Oilaviy munosabatlarning bola shaxsida ijtimoiy


Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази


Download 5.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/273
Sana24.10.2023
Hajmi5.36 Mb.
#1717990
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   273
Bog'liq
internet ma\'lumot

Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази 
Serjahl xatti-harkatni yomon deb bo‘lmaydi. Kutilmagan vaziyatlarda u himoya 
vazifasini bajaradi, ba’zida ma’lum vaziyatdan chiqishga xizmat qiladi. Jahlitezlik 
bolalarda aksariyat hollarda kuzatiladi. O‘tish bosqichlari – bu ijtimoiy muammolar bilan 
paydo bo‘ladigan krizislar bo‘lib, inson hayotining turli bosqichlarida kuzatiladi. 
Amerikalik psixolog E.Erikson inson hayotida 8 ta krizisni farqlaydi. Bular quyidagilar:
1) Birinchi krizisni bola umrining birinchi yilida boshidan kechiradi. Bu bola 
fiziologik ehtiyojlarning qondirilishi bilan bog‘liq. Agar yaxshi qondirilmasa, bolada 
atrofdagilarga ishonchsizlik paydo bo‘ladi. 
2) Ikkinchi krizis bolaning tozalikka o‘rgatish paytiga to‘g‘ri keladi. Agar bolaga 
qat’iy tashqi nazorat o‘rnatilsa, unda uyat va shubha paydo bo‘ladi.
3) Uchinchi krizis ikkinchi bolalik davriga to‘g‘ri keladi. Bunda bola mustaqil 
faoliyat ko‘rsata boshlaydi. Agar uning omadsizligini hadeb ro‘kach qilinsa, unda 
aybdorlik tuyg‘usi shakllanadi. 
4) To‘rtinchi krizis maktab yoshida sodir bo‘ladi. Maktabdagi muhitga moslasha 
olmagan o‘quvchida o‘ziga ishonchsizlik tuyg‘usi paydo bo‘ladi.
5) Beshinchi krizis o‘smirlarda kuzatiladi. Undagi biologik yetilish bilan sotsial 
jihatdan yetilmaganlik o‘rtasidagi ziddiyat bu krizisni keltirib chiqaradi. 
6) Oltinchi krizis yosh yigit-qizlarda kuzatiladi. Bunda ayrim yoshlarda 
izolyatsiya ya’ni o‘z-o‘zi bilan bo‘lish kuzatiladi. 
7) Yettinchi krizis 40 yoshda kuzatiladi. Unda ham oilaviy munosabatlarda 
turg‘unlik kuzatiladi. 
8) Sakkizinchi krizis qarilikda sodir bo‘ladi. U o‘limdan qo‘rqish va yangidan 
hayot boshlay olmasligidan nadomat tuyg‘usi bilan xarakterlanadi. 
Shu 8 ta krizisning har biridagi salbiy holatlar odamda jahlni chiqaradi va u xulq-
atvoriga ta’sir qiladi. Jahlitezlikni tahlil qilganda albatta bu psixosotsial krizislarni 
hisobga olmoq lozim.
Bola xulq-atvoridagi serjahllik ular bilan munosabatni qiyinlashtirsa ham jahlni 
mutlaqo salbiy sifat deb baholash noto‘g‘ri. Unutmaslik kerakki, boladagi faollikning 
oshishi uning bo‘lishi mumkin. Agar maxsus tuzatish ishlarini olib borilsa, unda 
atrofdagilar bilan normal muomala paydo bo‘ladi. 



Download 5.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling