Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
Muvaffaqiyatsizlik va qayg’ularning sababini tashqaridan emas, inson o’zidan izlashi
kerak. Hadisi sharifda “Barmog’imizga kirgan zirapcha ham bizning gunohimizga
kafforatdir” deyiladi. Inson ko’pincha aql-idrokka, mantiqqa asoslanmay, salbiy yo’l -
yo’riqlarga tayanib ish ko’rar ekan. Agar inson o’ziga ishonmasa, o’zini kamsitsa, bu
narsa uning hayotida quvonch va baxtni yo’latmas ekan.Inson o’zidan ko’ngli to’lmasa,
o’zini inkor etsa uning botiniy kuch-quvvati zaiflashib ketar, natijada u turli
xastaliklarga chalinar ekan. Oramizda ayrim insonlar borki, ular hordiq chiqarishni,
madaniy dam olishni, bioquvvatini ishga solishni va ruhiy muvozanatni bilmaydilar,
ular doimo g’am tashvishga botib yuraveradilar. Inson o’z bioquvvatini oshirish uchun
uzlatga chekinish mashqlarini bajarishi mumkin:
-Ko’zguga qarab: Ey, o’tmishda ro’y bergan ko’ngilxiraliklar, qani yo’limdan
qoching, menga halal bermang. Men hayot go’zalliklaridan quvonib yashamoqchiman.
Uzlatga chekinishda yolg’iz sayr qilish, raqs tushish, ashula aytish, yugurish
chopish mashqlarini ham bajarish mumkin.
Bunday mashqlar inson ongida ijobiy dasturlarni ishlab chiqishga, insonni
xotirjam bo’lishiga, ruhiyatimizning dam olishiga, bizni hayot qadriyatlarimizga
yaqinlashishimizga undaydi, insonni asabiylashishini, stress holatlarini oldini oladi,
bioquvvatimizni kuchaytiradi. Inson faqat jismoniy va ruhiy birlik orqaligina sog’lom
hayotga erishadi.
Adabiyotlar
1. Berg A.I. Kibernetika i obshestvenniye nauki –Vkn.Metodologicheskiye
probleminauki. –M.: Nauka .1964.-350s.
2.Nishonova Z.T. Mustaqil ijodiy fikrlash. –T.: Fan. 2003.- 1176.
3.N.P. Anikeyeva. Jamoada ruhiy muhit. Toshkent “Oqituvchi” 1993 yil.
4.A. Usmonxo’jayev, F.Akromova. Ruhiyatni sog’lomlashtirish usullari. Toshkent
“Yangi asr avlodi” 2002yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |