Okoz: 08. 00. 00. 00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08. 01. 00. 00 Uy-joy fondi / 08. 01. 01. 00 Umumiy masalalar] [tsz
Download 365.19 Kb.
|
24.12.1998
OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.06.00 Uy-joy binolarini almashtirish] 12-bob. TURAR JOYNI ALMAShTIRISh VA AYIRBOShLASh 105-modda. Turar joyni almashtirish predmeti Quyidagilar turar joyni almashtirish predmeti bo‘lishi mumkin: bir yoki bir necha xonadan iborat turar joy; ijaraga oluvchi, pay jamg‘armasining qismiga huquqi bo‘lgan uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining a’zosi, turar joy mulkdori ulushiga to‘g‘ri keladigan turar joyning qismi, shu jumladan tutash xona yoki ushbu Kodeks 106-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan sharoitlar mavjud bo‘lgan taqdirda, xonaning qismi. 106-modda. Turar joyni almashtirish Ijaraga oluvchilar, pay jamg‘armasining qismiga huquqi bo‘lgan uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining a’zolari yoxud ularning oila a’zolari, shuningdek turar joyning umumiy mulki ishtirokchilari o‘z ulushlariga to‘g‘ri keladigan uy-joy maydonining qismini boshqa turar joyning ijaraga oluvchilari, uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi a’zosi yoxud ularning oila a’zolari bilan almashtirishga haqlidirlar, almashtirish oqibatida ko‘chib kirayotganlar bu joyda yashash uchun qolayotganlarning oila a’zosi sifatida yoxud umumiy mulk ishtirokchilari sifatida ko‘chib kirishlari kerak. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeks 32-moddasining ikkinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 216-moddasining ikkinchi qismi. Turar joylarni almashtirish uning ishtirokchilari soni cheklanmagan holda amalga oshiriladi. Turar joylarni almashtirish huquq va majburiyatlarni o‘zaro o‘tkazish tarzida mahalliy davlat hokimiyati organlari qaroriga binoan amalga oshiriladi. Turar joylarni almashtirish aynan bir uydagi yoki turli uylardagi turar joylarda, shu jumladan turli aholi punktlarida joylashgan turar joylarda yashayotgan fuqarolar o‘rtasida ham amalga oshirilishi mumkin. Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga oluvchi va uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativlarining a’zolari o‘zlari bilan birga yashovchi voyaga yetgan oila a’zolarining, shu jumladan ular bilan doimiy yashayotgan, vaqtincha bo‘lmagan fuqarolarning yozma roziligiga binoan egallab turgan turar joyini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda almashtirishga haqlidirlar. Bunda voyaga yetmagan oila a’zolarining roziligi ota-onalari tomonidan, ular bo‘lmagan taqdirda esa, vasiylik va homiylik organlari tomonidan tasdiqlanadi. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 107, 108-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 28-iyundagi 325-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi kommunal uy-joy fondi to‘g‘risida”gi nizomning 33, 35-bandlari. Korxona, muassasa, tashkilotlarning uylari, kvartiralaridagi turar joylarni faqat ularning roziligi bilan almashtirishga yo‘l qo‘yiladi. Almashtirishga rozilik berilmaganligi ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi II bo‘limining 2-kichik bo‘limi (“Da’vo ishlarini yuritish”). Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyning ijaraga oluvchisi egallab turgan turar joyni faqat shu uy-joy fondining turar joyida yashovchi ijaraga oluvchi bilan almashtirishi mumkin. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 109 — 114-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 28-iyundagi 325-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi kommunal uy-joy fondi to‘g‘risida”gi nizomning VII bo‘limi (“Turar joylarni almashtirish”). 107-modda. Oila a’zolarining roziligi bo‘lmagan taqdirda turar joyni almashtirish Agar turar joyning mulkdori va uning voyaga yetgan oila a’zolari, ijaraga oluvchi va uning voyaga yetgan oila a’zolari hamda u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar, uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi a’zosi va pay jamg‘armasining qismiga huquqi bo‘lgan uning oila a’zolari o‘rtasida turar joyni almashtirish to‘g‘risida kelishuvga erishilmagan bo‘lsa, ulardan har biri egallab turgan turar joyini turli uylar, kvartiralardagi turar joylarga majburan almashtirishni sud tartibida talab qilishga haqlidir. Bunda almashtirilayotgan turar joyda yashayotgan shaxslarning manfaatlari hisobga olinadi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi II bo‘limining 2-kichik bo‘limi (“Da’vo ishlarini yuritish”). Sud turar joyni majburan almashtirish to‘g‘risida qaror chiqarganda turar joyga bo‘lgan huquqdagi ulushlarning tengligidan kelib chiqadi, quyidagi hollar bundan mustasno: agar mulkdor va uning voyaga yetgan oila a’zolari o‘rtasida turar joydan foydalanish tartibi to‘g‘risida ushbu turar joydan foydalanishga bo‘lgan huquqlarning teng emasligini nazarda tutuvchi kelishuvga erishilgan bo‘lsa; uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi a’zosi va uning oila a’zolarining pay jamg‘armasiga bo‘lgan huquqlari teng bo‘lmasa; turar joyga umumiy mulk huquqida mulkdorlarning ulushlari teng bo‘lmasa. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2001-yil 14-sentabrdagi 22-sonli “Uy-joy nizolari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qaror 7-bandining birinchi xatboshisi. 108-modda. Homiylik yoki vasiylikka olingan shaxsning turar joyini almashtirish Homiylikka yoki vasiylikka olingan shaxsning foydalanishida yoxud mulkida bo‘lgan turar joyni almashtirish uchun tegishli homiylik va vasiylik organining roziligi talab qilinadi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 32-moddasi va O‘zbekiston Respublikasining “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi Qonunining 19-moddasi. Almashtirishga rozilik bermaslik ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi II bo‘limining 2-kichik bo‘limi (“Da’vo ishlarini yuritish”). 109-modda. Turar joyni almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydigan shart-sharoitlar Quyidagi hollarda turar joyni almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi, agar: ijaraga oluvchiga nisbatan turar joyni ijaraga berish shartnomasini bekor qilish yoki o‘zgartirish to‘g‘risida da’vo taqdim etilgan bo‘lsa; jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi munosabati bilan turar joy xatlangan (boshqa shaxsga berish taqiqlab qo‘yilgan) bo‘lsa; LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 290-moddasi. almashtirish soxta tusda bo‘lsa; LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 124-moddasi. turar joy texnik nosoz holatda bo‘lib, buziladigan yoki boshqa maqsadlarda foydalanish uchun qayta quriladigan yoxud davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun beriladigan bo‘lsa; turar joy yashash xonalarini qayta qurish yoki o‘zgartirish bilan kapital ta’mirlanishi lozim bo‘lsa; almashtiriladigan turar joylardan biri aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uyida bo‘lsa; joy xizmat turar joyi bo‘lsa yoki yotoqxonada bo‘lsa; almashtirish munosabati bilan almashayotgan taraflardan birining uy-joy sharoitlari tubdan yomonlashib, buning oqibatida fuqarolar uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lib qolsalar. Qonun hujjatlarida turar joy almashtirilishini man etuvchi boshqa hollar nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2001-yil 14-sentabrdagi 22-sonli “Uy-joy nizolari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarori 7-bandining ikkinchi, uchinchi xatboshilari. 110-modda. Turar joylar almashtirilishini rasmiylashtiruvchi organlar Bir aholi punkti chegarasi doirasidagi davlat uy-joy fondining turar joylarini almashtirish mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan rasmiylashtiriladi. Agar turar joylar turli aholi punktlarida bo‘lsa, almashtirish almashtirilayotgan turar joylardan biri joylashgan joydagi (almashtirish ishtirokchilarining xohishiga ko‘ra) mahalliy davlat hokimiyati organlarida rasmiylashtiriladi. Xususiy uy-joy fondidagi turar joylarni almashtirish notarial guvohlantiriladi va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 84-moddasi, 497-moddasining ikkinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning I (“Umumiy qoidalar”), II (“Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni axborot tizimi kompleksidan foydalanib “bir oyna” prinsipi bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi”), IV bo‘limlari (“Binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi”). 111-modda. Turar joylarni almashtirish to‘g‘risida ariza Turar joylarni almashtirish istagida bo‘lgan fuqarolar mahalliy davlat hokimiyati organlariga belgilangan shaklda arizani topshiradilar. Mulkdor, ijaraga oluvchi, uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi a’zosining arizasiga quyidagilar ilova qilinadi: turar joyga bo‘lgan huquqni belgilovchi hujjat yoki turar joy orderi; turar joyda yashayotgan shaxslar ko‘rsatilgan holda yashash joyidan ma’lumotnoma; soliqlar, turar joydan foydalanish xarajatlari va kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzi yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma; idoraviy uy-joy fondining uyidagi turar joyni almashtirishda — shu fond egasining turar joyni almashtirishga roziligini tasdiqlovchi hujjat yoxud tegishli hollarda — sud qarorining nusxasi; turar joyning bir qismi almashtirilayotganda shu almashtirilayotgan turar joyda yashash uchun qolayotgan u yoki bu shaxs bilan nikohda bo‘lganligi yoki qarindoshligini tasdiqlovchi hujjatlar; oilaning barcha voyaga yetgan, shu jumladan vaqtincha bo‘lmagan a’zolarining, davlat uy-joy fondi uylarida esa, shuningdek ijaraga oluvchi bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning yozma roziligi; homiylik yoki vasiylikka olingan shaxsning foydalanishidagi turar joy almashtirilayotganida homiylik va vasiylik organining roziligi; turar joyini kooperativ a’zosi bilan almashtirayotgan shaxs kooperativga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi uy-joy qurish yoki uy-joy, kooperativi boshqaruvining qaroridan ko‘chirma yoxud tegishli hollarda — sud qarorining nusxasi; bitta kooperativ a’zolari o‘rtasida turar joylar almashtirilayotganda — uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi boshqaruvining almashtirishga roziligi to‘g‘risidagi qaroridan ko‘chirma yoxud tegishli hollarda — sud qarorining nusxasi. Barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab ariza qabul qilingan deb hisoblanadi. 112-modda. Turar joylarni almashtirishni rasmiylashtirish Turar joylarni almashtirish to‘g‘risidagi shartnoma turar joylarni almashtirish rasmiylashtirilgan joydagi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan beriladigan almashtiruv hujjatlari (ordyerlari) olingan paytdan boshlab kuchga kiradi. Agar fuqarolar bir oilaga birlashish maqsadida almashtirish natijasida bir kvartirada xonalarni olsalar, ularga bitta order beriladi. Ordyerlar turar joylarni almashtirishda ishtirok etayotgan shaxslar tomonidan yoxud ishonchnoma bo‘yicha boshqa shaxslar tomonidan bir vaqtda olinishi lozim, majburiy almashtirilayotgan hollar bundan mustasno. Fuqaroga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan turar joylarni munitsipal yoki idoraviy uy-joy fondining uyidagi yoxud uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi uyidagi turar joylarga almashtirish almashtiruv hujjati (orderi) va turar joylarni almashtirish shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Almashtirish shartnomasida almashtirilayotgan turar joyning tavsifi (manzili, umumiy va yashash maydoni, xonalar soni, inventarizatsiya qiymati), turar joyga mulk huquqining vujudga kelish asoslari hamda ijaraga oluvchi, uy-joy qurish, uy-joy kooperativlarining a’zosi turar joyga ko‘chib kirishining asoslari to‘g‘risidagi ko‘rsatmalar, turar joyga mulk huquqini olayotgan shaxs (shaxslar), agar turar joyga mulk huquqi bir necha shaxsda vujudga keladigan bo‘lsa, ularning umumiy mulk huquqidagi ulushlari, shuningdek taraflardan birining bergan arizasiga muvofiq kelishuvga erishilishi kerak bo‘lgan boshqa shartlar ko‘rsatiladi. Davlat uy-joy fondidagi turar joyni almashtirish shartnomasi almashtirish rasmiylashtirilayotgan joydagi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi. Turar joylarni almashtirish shartnomasini tasdiqlash va almashtiruv orderini (ordyerlarini) berish bir vaqtda amalga oshiriladi. Turar joylarning almashtirilishini rasmiylashtirish hujjatlar berilgan kundan boshlab o‘n kunlik muddat ichida amalga oshiriladi. Turar joylar almashtirilishini rasmiylashtirish rad etilishi ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi II bo‘limining 2-kichik bo‘limi (“Da’vo ishlarini yuritish”), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 28-iyundagi 325-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi kommunal uy-joy fondi to‘g‘risida”gi nizomning 34, 40-bandlari va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2001-yil 14-sentabrdagi 22-sonli “Uy-joy nizolari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorning 7-bandi. 113-modda. Turar joylarni almashtirish to‘g‘risidagi shartnomani ijro etish Almashtirish bo‘yicha olingan turar joyga ko‘chib kirishda fuqaro hujjatni (orderni) uy-joylardan foydalanish tashkilotiga yoxud uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi boshqaruviga topshiradi. Ayni bir vaqtda hujjatga (orderga) kiritilgan oila a’zolarining shaxsini tasdiqlovchi hamda uning ilgarigi yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan chiqarilgani to‘g‘risida belgi qo‘yilgan hujjatlari ko‘rsatiladi. Hujjat (order) qat’iy hisobda turadigan hujjat sifatida saqlanadi. Hujjatlarni (ordyerlarni) olgandan keyin taraflardan birining almashtirishni rad etishi ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi II bo‘limining 2-kichik bo‘limi (“Da’vo ishlarini yuritish”). 114-modda. Turar joylarni almashtirishni haqiqiy emas deb topish Turar joylarni almashtirish sud tomonidan quyidagi hollarda haqiqiy emas deb topilishi mumkin: agar u ushbu Kodeksning 109-moddasida nazarda tutilgan talablar buzilgan holda amalga oshirilgan bo‘lsa; bitimni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 112 — 128-moddalari. Turar joylarni almashtirishni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi talab almashtirish amalga oshirilgan kundan boshlab olti oy mobaynida qo‘yilishi mumkin. Turar joylarni almashtirish haqiqiy emas deb topilgan taqdirda taraflar ilgari egallab kelgan turar joylariga ko‘chib o‘tishlari kerak. Turar joylarni almashtirish taraflardan birining g‘ayriqonuniy xatti-harakati oqibatida haqiqiy emas deb topilgan hollarda aybdor taraf almashtirish tufayli yetkazilgan zararni boshqa tarafga qoplashi shart. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2001-yil 14-sentabrdagi 22-sonli “Uy-joy nizolari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarori 7-bandining to‘rtinchi xatboshisi. 115-modda. Turar joyni ayirboshlash Turar joy mulkdori o‘ziga tegishli turar joyni boshqa turar joyga yoki o‘zga mol-mulkka O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi qoidalariga binoan ayirboshlashga haqlidir. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 184-moddasining birinchi qismi, 224, 497 — 501-moddalari. [OKOZ: 1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.04.00 Uy-joy binolarini bronlashtirish (band qilish)] 13-bob. MUNITSIPAL, IDORAVIY UY-JOY FONDI VA ANIQ MAQSADLI KOMMUNAL UY-JOY FONDIDAGI TURAR JOYNI BRONLAShTIRISh 116-modda. Vaqtincha bo‘lmagan fuqarolarning saqlash guvohnomasini (bron) olish huquqi Ijaraga oluvchilar, ularning oila a’zolari va ular bilan doimiy yashayotgan fuqarolar munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi o‘zlari egallab turgan turar joylarni chet elga ishga, o‘qishga ketganlarida – chet elda bo‘lgan butun vaqt mobaynida, mehnat shartnomasi bo‘yicha ishga jo‘nab ketganlarida – mehnat shartnomasi amal qilgan butun vaqt mobaynida bronlashtirishga haqlidirlar. Vaqtincha bo‘lmaganida turar joyga bo‘lgan huquqi saqlanib qoladigan fuqarolar saqlash guvohnomasi (bron) berilishini talab qilishga haqlidirlar. Saqlash guvohnomasi (bron) vaqtincha bo‘lmagan fuqarolarga turar joyga bo‘lgan huquqining saqlanib qolganini tasdiqlovchi hujjatdir. Saqlash guvohnomasi (bron) tuman, shahar (shahar tarkibiga kiruvchi tuman) hokimligi tomonidan beriladi. Saqlash guvohnomasini (bronni) berishni rad etish ustidan sud tartibda shikoyat qilinishi mumkin. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi II bo‘limining 2-kichik bo‘limi (“Da’vo ishlarini yuritish”). Turar joyni ijaraga berish shartnomasini o‘zgartirish yoki bekor qilish talabi kimga nisbatan bildirilgan bo‘lsa, shu shaxslarga nizo sud tartibida hal etilgunga qadar saqlash guvohnomasi (bron) berilmaydi. Turar joyni ijaraga oluvchi, uning oila a’zosi yoki u bilan doimiy yashayotgan fuqaro tomonidan turar joyni bronlashtirish, ular jo‘nab ketgan paytdan boshlab olti oydan kechiktirmay amalga oshirilishi kerak. Agar turar joyni ijaraga oluvchi, uning oila a’zolari yoki u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar saqlash guvohnomasining (bronning) amal qilish muddati tugagandan keyin olti oy mobaynida turar joyni o‘zlariga qaytarib berilishini talab qilmasalar, turar joyni ijaraga berish shartnomasi ijaraga beruvchining da’vosi bo‘yicha sud tartibida bekor qilinishi mumkin. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi II bo‘limining 2-kichik bo‘limi (“Da’vo ishlarini yuritish”). Turar joylarni bronlashtirish tartibi va shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 28-iyundagi 325-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi kommunal uy-joy fondi to‘g‘risida”gi nizomning VI bo‘limi (“Turar joy maydonini birkitib (bronlashtirib) qo‘yish”). 117-modda. Saqlash guvohnomasi (bron) berish to‘g‘risida ariza Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi turar joyga bo‘lgan huquqlari saqlanib qoladigan, saqlash guvohnomasini (bronni) olish istagidagi vaqtincha bo‘lmagan fuqarolar tuman, shahar (shahar tarkibiga kiruvchi tuman) hokimligiga ariza beradilar. Ariza turar joyga bo‘lgan huquqi o‘zi bo‘lmaganida ham saqlanib qoladigan fuqaro tomonidan imzolanadi. Saqlash guvohnomasi (bron) berish to‘g‘risidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi: turar joy hujjatining (orderining) nusxasi; yashash joyidan ma’lumotnoma; foydalanish xarajatlari va kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar bo‘yicha qarzi yo‘qligi to‘g‘risida uy-joylardan foydalanish tashkilotidan ma’lumotnoma; saqlash guvohnomasi (bron) berish uchun asoslar mavjudligini tasdiqlovchi hujjat. Ariza barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab berilgan deb hisoblanadi. 118-modda. Saqlash guvohnomasini (bronni) berish Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joy uchun saqlash guvohnomasi (bron) fuqaroga ariza berilgan kundan boshlab yigirma kun mobaynida bir nusxada beriladi. 119-modda. Bronlashtirilgan turar joydan foydalanish Ijaraga oluvchi bronlashtirilgan turar joyga saqlash guvohnomasi (bron) amal qiladigan muddat doirasida ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi bo‘yicha ko‘chirib kiritishga yoki u yerga vaqtincha yashovchilarni joylashtirishga haqlidir. Ijaraga oluvchi, uning oila a’zolari yoki u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar qaytib kelgach, bronlashtirilgan turar joyni ikkilamchi ijaraga berish shartnomasidagi belgilangan muddat tugashidan qat’i nazar, darhol bo‘shatishni talab qilishga haqlidirlar. Ikkilamchi ijaraga oluvchilar yoki vaqtincha yashovchilar ushbu turar joyni bo‘shatishdan bosh tortgan taqdirda, ular ijaraga oluvchining talabiga ko‘ra boshqa turar joy bermasdan sud tartibida ko‘chiriladilar. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi II bo‘limining 2-kichik bo‘limi (“Da’vo ishlarini yuritish”). 120-modda. Saqlash guvohnomasini (bronni) haqiqiy emas deb topish Saqlash guvohnomasi (bron) berilishiga asos bo‘lgan taqdim etilgan hujjatlardagi vaqtincha bo‘lmaslik sabablari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi aniqlangan hollarda saqlash guvohnomasi (bron) sud tartibida haqiqiy emas deb topilishi mumkin. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi II bo‘limining 2-kichik bo‘limi (“Da’vo ishlarini yuritish”). 14-bob. TURAR JOYLARDAN UMRBOD FOYDALANISh HUQUQI 121-modda. Turar joylardan umrbod foydalanish huquqining vujudga kelish asoslari Turar joylardan umrbod foydalanish huquqi quyidagi hollarda vujudga keladi: umrbod ta’minlash sharti bilan uy, kvartirani boshqa shaxsga berish shartnomasi tuzilganda; LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 530-moddasi. vasiyat qiluvchi turar joyga bo‘lgan xususiy mulk huquqi o‘tadigan merosxo‘r zimmasiga ushbu turar joyni umrbod foydalanish uchun uchinchi shaxsga berish majburiyatini yuklagan holda meros qilib qoldirganda. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 1132-moddasining yettinchi, sakkizinchi va to‘qqizinchi qismlari, 1133-moddasi. [ Download 365.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling