Oilaviy munosabatlarning bola shaxsida ijtimoiy
Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
Download 5.36 Mb. Pdf ko'rish
|
internet ma\'lumot
Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
Bunday ota-onalar bilan ishlash juda murakkab, chunki jahldor bolasi bor ota-ona odatda unga nisbatan o‘zlarida adovat tuyg‘usini his qiladi va ular psixolog-konsultantga yordam uchun emas, balki uni tinchlantirib qo‘yish uchun murojaat qilishadi. Ularga qolsa bolani tinchlantiruvchi bitta dori berishsalarda, bola birdaniga jahlidan tushib qolsa. Ular bilishmaydilarki, boladagi jahlning ildizlari ularning turmush tarzlariga borib taqaladi. Aksariyat hollarda o‘sha ota-onalarning o‘zlari yoshligida serjahl bo‘lgan bo‘lishadilar. Ular o‘zlaridagi psixologik holatlarini o‘z farzandlariga uzatishadi. Shuning uchun psixolog odatda ilk ishini jahli tez bolaning ota-onalaridan boshlamog‘i kerak. Birinchidan, ular bilan ishlaganda ularning o‘z-o‘zini baholashiga salbiy ta’sir ko‘rsatib qo‘yishdan ehtiyot bo‘lish kerak. (Siz o‘z bolangizni yaxshi bilmaysiz, men sizga o‘rgatib qo‘yaman qabilidagi gaplar ularning shaxsiyatiga tegishi mumkin). Aksincha, ularni o‘z farzandlarini yanada bilishlikka chorlash lozim. Ikkinchidan, ota-onaning bolaga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirish zarur. Ular serjahl bolasini noshukurlikda ayblashadilar. Ular bolani tergaganlarida, urishganlarida bolalari kechirim so‘rashlarini, aybdor ekanligini aytishini kutishadi. Bola bu ishni qilmaganligini ko‘rgach, ularning jahli chiqadi va bolani beodoblikda buzilib ketganlikda ayblashadi. Iloji boricha, ota-onalarda o‘z bolalariga nisbatan rahm-shafqat tuyg‘usini uyg‘otish kerak. Serjahl bola-bu avvalom bor baxtsiz bola ekanligini ularga uqdirish kerak. Ota-onalarga jahlning paydo bo‘lish mexanizmini, jahlitezlik bolaning emotsional jihatdan kasallanishi ekanligini tushuntirish lozim. Uchinchidan, ota-onalarning o‘z bolaliklari haqidagi xotiralarini tiklash kerak. O‘zlarining ham qilgan jahlli xulq-atvorining sabablarini birgalikda muhokama qilish zarur. Ehtimol, bu narsa bola bilan ota-onalar o‘rtasidagi muomalaning shaxsiy sabablarini ochishga yordam berar va shu yo‘l bilan psixologik yordam olar. To‘rtinchidan, ota-onaning bolaga tug‘ilguncha va tug‘ilgandan keyingi birinchi oylardagi munosabatini aniqlab olish zarur. Agar bola boshidanoq istalmagan bo‘lsa (balki bola tasodifan yoki majburlikdan tug‘ilgandir), ota-ona bilan hamkorlikda aniq bir qarorga kelish zarur. Masalan, bola istalmagan bo‘lsa-da, har qalay unga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish zarurligi uqtirilishi darkor. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling