Oilaviy munosabatlarning bola shaxsida ijtimoiy
Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
Download 5.36 Mb. Pdf ko'rish
|
internet ma\'lumot
Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
qobiliyati, ijodiy vazifalarni samarali bajarish tajribasidir” 5 . Mazkur ta’rifga muvofiq, ijodiy kompetensiya - faoliyat samaradorligini ta’minlovchi psixologik xususiyat sanalib, unda ijodiy vazifalarni hal etishning individual uslubi ham mavjud. E.G.Islamgalievning aytishicha, ijodiy kompetentlik fenomenining mazmuni faoliyat jarayoniga xos bilim, ko‘nikma va usullar tizimida tahlil etilishi lozim ya’ni 6 : – SHaxs faoliyati sifatida; – SHaxsning o‘ziga xos xususiyati sifatida; – Mustaqil, samarali, mas’uliyatli xatti-harakat turi sifatida; – Akmeologik tushuncha sifatida; – Ijodiy mahoratning muhim tarkibiy komtponenti sifatida. Muallifning nazaricha, ijodiy kompetentlikning ushbu komponentlari, ijodiy faoliyatdagi muvaffaqqiyatni ta’minlab, unda shaxsda mavjud bo‘lgan barcha imkoniyatlar o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. SHuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, ijodiy kompetentlik fenomeni keng qamrovli kategoriya sanalib, unda psixologik, sotsiologik, pedagogik, falsafiy yondoshuvlar ham farqlanadi. Quyida ushbu yondoshuvlarda aks etgan o‘ziga xos qarashlar haqida to‘xtalib o‘tishga harakat qilamiz. Psixologik yondoshuvga ko‘ra, ijodiy kompetensiya – hozirgi zamon talablari asosida ijodiy vazifalarini mohirona bajara olish, o‘z bilim, ko‘nikma va malakalarni amaliyotga qo‘llay olish qobiliyatidir. Bunda, bilim kasb uchun olingan barcha kerakli ma’lumotlar tizimi sanaladi. Malaka esa, olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llash tajribasi sifatida qaraladi. SHuningdek, mazkur yondoshuvga binoan, ijodiy kompetensiyani tahlilida insondagi ishlash qobiliyati, motivatsiya darajasi, hayotiy vaziyatlarga tez moslasha olish ko‘nikmasi kabilar ham, e’tiborga olinishi maqsadga muvofiq sanaladi. Tadqiqotchi T.V.Dobudkoning aytishicha, ijodiy kompetentlikka oid yondashuvlar ichida psixologik qarashlar o‘ziga xos sanalib, unda kasb va shaxsga ko‘plab xarakterologik sifatlar, ijodiy muvaffaqqiyatni ta’minlovchi psixologik 5 Большой психологический словарь / Авдеева Н. Н. и др. ; под ред. Б. Г. Мещерякова, В. П. Зинченко. - 4-е изд., расш. - Москва : АСТ ; Санкт-Петербург : Прайм-Еврознак, 2009. – С.417. 6 Исламгалиев Э.Г. Профессиональная компетентность педагога (социология, анализ): Дисс. канд. соц. наук Екатеринбург, 2003. – С.77. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling