Okeanlar chegarasi Tinch okean Shimoliy muz okeani dunyo okeaninig taqsimlanishi Matn
Tinch okean Maydoni: 180 mln km2
Download 239.4 Kb.
|
Muhammadsobir1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maydoni: 93 mln km2 Suv hajmi: 337 mln km3 O`rtacha chuqurligi: 3597 m Eng chuqur joyi: 9207 m (Puerto Riko botig`i)
Tinch okean
Maydoni: 180 mln km2 Suv hajmi: 724 mln km3 O`rtacha chuqurligi: 3976 m Eng chuqur joyi: 11022 m (Mariana botig`i) Sho`rlanish darajasi: 35 0/00 Matn Tinch okean, Buyuk okean - Dunyo okeanining bir qismi, kattaligi va chuqurligi jihatidan Yer sharida 1-oʻrinda. Tinch okeani gʻarbdan Yevrosiyo va Avstraliya, sharqdan Shimoliy va Janubiy Amerika, shimolidan Chukotka va Syuard yarim orollari oʻrtasidagi yoʻlak, janubidan Antarktida bilan chegaralangan. Maydoni dengizlari bilan birga 178,6 mln. km², dengizlarsiz 148,3 mln. km², suvining hajmi 710 mln.km³. Oʻrtacha chuq. 3980 m, eng chuqur joyi 11022 m (Mariana novi). Qirgʻoqlarining aksari qismi ford tipli va yemirilgan, gʻarbdagi tropik kengliklarda marjonli, baʼzi joylari toʻsiq rifli. Antarktidadagi qirgʻoklar, asosan, shelf muzliklari bilan qoplangan. Dengizlar, koʻproq, Tinch okeanining shimoli-gʻarbiy va gʻarbiy chekkalarida joylashgan. Yarim yopiq dengizlar: Bering, Oxota, Yapon, Sharqiy Xitoy, Sariq va Janubiy Xitoy, Ichki Yapon; orollararo dengizlar: Avstraliya, Osiyo, Oʻrta dengizlari deb umumiy nomlanadi; chekka dengizlar: Marjon va Tasman dengizlari, janubida Antarktida sohili yaqinidagi Amundsen, Bellinsgauzen va Ross dengizlari. Maydoni: 93 mln km2 Suv hajmi: 337 mln km3 O`rtacha chuqurligi: 3597 m Eng chuqur joyi: 9207 m (Puerto Riko botig`i) Sho`rlanish darajasi: 35 0/00 Atlantika okeani Matn Atlantika okeani meridian boʻylab katta masofada choʻzilganligidan okean yuzasida iqlim sharoiti juda xilma-xil. Atlantika okeani shimolda ekvatorial iqlim mintaqasidan subarktika iqlim mintaqasigacha va janubida Antarktika iqlim mintaqasigacha boʻlgan iqlim mintaqalarini oʻz ichiga olgan. Atlantika okeanining katta qismi, yaʼni 40°shahri k. bilan 40° j. k. orasi ekvatorial, tropik va subtropik iqlim mintaqalaridadir. Atlantika okeani ustida Islandiya va Antarktida atmosfera minimumlari, Shimoliy Atlantika va Janubiy Atlantika atmosfera maksimumlari vujudga keladi. Ana shu atmosfera markazlari taʼsirida oʻrtacha kengliklarda kuchli gʻarbiy shamollar, Shimoliy va Janubiy yarim shardagi subtropik va tropik kengliklarda esa shimoli-sharqiy vajanubi-sharqiy (passat) shamollar hosil boʻladi. Eng kuchli shamollar Atlantika okeanining Janubiy yarim shardagi oʻrtacha kengliklarida esadi. Download 239.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling