Magistrlik dissertatsiyasini xorijda va mahalliy adabiyotlarda o‘rganish darajasi: magistrlik dissertatsiyasi mavzusiga oid ilmiy tadqiqot masalalari horijda va mamlakatimiz bo‘ylab etarli miqdorda o‘tkazilganiga qaramay sport turlari bo‘yicha yosh sportchilarning umumiy va maxsus sport tayyorgarligi jarayonlarini takomillashtirish masalalari muhim bo‘lib hisoblanadi. Shuningdek ko‘p ilmiy tadqiqot ishlari sportchilarni maxsus sport maktablari va sport saroylarida o‘tkaziladigan mutaxassislik mashg‘ulotlari jarayonlarida tashkil etilgan. Bu ilmiy tadqiqot ishlari akademik litsey internat o‘quvchilarinin jismoniy tarbiyadan sinfdan tashqari ishlar jaryonlari hisoblangan voleybol to‘garagi sport mashg‘ulotlari jarayonlarida olib borilgan. Voleybol sporti bo‘yicha yosh voleybolchilar tayyorgarligiga oid bo‘lgan horijiy va mahalliy mutaxassislarning ilmiy va uslubiy materiallari va qo‘llanmalari, tavsiyanomalari, ko‘rsatmalari, shu bilan birga mamlakatimiz rahbariyatining va mutaxassislarning Bolalar sportini takomillashtirish mavzusida qabul qilayotgan qaror va farmonlari o‘rganildi, xulosalar umumlashtirildi. Mavzuga oid materiallar asosida maqolalar, tezislar tayyorlandi.
Magistrlik dissertatsiyasining mavzusi bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar uslubiyoti: dissertatsiya mavzusi bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarida tadqiqotning adabiyotlar va internat materiallari tahlil etish, pedagogik nazorat, eksperiment, tibbiy biologik nazorat hamda sportchilar texnik va taktik mahoratlarini va jismoniy fazilatlarini rivojlanish darajalarini amaliy nazorat qilish uslublaridan keng foydalanildi. Shu bilan birga tadqiot natijalari matematik statistik tahlil etish olib borildi.
Magistrlik dissertatsiyasida ilimiy yangiliklar va ularni asoslanganligi: dissertatsiya mavzusi bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarining natijalarida yuqori malakali sportchilar tayyorlashda yosh sportchilarni sport turlariga to‘g‘ri yo‘naltirish hamda saralash asosiy o‘rin tutishi ko‘rsatiladi. Shuningdek sportchilar sport tayyorgarlik mashg‘ulotlari samaradorligini ortirishda bir hil jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘lgan bolalarni guruhlarga saralash va ular bilan shaxsiy xususiyatlariga muvofiq mashg‘ulotlar tashkil etish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |