Oilaviy munosabatlarning bola shaxsida ijtimoiy
Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
Download 5.36 Mb. Pdf ko'rish
|
internet ma\'lumot
Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
BOLALARDA JAHLI TEZLIK VA UNI YO‘QOTISh YO‘LLARI To‘raeva Zohidaxon Saydaxmadovna Namangan viloyati Norin tumani 24-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Jahl boshqa emotsiyalar singari insonning atrof muhitga moslashish vazifasini bajaradi. Jahl odamlarda ham, hayvonlarda ham ma’lum maqsadga yetishish yo‘lida paydo bo‘ladigan to‘siqlarni yengish uchun kerak bo‘ladi. Shuning uchun jahlni hamisha ham kasallik deb qarash noto‘g‘ri. Jahl – ma’lum vaziyat taqozosi bilan paydo bo‘ladigan harakat va shuning uchun o‘sha vaziyatdan inson chiqmas ekan, unda jahl saqlanib qolaveradi. Agar jahl ma’lum vaziyatda emas, doimiy saqlanib qolsa, buni endi sog‘lomlik deb bo‘lmaydi. Bu ma’lum ma’noda o‘z-o‘zini boshqarish mexanizmining buzilganligidan dalolat beradi. B.Spokning fikricha, quyidagilar normal holat hisoblanadi: bir yoshga kirgan bola onasi qilgan noxush harakatga qarshilik ko‘rsatsa; - ikki yashar bolaning o‘zga bolani urishi; agar uning biror narsasini tortib olishsalar va h.k. Mazkur jahldor harakatlar ma’lum vaziyatlardan kelib chiqayapti. Biroq ular kasallik chegarasiga ham o‘tib qolishi mumkin. Har qanday buzilish o‘z ibtidosini ma’lum vaziyatdan olishi mumkin. Normal jahl holatining kasallik holatiga o‘tib qolish shartlari quyidagilar: Ota-onalarning doimiy jahlli hatti-harakatlari. Bunday xulqqa bolalar taqlid qiladilar, beixtiyor o‘sha jahlni o‘zlariga yuqtiradilar. Bu hodisaning psixologik mexanizmi quyidagicha: bolaning emotsional o‘z-o‘zini boshqarish tipiga moslashadi; - bolaga ota-ona muhabbatining berilmasligi. Bu narsa bolada himoyasizlik tuyg‘usini shakllantiradi, atrofdagilarga nisbatan shafqatsizlikni paydo qiladi; - ota-ona tomonidan bolaning haqorat qilinishini va kamsitilishi. Bu tarbiyadagi xususiy hol bo‘lishi mumkin, biroq bola shaxsi rivojida bu narsa o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi; - ikki yo‘ldan birini tanlash holatini bolada tez-tez paydo qilish. Bola qay tomonni tanlashga qiynaladi. Agar noto‘g‘ri quyilgan qadam uchun jazo oladigan bo‘lsa, jahl kasallikka aylanib ketishi mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling