Okeanlar tabiiy geografiyasi 1-mavzu: dunyo okeani tabiatining asosiy xususiyatlari. Reja
Download 88.7 Kb.
|
Okeanlar tabiiy geografiyasi SamDU
- Bu sahifa navigatsiya:
- Okeanda hayotning tarqalishi
- Dunyo okeanining biogeografik oblastlari.
- Shimoliy Atlantika va Shimoliy Tinch okean oblastlari
- Tropik-Atlantika va Tropik-Hind-Tinch okean oblastlari
- 2-MAVZU: TINCH OKEANIGA UMUMIY TABIIY GEOGRAFIK TAVSIF. TINCH OKEANI SUVLARI: SHO’RLIGI, HARORATI, OQIMLARI VA XALQ XO’JALIGIDAGI AHAMIYATI. Reja
- Iqlimi va suvlari Oqimlari Organik dunyosi. Okeanning tabiat zonalari.
- Okean tagi relefi va geologik tuzilishi.
Dunyo okeanidagi hayot Okean biosferasining asosiy tarkibi. Dunyo okeani suvlari turli xil organizmlarning yashashi va rivojlanishi uchun benuqson qulaylikka ega bo‘lgan muhit hisoblanadi. Ko‘pchilik olimlarning fikriga ko‘ra hayot avvalo okeanda paydo bo‘lgan, keyinchalik chuchuk suvlarga va quruqliklar yuzasiga tarqalgan. Dunyo okeanida tirik organizmlarning rang-barang turlari yaxshi rivojlangan bo‘lib, ular okean yuzasidan tortib eng tagigacha keng tarqalgan. Okeanda o‘simliklarning 15 mingdan ortiq turi, hayvonlarning 150 mingga yaqn turi yashaydi. Flora tarkibining 5000 turi diatom o‘simliklardan, 2500 turi qizil o‘simliklardan, 1000 turi qo‘ng‘ir o‘simliklardan va 500 turi yuqori o‘simliklardan tashkil topgan. Fauna kompleksining 80 ming turi mollyuskalardan, 20 ming turdan ortiqrog‘i qisqichbaqasimonlardan, 15 ming turi eng oddiy jonivorlardan (radiolyariyalar, foraminiferlar, infuzoriyalar), 9 ming turi kovakichlilardan, 7 turi turli xil chuvalchanglardan, 5 ming turi bulutlardan, 16 ming turi baliqlardan va boshqalardan iborat. Dunyo okeanidagi o‘simliklar asosan bir hujayrali suv o‘tlaridan tashkil topgan. Ular okean fitomassasining 80 % ini tashkil etadi. Dunyo okeanining barcha tirik organizmlari yashash sharoitiga ko‘ra uchta asosiy guruhga – plankton, nekton va bentosga bo‘linadi.
Pelagial zonada organik hayotning eng tarqalgan joyi suvning 50 m qalanlikkacha bo‘lgan yuqori qismi hisoblanadi. Lekin bu yerda ham hayot bir xilda tarqalmagan. Biologik hayot ochiq okeanga nisbatan qirg‘oqqa yaqin joylarda juda quyuqlashgan. Bunga sabab daryolar okean va dengizlarga quyilish zonasiga katta miqdorda biogen elementlar olib kelib qirg‘oqbo‘yi suvlarini ozuqa moddalar bilan boyitadi. Shuning uchun shelfda ochiq okeanga nisbatan tirik organizmlar ko‘p tarqalgan. Bental zonasining qirg‘oqqa yaqin 50-100 m chuqurlikdagi suv tagi qismi ham organik hayotning eng rivojlangan va hayvonlarning ko‘p tarqalgan qismi hisoblanadi. Okeanning suv yuzasi (pelagial) va suv osti (bental) zonalarida qirg‘oqlardan uzoqlashgan sari hayotning zichligi siyraklasha boradi. Bu zonalarni hayot siyrak bo‘lgan oraliq zona bir-biridan ajratib turadi. I.A. Suyetovaning (1976) ma’lumotiga ko‘ra Dunyo okeani tagining 200 m chuqurlikkacha yotgan 7,6% maydonida okeandagi jami biomassaning 59% i, 200 m dan 3000 m chuqurlikkacha yotgan 17,2% maydoni biomassaning 31,1 % i va 3000 m dan ziyod chuqurlikkacha yotgan 75,9 % maydonida biomassaning atigi 9,5 % i to‘plangan. Dunyo okeani chuqurliklarida hayot sharoiti bir xilda taqsimlanmagan. Chunki okean sathidan chuqurlashgan sari yorug‘lik kamayadi, harorat pasayadi, biogan elementlar siyraklashadi, gidrostatik bosim orta boradi. Natijada okeanda vertikal biologik zonallik vujudga keladi. Dunyo okeani tagida hosil bo‘lgan hayot zonalari quyidagilardan iborat: litoral yoki qirg‘oq zonasi (suv ko‘tarilishi va qaytishi zonasi), sublitoral zona (200 m chuqurlikkacha), batial zona (2500-3000 m gacha), abissal zona (6000 m gacha) va ultraabissal zona (6000 m dan chuqur). Dunyo okeanining biogeografik oblastlari. Okean suvining yuza qatlamida va dengiz tagining qirg‘oqbo‘yi qismida yashaydigan organik Dune o‘zining floristik va faunistik tarkibiga ko‘ra bir qator biogeografik oblastlarni vujudga keltiradi. Suv yuzasida hayot sharoitining almashinishida orografik to‘siq va keskin chegara yo‘qligi tufayli Dune okeanida ajratilgan biogeografik oblastlar miqyos jihatidan muayyan tabiiy geografik zonalarga yoki zonalar guruhiga to‘g‘ri keladi. Okeandagi biogeografik oblastlar nihoyatda yirik akvatorial birliklar bo‘lib, materiklarda ajratiladigan tabiiy geografik oblast tushunchasidan bir muncha farq qiladi. Dune okeanida A.G.Voronov (1963) tomonidan quyidagi biogeografik oblastlar ajratilgan: Arktika, Shimoliy Atlantika, Shimoliy Tinch okean, Tropik-Atlantika, Tropik-Hind-Tinch okean va Antarktika. Ayrim hollarda Antarktika oblasti doirasida Notal-Antarktika kichik oblasti ham ajratiladi. Har qaysi biogeografik oblast litoral (qirg‘oqbo‘yi) va pelagial kichik oblastlarga bo‘linali. Arktika oblasti haroratining yil davomida pastligi, muz bilan qoplanganligi, suvining sho‘rligining nisbatan kamligi, flora va fauna tarkibining kambag‘alligi va organizmlarning kam mahsuldorligi bilan harakterlanadi. Faqat yoz faslida fitoplankton, zooplankton va boshqa hayvonlarning rivojlanishi uchun qulay sharoit vujudga keladi. Arktika oblastida 3000 turga yaqin tirik organizmlar yashaydi. Shundan 150 turi baliqlar va 17 turi sut emizuvchilardir. Baliqlardan lasossimonlar, koryushkasimonlar, treskasimonlar va kambalasimonlar ko‘p tarqalgan. Sut emizuvchilardan kitlarning ayrim turlari, Grenlandiya tyuleni, morjlar va oq ayiqlar uchraydi. Oblastning markaziy qismi yil bo‘yi muz bilan qoplangan. Shimoliy Atlantika va Shimoliy Tinch okean oblastlari Dunyo okeanining subarktika va mo‘’tadil zonalarida joylashan. Ular boreal oblastlari deb ham ataladi. Bu oblastlarda Arktika oblastiga nisbatan suv haroratining yuqoriroq bo‘lishi o‘simlik va hayvonot olamining yaxshi rivojlanishiga va ularning turlarga boy bo‘lishiga imkon yaratgan. Boreal oblastlar biomassaga nihoyat darajada boy bo‘lib, Dune okeani oblastlari ichida biomassa miqdori jihatidan birinchi o‘rinda turadi. Asosiy baliq ovlanadigan raYonlar ham shu oblastlarda joylashgan. Shimoliy Atlantika oblastida baliqlardan treska, piksha, sayda, kambalasimonlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Janubiy raYonlarida sultanka, gshuban va kefallar uchraydi. Qisqichbaqasimonlardan langustalar, omarlar, krevetkalar ko‘p. Sut emizuvchilardan tyulenlar yashaydi. Shimoliy Tinch okean oblastida lasossimon baliqlar Uzoq Sharq sardinasi, umurtqasizlardan Kamchatka krabi ko‘p ovlanadi. Sut emizuvchilardan dengiz mushugi, kalan, sivuch va kitsimonlar harakterli. Tropik-Atlantika va Tropik-Hind-Tinch okean oblastlari ekvatorial, subekvatorial va tropik zonalarda joylashgan. Ular tabiiy sharoiti jihatidan bir-biriga o‘xshash, suv yuzasi Arktika va Antarktika oblastlariga nisbatan yorug‘likni ko‘p oladi, harorat yil bo‘yi yuqori bo‘lib, 200 S dan pastga tushmaydi. Bu yerda organik hayotning zichligi boreial oblastlariga nisbatan pastroq, lekin faunasining tur tarkibi xilma-xilroq. Tropik-Atlantika oblasti faunaga boyligi jihatidan ikkinchi o‘rinda turadi. Tropik oblastlarning pelagial zonasida akulalar, tuneslar, tutashjag‘lilar, lappak baliqlar, uchar baliqlar, dengiz toshbaqalari, bental zonasida marjon riflari, kraplar, langustalar, qorinoyoqli va ikki tabaqali molyuskalar, sohillarida mangra chakalakzorlari ko‘p uchraydi. Tropik-Hind-Tinch okean oblastining faunasi xilma-xil, qadimiy turlarga boy, endemiklar ko‘p, hayvonlarning sof tropik turlari keng tarqalgan. Sut emizuvchilardan kichik kashalotlar, delfinlar, dyugonlar harakterli. Har ikala oblastda o‘ziga xos litoral biotsenozlarni vujudga keltirgan marjon koloniyalari yaxshi rivojlangan. Antarktika oblasti tabiiy sharoiti jihatidan Arktika oblastiga o‘xshash bo‘lib, suvining harorati doimo past, muzlik rejim uzoq davom etadi va h.k. Uning janubiy qismi Sirkum qutbiy kichik oblastiga, shimoliy qismi Notal – Antarktika kichik oblastiga qaraydi. Antarktika suvlaridan dengiz olabug‘asi, kit, kasholot, kasatkalar ovlanadi. Baliqlar va sut emizuvchilar keng tarqalgan qisqichbaqasimon krilllar bilan oziqlanadi. Antarktika uchun pingvinlarning bir necha turlari harakterli. Qirg‘oqqa yaqin joylarda dengiz mushugi, dengiz fili, dengiz qoploni, tyulenlar yashaysdi. Janub kiti, kichik kit, kurak oyoqlilarning ayrim turlari endemik hisoblanadi. 2-MAVZU: TINCH OKEANIGA UMUMIY TABIIY GEOGRAFIK TAVSIF. TINCH OKEANI SUVLARI: SHO’RLIGI, HARORATI, OQIMLARI VA XALQ XO’JALIGIDAGI AHAMIYATI. Reja: Geografik o‘rni va chegaralari. Tekshirilish tarixi Dengizlari va orollari Okean tagi relefi va geologik tuzilishi. Iqlimi va suvlari Oqimlari Organik dunyosi. Okeanning tabiat zonalari. Okeanning xalq xo’jaligidagi ahamiyati. Dunyo okeanini regaonal differensiatsiyalanishida Tinch okeani aloxida o‘rin tutadi. U maydoni va vujudga kelishi jihatdan okeanlar; o‘rtasida eng kattasi va eng kadimiysi hisoblanadi. Tinch okeani maydoni 178,7 mln km2 bo‘lib, Dunyo okeanining 50% va Yer yuzining 29% maydonini egallab olgan. Umumiy suv hajmi 710 mln km3 ga teng. Bu okean kattaligi nuqtay nazardan Buyuk yoki Ulug‘ okean deb ataladi. Buyuk okean degan nomni 1752 yilda fransuz geografi J.N.Byuash bergan. Tinch okean g‘arbdan Yevrosiyo va Avstarliya materiklari bilan, sharqdan Shimoliy va Janubiy Amerika materiklari bilan o‘ralgan. Janubda Antarktida bilan chegaralangan. Shimolda Chukotka va Alyaska yarim orollarini bir-biridan ajratib turgan Bering bo‘g‘ozi orqali Shimoliy Muz okean bilan tutashib turadi. Okean shimoldan janubga qarab qariyb 16 ming km va g‘arbdan sharqka karab 20 ming km masofaga cho‘zilgan. Eng keng joyi ekvator kengligiga to‘g‘ri keladi- shu sababli u eng issik okean ham hisoblanadi. Okeanning qirg‘oq chiziklarini tuzilishi hamma tomonida bir xil emas. Ular o‘zining tuzilishiga kura asimmetrik harakterga ega. Shimoliy va Janubiy Amerika materiklarining g‘arbiy sohillari ko‘p parchalanmaganligi tufayli okeanning sharqiy qirg‘ok chiziqlari ancha tekis. Faqatgina Alyaska va Kaliforniya yarim orollari atrofida hamda Janubiy Amerikaning eng janubiy sohillarida qirg‘oq chiziqlari birmuncha murakkablashgan. G‘arbiy qirg‘oq chiziklari aksincha juda murakkab tuzilgan. Chunki Yevrosiyo materigining sharqiy sohillari kuchli parchalanib ketgan. Aksariyat hollarda f’ordli va abrazion, qisman-akkumulyativ qirg‘oqlar uchraydi, tropik mintaqada esa marjonli qirg‘oqlar ham bor. Okeanning janubiy qirg‘oq chiziqlari shelf muzliklari bilan qoplangan. Tekshirilish tarixi Tinch okean sohillarida va orollarida yashagan xalqlar okeanda qadim zamonlardan boshlab suzganlar, uning qirg‘oqlarini o‘rganganlar va tabiat resurslaridan foydalanganlar. Okean haqidagi dastlabki ta’limotlar F.Magellan (1520 y.) va J.Kuk (1773-1778 yy.) sayohatlari natijasida to‘plandi. V.I. Bering va A.I.Chirikovlar 1741 yilda okeanning shimoliy akvatoriyasida kuzatish ishlarini olib bordilar. Bu Tinch okeanini tadqiq qilish tarixining birinchi davri bo‘lib, o‘sha vaqtda sayohatchilar okeanning chegaralarini, boshqa okeanlar bilan aloqadorligini, suv va quruqlikning taqsimlanishini o‘rganganlar. Tinch okeanni tadqiq qilishning ikkinchi davri XIX asrning boshlarida I.F.Kruzenshtern va Yu.V.Lisyanskiylarning dunyo bo‘ylab aylana sayohatidan boshlanadi. Rus sayyohlari 1804-1806 yillarda "Nadejda" va "Neva" kemalarida dunyo aylana birinchi sayohatida okean suvining fizik xossalari, haroratini, chuqur botiqlarini, dengiz oqimlarini batafsil o‘rgangan, astronomik va gidrologik kuzatishlar olib borgan, zoologik va botanik kolleksiyalar to‘plagan, bir necha orollarning geografik tafsilotini yozgan, okeanning shimoli-g‘arbiy qirg‘oqlarini haritasini tuzgan. Tinch okeanda 1886-1889 yillarda S.O.Makarov boshliq "Vityaz" kemasidagi ekspeditsiya ishtirokchilari kompleks tadqiqot ishlarini amalga oshirdilar. S.O.Makarov okean suvining sho‘rligi, termik xususiyatlari, iqlimi, dengiz oqimlari to‘g‘risida qimmatbahr ma’lumotlar to‘pladi hamda ularni rus va fransuz tillarida chop etilgan "Vityaz" va "Tinch okean" ilmiy asarida yoritdi. Sovet davrida ham Tinch okeanni kompleks tadqiq, qilish muntazam ravishda davom etdi. 1959 yildan «A.I.Voyeykov», 1960 yildan «YU.M.Shokalskiy», 1970 yildan boshlab "Akademik Sergey Korolyov" kemalaridagi ekspeditsiyalar uzoq yillar davomida keng ko‘lamda ilmiy tadqiqot ishlarini olib bordilar. Okeanni tabiiy xususiyatlarini va xilma-xil resurslarini o‘rganishda AQSH, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Meksika, Peru, Chili va boshqa davlatlarning xizmati katta. Ayniqsa Xalqaro geofizika yili (1959) va Xalqaro geofizika hamkorligi dasturlari asosida olib borilgan tadqiqotlar va qo‘lga kiritilgan yutuqlar alohida ahamiyatga ega. Keyingi yillarda Tinch okeanni kompleks o‘rganish borasida ko‘p ishlar qilindi. Okean tabiatining xususiyatlari to‘g‘risida yangi ma’lumotlar to‘plandi, dengiz oqimlari dinamikasi, suv tagi relefi va geologik tuzilishi muhammal o‘rganildi, ko‘plab chuqur joylar aniqlandi, chuqur botiqlardagi organik hayot tadqiq qilinib, tirik organizmlarning bir necha yangi turlari kashf etildi. Tinch okeanni tadqiq qilishning uchinchi bosqichida to‘plangan materiallar uning yangi materiklar va dengiz navigatsiyasi haritalarini tuzishga asos bo‘lib xizmat qildi. Dengizlari va orollari Dengizlar Tinch okean bo‘ylab bir xilda tarqalmagan. Mavjud bo‘lgan dengizlarning barchasi deyarli okeanning g‘arbiy sohillariga to‘g‘ri keladi. Sharqsy kssmida Alyaska, Kaliforniya, Panama kabi qo‘ltiqlardan boshqa dengizlar yo‘q Tabiiyki, dengiz va qo‘ltiqdarning" keng tarkdlishi ksrgoq chizikdarining murakkab tuzilishiga va okean sohillarining kuchli parchalanishiga bogliq. Tinch okeanning shimoli-g‘arbiy va g‘arbiy kssmlarida Yevrosiyo‘ materigi qirg‘oqlari bo‘ylab Bering, Oxota, Yapon, Sariq, Sharqiy Xitoy, Janubiy Xitoy dengizlari joylashgan. Ular asosiy akvatoriyadan tabiiy chegaralar vazifasini bajaruvchi Aleut, Kuril, Saxalin, Xokkaydo, Xonsyu, Kyusyu, Ryukyu, Tayvan, Filippin va Kalimantan orollar tizimi orqali ajralib turadi. Bu dengazlar va orollar tizimi bir-biri bilan Tatar, Laperuza, Sugaru, Koreya, Tayvan, Balabak, Luson kabi bo‘g‘ozlar orqali tutashgan. Ulardan tashqari okeanning g‘arbiy chekkasida Anadir, Shelixov, Lyaodun, Boxayvan, Bokva, Siam va boshqa ko‘rfazlar bor. Avstraliyaning sharqiy qirg‘oqlari yaqinida Marjon, Fidji va Tasmaniya dengizlari joylashgan. Bu dengazlar okean akvatoriyasidan Solomon, Yanga Gibrid, Fidji va Yanga Zelandiya orollar tizimi bilan chegaralangan. Katta Zond va Filippin arxipelaglari oraliqlarida vujudga kelgan bir nechta kichik dengizlar ham mavjud. Bular Sulu, Sulavesi, Yava, Bali, Banda, Molukka, Seram va boshqalardir. Yangi Tayvan, Yangi Britaniya va Solomon orollari o‘rtaligida Solomon dengizi joylashgan. Tinch okeaning g‘arbiy qismidaga dengazlarning geografik joylashishi materik va okean plitalarining uzaro tuknashib turgan zonasiga to‘g‘ri keladi. Dengazlarning aksariyat kdsmi shelfda tashkil toptan bo‘lib, ularning o‘rtacha chuqurliga 100-200 m dan oshmaydi. Tinch okeandagi yirik dengizlar ichida Filippin dengazi o‘rtacha katta chuqurlikka ega ekanliga bilan ajralib turadi. U hamma tomondan Ryukyu (Nansey), Filippin, Karolina, Mariana va Nampo orollar tizimi bilan o‘ralgan. Tinch okeanning janubiy qismida, Antarktida sohillarida Somoa, Ross, Amundsen, Bellinsgauzen dengizlari va Zalsberger; Rigli, Ronne, Margarita qo‘ltiqlari bor. Ular okeanning boshqa dengaz va qo‘ltiqlaridan organik hayoti ham rivojlanganliga,.suvining haroratini pasayishiga va muz qoplamining davomiyliga bilan farq qiladi. Okeanning harkterli xususiyatlaridan yana .biri uning asosiy akvatoriyasida mayda orollar guruhining juda ham ko‘p tarqalganligidir. Bular Gavay, Marshall, Layn, Tuamatu, Fidji, Gilbert, Feniks, Samoa, Kuk va boshqa orollar tizimidir. Binobarin, Tinch okeanda yirik va mayda orollar boshqa okeanlarga nisbatan juda keng tarqalgan bo‘lib, umumiy soni 10 mingdan ortadi. Ular kelib chiqishiga ko‘ra materik vulkan va marjon orollariga bo‘linadi. Okean tagi relefi va geologik tuzilishi. Tinch okean tagi relefi va uning geologak strukturasi juda murakkab tuzilgan. Uning relef shakllarini tarkib topishida suv osti botiqlari, chuqur cho‘kmalari, tog‘lari, qirlari, platolar va marjon riflari ishtirok etadi. Tinch okeanning katta qismi Shimoli-G‘arbiy, Shimoli-Sharqiy, Markaziy, Janubiy va Bellinsgauzen botiqlari bilan band. Bulardan tashqari okeanning g‘arbida o‘rtacha kattalikka ega bo‘lgan Filippin botig‘i, Mariana qirlari ajratib. turgan G‘arbiy .va Sharqiy Mariana botiqlari, Eauripik qiri ikkiga bo‘lib turgan G‘arbiy va Sharqiy Karolina botiqlari, Kapingamaranga qirlari va Gilbert tizmasi oralig‘ida Melaneziya botig‘i joylashgan. Avstraliyadan sharq tomonda Shimoliy va Janubiy Fidji botiqlari hamda. Tasmaniya botig‘i joylashgan. Tinch okeanning sharqiy qismida g‘arbiga nisbatan botiqlar juda ham uchraydi. Bular Chili, Peru, Sanama va Gvatemala botiqlaridir. Shelflar Tinch okean havzasida asimmetrik shaklda joylashgan bo‘lib, ularning kengligi g‘arbda - Bering, Sharqiy Xitoy va Janubiy Xitoy dengizlarida 700-800 km gacha chuqurligi 150-500 m gacha boradi. Sharqda esa aksincha shelflar juda ham tarqalgan. Amerika sohillarida ularning kengligi bir necha o‘n kilometrdan oshmaydi. Okeanning materik yon bag‘irlari aksariyat hollarda zinapoyasimon -ko‘rinishga ega, vodiyga o‘xshash suv osti kanonlari ko‘p. Tinch okeanning shimoliy va shimoli-g‘arbiy qismlaridan tortib to Yangi Zelandiya oroligacha bo‘lgan masofada cho‘zilib yotgan yoysimon orollar yonida ularga parallel ravishda joylashgan chuqur suv osti cho‘kmalari - Aleut (7822 m), Kuril-Kamchatka (9783 m), Yaponiya (8412 m), Idzu-Bonin (9810 m), Volkano (9156 m), Mariana (11022 m), Filippin (10265 m), Tonga (10882 m), Kermadek (10047 m) kabi cho‘kmalar bor. Okeanning sharqida, Amerika sohillarida Markaziy Amerika (6639 m), Peru (6601 m) va Chili (8180 m) cho‘kmalari mavjud. Shulardan dunyo bo‘yicha eng chuquri Mariana hisoblanadi. Yonma-yon joylashgan yoysimon orollar va chuqur cho‘kmalar yagona tizimga birlashib hozirgi zamon geosinklinal mintaqasini hosil qiladi. Bu mintaqaning harakterli xususiyati vulkanlarning serharaktchanligi va zilzilalarning tez-tez takrorlanib turishidir. Okean tagidagi vulkanlarning otilishi natijasida chiqqan lavalar hajmi materiklardagi lavalar hajmidan uch baravar ortiq. Okeanning sharqiy qismida yirik geologik strukturalardan biri Sharqiy Tinch okean ko‘tarilmasi joylashgan. U meridian bo‘ylab qariyb 9000 km masofaga cho‘zilgan va bir necha joylarda ko‘ndalangiga. Galapagos, Pasxi, Chellenjer va Menard tektonik yoriqlari bilan kesilgan. Ko‘tarilmaning eng baland nuqtasi Pasxi orolida okean sathidan 539 m ko‘tarilib turibdi, uning etaklarida okeanning chuqurligi 3500-4000 m ga teng. Okeanning janubiy qismida Janubiy Tinch okean ko‘tarilmasi kenglik bo‘ylab cho‘zilgan. Avstraliya sohillaridan sharq tomonda meridian bo‘ylab cho‘zilgan va bir-biriga parallel ravishda joylashgan Katta To‘siq rifi, Lord-Xau va Norfolk tog‘lari hamda Kolvill-Lau tizmalari bo‘lib, ular okean tagi relefining murakkab shakllaridir. Yangi Zellandiyaning sharqida Chatek suv osti balandligi va janubida Kemyofell suv osti platosi joylashgan. Okeanning g‘arbiy qismida Shimoli-G‘arbiy tizma, Shatskiy balandligi va Markus-Nekker tog‘i suv tagida ko‘tarilib turibdi. Okean tagida cho‘kindi jinslar keng tarqalgan.Ularning tarkibitektonika va okean tagi relefi bilan uzviy bog‘liq. Chuqur suv osti, cho‘kmalarida terrigen yotqiziqlar, gil cho‘kindilar va ohaq jinslar uchraydi. Tinch okean g‘arbiy qismining tagida boshqa cho‘kindilar qatori vulkan jinslari ham uchraydi.
Tinch okean shimoldan janubga va g‘arbdan sharqqa qarab katta masofaga cho‘zilganligi tufayli iqlim sharoiti xilma-xil. Uning bepoyon akvatoriyasida qutbiy mintaqalardan boshqa barcha iqlim mintaqalari mavjud. Okean iqlimining harakterli xususiyati shundan iboratki uning akvatoriyasini katta bo‘lishiga qaramasdan suvning yuza qatlamida o‘rtacha harorat Atlantika, Hind okeanlari suvining o‘rtacha haroratidan 20 yuqori bo‘lib, 19,4°S ni tashkil etadi Tinch okean sovuq Shimoliy Muz okeanidan quruqliklar va suv osti tog‘ tizmalari bilan tusilgan. Ularni eng tor joyi 35 km keladigan Bering bo‘g‘ozi tutashtirib turadi. Natijada sovuq haroratli Shimoliy Muz okean suvi Tinch okeanga o‘tolmaydi. Shu sababli okeanning shimoliy qismida harorat janubiy qismiga qaraganda yukrrirok. Suv yuza qatlamining o‘rtacha harorati avgustda ekvator atrofida +26°+28°S, Bering bo‘g‘ozida +6°+8°S, Antarktida sohillarida 25°S. Fevralda esa ekvator kengligida +26° +27°S, Bering bo‘g‘ozida -20°S, Antarktida qirg‘oqdarida -10°S. Suv yuza qatlamining o‘rtacha harorati okeanning g‘arbiy qismi bilan sharqiy qismi o‘rtasida ham katta farq bor. Okeanning tropik va subtropik kengliklarida suvning harorati g‘arbiga nisbatan sharqida 4-8° S past. Shimoliy o‘rtacha kengliklarda esa aksincha, sharqida g‘arbiga nisbatan 8-12° S yuqori. Okean akvatoriyasida atmosfera yog‘inlari bir tekisda taqsimlanmagan. O‘rtacha yillik yog‘in miqdori ekvatorial mintaqada 3000 mm dan oshadi. Mo‘’tadil kengliklarda yog‘in miqdori g‘arbda 1000 mm dan sharqda 2000-3000 mm gacha ko‘payadi. Atmosfera yog‘inlari subtropik kengliklarda juda ham kam yog‘adi, ayniqsa bunday ko‘rsatkich okeanning sharqiy qismida 100-200 mm dan oshmaydi. Hatto Shimoliy yarimsharda Kaliforniyaga yaqin suv yuzasiga va Janubiy yarimsharda Peru va Chili botiqlari akvatoriyasiga tushadigan yog‘in miqdori 50 mm ga ham yetmaydi. Umuman Tinch okeanida yog‘in miqdori suvning parlanish miqdoriga nisbatan biroz ko‘proq shu sababli yuza qatlamdagi suvlarning sho‘rligi boshqa okeanlardagidan o‘rtacha 1,5-2,0%0 pastroq. Tinch okeanining markaziy kismlarida asosan passat shamollari esadi. G‘arbiy qismida esa musson shamollari xukumron. Yozda musson shamollari Yevrosiyoning okeanga tutash kismlariga va orollarga sernam okean havosini olib keladi, iqlimni mayinlashtiradi. Qishda aksincha, sovuq va quruq musson shamollari okeanga esib, uning iklimiga ta’sir ko‘rsatadi, oqibatda dengizlarning ayrim qismlari muzlaydi. Okeanga "Tinch" degan nom F.Magellan davrida qo‘yilgan. Bu sayyoh okeanni ekvatorga yaqin qismidan juda qulay ob-havo sharoitida birorta ham dovulga duch kelmay kesib o‘tgan. Vaholanki okean qadimgi sayyohlar aytganidek tinch emas. Okeanning g‘arbiy qismidaga tropik kengliklarda falokat keltiruvchi kuchli shamollar-tayfunlar (xitoycha tayfun-katta shamol) tez-tez bo‘lib turadi. Tayfunning tezliga soatiga 30-40, ba’zan 100 km gacha boradi va katta to‘lqinlarni yuzaga keltiradi. U Yevrosiyoning sharqiy qirg‘oqlariga yetib borib, shahar va kishloqlarga, aholiga, ekinzorlarga ko‘pdan-ko‘p talofat yetkazadi. Mu’tadil mintaqalarda yilning barcha sovuq paytlarda dovul turadi, g‘arbiy shamollar ko‘p esadi. Eng kuchli tulqinlar okeanning shimoliy va janubida kayd kilingan. Dovul paytida balandligi 20-25 m va uzunligi 300 m ga yetadigan dengiz to‘lqinlari hosil bo‘ladi. Tinch okean suvining o‘rtacha sho‘rligi boshqa okeanlar suvining o‘rtacha sho‘rligidan ancha past bo‘lib, 34,6‰ ni tashkil etadi. Suvning sho‘rligini past bo‘lishiga sabab, birinchidan yog‘ingarchilik miqdorini parlanishga nisbatan ko‘p bo‘lishi va ikkinchidan, har yili okeanga materik daryolaridan 30 ming km3 chuchuk suvning kelib qo‘shilishidir. Ana shu omillarning ta’sir doirasiga bog‘liq holda okean suvining maksimal sho‘rligi 36,5 ‰ dan, minimal sho‘rligi 30 ‰ gacha o‘zgarib turadi. Okeanda suv sathining ko‘tarilishi har yarim sutkada takrorlanib turadi. Suv sathining maksimal darajadagi ko‘tarilishi Oxota dengizining Penjina qo‘ltig‘ida 12,9 m ga yetgan. Qolgan joylarda o‘rtacha 1,0 - 2,5 m gacha kutariladi. Suvning rangi hamma yerda bir xil emas. Tropik va subtropik kengliklarda ko‘k, o‘rtacha kengliklarda to‘q havo rang va qirg‘oq yaqinlarida yashilroq bo‘ladi. Okeanning shimolida iqlim sovuq bo‘lganligi tufayli qishda Bering, Oxota va qisman Yapon dengizlarida muz qoplami hosil bo‘ladi. Janubda Antarktida sohillarida muz va aysberglar kengroq akvatoriyani egallaydi. Antarktida suvlarida aysberglar shimol tomonga, to 45° j.k. gacha suzib boradi. Download 88.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling