Okeanlar tabiiy geografiyasi 1-mavzu: dunyo okeani tabiatining asosiy xususiyatlari. Reja


Download 88.7 Kb.
bet4/6
Sana26.09.2020
Hajmi88.7 Kb.
#131404
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Okeanlar tabiiy geografiyasi SamDU


Oqimlari

Atlantika okeanidagi oqimlar o‘zining dinamik harakati va yo‘nalishi bilan boshqa okeanlardagi oqimlardan farq qilib, ular kenglik bo‘ylab emas, balki deyarli meridian yo‘nalishida harakat qiladi. Bunga sabab okean konfugratsiyasining tuzilishidir, yani uning shimolidan janubiga qarab uzoq masofaga, g‘arbdan sharqqa qarab esa qisqa masofaga cho‘zilganligidir. Atlantika okeanidagi oqimlar boshqa okeanlardagi oqimlardan yana shu bilan farq qiladiki, bu yerdagi suv massalari issiqlik va sovuqni bir kenglikdan ikkinchi kenglikka, juda tez tashib boradi.



Atlantika okeanidagi oqimlar o‘zlarining dinamik yo‘nalishida ikkita halqasimon harakat hosil qiladi. Shimoliy yarim sharda Shimoliy Passat, Golfstrim, Shimoliy Atlantika va Kanar oqimlari birinchi halqasimon harakatni tashkil etadi. Janubiy yarimsharda esa Braziliya, G‘arbiy shamollar, Angola va Janubiy Passat oqimlari ikkinchi halqasimon harakatni vujudga keltiradi. Shimoliy va Janubiy Passat oqimlari o‘rtaligida Passat oraligi qarshi oqimi harakat qiladi. Atlantika okeanidagi oqimlarning halqasimon harakat doirasiga qaraganda ancha kichik. Atlantika okeanidagi iliq va sovuq oqimlarning tezligi, suvning harorati va sho‘rligi № 3 jadvalda berilgan.
Jadval № 3

Dengiz oqimlari tafsiloti



Oqim

Tezligi, km/soat

Sho‘rligi,

Harorati, °S

I

Iliq oqim










1

Florida

8-10

36,0

+22, +28

2

Golfstrim

4-6

34,0-36,5

+ 10, +22

3

Shimoliy Atlantika

2-6

35,0-36,0

+5, +12

4

Gvineya

2-3

34,0-35,5

+23, +28

5

Braziliya

1-2

35,0-37,2

+22, +28

6

Shimoliy Passat

1-2

35,0-36,0

+23, +28

7

Janubiy Passat

1-2

34,0-36,0

+23, +27

II

Sovuq oqim










8

Sharqiy Grenlandiya

1

31,0-32,0

0, +2

9

Labrador

1-2

31,0-34,0

0, +7

10

Kanar

1-2

36,0-37,0

+ 15, +25

11

Bengal

1-2

35,5-36,5

+ 15, +25

12

Folklend

1-2

33,0-35,0

+3, +15

13

G‘arbiy Shamollar

1-2

33,5-35,0

0, +15

14

Antarktika

1

33,0-34,3

0, -2


Organik dunyosi

Atlantika okeanining organik dunyosi Tinch va Hind okeanlarining organik dunyosiga nisbatan kambag‘alroq. Bunday bo‘lishiga asosiy sabab nima? Bunga ikki xil tarixiy geologik omil ta’sir etgan. Birinchisi, Atlantika okeanining boshqalarga nisbatan geologik rivojlanish nuqtai nazaridan yoshroq ekanligi va ikkinchidan materik muz bosishlari davrlarida okean suvining juda sovib ketganligidir. Lekin tirik organizmlarning turlari kam bo‘lishiga qaramasdan baliqlar va boshqa hayvonlarning mahsuldorligi ancha yuqori.

Atlantika okeani o‘simliklarga juda boy. Okean tagida qo‘ng‘ir, yashil va qizil suvo‘tlari-fitobentoslar keng tarqalgan. Sho‘r suvda bemalol o‘sa oladigan gulli o‘simliklar ham ko‘plab uchraydi. Ular filospadiks, zootera va poseydoniyalardan tarkib topgan. Sargasso dengizida sargassa deb ataladigan qo‘ng‘ir suvo‘tlar nihoyatda ko‘p.

Okeanning hayvonot dunyosi o‘simliklarga nisbatan birmuncha boyroq. Hayvonot turlarining xilma-xilligi okean iqlim sharoitiga bo‘ysungan holda shimoliy va janubiy qutblardan ekvator tomon orta boradi. Sovuq va mo‘’tadil mintaqalarda bir necha ming hayvon turlari yashasa, tropik va ekvatorial mintaqalarda o‘n minglab hayvon turlari yashaydi. Sovuq va mo‘’tadil mintaqalar uchun sut emizuvchilardan kit va ko‘rak oyoqlilar, baliqlardan seld, treskasimonlar, olabug‘asimonlar va kambalasimonlar harakterlidir. Bulardan tashqari tyulenlar, dengiz mushuklari, kalka hamda sardinalar yashaydi. Okeaning tropik va ekvatorial mintaqalari uchun kashalot, dengiz toshbaqalari, akulalar, uchar baliqlar, qisqichbaqasimonlar, marjon poliplari, meduzalar, tuneslar, molyuskalar harakterlidir. Chuqur suv faunasi bulutlar, marjonlar, qisqichbaqasimonlar, ninatanlilar va boshqa dengiz hayvonlaridan tarkib topgan. Umuman, Atlantika okeanida hozirgi davrda 200 mingga yaqin o‘simlik va hayvon turlari istiqomat qiladi.


Okeanning tabiat zonalari.

Okean yuzasidagi zonalar. Atlantika okeanining tabiiy sharoiti xilma-xil bo‘lganligi va meridian bo‘ylab uzoq masofaga cho‘zilganligi tufayli uning akvatoriyasida ko‘plab tabiat zonalari tarkib topgan. Bu yerda Dunyo okeaniga xos bo‘lgan tabiat zonalarining deyarli hammasi shakllangan. Okeanning shimoliy qismidagi qutbyoni zonasida iliq va sovuq oqimlar tuqnashadigan joyida suv massalari organik dunyoga boy. Oqimlarning ana shunday o‘zaro ta’siri mo‘’tadil zona uchun ham xosdir. Shu sababli bu joydagi suvlar plankton va turli xil baliqlarga boy. Janubdagi qutbyoni zonasida esa aksincha, u yerda yil davomida sovuq oqim hukmronlik qilganligi tufayli organik hayot kam rivojlangan.

Atlantika okeani o‘rta qismida ekvatorial zona joylashgan. Bu zonaning yillik yog‘in miqdori 1770 mm ga va suvning o‘rtacha sho‘rligi 35 ‰ ga teng. Undan shimolda va janubda ikkita subekvatorial, ikkita tropiq ikkita subtropik zonalarning bepayon iliq suvlari joylashgan. Subtropik va tropik zonalarda yog‘ingarchilik miqdori kam va parlanish miqdori ko‘p bo‘lganligi tufayli ularning suvining sho‘rligi 37,25 °/00 gacha ko‘tariladi. Janubiy qutbyoni zonasida parlanish kam bo‘lganligi sababli suvning sho‘rligi 33,6 °/00 gacha pasayadi.

Atlantika okeanining zonalari ichida shimoliy subtropik zonasi akvatoriyasida tabiati jihatdan ajralib turadigan Sargosso dengizi joylashgan. Uni suvining sho‘rligi ancha baland, 37 °/00 ga teng, harorati yuqori, qishda +23°S va yozda +28°S ni tashkil etadi. Okeanning och havorang suvida suzib yuruvchi yashil-qo‘ng‘ir rangdagi sargasso suvo‘tlari kuzga tashlanib turadi. Dengiz suvida plankton kam. Okeanshunoslar bunday joylarni moviy okean cho‘llari deb atashadi.

Okean tagidagi zonalar.Atlantika okeani tagining tabiiy sharoiti va u yerda hosil bo‘lgan yotqiziqlarning turlari shimoldan janubga qarab o‘zgara boradi. Okean tagida ham okean yuzasidagiga o‘xshash tabiat zonalari xilma-xil. Uning o‘rtalik katta qismida ekvatorial-tropik zonasi, undan shimolda va janubda ikkita mo‘’tadil, ikkita qutbyoni va eng janubiy qismida qutbiy okean tagi tabiat zonalari mavjud. Har bir zona o‘ziga xos suv osti yotqiziqlari bilan harakterlanadi. Masalan, shimoliy mo‘’tadil zonada terrigen yotqiziqlar bilan bir qatorda ohaqli faraminifer loyqasi ham uchraydi. Bu loyqa Shimoliy Atlantika iliq oqimi ta’sirida hosil bo‘lgan. Ekvatorial-tropik zonada marjon riflari, organik qoldiqli yotqiziqlar ko‘p tarqalgan. Qutbyoni zonasida diatom va aysberg yotqiziqlari hukmronlik qiladi.
Okeanning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati

Atlantika okeani har ikki tomonida sanoati va xo‘jaligi yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar joylashgan. Okean va uning dengizlari atrofidagi mamlakatlarda Yer kurrasi aholisining 40% yashaydi va jahon sanoati mahsulotining 80% ni ishlab chiqaradi. Dunyodagi eng yirik portlarning aksariyati Atlantika okeni havzasida tarkib topgan. Dunyo kemalarida tashiladigan yuklarning 65 °/0 shu okean orqali o‘tadi. Bir yilda tashiladigan yuklarning miqdori o‘rta hisobda 1 mlard. t ni tashkil etadi. Eng muhim dengiz yo‘llari YYevropa mamlakatlari bilan Shimoliy Amerika mamlakatlarini, Lotin Amerikasi bilan Afrika mamlakatlarini bog‘lab turadi.

Atlantika okeanining tabiiy sharoiti tirik mavjudodlarning rivojlanishi uchun juda qulay. Shuning uchun u boshqa okeanlarga qaraganda eng mahsuldor hisoblanadi. Okeandan baliq va boshqa dengiz hayvonlarini ovlashda 115 dan ortiq mamlakat faol ishtirok etadi. Ovlanadigan baliqlar va boshqa dengiz mahsulotlarining katta miqdori okeanning shimoliy qismiga to‘g‘ri keladi. Ammo keyingi yillarda ko‘plab mamlakatlarning kemalari Atlantika okeanining hamma joylarida turli xil hayvonlarni zo‘r berib ov qilishi natijasida biologik resurslarning ancha kamayib ketishiga olib keldi.

Atlantika okeani shelflari foydali qazilmalarga juda boy. Ayniqsa neft va tabiiy gaz keng tarqalgan. Eng ko‘p neft Marakaibo lagunasidan qazib olinadi. U yerdagi 4500 skvajina yiliga 93 mln. t neft chiqarib beradi. Meksika qo‘ltig‘idan yiliga 60 mln. t neft va 120 mlrd. m3 gaz qazib olinadi. Afrikaning Nigeriya sohillarida 50 dan ziyod dengiz neft konlari ishlab turibdi. Braziliya shelfida 25 dan ziyod neft konlari ochilgan. Britaniya sektorida 4,5 mlrd. t neft va 990 mlrd m3 gaz zahirasi mavjud. Shundan har yili 78-80 mln. t neft qazib olinadi. Shimoliy dengiz bag‘ridagi konlar yiliga 4 mlrd. m3 gaz berib turadi. Kelajakda Atlantika okeani shelfidan har yili 300 mln. t neft va .150 mlrd. m3 tabiiy gaz qazib olish mo‘ljallanmoqda. Bundan tashqari Meksika qo‘ltig‘idan oltingugurt, Nyufaunlend oroli yaqinidan temir rudasi, Janubiy Afrika qirg‘oqlari yaqinidan olmos qazib chiqariladi. Florida qirg‘oqlari yaqinidan fosforit, Janubi-G‘arbiy Afrika sohillari atrofidan fosforit, sochilma olmos konlari topilgan.

Okean qirg‘oqlarida yirik sanoat shaharlarining ko‘payishi, materiklarning tutashtiruvchi dengiz yo‘llarining va kema qatnovining rivojlanishi ta’sirida dengiz hamda okean suvlarining tabiiy sharoitini yomonlashishiga olib keldi. Shimoliy dengizda, Amerika va Afrika qirg‘oqlari yaqinida katta masofalarga cho‘zilgan neft pardalari so‘zib yuradi. O‘rta dengiz Yer yuzidagi eng ifloslangan dengizlardan biri hisoblanadi. Binobarin, Atlantika okeanining ekologik sharoiti shu darajada buzilganki, insonning yordamisiz uning tabiatini go‘zalligini, suvining tozaligini, havosining musaffoligini tiklab bo‘lmaydi. Atlantika okeanining ekologik sharoitini yomonlashishiga qarshi kurashish xalqaro muammo bo‘lib qoldi. Hozirgi kunda okeanga xavfli chiqindilarni tashlashni man etuvchi shartnomalar tuzilgan.
4-MAVZU: HIND OKEANIGA UMUMIY TABIIY GEOGRAFIK TAVSIF. TINCH OKEANI SUVLARI: SHO’RLIGI, HARORATI, OQIMLARI VA XALQ XO’JALIGIDAGI AHAMIYATI.

Reja:


  1. Geografik o‘rni va chegaralari.

  2. Tekshirilish tarixi

  3. Dengizlari va orollari

  4. Okean tagi relefi va geologik tuzilishi.

  5. Iqlimi va suvlari

  6. Oqimlari

  7. Organik dunyosi.

  8. Okeanning tabiat zonalari.

  9. Okeanning xalq xo’jaligidagi ahamiyati.

Hind okeani maydonining kattaligi jihatidan Tinch va Atlantika okeanlaridan keyin uchinchi o‘rinda turadi. Mazkur okean to‘rtta materik o‘rtaligida joylashgan. Shimol tomonda Yevrosiyo materigi bilan chegaralanadi. Sharqda Katta Zond orollari, Avstraliya materigi va Tasmaniya oroli meridiani orqali Tinch okeandan, g‘arbda Afrika materigi va Igna burun meridiani orqali Atlantika okeanidan ajralib turadi. Janubda sayyoramizning eng sovuq materigi - Antarktida bilan chegaradosh. Ana shu chegaralar doirasida joylashgan Hind okeani akvatoriyasining maydoni 76,2 mln km2 ga teng. Umumiy suv hajmi 282,7 mln.km2. Hind okeani boshqa okeanlardan o‘zining geografik joylashishi bilan ajralib turadi. Uning katta va keng maydoni janubiy yarim sharda va qambar kichikroq qismi shimoliy yarim sharda joylashgan.

Hind okeani qirg‘oqlari Shimoliy Muz okeani qirg‘oqlariga nisbatan kam parchalangan. Faqatgina uning shimoli-g‘arbiy va shimoli-sharqiy qismlarida egri-bugri qirg‘oq chiziqlarini uchratish mumkin.

Keyingi yillarda Antarktikani keng ko‘lamda kompleks tadqiq qilish munosabati bilan ayrim okeanshunos (B.S. Zalogin) olimlar tomonidan Dunyo okeani tarkibida beshinchi okeanni - Janubiy okeanni ajratish masalasini yangidan taklif etaboshladilar. Bunga asos qilib Tinch, Atlantika va Hind okeanlarining janubiy qismlarini umumiy gidrometeorolik xususiyatlarini o‘xshashligini hamda bu regionda okean va atmosfera-sirklyatsiyasi sxemasini umumiyligani ko‘rsatmoqdalar. Janubiy okeanning" shimoliy chegarasini Afrika, Avstraliya va Janubiy Amerikaning eng janubiy chekka nuqtalarini shartli ravishda kenglik bo‘ylab tutashtiruvchi chiziqdan yoki antarktika konvergensiya zonasidan o‘tkazishni taklif qilishmoqda, Ammo, tabiatda Janubiy okeanni Yerning boshqa okeanlaridan ajratib turuvchi aniq geomorfologik chegara yuk. Binobarin, Hind okeanini yukorida ta’kidlanganidek to‘rtta materik o‘rtaligida joylashgan mustaqil va bir butun geografik akvatoriya deb qarash maqsadga muvofiqdir.


Tekshirilish tarixi

Tadqiqotchilarning taxminlariga ko‘ra Hind, okeanida suzish boshqa okeanlarga qaraganda ancha oldin, taxminan 6 ming yillar ilgari boshlangan. Hind okeani sohillari juda qadim zamonlardan boshlab madaniyati yaxshi taraqqiy etgan markazlrdan biri bo‘lgan. Uning sohillarida va undan chetroqda yashagan qadimiy xalqlar - Shimoliy Afrikaliklar, Janubiy YYevropaliklar, Janubi-Yearbiy Osiyoliklar, Xitoyliklar - savdo ishlari bilan shug‘ullanib, okeanning turli qismlaridan suzib o‘tishgan, okean akvatoriyasi va tevarak-atrofidagi mamlakatlar bilan tanishishgan, shamollar, oqimlar to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishgan. Eramizdan 5-4 ming yillar oldin shumerliklar Fors qo‘ltig‘ida suzishgan va okeanga ham chiqishgan. Eramizdan 6 asr ilgari finikiyaliklar o‘z sayohatini Qizil (Eritrei) dengizdan boshlab, Hind okeanining g‘arbiy qismidan Afrikani aylanib Atlantika okeaniga suzib o‘tishgan va Gibraltar bo‘g‘ozi orqali kaytib ketishgan.

Eramizdan oldingi 325-324 yillarda yunon harbiy flotchisi-Nearx Aleksandr Makedonskiyning topshirishga binoan dengiz yo‘li bilan Hind daryosining quyilish joyidan Yevfrat daryosining quyilish joyigacha suzib o‘tdi va bu sayohat haqida hisobot yozib qoldirdi.

Eramizning boshlarida O‘rta dengiz xalqlaridan Gippal musson shamollaridan foydalanib, Qizil (Eritrey) dengizidan Arabiston dengizi orqali Hindistonga suzib borish yo‘lini kashf etadi. VII-VIII asrlarda arablar Sharqiy Afrika, Arabiston yarim oroli va Hindistonning qirg‘oq yaqinidagi suv yo‘llarini o‘zlashtirdilar. IX asrgacha to Madagaskar oroligacha yetib bordilar. Arablar o‘z sayohatlari haqida okeanning qirg‘oqlari, orollari, marjon riflari, oqimlari va shamollar to‘g‘risida ko‘plab ma’lumotlar tukxadilar. XV asrda xitoylik Chjen Xe Hind okeaniga yetti marta katta ekspeditsiya uyushtirdi. Ekspeditsiyalar davrida u okeanda suzib Kalikut, Maldiv orollarida bo‘ldi, Ormuz bo‘g‘ozi, Aden qo‘ltig‘i va Qizil dengizgacha bordi. Chjen Xe suzib o‘tgan joylarining haritalarini tuzdi.

XV-XVI asrlardan boshlab Yevropaliklarning Hind okeaniga bostirib kirish davri avjiga chiqadi. Tverlik savdogar Afanasiy Nikitin 1466-1472 yillarda Sharqiy Yevropadan Hindistonga qilgan safarida Hind okeani sohillarida bo‘lgan va barcha sarguzashtlarini "Uch dengiz osha" kitobida bayon etgan. Portugaliyaliklar birin-ketin G‘arbiy Afrika qirg‘oqlari bo‘ylab suzib borib Hind okeanini zabt etishadi va suv yo‘li orqali Hindistonga borishadi. Pirovardida 1497-1498 yillarda Vasko da Gama dengiz yo‘li orqali Hindistonga borishni tuligicha amalga oshiradi. Ular 1500 yilda dengiz orqali Madagaskar, 1502 yilda Amirant, 1505 yilda Komor orollariga suzib borishadi, keyinchalik Seyshel va Maskaren orollarida bo‘lishib, ularni haritalarga tushirishadi. Portugaliyaliklardan keyin Hind okeaniga golland, fransuz, ispan va ingliz dengizchilari tashrif buyurishib, uning barcha akvatoriyasi bo‘ylab sayohat qiladilar. O‘sha davrda Hind okeani nomi shakllanib, birinchi marta u 1555 yilda Myunster haritasidan o‘z o‘rnini egallaydi.

XVIII asrning ikkinchi yarmida ingliz dengizchisi Jeyms Kuk 1772-1775 yillarda "Rezolyushen" va "Advencher" kemalarida suzib, Hind okeaniga geografik tavsif berish va uni qirg‘oq chiziqlarini aniqlash bilan birga, suvning yuza qatlamidan to 180 m chuqurlikkacha haroratning o‘zgarishini o‘lchash bilan ham shug‘ullanadi. 1831-1836 yillarda "Bigl" kemasida tashkil etilgan ekspeditsiya ishtirokchilari tomonidan to‘plangan materiallar tabiiy fanlarni, ayniqsa okeanografiyani rivojlantirishda muhim rol o‘ynadi. Ekspeditsiya ishtirokchilari o‘z siyohati davomida Hind okeanini kesib o‘tish bilan birga Kakos, Mavrikiy va boshqa orollarga ham tashrif buyurdilar. Hind okeani bo‘ylab qilgan sayohati davomida Ch. Darvin geologik biologik zoologik ilmiy tadqiqot ishlarini olib bordi. Ayniksa atollarning kelib chiqishi to‘g‘risida yaratgan ilmiy nazariyasi hozirgi kunda ham mohiyatini yo‘qotgan emas.

Hind okeanini kompleks o‘rganish XIX asrning oxirida boshlandi. Eng yirik tadqiqotlar 1873-1876 yillarda "Chellenjer" kemasida ingliz ekspeditsiyasi tomonidan olib borildi. Bu ekspeditsiyaga professor Uayvil Tomson rahbarlik qildi. Kompleks ilmiy tadqiqot ishlari Britaniya qirollik jamiyati tomonidan ishlab chiqilgan dastur asosida amalga oshirildi. Ekspeditsiyada qatnashgan olimlar fizikaviy, kimyoviy, geologik, biologik ayniqsa ko‘proq zoologik kuzatishlar olib bordilar. To‘plangan materiallar asosida 50 jildlik (30 ming bet) ilmiy to‘plam nashr etildi. "Chellenjer" ishtirokchilari asosiy ilmiy kuzatish ishlarini Hind okeanining janubiy akvatoriyasida olib bordilar.

1898-1899 yillarda Germaniya Hind okeanida suvning chuqurliklarini o‘lchash maqsadida "Valdiviya" kemasida maxsus ekspeditsiya tashkil etdi. Ekspeditsiya asosan okeanning shimoliy va shimoli-g‘arbiy qismlarida joylashtirilgan 129 ta stansiyada meterologik va biologik kuzatishlar hamda chuqurliklarni o‘lchash ishlarini bajardi. To‘plangan materiallar asosida G.Shott 1900 yilda Hind okeanining batimetrik haritasini tuzdi.

Hind okeanini keng ko‘lamda yalpisiga tadqiq qilish ishlari 1960-1965 yillarda YUNESKO tashabbusi bilan tashkil etilgan Xalqaro Hind okeani ekspeditsiyasi tomonidan amalga oshirildi. Bu tadqiqot ishlarida 20 dan ortiq mamlakatlarning olimlari ishtirok etdilar, okean tabiatiga va tabiiy boyliklariga xos ko‘plab yangi ma’lumotlar to‘pladilar, okean tagi relefiga taalluqli bir qator kashfiyotlar qildilar. Xalqaro ekspeditsiyada "Vityaz", "Ob"^ "Akademik Kurchatov", "Dmitriy Mendeleev", "Akademik Vernadskiy", "Mixail Lomonosov" kabi sovet ilmiy kemalari ishtirok etdi.

Binobarin, Xalqaro Hind okeani ekspeditsiyasi, Xalqaro geofizika yili va boshqa ekspeditsiyalar tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida G‘arbiy Hind va Sharqiy Hind suv osti tog‘ tizmalari, Mozambiq Ouen, Tasmaniya, Diamantika tektonik yoriq zonalari, Afanasiy Nikitin, Ob, Lena, Bardina, Zenit, Ekvator kabi suv osti tog‘lari kashf etildi.


Dengizlari va orollari

Hind okeanida dengizlar boshqa okeanlarga nisbatan uncha ko‘p emas. Okeanning shimoli-g‘arbiy kdsmida Arabiston va Qizil dengizlari, Fors, Omon va Adan qo‘ltiqlari hamda Bob ul - Mandab bo‘g‘ozi joylashgan. Shimoli-Sharqiy qismida esa okean akvatoriyasining tashqi qiyofasini Bengaliya va Manar qo‘ltiqlari hamda Andaman dengizi murakkablashtirib turadi. Avstraliyadan shimol tomonda Hind okeanining eng chekka dengizlari Arafura va Timor dengizlari hamda Korpentariya qo‘ltig‘i, Janub tomoniday esa Katta Avstraliya qo‘ltig‘i joylashgan. Hind okeanining eng janubida antarktik tabiiy sharoitga ega bo‘lgan va qish oylarida muz bilan qoplanadigan Riser-Larsen, Kostanavtlar, Hamkorlik Deyvis, Mouson, Dyurvil kabi dengizlar va Pryuds qo‘ltig‘i mavjud.

Hind okeanining eng yirik mustaqil suv havzalaridan biri Arabiston dengizidir. U okeanning shimoliy qismida joylashgan bo‘lib, yarim berk dengiz hisoblanadi. G‘arbda Arabiston yarim oroli va Sharqda Hindiston yarim oroli bilan chegaralanadi. Janubda okeanning asosiy akvatoriyasi bilan tutashib ketgan. Maydoni 3685 ming km2. O‘rtacha chuqurligi 2734 m. Eng chuqur joyi 5203 m. O‘rtacha suv hajmi 10070 ming km3 ni tashkil etadi. Arabiston dengizi uchun tropik musson iqlim harakterlidir. Fevralda dengiz yuzasi suvining harorati shimolda 20 °S dan janubda 25 °S gacha ko‘tariladi, may oyida esa 27°-29 °S dan ham oshadi. Dengizning g‘arbida atmosfera yog‘inlari 25 mm dan 125 mm gacha tushadi. Sharqqa borgan sari yog‘in miqdori ortaborada va 3100 mm ni tashkil etadi. Suvning sho‘rlik darajasi 35,8-36,5‰. Oqimlar yozda g‘arbdan Sharqqa va qishda Sharqdan g‘arbga qarab harakat qiladi. Dengizda uchar baliqlar, tuneslar, qilich baliq janubiy seld, rif baliqlari, parusniklar yashaydi. Asosiy portlari - Bombay, Karochi, Aden va Kolombalardir.

Hind okeanida dengizlar kam uchraganidek orollar ham uncha ko‘p emas. Eng yirik orollari Madagaskar, Tasmaniya, Shri-Lanka va Sokotralar bo‘lib, ular qirg‘oqqa yaqin joylashgan va kelib chiqishiga ko‘ra materik orollari hisoblanadi. Bulardan tashqari okeanda maydoni jihatdan uncha katta bo‘lmagan vulkan va marjon orollari ham uchraydi. Prins-Eduard, Kroze, Kergelen, Amsterdam, Sen-Pol kabi orollar akvatoriyadan baland ko‘tarilib turgan vulkanlarning cho‘qqilaridir. Lakkadiv, Maldiv, Chagos, Kokos, Amirant, Farquar vaboshqalar marjon atollari tipiga xos bo‘lgan orollardir. Tevarak atrofi marjon riflari bilan o‘ralgan vulkanik orollar ham uchraydi. Bular Maskaren, Komor, Andaman, Nikobar kabi orollardir. Seyshel orollari okean ichkarisida joylashgan bo‘lishiga qaramasdan kelib chiqishiga ko‘ra yer po‘stining granitlaridan tashkil topgan materik tipidagi orollar guruhiga kiradi. Quyida Hind okeanining eng yirik orollaridan biri Madagaskar oroliga tabiiy geografik tavsif berib o‘tamiz.

Madagaskar oroli. Madagaskar Hind okeanining eng yirik oroli bo‘lib, Afrikaning Sharqiy tomonida joylashgan. Materikdan kengligi 400 km keladigan Mozambik bo‘g‘ozi orqali ajralib turadi. Maydoni 590 ming km2. Orol shimoldan janubga 1600 km va g‘arbdan Sharqqa 600 km masofaga cho‘zilgan. Qirg‘oq chiziqlari unchalik egri-bugri emas. Faqatgina shimoli-g‘arbiy qirg‘oqlari biroz kesilgan.

Madagaskar oroli mezazoy erasida Afrika materigidan ajralgan qadimiy kristall bo‘lak hisoblanadi. Bu bo‘lakning asosiy qoldig‘i orolning sharqiy qismini egallab yotgan Baland Plato tashkil etadi. Bu plato kristall (granit, diabaz) va metamorfik (slyudali slanes, gneys, ohaqtosh, kvarsit) jinslardan tarkib topgan. Ular ayrim joylarda vulkanik jinslar bilan qoplangan. Platoning o‘rtacha balandligi 800-1200 m atrofida, sharqida esa 1500 m gacha boradi. Orolning eng baland nuqtasi uning shimoliy qismida Saratanana vulkanik massividagi Marumukutru (2886 m) cho‘qqisi. Balandligi jihatidan ikkinchi o‘rinda Andringitra massividagi Bubu (2666 m) cho‘qqisi va uchinchi o‘rinda Ankaratra massividagi Siafadzauna (2638 m) cho‘qqisi turadi.

Orolning iqlimi tropik, shimoli-g‘arbida ekvatoial mussonli. Sharqiy qismida iqlim sernam va issiq. Shimolda eng sovuq oy iyulning o‘rtacha harorati +200, eng issiq oy yanvarning harorati +270. Janubda iyulning harorati +130 gacha pasayadi va yanvarning harorati +330 gacha ko‘tariladi. Baland platoda yillik yog‘ingarchiliq miqdori 1500-3000 mm gacha yetadi. Orolning g‘arbida 500 mm dan 1000 mm gacha, eng janubi-g‘arbida esa 400 mm atrofida yog‘in tushadi. Yirik va sersuv daryolari (Sufiya, Besibuxa, Siribixina, Manguki, Unilaxi) orolning g‘arbiy qismida joylashgan. Tuproq qoplami lateritli qizil, qizil-sariq, lateritlashgan jigarrang-qizil, qo‘ng‘ir va unumdor qora tuproqlardan tarkib topgan. O‘simlik olamida endemik turlar ko‘p uchraydi. Ravenela palmasi, anrekum orxideyasi endemik turlardir. Sohil bo‘ylarida palmazorlar, g‘arbda tikanli daraxtlar va butazorlar keng tarqalgan. Orolning 13% hududi o‘rmon bilan banddir. Harakterli hayvonlardan lemur, tenrek, mangusta, Fossa va qushlarlar yashil to‘ti, ko‘kkaptar, sesarka, sulton tovug‘i va boshqalar yashaydi. Hameleon va timsohlar bor.


Download 88.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling