Oilaviy munosabatlarning bola shaxsida ijtimoiy


Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази


Download 5.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/273
Sana24.10.2023
Hajmi5.36 Mb.
#1717990
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   273
Bog'liq
internet ma\'lumot

Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази 
ijobiy natijalarga erishishning omillari sanaladi. Oilada muayyan an'ananing qaror 
topganligi, unga oila a'zolari tomonidan bildirilayotgan hurmat, shuningdek, keksa 
avlod vakillarining shaxsi, ularning ijobiy sifatlari, mehnatda erishgan (garchi u oddiy 
bo'lsa ham) yutuqlari, atrofdagilar bilan munosabati borasidagi suhbat yoki 
hotiralarning tashkil etilishi bolalarda hayotiy e'tiqodning shakllanishini ta'minlaydi.
Oilada tashkil etiladigan estetik tarbiya bolalarda go'zallikni his qilish, undan 
zavqlanish, tabiat go'zalliklaridan bahra olish asosida his-tuyg'u, idrok, tasavvur hamda 
qarashlarni yuzaga keltirish, ularni hayotni sevishga o'rgatishdek vazifalarning ijobiy 
hal etilishini nazarda tutadi. Axloqiy va estetik qarashlar mazmuni o'zgargan bir 
sharoitda oilada axloqiy va estetik tarbiyani to'g'ri va samarali tashkil etilishi ayniqsa 
muhimdir. Bolalar juda yoshligidanoq sohta go'zalliklar (yarim yalang'och yoki 
yalang'och badan, me'yoridan ortiq qo'llanilgan pardoz, urfga kirib borayotgan kosmetik 
operatsiyalar «mahsuli», o'ta darajadagi yaltiroq mato yoki taqinchoqlar) go'zallikning 
timsoli emasligini anglab etishlari lozim. Bola tasavvurida haqiqiy, tabiiy go'zallik 
(yam-yashil tabiat, nafis qor uchquni, nozik gullar, beg'ubor osmon, viqorli tog'lar, tiniq 
zilol suv, toza, musaffao havo, bepoyon dalalar, qushlarning yoqimli ovozi, sharqiroq 
suv, «chuchvara»lar hosil qilayotgan yomg'ir tomchilari, kamalak jilosi, shuningdek, 
ochiq, hushsurat, chiroyli tabassum, shirali ovoz, ta'sirchan badiiy va san'at asarlari, 
yuksak mahorat bilan yaratilgan o'yinchoqlar (bolaning asabini junbushga keltiradigan 
elektron o'yinchoqlar emas), yarashiqli liboslar va boshqalar)ning namoyon bo'lishi 
uchun shart-sharoit yaratib berish maqsadga muvofiqdir.
Bolalarda haqiqiy go'zallikni his etish tuyg'usi tabiat bag'rida, muzey, ko'rgazma, 
kino va teatrlarda bo'lish tufayli shakllanadi. SHu bois maktabgacha ta'lim muassasalari 
hamda boshlang'ich sinf o'quvchilari bilan tabiat bag'riga, muzey, ko'rgazma, kino va 
teatrlarga uyushtiriladigan ekskursiya va tashriflar katta tarbiyaviy kuchga egadir.
Mehnat tarbiyasi ham oila tarbiyasining asosiy yo'nalishlaridan biri sanaladi. Shaxsning 
mustahkam harakter va qat'iy iroda egasi bo'lib voyaga etishida mehnatning roli 
kattadir. Bolalarni oilada to'g'ri tarbiyalashda oila ho'jaligining odilona tashkil etilishi, 
bolalarni oila ho'jaligini yuritish ishiga jalb qilish katta ahamiyatga ega. Bolalar 
tomonidan bajariladigan oilaviy yumushlar ularning jismoniy va aqliy kamoloti 



Download 5.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling