saqlashda ertalabki badan tarbiyaning ahamiyatini bolalarga tushuntirish 
hamda ularning ertalabki badan tarbiya bilan shug'ullanishga ko'niktirib borish ota-ona 
nazoratini talab etadi. Badan tarbiya bolani saranjomlik, intizomga ham o'rgatib boradi.



Download 5.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling