Oilaviy munosabatlarning bola shaxsida ijtimoiy


Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази


Download 5.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/273
Sana24.10.2023
Hajmi5.36 Mb.
#1717990
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   273
Bog'liq
internet ma\'lumot

Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази 
Bunday ota-onalar bilan ishlash juda murakkab, chunki jahldor bolasi bor ota-ona 
odatda unga nisbatan o‘zlarida adovat tuyg‘usini his qiladi va ular psixolog-konsultantga 
yordam uchun emas, balki uni tinchlantirib qo‘yish uchun murojaat qilishadi. Ularga qolsa 
bolani tinchlantiruvchi bitta dori berishsalarda, bola birdaniga jahlidan tushib qolsa. Ular 
bilishmaydilarki, boladagi jahlning ildizlari ularning turmush tarzlariga borib taqaladi. 
Aksariyat hollarda o‘sha ota-onalarning o‘zlari yoshligida serjahl bo‘lgan bo‘lishadilar. 
Ular o‘zlaridagi psixologik holatlarini o‘z farzandlariga uzatishadi. Shuning uchun 
psixolog odatda ilk ishini jahli tez bolaning ota-onalaridan boshlamog‘i kerak.
Birinchidan, ular bilan ishlaganda ularning o‘z-o‘zini baholashiga salbiy ta’sir 
ko‘rsatib qo‘yishdan ehtiyot bo‘lish kerak. (Siz o‘z bolangizni yaxshi bilmaysiz, men sizga 
o‘rgatib qo‘yaman qabilidagi gaplar ularning shaxsiyatiga tegishi mumkin). Aksincha
ularni o‘z farzandlarini yanada bilishlikka chorlash lozim. 
Ikkinchidan, ota-onaning bolaga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirish zarur. Ular 
serjahl bolasini noshukurlikda ayblashadilar. Ular bolani tergaganlarida, urishganlarida 
bolalari kechirim so‘rashlarini, aybdor ekanligini aytishini kutishadi. Bola bu ishni 
qilmaganligini ko‘rgach, ularning jahli chiqadi va bolani beodoblikda buzilib ketganlikda 
ayblashadi. Iloji boricha, ota-onalarda o‘z bolalariga nisbatan rahm-shafqat tuyg‘usini 
uyg‘otish kerak. Serjahl bola-bu avvalom bor baxtsiz bola ekanligini ularga uqdirish kerak. 
Ota-onalarga jahlning paydo bo‘lish mexanizmini, jahlitezlik bolaning emotsional jihatdan 
kasallanishi ekanligini tushuntirish lozim.
Uchinchidan, ota-onalarning o‘z bolaliklari haqidagi xotiralarini tiklash kerak. 
O‘zlarining ham qilgan jahlli xulq-atvorining sabablarini birgalikda muhokama qilish 
zarur. Ehtimol, bu narsa bola bilan ota-onalar o‘rtasidagi muomalaning shaxsiy sabablarini 
ochishga yordam berar va shu yo‘l bilan psixologik yordam olar.
To‘rtinchidan, ota-onaning bolaga tug‘ilguncha va tug‘ilgandan keyingi birinchi 
oylardagi munosabatini aniqlab olish zarur. Agar bola boshidanoq istalmagan bo‘lsa (balki 
bola tasodifan yoki majburlikdan tug‘ilgandir), ota-ona bilan hamkorlikda aniq bir qarorga 
kelish zarur. Masalan, bola istalmagan bo‘lsa-da, har qalay unga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish 
zarurligi uqtirilishi darkor.



Download 5.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling