Ойбекдиссер


Voleybol sportini vujudga kelishi va uni mamlakatimizda taraqqiy etib borishi


Download 399 Kb.
bet6/24
Sana15.03.2023
Hajmi399 Kb.
#1269103
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Arabjonov Shokirjon Shakatovich

1.2. Voleybol sportini vujudga kelishi va uni mamlakatimizda taraqqiy etib borishi.
Voleybol 1895 yilda Amerika Qo‘shma Shtatlarining Massachusets shtatidagi Xeloi shaxrida yosh xiristianlar ittifoqini jismoniy tarbiya bo`yicha raxbari pastor Vil’yam Morgan tamonidan yaratilgan. U voleybol o‘yinining oddiy, ko‘p mablag‘ sarflamasdan tashkil etishni ko‘zda tutib yangi o‘yinning qoyidalarini ishlab chiqdi. 1895 yilda Sprringfild shaxridagi kolledj direktori doktor Al’fered Kalsted bu o‘yinga “Voleybol” deb nom berdi. Voleybol ingilizcha so‘z bo‘lib o‘zbek tilida “uchayotgan to‘p” degan ma’noni bildiradi.
1897 yilda tatbiq etilgan ba’zi bir o‘yin qoidalari quyidagicha edi.
Hozirgi qabul qilingan qoidalarga asosan:

  1. Hujum maydoni o‘lchami 3x9 m.

  2. Himoya maydoni o‘lchami 6x9 m

  3. Maydonning umumiy hajmi 18x9 m

  4. To‘rning o‘lchamlari. Eni-1 m. uzunligi-9,5 m.

  5. To‘rning balandligi erkaklar-243 sm, ayollar-224 sm.

  6. To‘pni og‘irligi 270 gr. Aylanasi 65 sm.

  7. Jamoa 12 o‘yinchi, maydonda o‘yinchilarni soni 6 ta.

1947 yilda Halqaro voleybol federatsiyasi tuzildi. 1948 yilda Italiyada birinchi marta voleybol bo‘yicha Evropa birinchiligi o‘tkazildi. Shu yili erkaklar o‘rtasida jahon chempionati o‘tkazildi. Voleybol qo‘l bilan o‘ynaladigan o‘yin bo‘lib 9 x18 metr maydonda to‘p bilan o‘ynaladigan sport turi. O‘rtada to‘r setka bo‘lib o‘yinning maqsadi to‘pni raqib maydoniga uch urinishda o‘tkazish. To‘pni qo‘lning barcha qismlari bilan hamda tananing barcha a’zolari bilan bir marta urishga ruxsat beriladi. Har bir jamoa oltita o‘yinchidan iborat bo‘ladi. O‘yinchilar oltita zonaga joylashadilar.O‘yin maydoni ikki liniyaga bo‘linadi. Hozirgi musobaqa qoidalariga binoan o‘yin 25 ochkoga qadar olib boriladi. O‘yin uch va besh partiya o‘tkazilishi mumkin. O‘yin davoimda o‘yichiarga katta jismoniy yuklamalar tushadi. Har bir partiyada har bir o‘yinchi 50 dan ortiq o‘yin harakatini bajaradi. Bu harakatlar butun o‘yin davomida 300 dan oshishi mumkin. Chunki o‘yin 2-3 soat davom etadi. Voleybolchilar texnik va taktik tayyorgarlik bilan birga kuchli jismoniy tayyorgarlikka, tezkorlikka, chaqqonlikka hamda muvozanat saqlash qobiliyatiga ega bo‘lishlari kerak.
Voleybol o‘yini o‘zining qiziqarliligi va ommaviyligi bilan millionlab kishilarni o‘ziga jalb qilib kelmoqda. Zamonaviy voleybol o‘ta tezkor va maxorat, g‘ayrat talab qiluvchi sport o‘yinlari turiga mansubdir. Yuqori texnika va taktikaga erishish uchun birinchi navbatda voleybolchi etarli darajada jismoniy rivojlangan hamda maxsus sifatlarga ega bo‘lishi kerak. Voleybol to‘garagida 12 yoshdan o‘g‘il bolalar, 13 yoshdan qiz bolalar shug‘ullanishlari mumkin.
Voleybol bo‘yicha bolalar va o‘smirlar jamoalarining asosiy va etakchi vazifasi yuqori malakali yosh voleyblchilar tayyorlash ularning sog‘lig‘ini mustaxkamlash va har tomonlama jismoniy rivojlanishni ta’minlashdan iborat. Bu masala bolalar va o‘smirlar sport maktabiga to‘laqonlik hal qilinadi. ,qori malakali voleybol komanda rezervlarini asosan bolalar va o‘smirlar sport maktabi va sport yo‘nalishidagi maktab- internatlar etkazib yoki tayyorlab beradi. Voleybochilarning yarmini o‘quvchilar tashkil qiladi. Voleybol maktab jismoniy tarbiya darsi dasturida 9-11 siniflarga kiritilgan. Maktablarga sinifdan tashqari sport ishlari sistemasida voleybol etakchi o‘rinda turadi.

Download 399 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling