Okeanlar tabiiy geografiyasi 1-mavzu: dunyo okeani tabiatining asosiy xususiyatlari. Reja


Download 88.7 Kb.
bet3/6
Sana26.09.2020
Hajmi88.7 Kb.
#131404
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Okeanlar tabiiy geografiyasi SamDU


Oqimlari

Tinch okean yuzasida atmosfera sirkulyatsiyasi natijasida vujudga keladigan oqimlar ikki xil yo‘nalishda siklonal va antitsiklonal aylanma harakat qiladi. 40° sh.k. ning shimolrog‘ida Alyaska, Aleut, Kamchatka, Kuril va Shimoliy Tinch okean oqimlari o‘zaro tutashib qutbyoni siklonal halqasimon aylanma harakatni hosil qiladi. Undan janubda subtropik antitsiklonal halqasimon aylanma harakat joylashgan bo‘lib, u Tayvan, Kurosio, Shimoliy Tinch okean, Kaliforniya va Shimoliy Passat oqimlaridan tarkib toptan.

Tinch okeanning janubiy qismidagi subtropik antitsiklonal halqasimon aylanma harakat shimoldagi halqasimon aylanma harakatlardan bisyor katta. Bu halqa Janubiy Passat, Yangi Gvineya, Sharqiy Avstraliya, G‘arbiy Shamollar va Peru oqimlaridan tarkib topgan.

Jadval № 2



Dengiz oqimlari tafsiloti



Oqim

Tezligi, km/soat

Sho‘rligi, ‰

Harorati, °S

I

Iliq oqim










1

Alyaska

0,9-1,9

33,4-33,8

+10, +15

2

Shimoliy Tinch okean

1,5-2

34,5-34,7

+18, +23

3

Kurasio

2-6

34,0-34,2

+25, +28

4

Shimoliy Passat

1,5-2

34,0-34,5

+25, +28

5

Janubiy Passat

1-2

34,0-35,0

+25, +27

6

Sharqiy Avstraliya

1,5-2

35,3-35,5

+17, +26

II

Sovuq oqim










7

Kaliforniya

1-2

34,2-34,7

+ 17, +26

8

Peru

1-1,5

34,0-34,9

+ 12, +23

9

G‘arbiy Shamollar

1-2

34,0-35,0

+ 1, +12

Yeng janubda sovuq oqimlarning antarktik siklonal aylanma harakati mavjud. Bulardan tashqari Shimoliy va Janubiy Passatlar oqimlari o‘rtasida Passat oralig‘i qarshi oqimi ham harakat qiladi. Tinch okean g‘arbdan sharqqa qarab katta masofaga cho‘zilganligi tufayli dengiz oqimlarining aksariyati geografik kenglik bo‘ylab harakat qiladi. Dengiz oqimlarining tezligi, sho‘rligi va harorati №2 jadvalda keltirilgan.


Organik dunyosi

Tinch okean boshqa okeanlardan o‘zining o‘simlik va hayvonot dunyosining boyligi, ularning turlarini xilma-xilligi va qadimiyligi bilan ajralib turadi. Okeanning bunday xususiyatlarga ega bo‘lishiga sabab, uning maydonini nihoyatda kattaligi, tabiiy sharoitining xilma-xilligi, suvining iliqligi va qadimdan mavjudligidir. Okean endemik hisoblangan eng qadimiy organizmlarga ham boy.

Tinch okean fitoplanktoni asosan bir hujayrali suvo‘tlaridan tarkib toptan. Ularning turi 1300 atrofida bo‘lib, peridiney va diatomlar oilasiga kiradi. Okean tagi ham o‘simliklarga boy. U yerda suvo‘tlarining 4 mingga yaqin turi va gullaydigan dengiz o‘tlarining 20 turi uchraydi. Sovuq va mo‘’tadil zonalarda laminariyalar guruhiga kiruvchi qo‘ng‘ir suvo‘tlari ko‘p o‘sadi. Tropik kengliklarda fukuslar, yirik yashil suvo‘tlari, ohaqli qizil suvo‘tlari va marjon poliplari yaxshi rivojlangan.

Okeanning hayvonot dunyosi tur miqdoriga ko‘ra boshqa okeanlarga qaraganda 3-4 marta boyroq. Ayniqsa tropik mintaqalar suvi fauna turlariga juda boy. Chunonchi, Indoneziya arxipelagi dengizlarida 2000 dan ziyod baliq turi uchrasa, Shimolning Bering va Oxota dengizlarida 300 ga yaqin turi uchraydi. Huddi shunday Tinch okeanning tropik zonasida 6000 dan ortiq tur molyuskalar yashasa, Barens dengizida atigi 200 ga yaqin tur yashaydi. Okean marjonlar faunasiga maksimal darajada boy. Uning ekvatorial va subekvatorial zonalarida marjonlarning 200 dan ziyod turi mavjud. Umuman, Tinch okeanda yashaydigan hayvonlarning turi 100 mingdan ortadi.

Tinch okean hayvonlarning qadimiy turlariga ham boy. Bu yerda qadimiy baliqlarning iordan va gilbertid turlari, qadimgi dengiz tipratikonlarining sidarid turi uchraydi. Sut emizuvchilardan dengiz mushugi, dengiz qunduzi, dyugon sivuch kabi hayvonlar Tinch okean uchun endemik bo‘lib, boshqa okeanlarda uchramaydi. Dunyo okeanidagi losossimon baliqlarning 95% shu okeanda yashaydi. Amerika sohillariga yaqin joylar anchouslarga boy. Kitlar va akulalar ko‘p tarqalgan.

Tinch okean uchun ultraabissal fauna kompleksi ham harakterlidir. Okeanning 8500 m chuqurlikdagi qismida bu faunaning 45 turi mavjud bo‘lib, shundan 70% endemik hisoblanadi. Bu yerda ultraabissal sharoitga moslashgan goloturiyalar, polixetlar, ofiurlar, sipunkulidlar hayot kechiradi.



Okeanning tabiat zonalari.

Okean yuzasidagi zonalar.Tinch okean yuzasida Dunyo okeanining deyarli barcha tabiat zonalari o‘z ifodasini topgan. Bundan faqat qutbiy zonalar mustasno. Tabiat zonalarining har biri o‘ziga xos takrorlanmas xususiyatlarga ega.

Shimoliy qutbyoni zonasi Bering va Oxota dengizlarining uncha katta bo‘lmagan qismlarini egallagan. Suv harorati past. Suv massalari tez-tez aralashib turganligi sababli bu dengizlar baliklarga boy, ayniqsa mintay, zog‘orabaliq seld juda keng tarqalgan. Oxota dengizida losossimon baliqlar va qisqichbaqalar ovlash katta ahamiyatga ega.

Shimoliy mo‘’tadil zona, boshqa zonalarga nisbatan katta maydonni egallagan. Unda g‘arbiy shamollar hukumronlik qiladi, dovullar tez-tez takrorlanib turadi. Zonaning organik dunyosi qo‘ng‘ir suvo‘tlaridan, mollyuskalardan, chuvalchanglardan, qisqichbaqasimonlardan, ignatanlilardan iborat. Zonaning g‘arbiy qismidagi Yapon dengizi tirik organizmlarga juda boy. U yerda treska, okun, kambala, skumbriya, tunes va boshqa baliqlar yashaydi.

Yekvatorial zonada ekvatorial havo hukumronlik qiladi, yog‘ingarchilik ko‘p yog‘adi, suvning sho‘rligi past va organik hayot yaxshi rivojlangan. Bu zonada turli xil oqimlar o‘zaro ta’sir etadi, ularning chegaralarida chuqurdagi suvning yuzaga ko‘tarilishi va suv almashinishi kuchayadi, oqibatda suvning biologik mahsuldorligi oshadi. Baliqlardan akulalar, tuneslar, parusniklar ko‘plab ov qilinadi. Ekvatorial zonaning sharqiy qismiga nisbatan g‘arbiy qismining tabiat komplekslari xilma-xil va o‘ziga xos. Ayniqsa Zond orollari va Shimoliy-Sharqiy Avstraliya qirg‘oqlari yaqinidagi shelflarning hamda marjon orollari atroflarining tabiiy landshaftlari betakror go‘zal va organik hayotga nihoyatda boy.

Janubiy tropik zonada yil davomida tropik havo massasi, yuqori havo bosimi, passat shamollari hukumronlik qiladi. Suvning o‘rtacha harorati 20°S ga teng. Yog‘ingarchilik juda ham (50-100 mm) yog‘adi. Suv yuzasida boshqa zonalarga nisbatan o‘simlik va jonivor plankton yaxshi rivojlanmagan. Tirik mavjudoddarga ancha kambag‘al. Shuning uchun ham tropik zonasini ba’zan okean sahrosi deb atashadi.

Janubiy tropik zonaning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundan iboratki, Avstraliya qirg‘oqlari yaqinida Katta To‘siq rifining ajoyib suv osti landshaft tizimi shakllangan. Bu rif organizmlarning qoldiqlaridan hosil bo‘lgan eng yirik suv osti tog‘ tizmasi hisoblanadi. Uni kattaligiga va uzunligiga ko‘ra Ural tog‘iga o‘xshatish mumkin. Orollar va riflar himoyasidagi tinch iliq suvlarda marjonlarning butalar, daraxtlar, ustunlar, qo‘ng‘iroqlar, gul dastasi, qo‘ziqorinlar ko‘rinishidagi koloniyalari rivojlangan. Marjonlar och yashil, sariq qizil,havorang, och pushti ranglarda tovlanadi. Bu yerda qo‘ng‘ir, yashil, qizil suvo‘tlar, qisqichbaqasimonlar, mollyuskalar, turli xil baliqlar yashaydi.

Tropik zonasining Janubiy Amerika qirg‘oqlariga yaqin joylari baliqlarga boy. Zonaning bu qismidan anchous, stavrida, skumbriya va boshqa baliq turlari ovlanadi. Bundan tashqari qushlar ham juda ko‘p. Ayniqsa baliqlar bilan oziqlanadigan baklanlar, birqozonlar va pingvinglar keng tarqalgan.

Okean tagidagi zonalar. Tinch okeanida suv yuzasidagi zonalardan tashqari suv tagida ham tabiat zonalari yaqqol ifodalangan. Pekin okean tagidagi zonalarning soni yuzadagi zonalarning soniga nisbatan kamroq. Okeanshunos olimlar tomonidan okean tagida shimoliy mo‘’tadil, ekvatorial-tropik janubiy mo‘’tadil va janubiy qutbyoni zonalari ajratilgan. Bu zonalar bir-biridan o‘ziga xos tabiiy sharoitda hosil bo‘lgan suv osti yotqiziqlarining tiplari va harakterli belgilari bilan farq qiladi. Masalan, mo‘’tadil zona uchun terrigen, alevritli-gil, qizil gil yotqiziq tiplari harakterli bo‘lsa, ekvatorial-tropik zona uchun marjon riflari va marjon yotqiziqlari harakterlidir.
Okeanning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati.

Tinch okean sayyoramizning faqatgina nodir geofizik ob’ekta bo‘lib qolmasdan, balki insoniyatning turmush darajasini belgilovchi turli tarmoqli xo‘jalik faoliyatini rivojlantirish uchun ham shart-sharoit yaratuvchi ulkan regiondir. Okean qirg‘oqlari atrofida va orollarda 50 dan ortiq davlatlar joylashgan. Ularda butun dunyo aholisining yarmi (2 mlrd.dan ko‘prog‘i) yashaydi.

Okeanning iqlim, gidrologik va gidrobiologik omillarining organik hayotni rivojlanishi uchun qulayligi biomassalarning mahsuldorligini oshishiga sabab bo‘lgan. Shu tufayli uning biologik mahsuldorligi boshqa okeanlarga nisbatan ancha yuqori bo‘lib, o‘rtacha ko‘rsatgich 200 kg/km2 ni tashkil etadi. Dunyoda ovlanadigan baliqning 50 % dan ziyodi Tinch okeaniga to‘g‘ri keladi. Ovlanadigan barcha tirik mavjudodlarning yarmidan ko‘prog‘i okeanning Shimoli-Rarbiy rayoniga to‘g‘ri keladi. Okeanning Janubi-Sharqiy rayoni peru anchouslarini ovlashda asosiy region hisoblanadi. Bu akvatoriyadan Peru va Chili baliqchilari yiliga 11-13 mln. tonnagacha anchouslar tutishgan. Ammo, so‘nggi yillarda bu ko‘rsatgichlar ancha pasayib ketgan. Shunga qaramasdan bu region dengiz hayvonlarini ovlashda Shimoli-G‘arbiy rayondan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Okeandan anchouslardan tashqari losossimonlar, seldsimonlar, treskasimonlar, skumbriya, sayra, tuneslar va kambalasimonlar ko‘plab ovlanadi. Suvdan ovlanadigan hayvonlarning ancha qismini mollyuskalar, qisqichbaqalar, krevetkalar, krillar tashkil etadi. Yaponiya dengizi tagida mollyuskalar va suvo‘tlarini yetishtirishni keng yo‘lga qo‘ygan.

Okean shelfida neft va tabiiy gaz qazib olish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Bu xavzadan Indoneziya, Malayziya, Yaponiya, AQSH, Avstraliya Ittifoqi va Yangi Zelandiya davlatlari har yili 60 mln. tonnadan ziyod neft qazib olishadi, jumladan, AQSH 25 mln. tonna, Avstraliya 15 mln. tonna, Yaponiya 10 mln. tonna va boshqalar. Avstraliya shelfidan sutkasiga 49 ming tonna neft va 6,3 mln. m3 gaz qazib olinadi. Kaliforniya shelfidan yaqin kelajakda yiliga 50-60 mln. tonna neft va 15-20 mlrd. m3 gaz qazib olish mo‘ljallanmoqda. Hozir Janubiy Xitoy va Yava dengizlari bag‘rida 3000-4000 m chuqurlikda neft va gazning katta zahirasi borligi aniqlangan. Toshko‘mir Avstraliya va Yangi Zelandiya shelfi bag‘ridan qazib olinadi. Yaponiyada qazib olinadigan toshko‘mirning 30% dengiz shelfiga to‘g‘ri keladi. Fosforit Kaliforniya, Yaponiya, Filippin, Avstraliya, Meksika va Peru kirg‘oqlari yaqinidan topilgan, Kaliforniya shelfidagi fosforit zahirasi 1 mlrd t ga yaqin. AQSH San-Fransisko qo‘ltig‘idan yiliga 1,2 mln. t osh tuzi, Xitoy va Yapon dengiz suvidan 10 ming t dan ko‘proq kaliy tuzi oladi. Shelfda sochilma oltin va platina konlari ham topilgan.

Tinch okean orqali muhim dengiz yo‘llari o‘tgan. Uning transport yo‘llari Yevrosiyo, Amerika, Avstraliya materiklarini bir-biri bilan bog‘laydi. Okeanlararo transport yo‘li Shimoliy Muz okeaniga Bering bo‘g‘ozi, Atlantika okeaniga Panama kanali, Hind okeaniga Malakka, Zond va Torresov bo‘g‘ozlari orqali o‘tadi. Okeanning tabiiy sharoiti yil davomida kemalarning qatnovi uchun juda qulay bo‘lganligi sababli yiliga qariyb 1,5 mlrd. t yuk tashiladi.

Insonning xo‘jalik faoliyati Tinch okeanda biologik resurslarning ayrim turlarini yo‘qlib ketishiga sababchi bo‘lmoqda. Masalan, XVIII asrning o‘rtalariga qadar sutemizuvchi hayvonlardan dengiz sigirlari ko‘p miqdorda yashagan va shu asrning oxirlariga kelib kirib tashlangan. XX asr boshlarida qimmatbaho mo‘ynali hayvonlar - dengiz mushuklari va dengiz suvsarlari ov qilinishi natijasida qirilib ketish arafasida edi, kitlar soni kamayib ketgan. Hozirgi vaqtda bularni ovlash chegaralangan.

Okean suvining zavod, fabrika, shahar, atom sanoati chiqindilari va neft mahsulotlari bilan ifloslanishi ekologik muhitga katta xavf tug‘dirmoqda. AQSH, Yaponiya va Rossiya qirg‘oqlari yaqinida suv ayniqsa ko‘p ifloslangan. Tirik organizmlarga zararli bo‘lgan moddalar oqimlar yordamida sohillardan butun okeanga tarqatilmoqda. Bu zararli moddalarning hatto Antarktida qirg‘oqlari yaqinidagi dengiz organizmlari tarkibida borligi aniqlangan. Agar suvning ifloslanishi shu tariqa davom etaversa va unga qarshi choralar ko‘rilmasa, tuzatib bo‘lmaydigan halokatga olib keladi.

3-MAVZU: ATLANTIKA OKEANIGA UMUMIY TABIIY GEOGRAFIK TAVSIF. TINCH OKEANI SUVLARI: SHO’RLIGI, HARORATI, OQIMLARI VA XALQ XO’JALIGIDAGI AHAMIYATI.

Reja:


  1. Geografik o‘rni va chegaralari.

  2. Tekshirilish tarixi

  3. Dengizlari va orollari

  4. Okean tagi relefi va geologik tuzilishi.

  5. Iqlimi va suvlari

  6. Oqimlari

  7. Organik dunyosi.

  8. Okeanning tabiat zonalari.

  9. Okeanning xalq xo’jaligidagi ahamiyati.

Atlantika okeani barcha okeanlar o‘rtasida maydonining kattaligi jihatidan ikkinchi o‘rinda turadi. Uning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shimoldan janubga qarab juda katta (16 OOO km) masofaga cho‘zilganligidir. Okeanning eng keng joyi(13 ming km) mo‘’tadil va subtropik kengliklardagi dengizlarning materiklar ichkarisiga kirib borgan joylarga to‘g‘ri kelib, Meksika qo‘ltig‘ining g‘arbiy qirg‘og‘idan Qora dengizning sharqiy qirg‘og‘igacha bo‘lgan oraliqdadir. Eng qambir joyi esa 2830 km bo‘lib, San-Roke burni va Afrika qirg‘og‘i oraligidadir. Maydoni 91,5 mln km2 ga teng. O‘rtacha chuqurligi 3597 m. Suv hajmi 329,7 mln km3. Atlantika okeanini g‘arbda Shimoliy va Janubiy Amerika qirg‘oqlari, sharqda Yevropa va Afrika qirg‘oqlari o‘rab turadi. Janubi-g‘arbda u Tinch okeani bilan va janubi-sharqda Hind okeani bilan tutashgan. Shimolda Atlantika okeani Kanada arxipelagilari va Norvegiya dengizi orkali Shimoliy Muz okeani bilan bog‘langan. Janubda Antarktida bilan chegaralanadi.

Atlantika okeani uzoq yillar davomida turli xil nomlar bilan atalib kelindi. Strabon davridan boshlab Atlantika okeani haritalarda G‘arbiy okean deb nomlangan. Ruf Fest Aviyen (IV asr) uni Atlantika okeani deb atagan. Arxiyepiskop Medblanskiy (Amvrosiy, IV asr) okeanning sharqiy, Ispaniya va Shimoliy Afrika qirg‘oqlarini yuvib turuvchi qismini Gaditan dengizi degan. O‘rta Osiyolik qomusiy alloma Abu Rayxon Beruniy (XI asr) Atlantika okeanini «Mudhish dengiz» nomi bilan ta’riflagan bo‘lsa, arab geografi va sayyohi Abu Abdulloh Idrisiy (XII asr) "Qorong‘ilik dengizi" nomi bilan shohnoma yozgan. Atlantika okeani nomi birinchi bor 1507 yilda Vald Zemyuller tomonidan to‘zilgan haritalarda berilgan. Bu nom o‘sha davrdan boshlab barcha manbalarda keng qo‘llanilib kelinmoqda. Atlantika okeanining qirg‘oq chiziqlari shimolda, ayniqsa YYevropa va Shimoliy Amerika sohillarida kuchli parchalanganva murakkab shakllarni hosil qiladi. Janubiy yarimsharda esa, Afrika va Janubiy Amerika sohillarida qirg‘oq chiziqlari ancha sodda, kam parchalangan.

Tekshirilish tarixi

Atlantika okeani juda qadim zamondan kishilarga ma’lum bo‘lgan. U ilmiy tadqiqot etilishi jihatdan boshqa okeanlar o‘rtasida birinchi o‘rinda turadi. Bunga asosiy sabab okean sohillarida ko‘plab iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarning joylashganligidir. Qadimgi davrdan boshlab okean va uning dengiz qirg‘oqlarida dengizda suzishning markazlari Qadimgi Gresiyada, Karfagenda, Skandinaviyada vujudga kelgan.

Atlantika okeani eramizdan oldingi 2 minginchi yillarda O‘rtayer dengizidan keyin dengizda suzuvchilarning ikkinchi ob’ekti bo‘lib qoladi. Eramizdan oldingi (VI asr) davrlarda finikiyaliklar, rimliklar okeaning Yevropa va Shimoliy Afrika qirg‘oqlari bo‘ylab suzishgan. Marsellik Pifey eramizdan oldingi IV asrda Shimoliy Atlantika bo‘ylab suzishni amalga oshirdi. U suzish paytida bir qator punktlarning kengliklarini aniqladi, suvning ko‘tarilish jaryonini o‘rganib, uning sababini Oy bilan Quyoshning o‘ziga tortish qonuniga bog‘liq ekanini birinchi bo‘lib isbotlab berdi. 1X-X asrlarda slavyan qabilalari Baltika dengizini o‘zlashtira boshlaganlar. X asrda Leyf Erikson Atlantika okeanini so‘zib o‘tib, Nyufaundlend oroli bilan tanishdi, 40° shimoliy kenglikgacha yetib borib Shimoliy Amerika qirg‘oqlarini tekshirdi.

Buyuk geografik kashfiyotlar davrida Atlantika okeani Yerning asosiy suv yo‘li bo‘lib qolgan edi. XV asrda Ispan va Portugal dengizchilari Hindiston va Xitoyga boradigan dengiz yo‘llarini qidirib, okeanning ichkari qismlarigacha suzib borganlar. Shulardan portugal B. Diash (1487), X. Kolumb (1492, 1493, 1498 va 1502 yy), ingliz J.Kabot (1497) va portugal Vasko da Gamma (1498) sayyohotlari alohida e’taborga sazovor. X. Kolumb kemada suzish paytida Atlantika okeanining Shimoliy ekvotorial oqimini birinchi bor tezligini o‘lchagan, tropik dovul shamolini tafsilotini bergan, Karib dengizi orollarigacha va Janubiy Amerikagacha bo‘lgan masofani aniqlagan, magnitning og‘ish anomaliyasini toptan va okean chuqurligini o‘lchash ishlarini bajargan. 1519-1523 yillarda F. Magellan o‘zining dunyo bo‘ylab qilgan birinchi sayohati paytida Atlantika okeanini kesib o‘tkan. J. Kuk (1772), I.F. Kruzenshtern (1803), F.F. Bellinsgauzen va M.P. Lazerov (1819-1821) sayyohatlari okean haqida ko‘plab ilmiy ma’lumotlar berdi.

Atlantika okeani tabiatini kompleks o‘rganish XIX asrning oxirida boshlanadi. «Chellenjer» kemasidagi ingliz ekspeditsiyasi chuqurliklarni, suvning sho‘rligini o‘lchadi, okeanning suv massasi xususiyatlari haqida, organik dunyosi to‘g‘risida materiallar to‘pladi. Okean tabiatini tadqiq etishga rus va sovet okeanografik ekspeditsiyalari ham katta hissa qo‘shdilar. Xalqaro geofizika yili (1957-1958 yy) davrida okean hayotiga va tabiat komponentlariga taalluqdi juda ko‘p materiallar to‘plandi. Hozirgi vaqtda ko‘plab mamlakatlarning 40 ta zamonaviy texnika asboblari bilan jihozlangan ilmiy kemalardan tarkib topgan ekspeditsiyasi suv massalari xususitlarini, okean tagi relefi va geologiyasini, tabiat zonalarini tadqiq kilishni davom ettirmoqda. Okeanshunoslar okean bilan atmosferaning o‘zaro aloqadorligi va ta’sirini, Golfstrim, Shimoliy Atlantika hamda Passat oqimlarning tabiatini o‘rganmoqdalar.
Dengizlari va orollari

Atlantika okeanining harakterli xususiyatlaridan biri uning Shimoliy va janubiy qismlarining akvatorial tuzilishida va regional strukturasida, qirg‘oqlarning parchalanganligida juda katta farq bor. Shuning uchun okeanshunos olimlar (A.Sirgoffer) uni Shimoliy va Janubiy Atlantikaga bo‘lishib, ular o‘rtasidagi chegarani ekvatordan o‘tkazadi. Shimoliy Atlantika shu bilan harakterlanadiki, uni o‘rab turgan materik qirg‘oqlari kuchli parchalangan, qirg‘oq chiziqlari quruqlik ichkarisigacha kirib boradi. Natijada ko‘plab dengizlar, qo‘ltiqlar va bo‘g‘ozlar hosil bo‘lgan. Yevropa qirg‘oqlari atrofida joylashgan Shimoliy dengiz, Baltika, Irlandiya, O‘rtayer, Pirrey, Adriatika, Ioni, Levant, Egay, Marmar, Qora va Azov dengizlari, Biskay qo‘ltiqlari, Daniya va La-Mansh bo‘g‘ozlari Shimoliy Atlantikaning katta akvatoriyasini tashkil etadi. Amerika qirg‘oqlari yaqinida Karib, Sargasso, Baffin va Labrador dengizlari, Meksika, Gudzon, va Avliyo Lavrentiy qo‘ltiqlari hamda Gudzon va Devis bo‘g‘ozlari bor.

Janubiy Atlantikada Shimoliy Atlantikaga nisbatan dengiz va qo‘ltiqlar juda kam uchraydi. Bunga sabab qirg‘oq chiziqlarining kam parchalanganligi va tekis shaklga ega ekanligidadir. Afrika qirg‘oqlarida yagona Gvineya qo‘ltig‘i mavjud. Atlatika okeanining eng janubiy qismida, Antarktida sohillarida Ueddell, Lazarev va Riser-Larsen dengizlari bor. Umuman yuqorida nomlari aytilgan dengizlarning umumiy maydoni 10 mln km kv. atrofida bo‘lib Atlantika okeani akvtoriyasining 11% ni tashkil etadi.

Atlantika okeanida arxipelaglar va orollar keng tarqalgan. Ularning umumiy maydoni 1 mln km kv. ga yaqinroq, lekin okeanning ochiq qismi orollarga juda kambag‘al. Agarda suv yuzasini Tinch okeani bilan taqqoslasak, benihoyat bir oxangda ko‘rinadi. Atlantikaning arxipelaglar va orollari materik yaqinlarida joylashgan. Ular kelib chiqishiga ko‘ra materik orollari hisoblanadi. Kanada arxipelagi, Buyukbritaniya, Folklend (Malvin), Islandiya va Irlandiya orollari shular jumlasidandir. Markaziy Amerika qirg‘oqlari yaqinida Katta va Kichik Antil orollari, Bagam orollari joylashgan. Janubiy Amerikaning eng janubiy sohillariga yaqin joylarda mayda orollardan tarkib topgan Janubiy Georgiy, Janubiy Orkney, Janubiy Sandvichev va Janubiy Shetland arxipelaglari bor. O‘rtayer dengizi havzasi ham orollarga boy. Ochiq okean akvatoriyasida Bermud, Yan-Mayen, Azor, Madeyra, Yashil burun, Asenshen, San-Paulu, Vozneseniya, Avliyo Yelena, Tristan-da-Kunya, Gof, Buve kabi mayda-mayda vulkanik orollar guruhi uchraydi.


Okean tagi relefi va geologik tuzilishi

Atlantika okeani litosfera plitalari nazariyasiga ko‘ra yosh okean hisoblanadi. Hozirgi davrda mavjud bo‘lgan okean tagi relef shakllari geologik tuzilishining va tektonik harakatlarining muayyan hosilasi bo‘lib, ularning murakkabligi va strukturasi Atlantika okeanining batimetrik haritasida to‘liq ifodasini topgan.

Atlantika okeani tagi relefining harakterli xususiyatlaridan biri - ulkan suv osti tog‘ tizimining mavjudligidir. Bu tog‘ tizimi okeanning o‘rta qismida joylashgan bo‘lib, O‘rta Atlantika suv osti tog‘ tizmasi deb ataladi. U shimolda Islandiya orolidan boshlanib, janubda Buve oroligacha yetib boradi va okeanni ikki qismga G‘arbiy va Sharqiy Atlantikaga bo‘ladi. Tizmaning qirralari juda qattiq tog‘ jinslaridan - bazalt va gabrolardan tarkib topgan. Eng janubda O‘rta Atlantika tog‘ tizmasi Antarktida materik yonbag‘ridan Afrika-Antarktida botig‘i orqali ajralib turadi.

O‘rta Atlantika suv osti tog‘ tizmasi ikki qismga - Shimoliy va Janubiy Atlantika tizmalariga bo‘linadi. Ular bir-biridan ekvator kengligidagi Lomansh tektonik yorig‘i orqali ajralib turadi. Shimoliy Atlantika tog‘ tizmasi yoy shakli bo‘ylab cho‘zilgan bo‘lsa, Janubiy Atlantika tog‘ tizmasi meridian bo‘ylab cho‘zilgan. Suv osti tog‘lari ko‘plab tektonik yoriqlar bilan kesilgan. Shimoliy Atlantika tog‘ tizmasi Gibs, Kurchatov, Okeanografer, Atlantis, Keyn, Yashil burun, Vima, San-Paulu tektonik yoriqlari bilan kesilgan bo‘lsa, Janubiy Atlantika tog‘ tizmasi Vozneseniya, Avliyo Yelena, Riu Grandi, Folklend kabi tektonik yoriqlar bilan qismlarga bo‘lingan.

Okean tagi relef shakllarini tarkib topishida yirik-yirik tektonik botiqlar ham faol ishtirok etadi. G‘arbiy Atlantikadagi botiqlar Labrador (4180 m), Nyufaunlend (4685 m), Shimoliy Amerika (6594 m), Gviana (4830 m), Braziliya (6059 m), Argentina (6212 m) kabilardan iborat. Bulardan tashqari uncha katta bo‘lmagan Meksika (3822 m), Venesuela va Kolumbiya botiqlari ham mavjud. Sharqiy Atlantikadagi G‘arbiy YYevropa (5668 m), Iberiya (5100), Kanar (6501m), Yashil burun (7297 m), Serra Leone (6040 m), Gvineya (5215 m), Angola (5699 m), Kap (5457 m) kabi botiqlar juda katta suv osti makonlarini egallab yotibdi. Barcha botiqlar bir-biridan suv osti tog‘lari, balandliklari va platolari bilan ajralib turadi.

Atlantika okeanida juda chuqur suv tagi cho‘kmalari ham uchraydi. Chuqurligi jihatdan birinchi o‘rinda Puerto-Riko cho‘kmasi turadi. Uning maksimal chuqurligi 9207 m bo‘lib Miluoki dengiz qa’ridir. Ikkinchi o‘rinda, Janubiy Atlantikadagi Janubiy Sanichev (8428 m) cho‘kmasi turadi. Uchinchi o‘rinda ekvatorga juda yaqin joylashgan Romansh (7370 m) cho‘kmasi egallaydi. Shuni ta’kidlash joizki, Atlantika okeanida suv «tagi chuqur cho‘kmalari» Tinch okeaniga nisbatan juda kam uchraydi, borlari ham okeanning fakatgina g‘arbiy qismigagina harakterlidir. Binobarin, suv tagi chuqur cho‘kmalarining siyrak tarqalishi okean tagining geologik strukturasini tektonik jihatdan nisbatan mo‘’tadil faolligi bilan chambarchas bog‘liqdir.


Iqlimi va suvlari

Atlantikaning iqlim sharoiti juda xilma-xil bo‘lib, okean hayotida benihoya katta rol o‘ynaydi. Iqlimning xilma-xil bo‘lishi suvning yuza qatlamini harorati, parlanishi, sho‘rligi, gorizontal va vertikal sirkulyatsiyasi atmosfera jarayonlari bilan uzluksiz ravishda aloqadorlikda bo‘lganligining natijasidir. Bunday umumiy xususyatlardan tashqari Atlantika okeani iqlimini tarkib topishida regional xususiyatlar ham muhim rol o‘ynaydi. Ana shunday xususiyatlardan biri okeanni shimoldan janubga qarab meridional yo‘nalishda katta masofaga cho‘zilganligidir. Shu tufayli Atlantika akvatoriyasining shimolida ekvatorial iqlim mintaqasidan boshlab to qutbyoni mintaqasigacha mavjud. Okeanning katta akvatoriyasi ekvatorial, tropik va subtropik iqlim mintaqalarida joylashgan. Atlantika okeanining g‘arbi bilan sharqi oralig‘idagi masofa nisbatan qisqa bo‘lganligi tufayli uning iqlimiga chegaradosh materiklarning ham ta’siri katta. Bunday holat ayniqsa materiklar ichkarisiga kirib borgan dengizlarning iqlim sharoitida o‘z ifodasini topgan.

Atlantika okeani yuzasida suvning o‘rtacha harorati 16,53°S ga teng.
Bu ko‘rsatkich Tinch va Hindokeanlaridagi o‘rtacha haroratlardan ancha
past. Bunga sabab Atlantika okeanini shimolda Markaziy qutb
havzasining va janubda Antarktikaning sovuq oqimlari bilan doimiy
aloqada bo‘lishidadir. Okean suv haroratining pasayishiga Grenlandiya va Antarktidadagi muz qalqonlarining ham ta’siri kuchlidir. Yoz oylarida suvning eng yuqori harorati okeanning g‘arbiy qismida, Meksika qo‘ltig‘ida kuzatiladi va 29°S ni tashkil etadi. Shu faslning o‘zida sharqda Givineya qo‘ltig‘ida suvning harorati 24°S dan oshmaydi. Chunki okeanning bu qismiga yil davomida Bengal sovuq oqimi ta’sir etib turadi.

Yoz va qish oylarida Atlantika okeanining shimoliy va janubiy qismlarida suvning harorati bir xilda taqsimlanmagan. Yozdasuvning harorati ekvatorda 26°-28°S bo‘lsa, 60° sh.k.da 8°-12°S va 60°j.k.da 0°-2°S bo‘ladi. Qishda esa ekvatorda harorat 25°S bo‘lsa, 60° sh.k.da 0°S va 60° j.k.da -8°, -10°S gacha bo‘ladi. Okeanning eng shimoli-g‘arbida va janubida suvning harorati -25°S va undan ham pastga tushadi.

Atlantika okeani ustida Islandiya va Antarktida atmosfera minimumlari, Shimoliy va Janubiy Atlantika maksimumlari vujudga keladi. Bularning ta’sirida o‘rtacha va tropik kengliklarda juda kuchli shamollar sodir bo‘ladi. Ayniqsa shimoliy tropik kengliklarida uzoq davom etadigan bo‘ronlar bo‘lib turadi.

Okean suvining sho‘rligi suv balansiga va iqlim sharoitiga bog‘liq. Atlantika okeani suvining o‘rtacha sho‘rligi 35,4°/00 ga teng., Bu esa Tinch (34,9 °/00) va Hind (34,8 °/00) okeanlariga nisbatan ko‘proq. Suv sho‘rligining makondagi taqsimlanishi ayniqsa atmosfera yog‘inlarining taqsimlanishi va parlanish miqdori bilan chambarchas bog‘liq. Yuqori darajadagi suvning sho‘rligi (37,25°/00) subtropik kengliklarga to‘g‘ri keladi. Chunki 20° sh.k.da yiliga 640 mm va 20° j.k.da 270 mm yog‘in tushadi, parlanish miqdori esa 1640-1660 mm ni tashkil etadi. Okean yuzasi suv qatlamining eng yuqori sho‘rligi 37,9 °/00 bo‘lib, Azor orollarining janubi-g‘arbiy tomonidagi akvatoriyaga to‘g‘ri keladi. Janubiy Atlantikada esa suvning yuqori sho‘rligi 37,6 °/00 bo‘lib, Braziliya qirg‘oqlaridan sharq tomondagi akvatoriyada aniqlangan. Subtropik mintaqalardan ekvatorga va qutblarga tomon suvning sho‘rligi pasaya boradi. Ekvatorda yiliga 1770 mm yog‘in tushsa, shundan 1400 mm parlanadi. Bu kengliklarda suvning sho‘rligi 35°/00 ni tashkil etadi.Shimoliy o‘rtacha kengliklarda 32°/00 va sharqda 35,5°/00 bo‘lsa, janubiy o‘rtacha kengliklarda 34 °/00 va Antarktida yaqinida 33,6 °/00.

Atlantika okeanida suvning ko‘tarilish xususyatlari ham o‘ziga xosdir. Fandi qo‘ltig‘ida suv ko‘tarilishi eng maksimal darajaga yetadi va 18 m ni tashkil etadi. Suvning bu darajada yuqori ko‘tarilishi boshqa okeanlarda uchramaydi. Okeanning o‘rta qismlarida suv atiga 1-2 m atrofida ko‘tariladi.

Atlantika okeani akvatoriyasi landshaftlariga muzlar va aysberglar alohida ko‘rinish beradi. Bu yerga muzlar va aysberglar qutblardan oqib kelib, okean suvining rejimiga va balansiga ta’sir etadi. Shimoliy Atlantikaga Shimoliy Muz okeanidan har yili 20000 km3, Sharqiy Grenlandiya oqimi yordamida 10000 km3 va Baffin dengizidan 5000 km3 muz oqib keladi. Atlantikaning janubiy qismida muzlar va aysberglar Antarktida materigi yaqinida va Uedell dengizida hosil bo‘ladi. Janubda ayniqsa suzib yuruvchi orollarga o‘xshash, hajmi 500 km3 keladigan muz tog‘lari aysberglar ham uchrab turadi va ular kemalarning qatnoviga havf tug‘diradi. Oqimlar aysberglarni qutblardan 40° shimoliy va janubiy kengliklarga oqizib keladi.


Download 88.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling