Okoz: 11. 00. 00. 00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11. 03. 00. 00 Erdan foydalanish va muhofaza qilish / 11. 03. 01. 00 Asosiy qoidalar] [tsz


Download 364.27 Kb.
bet8/9
Sana17.06.2020
Hajmi364.27 Kb.
#119708
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
30.04.1998

OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Erdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Erlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.06 O‘rmon fondi yerlari]

10-BOB. O‘RMON FONDI, SUV FONDI YERLARI VA ZAXIRA YERLAR

76-modda. O‘rmon fondi yerlari

O‘rmon xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yerlar o‘rmon fondi yerlari deb e’tirof etiladi.

Boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar o‘rmonzorlar barpo etish, jarliklarning kengayishini to‘xtatish, shaharlar va sanoat markazlari atrofida ihota o‘rmonzorlar va ko‘kalamzor zonalar yaratish uchun belgilangan tartibda o‘rmon fondi yerlari tarkibiga o‘tkazilishi mumkin.

Tuman hokimi o‘rmon xo‘jaligi davlat organlari bilan kelishib, o‘rmon fondi yerlarini qishloq xo‘jaligi yuritish uchun qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga vaqtincha foydalanishga ijara shartlari asosida berishi mumkin.

O‘rmon fondi yerlaridan foydalanish tartibi maxsus qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘rmon to‘g‘risida”gi Qonuning 8-moddasi, 28-moddasi uchinchi qismi, 31-moddasi oltinchi qismi, 33-moddasi birinchi qismi birinchi, uchinchi xatboshlari, 43-moddasi.

77-modda. Suv fondi yerlari

Suv havzalari (daryolar, ko‘llar, suv omborlari va shu kabilar), gidrotexnika va boshqa suv xo‘jaligi inshootlari egallab turgan, shuningdek suv havzalarining va boshqa suv obyektlarining qirg‘oqlari bo‘ylab ajratilgan mintaqadagi suv xo‘jaligi ehtiyojlari uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga belgilangan tartibda berilgan yerlar suv fondi yerlari jumlasiga kiradi.

Daryolar, magistral kanallar va kollektorlar, suv omborlari va boshqa suv havzalarining, shuningdek ichimlik va ro‘zg‘or suv ta’minoti, aholining davolash hamda madaniy-sog‘lomlashtirish ehtiyojlariga xizmat qiladigan manbalar qirg‘og‘i bo‘ylab qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda suvni muhofaza qilish zonalari va qirg‘oq bo‘yi mintaqalari ajratiladi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonunining 40-moddasi.

Daryolar, magistral kanallar, kollektorlar, suv omborlari va boshqa suv havzalarining qirg‘oq bo‘yi mintaqalari tabiatni muhofaza qilish ehtiyojlari uchun yer egalaridan va yerdan foydalanuvchilardan olib qo‘yilishi mumkin.

Suv fondi yerlarida suv obyektlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan xo‘jalik faoliyati yuritish va qurilish ishlari olib borish taqiqlanadi.

Suv fondi yerlaridan foydalanish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni 49-moddasining ikkinchi, uchinchi qismlari, 100-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-dekabrdagi 981-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi hududidagi suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash tartibi to‘g‘risida”gi nizom.

78-modda. Zaxira yerlar

Oldingi tahrirga qarang.

Ushbu Kodeks 8-moddasining 1-7-bandlarida ko‘rsatilgan yer fondi toifalariga kiritilmagan hamda yuridik va jismoniy shaxslarga egalik qilish, foydalanish uchun, ijaraga va mulk qilib berilmagan (realizatsiya qilinmagan) barcha yerlar zaxira yerlardir.

(78-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)

Zaxira yerlar tuman, shahar davlat hokimiyati organlarining tasarrufida bo‘ladi va ushbu Kodeksga muvofiq asosan qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun egalik qilishga, foydalanishga va ijaraga berishga mo‘ljallanadi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksi 23, 24, 27, 49, 52 — 58, 61, 70-moddalari.

[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Erdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.18.00 Erlarni muhofaza qilish]

11-BOB. YERLARNI MUHOFAZA QILISh

79-modda. Yerlarni muhofaza qilishning mazmuni va tartibi

Oldingi tahrirga qarang.

Yerlarni muhofaza qilish ulardan belgilangan maqsadda, oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini, o‘rmon fondi yerlarining samaradorligini tiklash va oshirish, qishloq xo‘jalik oborotidan va tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar tarkibidan yerlarning asossiz ravishda olib qo‘yilishi oldini olish, ularni zararli antropogen ta’sirdan himoya qilishga qaratilgan huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy, texnologik va boshqa tadbirlar tizimini qamrab oladi.



 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 2 — 4, 14, 15, 17, 41 — 45-moddalari.

(79-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvardagi O‘RQ-278-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda)

Yerlarni muhofaza qilish yerlarga murakkab tabiiy hosilalar (ekotizimlar) tariqasida, ularning zona va mintaqa xususiyatlarini e’tiborga olgan holda atroflicha yondashish asosida amalga oshiriladi.

Yerlardan oqilona foydalanish tizimi tabiatni muhofaza qilish va resurslarni tejash tarzida bo‘lishi hamda tuproqning saqlanishini, o‘simlik va hayvonot dunyosiga, geologiya jinslariga va atrof muhitning boshqa tarkibiy qismlariga ta’sir o‘tkazishni cheklashni nazarda tutishi kerak.

Yerlarning muhofaza qilinishini ta’minlash maqsadida yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar:

hududni oqilona tashkil etadilar;

tuproq unumdorligini, shuningdek yerning boshqa xossalarini tiklaydilar va oshiradilar;

yerlarni suv va shamol eroziyasidan, sellardan, suv bosishdan, zaxlashdan, qayta sho‘r bosishdan, qaqrab qolishdan, zaranglashishdan, ishlab chiqarish chiqindilari, kimyoviy va radioaktiv moddalar bilan ifloslanishdan, xarob qiladigan boshqa jarayonlardan himoya qiladilar;

qishloq xo‘jalik yerlarini buta va mayda dov-daraxtlar, yovvoyi o‘tlar bosib ketishidan va yerlarning madaniy-texnikaviy holatini yomonlashtiruvchi boshqa jarayonlardan himoya qiladilar;

hosildan qolgan qishloq xo‘jalik yerlaridagi tuproq unumdorligini boshqa usullar bilan qayta tiklashning iloji bo‘lmasa, bu yerlarni konservatsiya qiladilar;

buzilgan yerlarni qaytadan ekinzorga aylantiradilar, ularning unumdorligini va boshqa foydali xossalarini oshiradilar;

yerlarni buzish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni amalga oshirish chog‘ida tuproqning unumdor qatlamini sidirib oladilar, undan foydalanadilar va uni saqlab qoladilar.

Oldingi tahrirga qarang.

yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallashga va (yoki) o‘zboshimchalik bilan qilingan qurilishga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasidagi qonunga xilof qurilishni to‘xtatib turish bo‘yicha choralar ko‘radi.



(79-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 24-iyuldagi O‘RQ-487-sonli Qonuniga asosan to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2018-y., 03/18/487/1569-son)

Davlat organlari yerlarni muhofaza qilish yuzasidan respublika dasturi va hududiy dasturlar doirasida zarur chora-tadbirlarni ko‘radilar.

Hosildan qolgan qishloq xo‘jalik yerlarini konservatsiya qilish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

 LexUZ sharhi

Qarang: “Hosildan qolgan qishloq xo‘jalik yerlarini konservatsiya qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 926, 22.05.2000-y.).

80-modda. Obyektlar, imoratlar va inshootlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ulardan foydalanishga oid ekologik talablar

Obyektlar, imoratlar va inshootlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ulardan foydalanishga oid ekologik talablar tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 41-moddasi.

Yangi hamda rekonstruksiya qilinadigan obyektlarni, imoratlar va inshootlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ishga tushirish, shuningdek yerlarning holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan yangi texnologiyalarni joriy etish chog‘ida yerlarni muhofaza qilish tadbirlari nazarda tutiladi va amalga oshiriladi.

Yerlarning holatiga ishga tushirilayotgan obyekt yoki joriy etilayotgan texnologiyaning salbiy ta’sirini hamda yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan nazarda tutilgan tadbirlarning samaradorligini baholash ekologiya ekspertizasi asosida o‘tkaziladi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi Qonuni.

Yerlarni hosildan qolishdan yoki buzilishdan himoya qilish choralari bilan ta’minlanmagan hamda ekologiya ekspertizasining ijobiy xulosasi bo‘lmagan obyektlarni foydalanishga topshirish va bunday texnologiyalarni qo‘llash taqiqlanadi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi Qonunining 20, 21-moddalari.

Oldingi tahrirga qarang.

Yerlarning holatiga ta’sir ko‘rsatadigan obyektlarni joylashtirish qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi organlari, tabiatni muhofaza qilish organlari va boshqa organlar bilan kelishib olinadi.



(80-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 24-iyuldagi O‘RQ-487-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2018-y., 03/18/487/1569-son)

81-modda. Kimyoviy yoki radioaktiv moddalar bilan ifloslangan yerlardan foydalanish

Kimyoviy yoki radioaktiv moddalar bilan ifloslanish natijasida ekologiya va sanitariya-gigiyenaga oid belgilangan talablarga javob beradigan mahsulot olish ta’minlanmayotgan yer uchastkalari qishloq xo‘jaligi oborotidan chiqarilishi lozim va konservatsiya qilish uchun ularni zaxira yerlar jumlasiga o‘tkazish mumkin. Bunday yerlarda qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirish va realizatsiya qilish taqiqlanadi.

Kimyoviy yoki radioaktiv moddalar bilan ifloslangan yerlardan foydalanish, muhofaza zonalari belgilash, bunday yerlarda uy-joylarni, ishlab chiqarish va ijtimoiy-madaniy ahamiyatga molik obyektlarni saqlash, ularda melioratsiya va agrotexnika ishlarini o‘tkazish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

82-modda. Yerlardan oqilona foydalanishni va ularni muhofaza qilishni iqtisodiy rag‘batlantirish

Yerlardan oqilona foydalanishni va ularni muhofaza qilishni iqtisodiy rag‘batlantirish yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning tuproq unumdorligi saqlanishi va tiklanishidan, yerlarni ishlab chiqarish faoliyatining salbiy oqibatlaridan himoya etilishidan manfaatdorligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, o‘z ichiga quyidagilarni oladi:

yangi o‘zlashtirilayotgan va meliorativ holatini yaxshilash jarayonida turgan mavjud sug‘oriladigan yerlarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlar berish;

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi XVI bo‘limi (Yer solig‘i).

yerlarni muhofaza qilish va qayta tiklash bo‘yicha faoliyatni amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga kam chiqit va resurslarni tejovchi texnologiyalarni joriy etishda soliqqa, kreditga oid va boshqa imtiyozlar berish;

yerlarning sifatini yaxshilashni, ilmiy asoslangan almashlab ekishni joriy etishni, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning unumdorligini oshirishni, ekologik sof mahsulot yetishtirishni rag‘batlantirish;

yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning aybi bo‘lmagan holda buzilgan yerlarni qayta tiklash uchun, zarurat bo‘lgan taqdirda, respublika budjetidan yoki mahalliy budjetdan mablag‘lar ajratish, agrotexnika, o‘rmon melioratsiyasi tadbirlari va tuproqni himoya qilish yuzasidan boshqa tadbirlar o‘tkazish;

yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning aybi bo‘lmagan holda buzilgan yer uchastkalarini vaqtincha konservatsiya qilish natijasida ulardan keladigan daromadning kamayishini davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qisman qoplash;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa tadbirlar.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining XVI bo‘limi (Yer solig‘i)., O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 37-moddasining birinchi — uchinchi xatboshilari.

Yerlardan oqilona foydalanishni va ularni muhofaza qilishni iqtisodiy rag‘batlantirish bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshirish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Erdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.03.00 Erga oid qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish]

12-BOB. YERLARDAN FOYDALANISh HAMDA ULARNI MUHOFAZA QILISh USTIDAN NAZORAT

83-modda. Yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan nazoratni amalga oshirishning asosiy vazifalari

Yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan nazoratni amalga oshirishning asosiy vazifalari yuridik va jismoniy shaxslar, davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qonun hujjatlari talablariga rioya etishlarini ta’minlashdan iboratdir.

84-modda. Yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organlar

Yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek maxsus vakolatga ega bo‘lgan davlat organlari amalga oshiradilar.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni 7-moddasi ikkinchi qismi, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 29-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi to‘g‘risida nizom, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 529-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi to‘g‘risida”gi nizom 10-bandining birinchi, uchinchi xatboshilari, 11-bandi “v” kichik bandi.

Oldingi tahrirga qarang.

Yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan jamoatchilik nazoratini fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiradilar.



 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonuni 11-moddasi birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi, 16-moddasi.

(84-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvardagi O‘RQ-365-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 4-son, 45-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Tabiatni muhofaza qilish jamiyatlari, ilmiy jamiyatlar va boshqa jamoat birlashmalari, shuningdek fuqarolar yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan nazoratni amalga oshirishda davlat organlariga va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga ko‘maklashadilar.



(84-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvardagi O‘RQ-365-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 4-son, 45-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari dehqon xo‘jaliklarining yer uchastkalaridan hamda tomorqa yerlardan maqsadli va samarali foydalanilishi, shu jumladan yerlarga ishlov berilishining holati, urug‘lar, ko‘chatlar va daraxtlarning ekilishi, issiqxonalar qurilishi, chorva va parrandaning ko‘paytirilishi ustidan jamoatchilik nazoratini hamda uylarni aylanib chiqish orqali muntazam ravishda monitoringni amalga oshiradi.



Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi a’zolari bo‘lgan fermer, dehqon xo‘jaliklariga hamda tomorqa yer egalariga tegishli yer uchastkalaridan maqsadli va samarali foydalanish zarurligi to‘g‘risida ko‘rsatmalar berishga haqli.

(84-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-apreldagi O‘RQ-533-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi va beshinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2019-y., 03/19/533/2885-son)

85-modda. Yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi

Yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi davlat organlari o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:

yerlardan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish masalalari yuzasidan tekshiruvlar o‘tkazish, mazkur masalalar bo‘yicha barcha zarur hujjatlarni va materiallarni olish, tuproqning kadastr ma’lumotlariga mosligini aniqlash maqsadida tuproqni tekshirish;

er to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishining sabablari va bunga olib kelgan shart-sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan, barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi shart bo‘lgan ko‘rsatmalar (yozma buyruqlar) berish;

aybdor mansabdor shaxslar va fuqarolarni ma’muriy javobgarlikka tortish, yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha da’volar taqdim etish, aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish uchun tegishli korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga hamda huquqni muhofaza qilish organlariga taqdimnomalar yuborish;

Oldingi tahrirga qarang.

er to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun yer uchastkalarini olib qo‘yish, shu jumladan yerlarni ijaraga berish shartnomalarini muddatidan oldin bekor qilish haqidagi, shuningdek yerlardan foydalanishni cheklash va to‘xtatib qo‘yishga doir materiallarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga taqdim etish;



(85-moddaning birinchi qismi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvardagi O‘RQ-365-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 4-son, 45-modda)

yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha yuridik va jismoniy shaxslardan zarur axborotlar olish, mazkur masalalar yuzasidan davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari va axborotlarini eshitish;

yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini olib borish ishlarida qatnashish uchun mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb qilish.

Yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi davlat organlari va mansabdor shaxslar:

yer uchastkalaridan belgilangan maqsadda foydalanilishini, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar tomonidan yerlarni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini belgilangan tartibda tekshirishlari;

yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish hamda aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish yuzasidan o‘z vaqtida choralar ko‘rishlari;

yerlardan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish bilan bog‘liq tadbirlar yuzasidan o‘z vakolatlari doirasida ko‘rsatmalar berishlari shart.

Yuridik va jismoniy shaxslarning yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish borasidagi faoliyati bir yilda ko‘pi bilan bir marta tekshirilishi mumkin. Agar organ yerlardan oqilona foydalanmaslik va ularni muhofaza qilmaslik sabablarini bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatmalar bergan bo‘lsa, u belgilangan muddatda mazkur tadbirlarni tekshirishga haqlidir.

Yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organlar va mansabdor shaxslar o‘z faoliyatlarining to‘g‘ri tashkil etilishi va amalga oshirilishi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining XVI-1 bobi, O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-fevraldagi 66-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati to‘g‘risida”gi nizom.

[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Erdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.12.00 Erni olib qo‘yish natijasida yetkazilgan zarar va ziyonlarni qoplash]

13-BOB. YER EGALARI, YERDAN FOYDALANUVChILAR, YER UChASTKALARI IJARAChILARIGA VA MULKDORLARIGA YETKAZILGAN ZARAR HAMDA QIShLOQ XO‘JALIGI VA O‘RMON XO‘JALIGI IShLAB ChIQARIShI NOBUDGARChILIKLARINING O‘RNINI QOPLASh

86-modda. Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilariga va mulkdorlariga yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash

Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilariga va mulkdorlariga yetkazilgan zararning o‘rni (shu jumladan boy berilgan foyda) quyidagi hollarda to‘la hajmda qoplanishi kerak:

yerlar olib qo‘yilgan, qayta sotib olingan yoki vaqtincha egallab turilganda;

Oldingi tahrirga qarang.

suvni muhofaza qilish zonalari, qirg‘oqbo‘yi mintaqalari, suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalari, yer usti va yer osti suvlarining hosil bo‘lish zonalari, kurort tabiiy hududlar zonalari, davlat biosfera rezervatlari zonalari, davlat qo‘riqxonalari, buyurtma qo‘riqxonalar, davlat tabiat yodgorliklari, moddiy madaniy meros obyektlari, suv tashlamalari, yo‘llar, truboprovodlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari atrofida muhofaza zonalari belgilanishi munosabati bilan ularning huquqlari cheklanganda;



(86-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvardagi O‘RQ-278-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda)

suv havzalari, kanallar, kollektorlar, shuningdek qishloq xo‘jaligi ekinlari va dov-daraxtlar uchun zararli moddalar chiqaradigan boshqa obyektlar qurish va ulardan foydalanishning ta’siri hamda yuridik va jismoniy shaxslarning hosil kamayishiga va qishloq xo‘jaligi mahsulotining sifati yomonlashuviga olib boradigan boshqa xatti-harakatlari oqibatida yerlarning sifati yomonlashgan taqdirda.

Zararning o‘rni olib qo‘yilayotgan yer uchastkalari ajratib beriladigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan, shuningdek faoliyati yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlarining huquqlari cheklanishiga yoki yaqin atrofdagi yerlarning sifati yomonlashuviga olib borgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 146-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlariga yetkazilgan zararlar, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklariga, shuningdek, yerlarning qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqishiga sabab bo‘lgan hollarda yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risida”gi nizomning I, II bo‘limlari, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-noyabrdagi 911-son qarori bilan tasdiqlangan “Yer uchastkalari olib qo‘yilishi va olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 3-sonli “Yer kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi qarori 6-bandining o‘ninchi xatboshisi, 19-bandi.

87-modda. Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash

Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon yerlarini, shu jumladan jismoniy shaxslar egaligidagi va foydalanishidagi qishloq xo‘jaligi yerlarini qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligini yuritish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda foydalanish uchun olib qo‘yish, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning huquqlari cheklanishi yoki korxonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyatining ta’siri oqibatida yerlarning sifati yomonlashuvi tufayli qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rni ushbu Kodeksning 86-moddasida nazarda tutilgan zararlar o‘rnini qoplashdan tashqari qoplanadi.

Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishining nobudgarchiliklari quyidagilar tomonidan qoplanadi:

qishloq va o‘rmon xo‘jaligini yuritish bilan bog‘liq bo‘lmagan ehtiyojlar uchun olib qo‘yilayotgan qishloq xo‘jaligi va o‘rmon yerlari ajratib beriladigan yuridik va jismoniy shaxslar;

yerlarini qishloq xo‘jaligi va o‘rmon yerlari oborotidan chiqarib yoki u qadar qiymatga ega bo‘lmagan yerlar qatoriga o‘tkazgan holda obyektlari atrofiga muhofaza, sanitariya va ihota zonalari o‘rnatiladigan yuridik va jismoniy shaxslar.

Oldingi tahrirga qarang.

Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rni quyidagi hollarda qoplanmaydi:



yer uchastkalari yakka tartibdagi va ko‘p kvartirali uylar qurish hamda ularni obodonlashtirish uchun olib qo‘yilganda;

yer uchastkalari dafn etish joylarini tashkil qilish uchun, davlat ta’lim va davolash muassasalari, internatlar, bolalar uylari qurish uchun olib qo‘yilganda;

yer uchastkalari suv xo‘jaligiga meliorativ obyektlar va gidrotexnik inshootlar qurilishi uchun ajratilganda;

yer uchastkalari muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etish uchun berilganda;

yer uchastkalari mudofaa ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganda;

yer uchastkalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini jihozlash ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganda.

(87-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 24-iyuldagi O‘RQ-487-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2018-y., 03/18/487/1569-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Qonunlarda va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida yuridik va jismoniy shaxslar qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishining nobudgarchiliklarini qoplashdan ozod qilinadigan o‘zga hollar ham belgilanishi mumkin.



(87-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 24-iyuldagi O‘RQ-487-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2018-y., 03/18/487/1569-son)

Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining qoplanishi lozim bo‘lgan o‘rni miqdori va uni aniqlash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 146-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining ko‘rgan zararlarini, shuningdek qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risida”gi nizomning I, III bo‘limlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 3-sonli “Yer kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi qarorining 19-bandi.

88-modda. Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash tartibida tushadigan mablag‘lardan foydalanish

Oldingi tahrirga qarang.

Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash tartibida tushadigan mablag‘lardan quyidagi mo‘ljallangan maqsadga ko‘ra foydalaniladi:



yangi yerlarni o‘zlashtirish va sug‘oriladigan yerlarni kompleks rekonstruksiya qilish;

tuproq hosildorligini oshirish, qishloq xo‘jalik yerlaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish bo‘yicha davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;

kollektor-drenaj tarmoqlarini qurish va qayta qurish, sug‘oriladigan yerlarni kapital rejalashtirish hamda ularning suv bilan ta’minlanish darajasini oshirish;

pichanzorlar va yaylovlarni tubdan yaxshilash;

yer tuzish, yer kadastri, yer monitoringi va tuproq jihatidan izlanishlar olib borish bo‘yicha loyiha hujjatlarini hamda boshqa hujjatlarni tayyorlash yoki tuzatish;

avtomatlashtirilgan yer-axborot tizimlarini yaratish.

Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan mablag‘lardan viloyat hokimining qaroriga binoan qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirishni ko‘paytirishga, qishloq xo‘jalik yerlaridan samarali foydalanish va ularni muhofaza qilishga qaratilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirishda ham foydalanilishi mumkin.

O‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash tartibida tushadigan mablag‘lar alohida hisobga olib boriladi hamda ulardan o‘rmonlar va o‘rmon mevali daraxtzorlarni barpo etish va tiklash, qumli yerlar, suv havzalari hamda daryolarning qirg‘oq bo‘yi mintaqalarida daraxtzorlar barpo etish, shuningdek o‘rmon yerlari holatini yaxshilashga qaratilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirish uchun foydalaniladi.

(88-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 24-iyuldagi O‘RQ-487-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2018-y., 03/18/487/1569-son)

14-BOB. YER XUSUSIDAGI NIZOLARNI HAL ETISh HAMDA YER TO‘FRISIDAGI QONUN HUJJATLARINI BUZGANLIK UChUN JAVOBGARLIK

89-modda. Yer xususidagi nizolarni hal etish

Yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi yer xususidagi nizolar sud tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 3-sonli “Yer kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2011-yil 20-iyuldagi 5-sonli “Sudlar tomonidan meros huquqiga oid qonunchilikning qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarori 3-bandining birinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 7-sonli “Sud hujjatlarini bajarishdan bo‘yin tovlash va ularning ijro etilishiga to‘sqinlik qilish uchun jinoiy javobgarlikka doir qonunlarni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 6-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumlarining 2006-yil 22-dekabrdagi 13/150-sonli “Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini ta’minlash to‘g‘risidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi Qo‘shma qarorining 18-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 14-sonli “Yakka tartibda qurilgan uyga bo‘lgan mulk huquqi bilan bog‘liq nizolar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 3 –- 5, 8, 9, 20, 24, 25-bandlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2001-yil 14-sentabrdagi 22-sonli “Uy-joy nizolari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarori 2-bandining birinchi, sakkizinchi xatboshilari, 8, 24-bandlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 1999-yil 24-sentabrdagi 16-sonli “Fuqarolik kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi qarorining 17-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 1997-yil 2-maydagi 3-sonli “Xususiylashtirilgan turar joylarga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf qilish bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 5-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 36-sonli “Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2011-yil 1-dekabrdagi 234-sonli “Mulk ijarasi shartnomasiga oid fuqarolik qonun hujjatlari normalarini iqtisodiy sudlar tomonidan qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 18-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2010-yil 19-noyabrdagi 220-sonli “Mulk huquqini tan olishga oid ishlarni ko‘rishda iqtisodiy sudlar tomonidan qonun hujjatlari qo‘llanilishining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 12.2 – 12.3, 14-bandlari.

[
Download 364.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling