Oilaviy munosabatlarning bola shaxsida ijtimoiy


Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази


Download 5.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/273
Sana24.10.2023
Hajmi5.36 Mb.
#1717990
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   273
Bog'liq
internet ma\'lumot

Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази 
mustaqillik yillarida ana shu muqaddas qadriyat va milliy an’analarga tayangan holda 
yashash huquqini ham berdi. Uni saqlab qolish uchun mustaqillikni asrab-avaylash 
kerak bо‘ladi. Ma’lumki, mustaqillikgacha milliy о‘zlikni anglashga bо‘lgan tabiiy 
intilish johilona inkor etilar edi. Navrо‘z, ramazon, qurbon hayiti kabi muqaddas milliy 
bayramlar taqiqlangan edi. Amir Temur, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Ahmad 
Farg‘oniy, Baxouddin Naqshband, Hoja Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro kabi 
ajdodlarimizning, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Chо‘lpon, 
Mahmudxо‘ja Behbudiy kabi milliy-ozodlik harakati fidoyilarining nomlarini xalqimiz 
xotirasidan о‘chirib tashlashga harakat qilinar edi. Bugun mustaqillik tufayli ularning 
nomlari, milliy-ma’naviy qadriyatlarimiz tiklanib, о‘zligimizni chuqurroq anglab 
bormoqdamiz. Bugun yoshlar о‘z milliy tarixini о‘rganmoqda. Ona tili, madaniyat, urf-
odat va an’analarining qayta tiklanib borayotgani ularni о‘zligini anglashga shart-sharoit 
yaratib berayotgani ham muhim yutiqdir. “Bugun yoshlar shunchaki milliy-ma’naviy 
qadriyatlarini о‘rganib qolayotgani yо‘q. Ular dunyo xalqlari erishgan yutuqlardan 
bahramand bо‘lmoqda. Xorijiy davlatlarda о‘qish, bilim olib, fan-texnika yutuqlari, 
ilg‘or texnologiyalarni egallab jamiyatimiz ijtimoiy hayotiga joriy etish imkoniyatiga 
ega bо‘lmoqdalar. 
Qadriyat inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan millat, elat va ijtimoiy 
guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladigan va shu tufayli ular 
tomonidan baholanib, qadrlanadigan tabiat va jamiyat ne’matlari majmuidir. Qadriyatlar 
ahloqiy qoida va me’yorlar, g‘oyalar va maqsadlardagi baholash mezoni hamda 
usullarini o‘zida aks ettiradi: Ular halollik, poklik, o‘zaro yordam va adolatliligi, mehr-
muhabbat, mehnatsevarlik, vatanparvarlik kabi fazilatlar: burch, vijdon, or-nomus, 
mas’uliyat kabi ahloqiy tushunchalar shaklida namoyon bo‘ladi. 
Shu bilan birga, bu keng jamoatchilik, butun xalqimizning ishtiroki va 
qo‘llabquvvatlashini talab qiladigan umummilliy masaladir… Bu haqda fikr yuritganda, 
men Abdulla Avloniyning «Tarbiya biz uchun yo hayot-yo mamot, yo najot-yo halokat, 
yo saodat-yo falokat masalasidir» degan chuqur ma’noli so‘zlarini eslayman. Buyuk 
ma’rifatparvar bobomizning bu so‘zlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar 
muhim va dolzarb bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi vaqtda ham biz uchun shunchalik, balki 



Download 5.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling