Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
Boladagi jahlni tuzatish ishlari uni keltirib chiqargan sabablarni aniqlashdan
boshlanadi. Agar jahl bolaning emotsional – motivatsion olamidagi buzilish bo‘lmasa,
unda ishlar jahlni olib tashlash yo‘lidan emas, balki bola xulq-atvoridagi jahlni
yumshatish, bolaga yaxshi tomondan ta’sir qilish ishlarini olib borish talab qilinadi.
Bundan tashqari, ota-onalarni boladagi o‘zgarishlarga tayyorlash kerak.
O‘zga holatda, agar jahlitezlik bola shaxsining emotsional – motivatsion
sohasidagi buzilish bo‘lsa uni bola xulq-atvoridan yo‘qotish yo‘lidan bormoq lozim.
Jahli tezlikni yo‘qotish yo‘lida qo‘llaniladigan psixokorreksion usullar uni keltirib
chiqargan sabablarning xarakteriga bog‘liq. Korreksion metodlarni tanlashda konkret
hodisadan va konkret boladan kelib chiqqan holda tanlash kerak bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Е.И.Рогов. Настольная книга практического в образовании. М.“Владос”
1996.
2. Ж.Годфруа. Что такое психология. Том 2. М. “Мир” 1992
KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O`QUVCHILAR XOTIRASI
XUSUSIYATLARI
Abdurahmonova Munosib Abdurashitovna
Namangan viloyati Norin tumani 24-maktab boshlangʻich sinf oʻqituvchisi
Hozirgi davr talabi ma`naviy jihatdan yetuk, har tomonlama bilimdon, mustaqil
fikrlovchi shaxsni shakllantirish bo`lib, bu muammo shaxsning bilish jarayonida ham
amalga oshirilishi mumkin. Shaxsning ma`naviy yetukligi, bilimdon, zehnliligi ta`lim
jarayonida namoyon bo`ladi. Ta`limning sifatli tashkil qilinishi o`quvchilarning bilish
jarayonlaridan biri hisoblangan xotira jarayoniga bog`liq bo`ladi. Shunday ekan,
o`quvchilarning esda saqlash, esda olib qolish, qayta esga tushirish jarayonlarini
shakllantirish va rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Xotira mavzusi yosh davrlari psixologiyasi, umumiy psixologiya, pedagogik
psixologiya, tibbiyot psixologiyasi, ijtimoiy psixologiya, eksperimental psixologiya
Do'stlaringiz bilan baham: |