Oilaviy munosabatlarning bola shaxsida ijtimoiy
Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
Download 5.36 Mb. Pdf ko'rish
|
internet ma\'lumot
Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
tan olindi ham. V.Vundtning mulohazasicha, irodaning negizida appersepsiya aktining sub'ekti tomonidan ichki faollik uniki ekanligini his etish yotadi. Uning bu konsepsiyasi emosional yoki affektiv nom bilan psixologiya faniga kirib keldi. U. Djemsning tan olishicha, irodaviy harakatlar boshqa ruhiy jarayonlarga qorishtirib bo’lmaydigan birlamchi xususiyatga egadirlar. Har qanday g’oya dastlab dinamik tendensiyaga ega 158 bo’lganligi tufayli irodaviy aktning vazifasi diqqat yordami bilan bir g’oyaning boshqasi ustidan ustuvorligini ta'minlashdan iboratdir. Psixologiyada yetarli darajada qat'iy fikr qaror topgankim, iroda-bu insonning qo’yilgan maqsadlariga erishishga yo’naltirilgan ongli faolligidir. Iroda tushunchasi moshiyatiga inson tomonidan maqsad qo’ya olish qobiliyati, o’z emosiyasini boshqarish, shaxsiy gavdasini va xulqini idora qilish kiritiladi. V. I. Selivanov irodani tadqiq etish negizidan kelib chiqqan holda ayrim xulosalar chiqaradi: a) iroda- bu shaxsning o’z faoliyatini va tashqi olamdagi o’zini o’zi boshqarilish shakllarini anglashning tavsifidir; b) iroda-insonning yaxlit ongining bir tomoni shisoblanib, u ongning barcha shakl va bosqichlariga taalluqlidir; v) iroda-bu amaliy ong, o’zgaruvchi va qayta quriluvchi olam, shaxsning o’zini ongli idora qilishlikdir; g) iroda-bu shaxsning xissiyoti va aql-zakovati bilan bog’liq bo’lgan xususiyatidir, ammo qaysidir harakatning motivi (turtkisi) shisoblanmaydi. V.I.Selivanov irodaning psixologik jabshalarini yoritayotib, u shunday g’oyani ilgari suradi, insoning ongini jarayonlar, holatlar, xislatlarni o’zida mujassamlashtiruvchi yaxlit tizim sifatida tasavvur qilish mumkin. Shaxsning u yoki bu ongli harakati o’zining tuzilishiga ko’ra, u bir davrning o’zida ham aqliy, ham shissiy, ham irodaviy shisoblanadi. Tadqiqotchi V.A.Ivannikov esa irodani motivasiyaning ixtiyoriy shakli sifatida tushunadi, shuningdek, harakat ma'nosining o’zgarishi shisobiga uni tormozlovchi yoki qo’shimcha turtki yaratuvchi imkoniyat, yangi real motivlarni harakat bilan birlashtiruvchi yoinki vaziyatning tasavvur motivi tariqasida talqin qiladi. Irodaviy boshqariluv esa harakatni "ixtiyoriy boshqariluv ko’rinishlarining bittasi sifatida" tushuniladi, bunda boshqariluv motivasiyaning ixtiyoriy o’zgarish orqali amalga oshirilishi ta'kidlaniladi. Yuqoridagi mulohazalardan ko’rinib turibdiki, psixologiya fanida irodani tushunish, ta'riflash bo’yicha bir xil munosabat yaratilmaganiday, irodaviy sifatlarning ma'noviy asosini tashlil qilish yuzasidan ham |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling