Oilaviy munosabatlarning bola shaxsida ijtimoiy
Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
Download 5.36 Mb. Pdf ko'rish
|
internet ma\'lumot
Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
Serjahl xatti-harkatni yomon deb bo‘lmaydi. Kutilmagan vaziyatlarda u himoya vazifasini bajaradi, ba’zida ma’lum vaziyatdan chiqishga xizmat qiladi. Jahlitezlik bolalarda aksariyat hollarda kuzatiladi. O‘tish bosqichlari – bu ijtimoiy muammolar bilan paydo bo‘ladigan krizislar bo‘lib, inson hayotining turli bosqichlarida kuzatiladi. Amerikalik psixolog E.Erikson inson hayotida 8 ta krizisni farqlaydi. Bular quyidagilar: 1) Birinchi krizisni bola umrining birinchi yilida boshidan kechiradi. Bu bola fiziologik ehtiyojlarning qondirilishi bilan bog‘liq. Agar yaxshi qondirilmasa, bolada atrofdagilarga ishonchsizlik paydo bo‘ladi. 2) Ikkinchi krizis bolaning tozalikka o‘rgatish paytiga to‘g‘ri keladi. Agar bolaga qat’iy tashqi nazorat o‘rnatilsa, unda uyat va shubha paydo bo‘ladi. 3) Uchinchi krizis ikkinchi bolalik davriga to‘g‘ri keladi. Bunda bola mustaqil faoliyat ko‘rsata boshlaydi. Agar uning omadsizligini hadeb ro‘kach qilinsa, unda aybdorlik tuyg‘usi shakllanadi. 4) To‘rtinchi krizis maktab yoshida sodir bo‘ladi. Maktabdagi muhitga moslasha olmagan o‘quvchida o‘ziga ishonchsizlik tuyg‘usi paydo bo‘ladi. 5) Beshinchi krizis o‘smirlarda kuzatiladi. Undagi biologik yetilish bilan sotsial jihatdan yetilmaganlik o‘rtasidagi ziddiyat bu krizisni keltirib chiqaradi. 6) Oltinchi krizis yosh yigit-qizlarda kuzatiladi. Bunda ayrim yoshlarda izolyatsiya ya’ni o‘z-o‘zi bilan bo‘lish kuzatiladi. 7) Yettinchi krizis 40 yoshda kuzatiladi. Unda ham oilaviy munosabatlarda turg‘unlik kuzatiladi. 8) Sakkizinchi krizis qarilikda sodir bo‘ladi. U o‘limdan qo‘rqish va yangidan hayot boshlay olmasligidan nadomat tuyg‘usi bilan xarakterlanadi. Shu 8 ta krizisning har biridagi salbiy holatlar odamda jahlni chiqaradi va u xulq- atvoriga ta’sir qiladi. Jahlitezlikni tahlil qilganda albatta bu psixosotsial krizislarni hisobga olmoq lozim. Bola xulq-atvoridagi serjahllik ular bilan munosabatni qiyinlashtirsa ham jahlni mutlaqo salbiy sifat deb baholash noto‘g‘ri. Unutmaslik kerakki, boladagi faollikning oshishi uning bo‘lishi mumkin. Agar maxsus tuzatish ishlarini olib borilsa, unda atrofdagilar bilan normal muomala paydo bo‘ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling