Okoz: 08. 00. 00. 00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08. 01. 00. 00 Uy-joy fondi / 08. 01. 01. 00 Umumiy masalalar] [tsz
Download 365.19 Kb.
|
24.12.1998
OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.02.00 Uy-joy binosini jismoniy shaxslar tomonidan ijaraga olish (yollash)] 53-modda. Vaqtincha bo‘lmaganida fuqarolarning turar joyi saqlanishi muddatlarini qisqartirishga yo‘l qo‘yilmasligi Vaqtincha bo‘lmaganida fuqarolarning munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyi saqlanishi muddatlari ijaraga oluvchi va ijaraga beruvchining o‘zaro kelishuvi bilan qisqartirilishi mumkin emas. [OKOZ: 1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.02.00 Uy-joy binosini jismoniy shaxslar tomonidan ijaraga olish (yollash)] 54-modda. Fuqarolarni turar joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topish Fuqarolarni belgilangan muddatdan ortiq bo‘lmaganlari oqibatida munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topish ijaraga beruvchining yoki ushbu turar joyda yashab qolgan boshqa doimiy foydalanuvchilarning da’vo arizasiga binoan sud tartibida amalga oshiriladi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi II bo‘limining 2-kichik bo‘limi (“Da’vo ishlarini yuritish”). [OKOZ: 1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.02.00 Uy-joy binosini jismoniy shaxslar tomonidan ijaraga olish (yollash)] 55-modda. Vaqtincha bo‘lmagan ijaraga oluvchining hamda uning oila a’zolarining huquq va majburiyatlari Agar turar joyni ijaraga oluvchi vaqtincha bo‘lmasa, munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyda yashovchi oila a’zolari o‘zlari egallab turgan barcha turar joylardan avvalgi shartlar asosida foydalanishga haqlidirlar. Bunda ular ushbu turar joyni ijaraga berish shartnomasi bo‘yicha huquq va majburiyatlarga ega bo‘ladilar. Vaqtincha bo‘lmagan fuqaroning foydalanish huquqi saqlanadigan uy-joy maydoni ortiqcha uy-joy maydoni deb hisoblanmaydi. [OKOZ: 1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.02.00 Uy-joy binosini jismoniy shaxslar tomonidan ijaraga olish (yollash)] 56-modda. Ijaraga oluvchining o‘zi egallab turgan turar joy o‘rniga kichikrog‘ini olish huquqi Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga oluvchi, agar belgilangan normadan ortiqcha turar joy maydoniga ega bo‘lsa, voyaga yetgan oila a’zolarining roziligiga binoan mahalliy davlat hokimiyati organlariga yoki turar joyni bergan korxona, muassasa, tashkilotga belgilangan tartibda murojaat etib, egallab turgan turar joyini kichikroq hajmdagi turar joyga almashtirishni so‘rashi mumkin. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 42-moddasi. [OKOZ: 1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.02.00 Uy-joy binosini jismoniy shaxslar tomonidan ijaraga olish (yollash)] 57-modda. Turar joyni ikkilamchi ijaraga berish Munitsipal va idoraviy uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga oluvchi ijaraga beruvchining roziligi bilan hamda o‘zi bilan birga yashayotgan voyaga yetgan oila a’zolarining, o‘zi bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning roziligi bilan ushbu Kodeksda belgilangan hollarda va tartibda turar joyni ikkilamchi ijaraga berishga haqlidir. Ijaraga oluvchi o‘zi egallab turgan turar joyning bir qismini, vaqtincha ko‘chib ketayotganda esa — barchasini (uning foydalanish huquqi saqlanadigan butun davr uchun) ikkilamchi ijaraga topshirishi mumkin, bunda ijaraga berish shartnomasi bo‘yicha ijaraga oluvchi ijaraga beruvchi oldida javobgar bo‘lib qoladi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 613-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi qismlari. Ijaraga oluvchining turar joyida ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi asosida yashayotgan shaxslar ushbu turar joyga nisbatan mustaqil huquqqa ega bo‘lmaydilar. Turar joyni ikkilamchi ijaraga berish shartnomasining muddati turar joyni ijaraga berish shartnomasining muddatidan ortiq bo‘lishi mumkin emas. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 613-moddasining to‘rtinchi qismi. Turar joyni ijaraga berish shartnomasi muddatidan oldin bekor qilingan taqdirda u bilan bir vaqtda turar joyni ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi ham bekor bo‘ladi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 613-moddasining beshinchi qismi. Yangi muddatga shartnoma tuzishga bo‘lgan imtiyozli huquq to‘g‘risidagi qoida turar joyni ikkilamchi ijaraga berish shartnomasiga nisbatan tatbiq etilmaydi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 613-moddasining oltinchi qismi. Munitsipal va idoraviy uy-joy fondidagi uylarda turar joyni ikkilamchi ijaraga berish qoidalari qonun hujjatlari bilan belgilab qo‘yiladi. Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joylarni ikkilamchi ijaraga berishga yo‘l qo‘yilmaydi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 28-iyundagi 325-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi kommunal uy-joy fondi to‘g‘risida”gi nizomning IX bo‘limi (“Uy-joyni ijaraga qo‘yish”). [OKOZ: 1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.02.00 Uy-joy binosini jismoniy shaxslar tomonidan ijaraga olish (yollash)] 58-modda. Turar joyni ikkilamchi ijaraga berishga yo‘l qo‘yilmaydigan shart-sharoitlar Munitsipal va idoraviy uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ikkilamchi ijaraga berishga quyidagi hollarda yo‘l qo‘yilmaydi: agar ikkilamchi ijaraga oluvchining ko‘chib kirishi oqibatida har bir yashovchiga to‘g‘ri keladigan umumiy maydon belgilangan normadan kamayib ketsa; LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 42-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 613-moddasining ikkinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 28-iyundagi 325-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi kommunal uy-joy fondi to‘g‘risida”gi nizomning 47-bandi. agar unda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatdagi ayrim surunkali kasalliklarning og‘ir turlari bilan kasallangan shaxslar yashayotgan bo‘lsa; LexUZ sharhi Qarang: “Bemorning uy-joy maydoni ko‘paytirilishi mumkin bo‘lgan ayrim og‘ir turdagi surunkali kasalliklarning ro‘yxati” (ro‘yxat raqami 1060, 10.08.2001-y.). ijaraga beruvchining roziligi bo‘lmasa; ijaraga oluvchining. uning voyaga yetgan oila a’zolarining, u bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning roziligi bo‘lmasa; turar joyni ikkilamchi ijaraga berish qoidalarida belgilangan boshqa hollarda. [OKOZ: 1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.02.00 Uy-joy binosini jismoniy shaxslar tomonidan ijaraga olish (yollash)] 59-modda. Ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi bo‘yicha turar joydan foydalanganlik uchun to‘lanadigan haq Munitsipal va idoraviy uy-joy fondining uylaridagi turar joylardan ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi bo‘yicha foydalanganlik va kommunal xizmatlar uchun to‘lanadigan haq miqdori taraflar kelishuviga muvofiq belgilanadi, lekin uning miqdori shu joy uchun ijaraga oluvchi tomonidan to‘lanayotgan haq hamda kommunal xizmatlar haqidan oshib ketmasligi kerak. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 613-moddasining uchinchi qismi. [OKOZ: 1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.02.00 Uy-joy binosini jismoniy shaxslar tomonidan ijaraga olish (yollash)] 60-modda. Ikkilamchi ijaraga berish shartnomasini bekor qilish Munitsipal va idoraviy uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ikkilamchi ijaraga berish shartnomasining muddati tugagandan so‘ng ikkilamchi ijaraga oluvchi shartnomani qayta tiklashni talab qilishga haqli emas va u egallab turgan turar joyni ijaraga oluvchining talabidan keyin ham bo‘shatib bermasa, unga boshqa turar joy berilmagan holda sud tartibida ko‘chiriladi. Ijaraga berish shartnomasi bekor qilingan hollarda ham ikkilamchi ijaraga oluvchi unga boshqa turar joy berilmagan holda xuddi shu tartibda ko‘chiriladi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi II bo‘limining 2-kichik bo‘limi (“Da’vo ishlarini yuritish”). Agar ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi muddati ko‘rsatilmay tuzilgan bo‘lsa, ijaraga oluvchi ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi bekor qilinishi haqida ikkilamchi ijaraga oluvchini uch oy oldin ogohlantirishi shart. Ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi, shuningdek ushbu Kodeksning 69-moddasi hamda 119-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra ham bekor qilinishi mumkin. [OKOZ: 1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.02.00 Uy-joy binosini jismoniy shaxslar tomonidan ijaraga olish (yollash)] 61-modda. Vaqtincha yashovchilar Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi ijaraga oluvchi, uning oila a’zolari va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar o‘zaro kelishuvga binoan va ijaraga beruvchini oldindan xabardor qilgan holda vaqtincha yashovchilarga (foydalanuvchilarga) turar joyda tekin yashab turishlari uchun ruxsat etishga haqlidirlar. Vaqtincha yashovchilarning yashab turish muddati olti oydan oshmasligi kerak. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 609-moddasining birinchi qismi. Vaqtincha yashovchilar turar joydan foydalanishda mustaqil huquqqa ega bo‘lmaydilar. Ularning xatti-harakatlari uchun ijaraga beruvchi oldida ijaraga oluvchi javobgardir. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 609-moddasining ikkinchi qismi. Vaqtincha yashovchilar ular bilan kelishilgan yashab turish muddati o‘tganidan keyin, agarda bunday muddat kelishilmagan bo‘lsa, ijaraga oluvchi, uning oila a’zosi yoki u bilan doimiy yashayotgan fuqaro tomonidan tegishli talab qo‘yilgan kundan e’tiboran ko‘pi bilan yetti kun ichida turar joyni bo‘shatishlari shart. Talab rad etilgan taqdirda vaqtincha yashovchilar sud tartibida boshqa turar joy bermasdan ko‘chirilishlari lozim. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 609-moddasining uchinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi II bo‘limining 2-kichik bo‘limi (“Da’vo ishlarini yuritish”) va III bo‘limi (“Sud qarorlari ustidan shikoyat berish va ularni qayta ko‘rish”) Bir kishi hisobiga to‘g‘ri keladigan uy-joy maydoni ijtimoiy normasi haqidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilmasa, ijaraga beruvchi vaqtincha yashovchilarning yashab turishlarini taqiqlab qo‘yishi mumkin. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 42-moddasi. [OKOZ: 1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.02.00 Uy-joy binosini jismoniy shaxslar tomonidan ijaraga olish (yollash)] 62-modda. Ijaraga berilgan turar joyni ta’mirlash Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi ijaraga berilgan turar joyni ta’mirlash, agar turar joyni ijaraga berish shartnomasida boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, ijaraga oluvchining majburiyatiga kiradi. Ijaraga berilgan turar joyni kapital ta’mirlash, agar shu turar joyni ijaraga berish shartnomasida boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, ijaraga beruvchining majburiyatiga kiradi. Ijaraga berilgan turar joyni ijaraga oluvchining roziligisiz qayta qurishga, o‘zgartirishga, agar bunday qayta qurish va o‘zgartirish uy-joydan foydalanish sharoitlarini tubdan o‘zgartirsa, yo‘l qo‘yilmaydi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 610-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 28-iyundagi 325-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi kommunal uy-joy fondi to‘g‘risida”gi nizomning 43-bandi. [OKOZ: 1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.02.00 Uy-joy binosini jismoniy shaxslar tomonidan ijaraga olish (yollash)] 63-modda. Uyning kapital ta’mirlanishi munosabati bilan fuqarolarga turar joy berish Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joy kapital ta’mirlanayotganda, ta’mirlashni ijaraga oluvchini ko‘chirmasdan amalga oshirish mumkin bo‘lmasa, ijaraga beruvchi ta’mirlanayotgan turar joyni ijaraga berish shartnomasini bekor qilmagan holda ijaraga oluvchiga, uning oila a’zolariga va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolarga kapital ta’mirlash o‘tkazish vaqtida boshqa turar joy berishi shart. Ijaraga oluvchi bu turar joyga ko‘chib kirishni rad etgan taqdirda ijaraga beruvchi uning ko‘chib o‘tishini sud tartibida talab qilishi mumkin. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi II bo‘limining 2-kichik bo‘limi (“Da’vo ishlarini yuritish”), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 28-iyundagi 325-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi kommunal uy-joy fondi to‘g‘risida”gi nizomning 44-bandi. Kapital ta’mirlash vaqtida beriladigan turar joy sanitariya, yong‘inga qarshi, texnik talablarga javob berishi hamda shu aholi punkti chegarasi doirasida joylashgan bo‘lishi kerak. Ijaraga oluvchini, uning oila a’zolarini va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolarni ular egallab turgan turar joydan boshqa turar joy maydoniga ko‘chib o‘tishi va (ta’mirlash tugagach) ilgarigi joyiga qayta ko‘chib o‘tishi ta’mirlanishi kerak bo‘lgan turar joy tasarrufida bo‘lgan ijaraga beruvchining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Ijaraga oluvchi kapital ta’mirlash munosabati bilan boshqa turar joyda yashagan davrda u foydalanish va kommunal xizmatlar uchun kapital ta’mirlash vaqtiga berilgan turar joy uchun haq to‘laydi. Kapital ta’mirlash davrida vaqtinchalik turar joy berish o‘rniga ijaraga oluvchiga, uning oila a’zolariga va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolarga ularning roziligi bilan doimiy foydalanish uchun boshqa obod turar joy berilishi mumkin. Turar joy ta’mirlab bo‘lingach, ijaraga beruvchi turar joyni ijaraga oluvchiga qaytarishdan bosh tortgan holda ijaraga oluvchi sudga murojaat etishga haqlidir. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi II bo‘limining 2-kichik bo‘limi (“Da’vo ishlarini yuritish”) va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2001-yil 14-sentabrdagi 22-sonli “Uy-joy nizolari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorning 21-bandi. [OKOZ: 1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.02.00 Uy-joy binosini jismoniy shaxslar tomonidan ijaraga olish (yollash)] 64-modda. Rekonstruksiya yoki kapital ta’mirlash natijasida uy-joy maydoni o‘lchami tubdan o‘zgargan taqdirda ijaraga oluvchiga boshqa turar joy berish Ijaraga oluvchi, uning oila a’zolari va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar egallab turgan munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyni rekonstruksiya yoxud kapital ta’mirlash natijasida saqlab qolish mumkin bo‘lmaganda yoki u tubdan kengayganda, torayganda ijaraga oluvchiga va uning oila a’zolariga, shuningdek u bilan doimiy yashayotgan fuqarolarga kapital ta’mirlash boshlangunga qadar shu aholi punkti chegarasi doirasida boshqa obod turar joy berilishi kerak. [OKOZ: 1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.02.00 Uy-joy binosini jismoniy shaxslar tomonidan ijaraga olish (yollash)] 65-modda. Turar joyni va yordamchi xonalarni qayta qurish hamda o‘zgartirish Munitsipal va idoraviy uy-joy fondidagi turar joyni hamda yordamchi xonalarni qayta qurish, o‘zgartirish kvartirani yanada obod qilish maqsadida amalga oshirilishi mumkin va bunga ijaraga oluvchining, uning voyaga yetgan oila a’zolarining, u bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning, ijaraga beruvchining roziligi bilangina yo‘l qo‘yiladi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 610-moddasining uchinchi qismi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 28-iyundagi 325-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi kommunal uy-joy fondi to‘g‘risida”gi nizomning 43-bandi. Ijaraga beruvchining, ijaraga oluvchining, uning voyaga yetgan oila a’zolarining yoki u bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning. turar joyni va yordamchi xonalarni qayta qurish yoki o‘zgartirishni rad etishi bilan bog‘liq nizolar sud tartibida hal etiladi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi II bo‘limining 2-kichik bo‘limi (“Da’vo ishlarini yuritish”). Turar joy va yordamchi xonalarni ijaraga beruvchining ruxsatisiz o‘zboshimchalik bilan qayta qurgan yoki o‘zgartirgan ijaraga oluvchi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joylarni va yordamchi xonalarni qayta qurish hamda o‘zgartirish man etiladi. LexUZ sharhi Shuningdek, qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2001-yil 14-sentabrdagi 22-sonli “Uy-joy nizolari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorning 22-bandi. [OKOZ: 1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.02.00 Uy-joy binosini jismoniy shaxslar tomonidan ijaraga olish (yollash)] 66-modda. Turar joyni ijaraga berish shartnomasini o‘zgartirish Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga berish shartnomasi faqat ijaraga oluvchi, uning voyaga yetgan oila a’zolari, u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar hamda ijaraga beruvchining roziligi bilan o‘zgartirilishi mumkin. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 382 — 384-moddalari. Ijaraga oluvchi, uning voyaga yetgan oila a’zolari va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning talabi bo‘yicha shartnoma voyaga yetgan oila a’zolaridan biri bilan tuzilishi mumkin. Ijaraga oluvchi turar joydan ko‘chib ketgan yoki u vafot etgan taqdirda shartnoma ushbu turar joyda yashayotgan voyaga yetgan oila a’zolaridan biri bilan tuziladi. Oila a’zosining ijaraga oluvchi deb tan olinishi munosabati bilan yuzaga keladigan nizolar sud tartibida hal etiladi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi II bo‘limining 2-kichik bo‘limi (“Da’vo ishlarini yuritish”), O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2001-yil 14-sentabrdagi 22-sonli “Uy-joy nizolari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarori 2-bandining birinchi, beshinchi xatboshilari. [OKOZ: 1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.02.00 Uy-joy binosini jismoniy shaxslar tomonidan ijaraga olish (yollash)] 67-modda. Ijaraga oluvchi oila a’zosining talabi bo‘yicha turar joyni ijaraga berish shartnomasining o‘zgartirilishi Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi uylaridagi ijaraga oluvchining oila a’zosi, agar oilaning boshqa a’zolari, u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar rozi bo‘lsa hamda uning ulushiga to‘g‘ri keladigan turar joy maydoniga muvofiq yoxud turar joydan foydalanish tartibi to‘g‘risida tuzilgan kelishuvni hisobga olgan holda unga ushbu Kodeksning 9-moddasi talablariga javob beradigan turar joy ajratilishi mumkin bo‘lsa, o‘zi bilan alohida ijara shartnomasi tuzilishini talab qilishga haqlidir. Alohida ijara shartnomasi tuzish talab qilinishi munosabati bilan yuzaga keladigan nizolar sud tartibida hal etiladi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi II bo‘limining 2-kichik bo‘limi (“Da’vo ishlarini yuritish”). [OKOZ: 1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.02.00 Uy-joy binosini jismoniy shaxslar tomonidan ijaraga olish (yollash)] 68-modda. Bir oilaga birlashgan ijaraga oluvchilarning talabi bo‘yicha turar joyni ijaraga berish shartnomasining o‘zgartirilishi Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylarida alohida ijara shartnomalariga binoan yashayotgan fuqarolar bir oilaga birlashganlari taqdirda o‘zlari egallab turgan barcha turar joy uchun ulardan birortasi bilan yagona ijara shartnomasi tuzilishini talab qilishga haqlidirlar. Ijaraga beruvchining yagona ijara shartnomasi tuzishni rad etganligi ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi II bo‘limining 2-kichik bo‘limi (“Da’vo ishlarini yuritish”). [ Download 365.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling