Oilaviy munosabatlarning bola shaxsida ijtimoiy


Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази


Download 5.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/273
Sana24.10.2023
Hajmi5.36 Mb.
#1717990
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   273
Bog'liq
internet ma\'lumot

Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази 
Antik adabiyotda Ezop masallari juda mashhur bо‘lgan. О‘z ma’nosidan 
kо‘chirilgan (majoziy) sо‘z va kinoyaviy iboralar orqali qilinadigan “yashirincha” 
tanqidning tili va uslubi Ezopga nisbatan berilib, “Ezop tili” deyilgan va shu ta’bir joriy 
qilingan.
Ezop quldorlik jamiyati sharoitida hukmron doiralarning jirkanch kirdikorlarini 
ochiqdan-ochiq tanqid qilish ilojini topolmagach, о‘zining satirik asarlarini kinoyaviy til 
va uslubda yozishga majbur bо‘lgan. Feodal istibdodi sharoitlarida yashab ijod etgan 
mashhur rus masalchisi I. A. Krilov ham, atoqli о‘zbek masalchisi Gulxaniy ham “ezop 
tili”da yozganlar. Fransuz shoiri Lafontenning masallari ham mashhur. A. Navoiy 
dostonlarining bir qancha epizodlari, “Sher bilan Durroj”, “Kabutar” singari masallari 
yaxshi xislatlarni tarbiyalashda katta rol о‘ynaydi.
О‘zbek adabiyotida Sayido Nasafiy, Maxmur, Gulxaniy kabi shoirlar ham 
Navoiy an’analarini davom ettirganlar, bolalarbop kо‘pgina masallar yozganlar.
Hayvonlar, parrandalar, hashorotlar, gullar haqidagi majoziy asarlarni bolalar 
qiziqib о‘qiydilar. Mana shu nuqtai nazardan Sayido Nasafiyning “Bahoriyot” 
(“Hayvonotnoma”) asari ahamiyatlidir. Nasafiyning masallari, axloqiy va tarbiyaviy 
masalalarga doir fikr hamda qarashlari bolalarning о‘qish va tarbiyasida katta ahamiyat 
kasb etishi bilan birga, ularning kitobxonlik doirasini ham kengaytiradi. Mashhur 
masalnavis Gulxaniyning “Toshbaqa bilan Chayon”, “Maymun bilan Najjor” masallari 
boshlang‘ich sinf о‘quvchilarining yoshiga mos keladi. Ularda dо‘stlik, rostgо‘ylik, 
qо‘lidan kelmaydigan ishga urinmaslik kabi g‘oyalar ilgari suriladi. Ma’lumki, tarbiya 
kо‘proq ta’lim jarayonida berib boriladi. Bolalarga maktabga kelgan kunidan boshlab, 
bilim olishga havas tuyg‘usi shakllantiriladi. Ularda asta-sekin bilim olishga ehtiyoj 
paydo bо‘ladi va bu orqali о‘quvchilar ma’naviy ozuqa ola boshlaydilar. Bu bilan 
bolada kelajakka intilish, orzu-havas, mehnatga chanqoqlik, xayr-u ehsonda sofdillik, 
ona Vatanga mehr-muhabbat, fidoyilik, milliy g‘urur, matonat, mehr-oqibat, dо‘stlik, 
ezgulik kabi yuksak hislar paydo bо‘ladi. Masal janrida ijod qilgan O. 
Qо‘chqorbekovning “Qaysar buzoqcha” masali oilasi, о‘rtoqlari, dо‘stlaridan ajralib, 
yomon yо‘llarga kirib qolgan, oqibatda kо‘ngilsiz holatlarga tushib qolgan bolalarni 
tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Ushbu masaldagi asosiy xulosa masal oxirida 



Download 5.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling