Okoz: 08. 00. 00. 00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08. 01. 00. 00 Uy-joy fondi / 08. 01. 01. 00 Umumiy masalalar] [tsz
Download 365.19 Kb.
|
24.12.1998
OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.07.00 Uy-joy munosabatlarining tugashi. Ko‘chirib chiqarish va boshqa joyga ko‘chish] 69-modda. Turar joyni ijaraga berish shartnomasini bekor qilish Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi uylaridagi turar joyni ijaraga berish shartnomasini bekor qilish taraflarning kelishuvi bo‘yicha amalga oshiriladi. Turar joyni ijaraga oluvchi oila a’zolarining hamda o‘zi bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning roziligi bilan istalgan vaqtda ijaraga beruvchini uch oy oldin yozma ravishda ogohlantirib, ijara shartnomasini bekor qilishi mumkin. Ana shunday ogohlantirishsiz shartnoma bekor qilingan taqdirda ijaraga oluvchi keyingi uch oy uchun turar joy haqini to‘lashi shart. Ijaraga oluvchi, uning oila a’zolari hamda u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar boshqa aholi punktiga doimiy yashash uchun jo‘nab ketganlarida yoki shu aholi punktidagi boshqa turar joyga ko‘chib o‘tganlarida turar joyni ijaraga berish shartnomasi jo‘nab ketgan yoki ko‘chib o‘tgan kundan boshlab bekor qilingan deb hisoblanadi. Turar joyni ijaraga berish shartnomasi istalgan tarafning talabi bo‘yicha: LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi II bo‘limining 2-kichik bo‘limi (“Da’vo ishlarini yuritish”). agar turar joy doimiy yashash uchun yaroqsiz bo‘lib qolsa, shuningdek u avariya holatida bo‘lsa; agar turar joy joylashgan uy buzilishi kerak bo‘lsa; uy-joy to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda sud tartibida bekor qilinishi mumkin. Ijaraga berish shartnomasi ijaraga beruvchining talabi bo‘yicha quyidagi hollarda sud tartibida bekor qilinishi mumkin: LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi II bo‘limining 2-kichik bo‘limi (“Da’vo ishlarini yuritish”). agar shartnomada uzoqroq muddat belgilangan bo‘lmasa, ijaraga oluvchi olti oy ortiq muddat uchun turar joy haqini to‘lamasa, qisqa muddatli ijarada esa, shartnomada belgilangan to‘lov muddatini o‘tkazib ikki martadan ortiq to‘lamasa; ijaraga oluvchi yoki xatti-harakatlari uchun ijaraga oluvchi javob beradigan fuqarolar turar joyni buzsa yoxud shikastlantirsa. Agar turar joyni ijaraga oluvchi yoki xatti-harakatlari uchun ijaraga oluvchi javob beradigan boshqa fuqarolar turar joydan o‘z maqsadi bo‘yicha foydalanmayotgan bo‘lsa, yoxud turmush qoidalarini muntazam buzayotgan bo‘lsa, ijaraga beruvchi ijaraga oluvchini ogohlantirishi mumkin va bu talablar bajarilmaganda turar joyni ijaraga berish shartnomasini sud tartibida bekor qilishga haqlidir. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi II bo‘limining 2-kichik bo‘limi (“Da’vo ishlarini yuritish”). Turar joyni ijaraga berish shartnomasini bekor qilish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan holatlarni bartaraf etish tartibi va muddatlari qonun bilan belgilanadi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 382 — 384, 615-moddalari. [OKOZ: 1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.07.00 Uy-joy munosabatlarining tugashi. Ko‘chirib chiqarish va boshqa joyga ko‘chish] 70-modda. Turar joydan ko‘chirish Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi egallab turilgan turar joydan ko‘chirishga ushbu Kodeksda belgilangan asoslar bo‘yicha yo‘l qo‘yiladi. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 71, 73, 74-moddalari. Ko‘chirish sud tartibida amalga oshiriladi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi II bo‘limining 2-kichik bo‘limi (“Da’vo ishlarini yuritish”). Turar joylarni o‘zboshimchalik bilan egallab olgan yoki avariya holatida deb topilgan uylarda yashayotgan shaxslar prokuror sanksiyasi asosida ma’muriy tartibda ko‘chiriladilar. Ma’muriy tartibda ko‘chirish to‘g‘risidagi prokuror qarori ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksining 26 (“Umumiy qoidalar”), 27-boblari (“Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan shikoyatlar”). [OKOZ: 1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.07.00 Uy-joy munosabatlarining tugashi. Ko‘chirib chiqarish va boshqa joyga ko‘chish] 71-modda. Fuqarolarga boshqa obod turar joy bergan holda ko‘chirish Fuqarolarga boshqa obod turar joy bergan holda ular munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joylardan quyidagi hollarda ko‘chiriladi: agar turar joy joylashgan uy buzilishi kerak bo‘lsa; turar joy belgilangan tartibda avariya holatida yoki yashash uchun yaroqsiz deb topilgan bo‘lsa; turar joy yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga o‘tkazilayotgan bo‘lsa. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 3-bo‘limining “V” kichik bo‘limi (“Turar joylarni noturar joylar toifasiga o‘tkazishga ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish”) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-yanvardagi 18-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Uylar va turar joylarni uy-joy fondidan chiqarish tartibi to‘g‘risida”gi nizom. Turar joylar joylashgan munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uyi davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasi ajratilishi munosabati bilan buzilishi kerak bo‘lsa yoxud turar joy yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga o‘tkazilishi lozim bo‘lsa, ushbu turar joydan ko‘chirilayotgan fuqarolarga boshqa obod turar joy beriladi va bu turar joy yer uchastkasi ajratilayotgan yoki yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan turar joy berilayotgan korxona, muassasa, tashkilotlar tomonidan beriladi. Agar turar joy avariya holatida yoki yashash uchun yaroqsiz deb topilgan bo‘lsa, ushbu turar joydan ko‘chirilayotgan fuqarolarga mahalliy davlat hokimiyati organi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa obod turar joy beradi. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 6-bobi (“Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi turar joylarni berish”) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 28-iyundagi 325-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi kommunal uy-joy fondi to‘g‘risida”gi nizomning III bo‘limi (“Uy-joyni hisobga olish va taqsimlash”). Ko‘chirilishi munosabati bilan fuqarolarga berilayotgan boshqa obod turar joy ushbu Kodeksning 9-moddasida belgilangan turar joylarga nisbatan qo‘yiladigan talablarga javob berishi, shu aholi punkti chegarasi doirasida bo‘lishi va maydoni ilgari egallab turilgan maydondan kichik bo‘lmasligi kerak. Agar ijaraga oluvchi alohida kvartirani yoki bittadan ortiq xonani egallab turgan bo‘lsa, unga tegishligicha alohida kvartira yoxud xuddi shuncha xonali turar joy berilishi lozim. Agar ijaraga oluvchi ortiqcha uy-joy maydoniga ega bo‘lgan bo‘lsa, turar joy bir kishi hisobiga uy-joy maydonining belgilangan ijtimoiy normasidan kam bo‘lmagan hajmda, qo‘shimcha uy-joy maydoni olish huquqiga ega bo‘lgan va amalda undan foydalanib kelgan ijaraga oluvchiga yoki uning oila a’zolariga – qo‘shimcha uy-joy maydoni normasi hisobga olingan holda beriladi. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 42-moddasi. Ko‘chirilayotgan shaxsga berilayotgan turar joy ijaraga oluvchini ko‘chirish to‘g‘risidagi sud qarorida, ma’muriy tartibda ko‘chirilayotganda esa, prokuror qarorida ko‘rsatilgan bo‘lishi shart. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2001-yil 14-sentabrdagi 22-sonli “Uy-joy nizolari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorning 11-bandi. 72-modda. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga qarashli turar joylarni hisobga olish, berish, ulardan foydalanish, ularni bronlashtirish, almashtirish, ularga takroran ko‘chib kirish O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga qarashli turar joylarni hisobga olish, berish, ulardan foydalanish, ularni bronlashtirish, almashtirish, ularga takroran ko‘chib kirish ushbu Kodeksga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. [OKOZ: 1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.07.00 Uy-joy munosabatlarining tugashi. Ko‘chirib chiqarish va boshqa joyga ko‘chish] 73-modda. Boshqa obod turar joy bergan holda harbiy shaharchalardan ko‘chirish Oldingi tahrirga qarang. Harbiy xizmatdan rezervga bo‘shatilgan yoki iste’foga chiqqan harbiy xizmatchilar hamda ularga tenglashtirilgan shaxslar, shuningdek ular bilan yashovchi shaxslar harbiy shaharchalardagi o‘zlari egallab turgan turar joydan boshqa obod turar joy berilgan holda ko‘chirilishlari mumkin. Harbiy tashkilotlar bilan aloqasini uzgan boshqa shaxslar ham harbiy shaharchalardan xuddi shu tartibda ko‘chiriladilar. (73-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 22-dekabrdagi O‘RQ-238-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son,553 -modda) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2001-yil 14-sentabrdagi 22-sonli “Uy-joy nizolari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorning 11-bandi. [OKOZ: 1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.07.00 Uy-joy munosabatlarining tugashi. Ko‘chirib chiqarish va boshqa joyga ko‘chish] 74-modda. Fuqarolarga boshqa turar joy bermasdan ko‘chirish Agar munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga oluvchi, uning oila a’zolari yoki u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar turar joyni buzayotgan yoxud shikastlantirayotgan yoki undan o‘z maqsadi bo‘yicha foydalanmayotgan yoxud turmush qoidalarini muntazam buzib boshqalarning u bilan bir kvartira yoki bir uyda yashash imkonini bermayotgan bo‘lsalar, bunda ogohlantirishlar va jamoat ta’sir choralari natija bermagan bo‘lsa, shuningdek shartnomada uzoqroq muddat belgilanmagani holda ijaraga oluvchi turar joy haqini olti oy to‘lamagan bo‘lsa, qisqa muddatli ijarada esa shartnomada belgilangan to‘lov muddati o‘tganidan so‘ng ikki martadan ortiq to‘lanmagan holda ijaraga beruvchi yoki o‘zga manfaatdor shaxslarning talabi bo‘yicha aybdorlarni ko‘chirish boshqa turar joy bermasdan amalga oshiriladi. Shuningdek ota-onalik huquqidan mahrum etilgan shaxslar, ota-onalik huquqidan mahrum bo‘lganliklari uchun o‘z farzandlari bilan birga yashashi mumkin emas deb topilsa, ular boshqa turar joy bermasdan ko‘chirilishlari mumkin. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 79, 80, 81-moddalari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 28-iyundagi 325-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi kommunal uy-joy fondi to‘g‘risida”gi nizomning 58-bandi. Birga yashash imkoni bo‘lmaganligi sababli boshqa turar joy bermasdan ko‘chirilishi lozim bo‘lgan shaxslar o‘zlari egallab turgan turar joydan ko‘chirilish o‘rniga uni almashtirishdan manfaatdor taraf ko‘rsatgan boshqa turar joyga almashtirishga sud tomonidan majbur etilishlari mumkin. Turar joyni o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar boshqa turar joy bermasdan ushbu Kodeks 70-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan tartibda ko‘chiriladilar. IV BO‘LIM. XIZMAT VA MAXSUS TURAR JOYLARNI BERISh, ULARDAN FOYDALANISh [OKOZ: 1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.09.00 Xizmat turar joyi] 8-bob. XIZMAT TURAR JOYLARINI BERISh VA ULARDAN FOYDALANISh 75-modda. Xizmat turar joylari Xususiy, munitsipal, idoraviy uy-joy fondi yoki aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylarida joylashgan, o‘z mehnat munosabatlari xususiyatiga ko‘ra ish joyiga bevosita yaqin yerda yashashi kerak bo‘lgan fuqarolar ko‘chib kirishiga mo‘ljallangan turar joylar xizmat turar joylari deb hisoblanadi. Saylab qo‘yiladigan lavozimlarni egallab turgan, mehnat shartnomalari bo‘yicha ishlayotgan shaxslarga, harbiy xizmatchilarning ayrim toifalariga, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan ro‘yxatdagi boshqa shaxslarga beriladigan turar joylar ham xizmat turar joylariga kiritilishi mumkin. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining 21-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 27-yanvardagi 24-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xizmat turar joylari olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar ro‘yxati”. Belgilangan tartibda oilaviy bolalar uyi tashkil etilganda tarbiyasiga olingan bolalar bilan birgalikda yashashi uchun tarbiyachi – ota-ona etib tayinlangan fuqarolarga xizmat uyi yoki xizmat kvartirasi beriladi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 31-iyuldagi 158-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oilaviy bolalar uylari to‘g‘risida”gi nizom 13-bandining ikkinchi xatboshisi. Xizmat turar joylaridan o‘z maqsadida foydalaniladi. Xizmat turar joylari mehnat shartnomasining amal qilish muddatiga yoki xizmat davriga, saylab qo‘yiladigan lavozim muddati tugagunga qadar beriladi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 75-moddasi va O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining 21-moddasi. Xizmat turar joylarini berish tartibi, shuningdek ularni olish huquqiga ega bo‘lgan xodimlar toifalari ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 27-yanvardagi 24-sonli “Xizmat turar joylari berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori. [OKOZ: 1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.02.00 Uy-joy binosini jismoniy shaxslar tomonidan ijaraga olish (yollash)] 76-modda. Ijara shartnomasini tuzish Xizmat turar joyi ijara shartnomasi shu turar joy mulkdori yoki u vakil qilgan organ bilan ish, xizmat vaqtida undan foydalanish uchun topshirilayotgan shaxs o‘rtasida tuziladi. Xizmat turar joyi ijara shartnomasi yozma shaklda tuziladi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 603-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 27-yanvardagi 24-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xizmat turar joyini ijaraga olish namunaviy shartnomasi”. [OKOZ: 1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.02.00 Uy-joy binosini jismoniy shaxslar tomonidan ijaraga olish (yollash)] 77-modda. Xizmat turar joylaridan foydalanish Xizmat turar joylaridan foydalanish munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi turar joylardan foydalanish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 28-iyundagi 325-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi kommunal uy-joy fondi to‘g‘risida”gi nizomning X bo‘limi (“Xizmat yuzasidan beriladigan turar joylar”), “Turar joylarni va uy atrofidagi yerlarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalari”. [OKOZ: 1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.07.00 Uy-joy munosabatlarining tugashi. Ko‘chirib chiqarish va boshqa joyga ko‘chish] 78-modda. Ijara shartnomasini bekor qilish Xizmat turar joyi ijara shartnomasi mehnat, xizmat munosabatlari tugatilishi bilan bir vaqtda bekor bo‘ladi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 97 — 107-moddalari. Agar mehnat, xizmat munosabatlari tiklansa, xizmat turar joyini ijaraga oluvchi xizmat turar joyi ijara shartnomasi muddati tugagandan keyin ham ijara shartnomasini qayta tiklashda imtiyozli huquqni saqlab qoladi. [OKOZ: 1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.07.00 Uy-joy munosabatlarining tugashi. Ko‘chirib chiqarish va boshqa joyga ko‘chish] 79-modda. Boshqa turar joy bermasdan xizmat turar joylaridan ko‘chirish Korxona, muassasa, tashkilot bilan mehnat munosabatlarini uzgan xodimlar, shuningdek saylab qo‘yiladigan lavozimlarni egallab turgan shaxslar, harbiy xizmatchilar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ular bilan birga yashayotgan barcha shaxslar bilan birgalikda boshqa turar joy bermasdan xizmat turar joyidan ko‘chiriladilar. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 28-iyundagi 325-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi kommunal uy-joy fondi to‘g‘risida”gi nizomning 53-bandi. Agar xizmat turar joyi ijara shartnomasi muddati tugagach, ijaraga oluvchi, uning oila a’zolari va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar shu turar joyni bo‘shatib berishdan bosh tortsalar, ular boshqa turar joy bermasdan sud tartibida ko‘chiriladilar, ushbu Kodeksning 80-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi II bo‘limining 2-kichik bo‘limi (“Da’vo ishlarini yuritish”) va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2001-yil 14-sentabrdagi 22-sonli “Uy-joy nizolari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorning 25-bandi. [OKOZ: 1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.07.00 Uy-joy munosabatlarining tugashi. Ko‘chirib chiqarish va boshqa joyga ko‘chish] 80-modda. Boshqa turar joy bergan holda xizmat turar joylaridan ko‘chirish Boshqa turar joy bergan holda xizmat turar joylaridan quyidagilar ko‘chiriladilar: I va II guruh nogironlari; 1941 — 1945-yillardagi urush faxriylari va baynalminalchi jangchilar; harbiy xizmatni o‘tayotganida halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan harbiy xizmatchilarning oilalari; nogiron farzandlari bo‘lgan oilalar; tarbiyachi-ota-onalar, oilaviy bolalar uyi tugatilgan taqdirda; xizmat turar joyi bergan tashkilotlarda kamida o‘n yil ishlagan (xizmat qilgan) shaxslar; egallab turgan lavozimi munosabati bilan turar joy berilgan bo‘lib, lavozimidan bo‘shagan, lekin turar joyni bergan korxona, muassasa, tashkilot bilan mehnat munosabatlarini uzmagan shaxslar; xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishi yoxud korxona, muassasa, tashkilot tugatilishi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan shaxslar; o‘zi ishlagan korxona, muassasa, tashkilotdan pensiyaga chiqqan xodimlar; xizmat turar joyi berilgan shaxs vafot etganda uning oila a’zolari; voyaga yetmagan farzandlari bilan birga yashayotgan yolg‘iz shaxslar. Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatib o‘tilgan fuqarolarga shu Kodeksning 9-moddasida belgilangan talablarga javob beradigan hamda ushbu aholi punkti chegarasi doirasida bo‘lgan turar joy beriladi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2001-yil 14-sentabrdagi 22-sonli “Uy-joy nizolari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorning 26-bandi. [OKOZ: 1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.05.00 Ixtisoslashtirilgan uylar (yotoqxona, manyovrlangan uy-joy fondi uylari, nogironlar, veteranlar, yolg‘iz qariyalar uchun internat uylari, bolalar uylari va boshqa maxsus maqsadli uylar); 2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.02.00 Uy-joy binosini jismoniy shaxslar tomonidan ijaraga olish (yollash)] 9-bob. MAXSUS UYLARDAGI TURAR JOYLARDAN FOYDALANISh 81-modda. Maxsus uylar Maxsus uylar fuqarolarning ayrim toifalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda yashashi uchun mo‘ljallangandir. Maxsus uylar jumlasiga quyidagilar kiradi: yotoqxonalar; vaqtinchalik uy-joy fondi uylari; nogironlar, faxriylar, yolg‘iz qariyalar uchun internat-uylar; bolalar uylari va boshqa maxsus maqsadli uylar. 82-modda. Yotoqxonalar berish va ulardan foydalanish Xodimlar, xizmatchilar, studentlar, o‘quvchilar, shuningdek boshqa fuqarolarga ishlash, xizmat yoki o‘qish davrida yashash uchun yotoqxonalar berilishi mumkin. Maxsus qurilgan yoki shu yotoqxonalar uchun qayta jihozlangan uylar yotoqxonalar sifatida beriladi. Yotoqxonalar ularda yashaydigan fuqarolarning istiqomat qilishlari, shug‘ullanishlari va dam olishlari uchun zarur bo‘lgan mebel, boshqa uy-ro‘zg‘or asboblari va madaniy-maishiy buyumlar bilan ta’minlangan bo‘ladi. Yotoqxonalardan joy berish va ulardan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Uylarni yotoqxonalarga o‘tkazish, shuningdek yotoqxonalarga uylar maqomini berish uy-joy fondining mulkdorlari tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. 83-modda. Vaqtinchalik uy-joy fondi turar joylarini berish va ulardan foydalanish Vaqtinchalik uy-joy fondi tegishli uy-joy fondining mulkdori yoki u vakolat bergan organning qarori bo‘yicha tashkil qilinishi mumkin. Vaqtinchalik uy-joy fondi turar joylari ijaraga berish shartnomasi asosida fuqarolar egallab turgan turar joylar kapital ta’mirlanishi, rekonstruksiya, modernizatsiya qilinishi munosabati bilan hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda ularning vaqtincha yashab turishiga mo‘ljallangan bo‘lib, sanitariya, yong‘inga qarshi va texnik talablarga javob berishi lozim. Vaqtinchalik uy-joy fondidan turar joylar fuqarolarga turar joyi kapital ta’mirlanishi lozim bo‘lgan, lekin unda yashab turgan fuqarolarni ko‘chirmasdan ta’mirlashning imkoni bo‘lmagan turar joyning ijaraga beruvchisi tomonidan beriladi. Vaqtinchalik uy-joy fondi turar joylarini berish va ulardan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. [ Download 365.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling