Oilaviy munosabatlarning bola shaxsida ijtimoiy
Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
Download 5.36 Mb. Pdf ko'rish
|
internet ma\'lumot
Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
omillarning mazmuni aks etgan 7 . Mazkur yodashuvda ko‘ra, muammoni o‘rganishning ko‘plab uslubiy jihatlari e’tirof etilib, ularga ijodiy faoliyatda shaxs imkoniyatlarini tekshiruvchi metodikalar, so‘rovnomalar, testlar kabilarni misol qilish mumkin. Ikkinchi konseptual yo‘nalish sotsiologik yondashuv hisoblanib, unda “ijodiy kompetentlik” hayotiy va ijtimoiy muammolarni samarali hal etish bilan tushuntiriladi. G.B.Korablevaning so‘zlariga ko‘ra, shaxsning ishbilarmonlik qobiliyati, muvaffaqqiyatli biznes faoliyati, boshqaruvda to‘g‘ri qaror qabul qila olish malakalari kabilar ijodiy kompetentlikni belgilovchi sotsiologik komponentlar sanaladi 8 . Demak, jamiyat va shaxs munosabatlarining muvofiqligida ijodiy kompetentlikka ega bo‘lish ham o‘ta muhim hisoblanadi. Uchinchi yondoshuv sifatida, “ijodiy kompetentlik” ni tushuntiruvchi pedagogik qarashlar ham farqlanib, unga ko‘ra ijodiy kompetenlik pedagogik faoliyat va uning samarador tashkil etilishi bilan bog‘liq ravishda tushuntiriladi. Ya’ni pedagogik faoliyatda shaxsning ijtimoiy va ijodiy harakatchanligi, o‘zaro munosabatlarga ochiqligi, ijodiy izlanishi hamda o‘zini o‘zi sohada namoyon qila olishi kabilar bilan xarakterlanadi. Hozirga qadar pedagogika sohasida, ijodiy kompetentlik masalasida ko‘plab xorij va mahalliy tadqiqotlar amalga oshirilgan bo‘lib, ular asosan bo‘lajak pedagoglarda ijodiy o‘ziga xos sifatlarni shakllantirish texnologiyalari mavzulariga bag‘ishlangan. E’tiborga molik tadqiqotlar sifatida, V.V.Kraevskiy, A.V.Usova, G.P.SHedrovitskiy, V.A.Slastenin, S.E.SHishov, A.V.Xutorskoy, S.G.Vershlovskiy, N.O.Verbitskaya, S.I.Zmeev, I.A.Kolesnikovalarning ilmiy izlanishlarini tan olish mumkin. 7 Добудько Т.В. Формирование профессиональной компетентности учителя информатики в условиях информатизации образования. Самара: СамГПУ, 1999. – 340 с. 8 Кораблева Г.Б. Профессия и образование: социологический аспект связи. Екатебринбург, 1999. – С.98. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling