Oilaviy munosabatlarning bola shaxsida ijtimoiy


Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази


Download 5.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/273
Sana24.10.2023
Hajmi5.36 Mb.
#1717990
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   273
Bog'liq
internet ma\'lumot

Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази 
uylarida otinoyi maktablari tashkil etilgan. Bu maktab o’qituvchilari otinoyi yoki 
otinbibi deb yuritilgan. Taʼlim davlatdan ajratilganligi, bolalarning oʻqishi, asosan, ota-
onalarning ishi hisoblangani uchun ham Turkistonda o’qituvchilik kasbiga maxsus 
tayyorlanilmagan. Madrasa koʻrgan yoki maktabdan soʻng oʻz ustida ishlagan savodli 
kishi o’qituvchi.lik bilan shugʻullanishi mumkin boʻlgan.19-asrning oxiridan, yaʼni 
oʻlkada maʼrifatchilik harakati paydo boʻlishi bilan o’qituvchining saviyasiga alohida 
eʼtibor beriladigan boʻldi. Turkistonda anʼanaviy yoʻsinda oʻqitadigan o’qituvchilar 
bilan birga Yevropa mamalakatlaridan oʻzlashtirilgan usullarda dars beradigan yangi 
muallimlar ham faoliyat koʻrsata boshladi. Bu hol, ayniqsa, jadidchilik harakati avj 
olgan kezlarda ancha keng yoyildi. o’qituvchilar saviyasining oshganligi millat 
ruhiyatida uygʻonish boʻlishiga, taraqqiyotning bir qadar tezlashuviga olib keldi. 
O’qituvchi oldida turgan vazifalar va uning mavqei jamiyat taraqqiyotining turli 
davrlarida turlicha boʻlgan. Jamiyat gullabyashnagan davrda unga eʼtibor yuksak boʻddi 
yoki o’qituvchining mavqei koʻtarilgani uchun jamiyat rivoj topdi. Oktabr toʻntarishi 
amalga oshgandan soʻng va shoʻrolarning oʻz oldiga qoʻygan ommani yoppasiga 
savodli qilish vazifasini bajarish uchun Turkistonda ham tizimli ravishda o’qituvchi 
tayyorlash yoʻlga qoʻyildi. Chunki butun oʻlka boʻylab ochilgan maktablarda 
ishlaydigan mutaxassislar kerak edi. Shu sababli o’qituvchilar shoʻro hokimiyatining 
dastlabki yillarida urushga olinmaydigan boʻldi. Taʼlim tizimi ham mafkuraga 
boʻysundirilgan shoʻro davrida o’qituvchilar hukmron siyosatni oʻtkazuvchi kuchga 
aylantirildi. Ular bevosita taʼlimtarbiyaga tegishli boʻlmagan turli gʻoyaviy-siyosiy 
hamda tashkiliy ishlarga meʼyoridan ortiq jalb etildi. Shuni aytish kerakki, o’qituvchi 
alohida ijtimoiy hodisa boʻlib, jamiyat aʼzolarining shakllanishiga taʼsir koʻrsatgani 
uchun ham uning shaxslik sifatlari kasbiy fazilatlaridan muhimroq hisoblanadi. Chunki 
u jamiyatning buguni va ertangi kuni qiyofasini shakllantiradi. Shuning uchun ham
o’qituvchining professional jihatdangina yetuk boʻlishi kifoya qilmaydi.Uning maʼnaviy 
olami oʻquvchilarga singdirilishi koʻzda tutilgan ezgu insoniy sifatlarga toʻyingan 
boʻlishi kerak. O’qituvchilarni tayyorlaydigan oʻquv yurtlarida ayni shu jihatga alohida 
eʼtibor qaratiladi. 



Download 5.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling