Oilaviy munosabatlarning bola shaxsida ijtimoiy
Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
Download 5.36 Mb. Pdf ko'rish
|
internet ma\'lumot
Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
rivojlanib boruvchi mavjudotdir. Bu vazifani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun esa pedagogik-psixologik, ayniqsa ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar olib borishga va ularning empirik natijalariga asoslanib tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirishga to’g’ri keladi. Boshlang’ich ta’lim o’qituvchilarining pedagogik psixologik bilimdonligini shakllantirish juda muhim hisoblanadi. Bugungi kundagi ijtimoiy psixologik tadqiqotlar masalasi, ayniqsa uning amaliy vazifalari sosial psixologiya fanining markazida turuvchi psixologik va sotsiologik yondashuv yo’nalishlari asosida hal qilinmoqda. Masalan, Amerika va boshqa barcha g’arb davlatlarida ikki xil ijtimoiy psixologiya:" psixologik ijtimoiy psixologiya" va "sotsiologik ijtimoiy psixologiya"mavjud. Bu yo’nalishlar bir-biriga o’xshasa-da, ularning bir-biridan farqli jihatlari ham mavjud. Ya’ni, psixologik ijtimoiy psixologiya shaxs va faoliyat, muomala, shaxslararo munosabat, shaxsning ijtimoiy-psixologik tuzilishi, shaxsning kognitiv, konativ, xulq-atvor imkoniyatlarini o’z ichiga olgan ijtimoiy ustanovkalar, shaxs va jamoaning ijtimoiy-ruxiy kechinmalari kabi muammolar ustida tadqiqot olib borishni maqsad qilib olgan bo’lsa, sotsiologik ijtimoiy psixologiyada esa ko’pincha jamiyatning ijtimoiy qatlamlarini tahlil qilish xalqlar psixologiyasi, ommaviy hodisalar psixologiyasi, sinflar, guruxlar, gumanistik psixologiya kabilarga alohida urgu beriladi. Psixologik xizmat metodologiyasi esa ko’proq birinchi yo’nalish - "psixologik ijtimoiy psixologiya" asoslari zamirida tarkib toptiriladi. Gap shundaki, har bir fanning rivojlanishi yangi dalillar asosida ilmiy yunalishni ochib beruvchi metodik qurilmalarning tuzilishi bilan bevosita bog’liqdir. Chunki, aniq metodologiya bo’lmagan sohada aniq amaliy natijalar ham bo’lmaydi. Zero, ijtimoiy psixologiya fanining yana bir muhim yangi (shakl jihatdan yangi,mazmun jihatdan esa azaliy-kursiv bizniki) vazifasi psixologik xizmat metodologiyasi bilan bog’liq nazariy, amaliy va empirik yo’nalishdagi tadqiqotlar ko’lamini belgilashning bugungi kungacha nechoglik hal qilinayotganligini tahlil qilishga to’g’ri keladi. Bu borada psixologiya olamida hanuzgacha aniq va mukammal tarzda ishlab chiqilgan va rasmiy tarzda tan olingan yagona ilmiy yo’nalish yoki konsepsiyaning qabul qilinmaganligi (balki olimlarning ilmiy-psixologik qarashlari turlicha bo’lganligi uchun buning iloji ham yo’qdir-kursiv bizniki) ayon bo’lsa-da, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling