Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
amalga oshirishda boshqalarning maslahati, nasihatiga quloq solmay, о‘z aytganidan
qaytmaydigan, о‘jar kishilarni tanqid ostiga oladi. Baqa otlar kabi taqa bilan tovush
chiqarib yurishni, yurganda yerni jaranglatib, odamlarga bu dunyoda о‘zining borligini
bildirib yashashni istaydi. U taqachining “Taqani о‘ylama, uni otga chiqargan, senga
taqa qoqsam, sakrashdan mahrum bо‘lasan ... Sen taqa bilan yо‘rg‘alay olmaysan.
Yо‘rg‘alashni ham otga chiqargan”, “Sen borligingni bildirib yurmoqchi bо‘lsang,
sayrab yuraver” deyishlariga quloq solmaydi. Bu о‘jarlik uning boshiga kulfat keltiradi:
suv tagiga chо‘kib ketadi. Yonidagi baqalar bо‘lmaganda halok bо‘lishi ham tayin edi.
Kech bо‘lsa ham baqa xatosini anglab yetadi, taqachi oldida xijolat chekadi. Bu holatlar
о‘quvchini о‘z hayotiga, xatti-harakatiga bir nazar tashlashga undaydi. Ular о‘z
tengqurlari kabi yashash kerakligini anglaydilar.
Demak, masal janri hajm jihatdan qisqaligi, satirik xarakterga ega ekani, axloqiy
qarashlarni ajoyib tarzda bayon etishi, insonga xos xususiyatlar majoziy obrazlarga
kо‘chirilishi, qissadan hissa − ibratli xulosa chiqarilishi bilan boshqa janrlardan
farqlanib turuvchi asar hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Aziz Abdurazzoq. Sho‘x yomgir”. –Toshkent: Adabiyot va san’at nashriyoti,
1995.
2. K.Qosimova va boshq. Ona tili o‘qitish metodikasi. –Toshkent, 2009.
3. O.Qо‘chqorbekov. “Qaysar buzoqcha”. –Toshkent, 1974.
4. G`afforova T., Nurullayeva Sh., Mirzahakimova Z. ”О‘qish kitobi”. Umumiy
о‘rta ta’lim maktablarining 2-sinfi uchun darslik. «Sharq» nashryot-matbaa aktsionеrlik
kompaniyasi Bosh tahririyati nashriyoti. –Toshkеnt, 2018.
Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
O’QITUVCHGA QO’YILADIGAN TALABLAR, KASBIGA XOS XISLATLAR
Do'stlaringiz bilan baham: |