Okoz: 08. 00. 00. 00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08. 01. 00. 00 Uy-joy fondi / 08. 01. 01. 00 Umumiy masalalar] [tsz


Download 365.19 Kb.
bet3/8
Sana27.05.2020
Hajmi365.19 Kb.
#110674
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
24.12.1998

OKOZ:

1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.01.00 Umumiy qoidalar]

6-bob. MUNITSIPAL, IDORAVIY UY-JOY FONDI VA ANIQ MAQSADLI KOMMUNAL UY-JOY FONDIDAGI TURAR JOYLARNI BERISh

38-modda. Fuqarolarni uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj deb topish asoslari

Fuqarolarni munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondida uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj deb topish asoslari, shuningdek turar joy berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 28-iyundagi 325-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi kommunal uy-joy fondi to‘g‘risida”gi nizomning III bo‘limi (“Uy-joyni hisobga olish va taqsimlash”) va “Jon boshiga o‘rtacha oylik daromadi eng kam ish haqidan past bo‘lgan taqdirda ijaraga olish shartnomasi bo‘yicha kommunal uy-joy fondidan turar joy beriladigan fuqarolar toifalarining ro‘yxati” (mazkur nizomga 1-ilova).

39-modda. Fuqarolarning turar joy olish huquqiga ega bo‘lish yoshi

Fuqarolar o‘n sakkiz yoshga to‘lgach, o‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan nikoh tuzganlar, emansipatsiya qilinganlar yoki ishga kirganlar esa qonunda nazarda tutilgan hollarda – tegishli ravishda nikoh tuzgan, emansipatsiya qilingan yoxud ishga kirgan vaqtidan boshlab munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar joy olish huquqiga ega bo‘ladilar.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 22, 28-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 77-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 13, 15-moddalari.

40-modda. Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar joy olish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolar toifalari

Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar joy olish huquqiga uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj va turar joy olish uchun hisobda turgan ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan, kam ta’minlangan fuqarolar egadirlar. Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar joy olish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolar toifalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonunining 11-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 28-iyundagi 325-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi kommunal uy-joy fondi to‘g‘risida”gi nizomga 1 (“Jon boshiga o‘rtacha oylik daromadi eng kam ish haqidan past bo‘lgan taqdirda ijaraga olish shartnomasi bo‘yicha kommunal uy-joy fondidan turar joy beriladigan fuqarolar toifalarining ro‘yxati”) va 2-ilovalar (“Kommunal turar joy fondidan uy-joy bilan ta’minlash uchun fuqarolarni ro‘yxatga olishda zarur bo‘lgan shart-sharoitlar ro‘yxati”).

Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan fuqarolar aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan bir marta turar joy olishga haqlidirlar.

41-modda. Fuqarolarning munitsipal va idoraviy uy-joy fondi uylaridan turar joyni mulk qilib olishi

Munitsipal va idoraviy uy-joy fondi uylaridagi turar joyni ijaraga yoki arendaga berish shartnomasida ijaraga, arendaga oluvchining o‘zi egallab turgan, arendaga olgan turar joyni sotib olish huquqi nazarda tutilishi mumkin. Munitsipal va idoraviy uy-joy fondidagi bunday turar joylarni sotib olish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 556-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 1-martdagi 114-sonli “O‘zbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirishni davom ettirish to‘g‘risida”gi qarori.

42-modda. Uy-joy maydonining ijtimoiy normasi

Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar joylar fuqarolarga uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga muvofiq beriladi.

Uy-joy maydonining ijtimoiy normasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan bir kishi hisobiga o‘n olti kvadrat metrdan kam bo‘lmagan umumiy maydon hajmida, kreslo-aravachada harakatlanadigan nogironlar uchun esa – yigirma uch kvadrat metrdan kam bo‘lmagan hajmda belgilanadi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 28-iyundagi 325-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi kommunal uy-joy fondi to‘g‘risida”gi nizomning 4-bandi .

Er-xotindan tashqari turli jinsga mansub shaxslar bir xonaga yoki bir xonali kvartiraga joylashtirilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan ortiqcha turar joy berilishi mumkin.

Fuqarolarning ayrim toifalariga uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan ortiqcha qo‘shimcha uy-joy maydoni bir xona tarzida yoki o‘n sakkiz kvadrat metrli umumiy maydon miqdorida beriladi. Ayrim surunkali kasalliklarning og‘ir turlari bilan kasallangan fuqarolarga, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tasdiqlagan ro‘yxat bo‘yicha, shuningdek bajarayotgan ish sharoitlari va xususiyatiga ko‘ra qo‘shimcha maydon zarur bo‘lgan fuqarolarga bunday maydon miqdori ko‘paytirilishi mumkin.

 LexUZ sharhi

Qarang: “Bemorning uy-joy maydoni ko‘paytirilishi mumkin bo‘lgan ayrim og‘ir turdagi surunkali kasalliklarning ro‘yxati” (ro‘yxat raqami 1060, 10.08.2001-y.).

Qo‘shimcha uy-joy maydoni olish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolar toifalarining ro‘yxati, qo‘shimcha maydonni berish tartibi va shartlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

 LexUZ sharhi

Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash davolash-profilaktika muassasalarida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik ekspertizasi to‘g‘risida”gi nizomning 6.8-bandi (ro‘yxat raqami 872, 19.01.2000-y.) va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2001-yil 14-sentabrdagi 22-sonli “Uy-joy nizolari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorning 13-bandi.

43-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlariga berilgan uylardagi, shuningdek ulushli ishtirok etish tartibida qurilgan uylardagi turar joyga ko‘chib kirish

Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlariga berilgan munitsipal va idoraviy uy-joy fondi uylarida bo‘shayotgan turar joylar, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning ulushli ishtirok etish tartibida topshirilgan mablag‘lariga qurilgan uylarda bo‘shayotgan turar joylar birinchi navbatda ushbu korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan xodimlariga ko‘chib kirish uchun beriladi. Bunday ko‘chib kirish tartibi, uy berilgan yoki qurilish tugallangan vaqtidan qat’i nazar, qo‘llanadi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2001-yil 14-sentabrdagi 22-sonli “Uy-joy nizolari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorning 14-bandi.

44-modda. Kvartirada bo‘shagan turar joyga ko‘chib kirish

Agar munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uyidan ikki va undan ortiq ijaraga oluvchi yashaydigan kvartirada boshqa turar joydan alohida bo‘lmagan va shu turar joyga tutash xona bo‘shab qolsa, bu xona foydalanish uchun tutash xonani ijaraga oluvchiga berilishi kerak.

Agar kvartiradagi alohida xona bo‘shasa, u belgilangan norma bo‘yicha uy-joy maydoni bilan ta’minlanmagan ijaraga oluvchiga beriladi. Agar kvartirada belgilangan norma bo‘yicha uy-joy maydoni bilan ta’minlanmagan bir necha ijaraga oluvchi bo‘lsa, oilasi uy-joy sharoitlarini yaxshilashga eng ko‘p muhtoj bo‘lgan ijaraga oluvchi bo‘shagan xonani olishda imtiyozli huquqqa ega bo‘ladi.

Ijaraga oluvchi (ijaraga oluvchilar) bo‘shagan xonaga joylashishni rad etgan taqdirda, u umumiy tartibda beriladi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 28-iyundagi 325-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi kommunal uy-joy fondi to‘g‘risida”gi nizomning III bo‘limi (“Uy-joyni hisobga olish va taqsimlash”).

45-modda. Turar joy hujjati (orderi)

Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridan turar joy berish to‘g‘risidagi qaror asosida mahalliy davlat hokimiyati organi fuqaroga berilgan turar joyga ko‘chib kirish uchun asos bo‘ladigan yagona namunadagi hujjat (order) beradi.

Hujjat (order) faqat bo‘sh turgan alohida turar joyga, yangi qurilgan uylarda esa, davlat komissiyasining uyni foydalanishga qabul qilish to‘g‘risidagi dalolatnomasi tasdiqlanganidan keyingina tuman, shahar (shahar tarkibiga kiruvchi tuman) hokimi qarori bilan berilishi mumkin.

Order shakli O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

46-modda. Turar joy hujjatini (orderini) haqiqiy emas deb topish asoslari va tartibi

Fuqarolar tomonidan uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtojlik to‘g‘risida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlar taqdim etilganda, boshqa fuqarolar yoki yuridik shaxslarning hujjatda (orderda) ko‘rsatilgan turar joyga bo‘lgan huquqlari buzilganda, turar joy berish to‘g‘risidagi masalani hal etishda mansabdor shaxslar tomonidan g‘ayriqonuniy harakatlar qilinganda, shuningdek turar joy berish tartibi va shartlarining boshqacha buzilishlari sodir etilgan hollarda munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyga berilgan hujjat (order) sud tartibida haqiqiy emas deb topilishi mumkin.

Hujjatni (orderni) haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi talab hujjat (order) berilgan kundan boshlab uch yil mobaynida qo‘zg‘atilishi mumkin.

 LexUZ sharhi

Shuningdek, qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2001-yil 14-sentabrdagi 22-sonli “Uy-joy nizolari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarori 11-bandining ikkinchi xatboshisi, 15-bandi, 25-bandining ikkinchi xatboshisi.

47-modda. Hujjatni (orderni) haqiqiy emas deb topish oqibatlari

Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining turar joyiga berilgan hujjat (order) haqiqiy emas deb topilgan holda g‘ayriqonuniy harakatlari oqibatida hujjatni (orderni) olgan shaxslar ularga boshqa turar joy bermasdan ko‘chiriladi. Agar hujjatda (orderda) ko‘rsatilgan fuqarolar ilgari davlat uy-joy fondining uyidagi turar joydan foydalanib kelgan bo‘lsalar, ularga ilgari egallab turgan turar joyi qaytarilishi yoki boshqa turar joy berilishi kerak.

Agar hujjat (order) boshqa asoslarga ko‘ra haqiqiy emas deb topilsa, hujjatda (orderda) ko‘rsatilgan fuqarolar ularga boshqa turar joy yoki ilgari o‘zlari egallab turgan turar joy berilgan holda ko‘chiriladilar.

7-bob. MUNITSIPAL, IDORAVIY UY-JOY FONDI VA ANIQ MAQSADLI KOMMUNAL UY-JOY FONDINING UYLARIDAGI TURAR JOYLARDAN FOYDALANISh

[OKOZ:

1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.02.00 Uy-joy binosini jismoniy shaxslar tomonidan ijaraga olish (yollash)]

48-modda. Ijaraga berish shartnomasi bo‘yicha turar joydan foydalanish

Ijaraga berish shartnomasi bo‘yicha munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joydan foydalanayotgan ijaraga oluvchi undan belgilangan maqsadda va shartnoma shartlariga muvofiq foydalanishi shart.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 28-iyundagi 325-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi kommunal uy-joy fondi to‘g‘risida”gi nizomning 18-bandi .

Agar ijaraga oluvchi ijaraga beruvchining yozma ogohlantirishiga qaramay, turar joydan belgilangan maqsadga va ijaraga berish shartnomasi shartlariga nomuvofiq foydalansa, ijaraga beruvchi shartnomani bekor qilishni va zararni qoplashni talab qilishga haqlidir.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 615-moddasining uchinchi, beshinchi, oltinchi qismlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 28-iyundagi 325-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi kommunal uy-joy fondi to‘g‘risida”gi nizomning XI bo‘limi (“Turar joyni ijaraga olish shartnomasini bekor qilish”).

[OKOZ:

1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.02.00 Uy-joy binosini jismoniy shaxslar tomonidan ijaraga olish (yollash)]

49-modda. Ijaraga beruvchining ijara shartnomasi bo‘yicha majburiyatlari

Ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi bo‘sh turar joyni doimiy yashash uchun yaroqli holatda berishi shart.

Oldingi tahrirga qarang.

Ijaraga beruvchi ijaraga berilgan turar joy joylashgan uy lozim darajada saqlanishini amalga oshirishi, ijaraga oluvchiga haq evaziga zarur kommunal xizmatlar ko‘rsatishi yoki xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlashi, ko‘p kvartirali uyning umumiy foydalanishdagi mol-mulki ta’mirlanishini ta’minlashi shart.

(49-modda ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 8-yanvardagi O‘RQ-77-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 1-2-son, 3-modda)

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 605-moddasi.

[OKOZ:

1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.02.00 Uy-joy binosini jismoniy shaxslar tomonidan ijaraga olish (yollash)]

50-modda. Ijaraga oluvchining, uning oila a’zolarining hamda u bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning huquq va majburiyatlari

Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga oluvchi oila a’zolari va o‘zi bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning turar joyni ijaraga berish shartnomasi shartlarini buzganliklari uchun ijaraga beruvchi oldida javobgar bo‘ladi.

Ushbu Kodeks 32-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida ko‘rsatilgan shaxslar turar joyni ijaraga oluvchining oila a’zolari deb tan olinadi.

Turar joyni ijaraga berish shartnomasiga boshqa fuqarolarni kiritish munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga berishning namunaviy shartnomasi to‘g‘risidagi nizomlarga muvofiq amalga oshiriladi. Agar boshqa fuqarolarning ijara shartnomasiga kiritilishi bu yerda yashayotganlarning uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj deb tan olinishiga olib kelsa, shuningdek mulk huquqi asosida turar joyi bo‘lgan shaxslar uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan kam bo‘lmagan maydonga ega bo‘lsa, bunday fuqarolarni ijaraga berish shartnomasiga kiritish mumkin emas.

Oila tarkibining o‘zgarishi ijara shartnomasi tegishli qismining o‘zgarishiga olib keladi.

Ijaraga oluvchining oila a’zolari va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar turar joydan foydalanishda ijaraga oluvchi bilan teng huquqlarga egadirlar.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 28-iyundagi 325-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi kommunal uy-joy fondi to‘g‘risida”gi nizomning 19 — 24-bandlari, “Turar joylarni va uy atrofidagi yerlarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalari”ning 5-bandi.

Ijaraga oluvchining voyaga yetgan oila a’zolari hamda u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar ijaraga beruvchini xabardor qilgan holda turar joyda doimiy yashayotgan barcha fuqarolar ijaraga beruvchi oldida ijaraga oluvchi bilan solidar javobgar ekanliklari to‘g‘risida ijaraga oluvchi bilan shartnoma tuzishlari mumkin. Bunday hollarda ijaraga oluvchining oila a’zolari va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar sherik ijaraga oluvchi deb hisoblanadilar.

Ijaraga oluvchining sobiq oila a’zolari egallab turgan turar joyda yashashni davom ettirsalar, ular ijaraga oluvchi ega bo‘lgan huquq va majburiyatlarni saqlab qoladilar.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 28-iyundagi 325-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi kommunal uy-joy fondi to‘g‘risida”gi nizomning 22-bandi.

Oldingi tahrirga qarang.

Ijaraga oluvchi, ijaraga oluvchining oila a’zolari va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar:



ko‘p kvartirali uyning turar joylaridan, umumiy foydalanishdagi mol-mulkidan belgilangan maqsadda, boshqa fuqarolar va yuridik shaxslarning uy-joy huquqi, o‘zga huquqlarini kamsitmagan holda foydalanishi;

turar joylarning asralishini ta’minlashi, shuningdek ularni tegishli texnik hamda sanitariya holatida saqlab turishi;

avariya yuz bergan taqdirda, o‘zlari egallab turgan turar joyga tegishli avariya-ta’mirlash xizmatlari vakillari kirishlarini ta’minlashi;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan texnik, sanitariya, ekologik va yong‘inga qarshi talablarni bajarishi;

ijara shartnomasi bo‘yicha turar joylar haqini va kommunal xizmatlar haqini o‘z vaqtida to‘lashi shart.

(50-modda sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 8-yanvardagi O‘RQ-77-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 1-2-son, 3-modda)

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 607-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 28-iyundagi 325-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Turar joylarni va uy atrofidagi yerlarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalari”ning 6 — 8, 11, 13, 14, 16, 31-bandlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2001-yil 14-sentabrdagi 22-sonli “Uy-joy nizolari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorning 16-bandi.

[OKOZ:

1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.02.00 Uy-joy binosini jismoniy shaxslar tomonidan ijaraga olish (yollash)]

51-modda. Ijaraga oluvchining turar joyga oila a’zolari va boshqa fuqarolarni ko‘chirib kiritish huquqi

Ijaraga oluvchi belgilangan tartibda ijaraga beruvchining roziligi bilan oila a’zolarini, oilaning voyaga yetgan barcha a’zolarining bergan yozma roziligiga binoan esa, munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uyidagi ijaraga olingan turar joyga boshqa fuqarolarni ko‘chirib kiritishga haqlidir. Oilaning voyaga yetmagan a’zolarini ko‘chirib kiritish uchun bunday rozilik talab etilmaydi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 28-iyundagi 325-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi kommunal uy-joy fondi to‘g‘risida”gi nizomning 23-bandi.

Turar joyga boshqa shaxslarni ko‘chirib kiritishga qonun hujjatlarining har bir kishiga mo‘ljallangan uy-joy maydonining ijtimoiy normasi to‘g‘risidagi talablariga rioya etilgan holda yo‘l qo‘yiladi, voyaga yetmagan bolalarni va mehnatga qobiliyatsiz yolg‘iz ota-onalarni ko‘chirib kiritish hollari bundan mustasno.

 LexUZ sharhi

Qarang: mazkur Kodeksning 42-moddasi.

Turar joyga ijaraga oluvchining oila a’zosi sifatida ko‘chib kelgan va ijara shartnomasiga kiritilgan fuqarolar, agar ular ko‘chib kirayotganda bu shaxslar, ijaraga oluvchi va u bilan birga yashovchi oila a’zolari o‘rtasida turar joydan foydalanish tartibi to‘g‘risida boshqacha kelishuv tuzilmagan bo‘lsa, boshqa oila a’zolari bilan turar joydan foydalanishda teng huquqlarga ega bo‘ladilar.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 28-iyundagi 325-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi kommunal uy-joy fondi to‘g‘risida”gi nizomning 19, 24-bandlari.

Ijaraga oluvchining turar joyiga vasiy yoki homiy sifatida ko‘chib kirgan fuqarolar, shuningdek ijara shartnomasiga kiritilmagan boshqa shaxslar bu turar joyga nisbatan mustaqil huquqqa ega bo‘lmaydilar.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 608-moddasi.

[OKOZ:

1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.02.00 Uy-joy binosini jismoniy shaxslar tomonidan ijaraga olish (yollash)]

52-modda. Vaqtincha bo‘lmagan fuqarolar turar joyining saqlanishi

Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga oluvchi, uning oila a’zolari yoki ijaraga oluvchi bilan doimiy yashayotgan fuqarolar vaqtincha bo‘lmaganida turar joy olti oy muddat davomida ularning hisobida saqlanib turadi.

Vaqtincha bo‘lmaganida fuqarolarning turar joyi quyidagi hollarda olti oydan ortiq muddatga saqlanib turadi:

harbiy xizmatga chaqirilganda – chaqiruv bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tashning butun davri mobaynida;

kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirilganda – kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tashning butun davri mobaynida;

Oldingi tahrirga qarang.

ish sharoitlari va xususiyati bo‘yicha (kema ekipaji, geologiya, qidiruv partiyalarining, ekspeditsiyalarining xodimlari va hokazolar), chet elga xizmat safarida bo‘lish yoki ta’lim olishi munosabati bilan (studentlar, doktorantlar va boshqalar) doimiy yashash joyidan vaqtincha jo‘nab ketilganda – ushbu ishni bajarish, xizmat safarida bo‘lish yoki ta’lim olishning butun davri mobaynida;



(52-moddaning ikkinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi O‘RQ-456-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)

bolalar tarbiyalash uchun bolalar muassasasiga, qarindoshlarga yoki homiylarga, vasiylarga topshirilganda – ular ushbu muassasada, qarindoshlar yoki homiylar, vasiylar qaramog‘ida bo‘ladigan butun davr mobaynida, agar bolalar chiqib ketgan turar joyda oilaning boshqa a’zolari yashash uchun qolgan bo‘lsa. Agar bolalar chiqib ketgan turar joyda ularning oila a’zolari yashash uchun qolmagan bo‘lsa, ushbu xona bolalarning muassasada bo‘lishi muddati tugaguncha yoki qarindoshlar yoxud homiylar, vasiylar qaramog‘idan qaytib kelgan bolalar voyaga yetguncha, shuningdek tegishli hollarda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida o‘qish tugaguncha yoxud mamlakat Qurolli Kuchlaridagi harbiy xizmat muddati tamom bo‘lguncha ushbu turar joy ijara shartnomasi asosida boshqa fuqarolarga berib turilishi mumkin;

homiy, vasiy vazifasini bajarish munosabati bilan jo‘nab ketilganda – ushbu vazifalarni bajarishning butun davri mobaynida;

davolanish uchun davolash-profilaktika muassasalariga jo‘nab ketilganda – davolanishda bo‘lgan butun davr mobaynida;

qamalganda yoki ushbu turar joyda yashash imkoniyatini istisno etuvchi ozodlikdan mahrum etish yoki boshqa jazo chorasiga mahkum etilganda – qamoqda bo‘lishning yoki jazoni o‘tashning butun davri mobaynida, agar turar joyda oilaning boshqa a’zolari yashash uchun qolgan bo‘lsa. Agar ko‘rsatilgan fuqarolar chiqib ketgan turar joyda ularning oila a’zolari yashash uchun qolmagan bo‘lsa, bunday fuqarolar qamoqdan ozod bo‘lguncha yoki jazoni o‘tab kelguncha bo‘lgan muddatga ushbu xona ijara shartnomasi asosida boshqa shaxslarga berib turilishi mumkin.

Vaqtincha bo‘lmaganida shaxsning turar joydan foydalanish huquqi ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan muddatlar tugagan kundan boshlab olti oy mobaynida saqlanib qoladi.

Agar ijaraga oluvchi, uning oila a’zolari yoki ijaraga oluvchi bilan doimiy yashayotgan fuqarolar uzrli sabablarga ko‘ra turar joyda olti oydan ortiq muddat bo‘lishmasa, bu muddat shu shaxslarning arizasiga binoan ijaraga beruvchi tomonidan, nizoli hollarda esa, sud tomonidan uzaytirib berilishi mumkin.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi II bo‘limining 2-kichik bo‘limi (“Da’vo ishlarini yuritish”), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 28-iyundagi 325-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi kommunal uy-joy fondi to‘g‘risida”gi nizomning VI bo‘limi (“Turar joy maydonini birkitib (bronlashtirib) qo‘yish”) va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2001-yil 14-sentabrdagi 22-sonli “Uy-joy nizolari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorning 18-bandi.

[
Download 365.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling