Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
to'xtash, ma'lum bir holatni egallash, burilish va harakatni davom ettirish mashqlari
bolaning aqliy holati hamda jismoniy faoliyatini yanada rivojlanishiga erishildi.
Joydan turib uzunlikka sakrash texnikasi bolalar uchun biroz qiyinlik qilishiga
qaramay, bolalarning depsinishi, uchish fazalari, qo’nish holatlari hamda natijalari
qoniqarli darajaga yetdi.
Joyidan turib uzunlikka sakrashda va arg’amchida sakrashlar bolalarning barcha
jismoniy sifatlarini birdek rivojlantirishi barcha tadqiqotlarda o’z isbotini topgan bo’lib,
bolalarning faoliyatini rivojlantirishning eng samarali usularidan biri sanaladi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2016 yil 29
dekabrdagi PQ-2707-son “2017 – 2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori.
2. Ozolin N.G. Makarov D. P. “Yengilatletika” Moskva, 1972 y.
3. Normurodov A.N. Yengil atletika. Toshkent: 2002 yil.
4. IAAFning bolalar engil atletikasi dasturi. 2006 yil
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR INDIVIDUAL XUSUSIYATLARINI
SHAKLLANISHIDA OILANING O`RNI
Choriyeva Sharofatoy Hatam qizi
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani 12-DMTT
Oila jamiyatning asosiy bo`g`ini, u nikoh va qon-qarindoshlikka asoslanishi,
hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo`lish huquqiga ega. Insonparvar demokratik
davlatda mavjud bo`lgan oilaga quyidagicha ta‘rif mavjud: “Oila jamiyatning tabiiy va
asosiy bo`g`ini bo`lib, yuridik ma‘noda nikoh, qarindoshlik, farzandlikka olish yoki
boshqa shakllarda bolalarning doimiy tarbiyaga olishdan kelib chiqadigan tegishli
huquq va majburiyatlar bilan bog`langan shaxslar doirasidan iborat bo`lgan milliy
mustaqillik mafkurasiga, umuminsoniy qadriyatlar va sharqona an‘analarga asoslangan
Do'stlaringiz bilan baham: |