Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
motivlar paydo bo’lishiga qaramay, ba’zan qiyinchiliklar yuzaga kelishi ehtimol, chunki
bilimlarni o’zlashtirish uchun irodaviy zo’r berishga to’g’ri keladi. Bunday hossalarga
ega bo’lgan irodaviy zo’r berishlar tashqi halaqit beruvchi qo’zg’atuvchilar kuchi va
imkoniyatini kamaytirishga qaratilgan bo’ladi. Pedogogik psixologiya nazaridan ushbu
jarayonga yondashilganda to’laqonli vaziyatgina optimal deyiladi.
Ta’lim jarayonida bunday vaziyatlarni yaratish o’qituvchining muhim vazifasi
hisoblanib, uning faoliyati ichki anglashilgan motivlar o’quvchilar xulq- atvorini
shunchaki boshqarish bilan cheklanmasdan, balki ular shaxsini shakllantirishga, ularda
maqsad qo’ya olish, qiziqishni uyg’otish va ideallarni tarkib toptirishga qaratilgan
bo’ladi [3].
Aniq narsalar, hodisalar va xatti- harakatlar insonning faolligi muayyan manbalar
bilan uzviy bog’lanishga ega bo’lsa, uyg’unlashib borsa faoliyat motivlari darajasiga
o’sib yetadi.
Demak, ta’lim jarayonida ta’lim motivatsiyasining o’rni butun dunyo olimlari
tomonidan tan olingan va har tamonlama o’rganilgan. O’quv faoliyati
samaradorligini oshirishda o’quv motivatsiyasining ro’li benihoya kattadir. Chunki
o’quvchilarning o’quv faoliyatlarini motivatsion soha orqali rivojlantirilsa, samarali
natijalarga ega bo’lish mumkinligini olimlar o’z tadqiqotlarida isbotlab o’tganlar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Davletshin M.G “Umumiy psixologiya” Toshkent - 2002 y .- 218 b.
2. Jo’rayev N.S. “O’quv motivlarini shakllantirish” .- Toshkent: TDPU.2008.-62 b.
3. Nishonova Z. U, KamilovaN. G’, Abdullayeva D. U, Xolnazarova M. X .“
Rivojlanish psixologiyasi “ . Toshkent. 2017 y - 438 b.
4. F. Xaydarov , N.Halilova “ Umumiy psixologiya ” . Toshkent 2010. – 330b.
Do'stlaringiz bilan baham: |