Okoz: 11. 00. 00. 00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11. 03. 00. 00 Erdan foydalanish va muhofaza qilish / 11. 03. 01. 00 Asosiy qoidalar] [tsz
Download 364.27 Kb.
|
30.04.1998
OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Erdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.11.00 Erga bo‘lgan huquqlarning bekor bo‘lishi] 37-modda. Yer uchastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish, qayta sotib olish Yer uchastkasi yoki uning bir qismi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer egasining roziligi bilan yoki yerdan foydalanuvchi va ijarachi bilan kelishilgan holda tegishincha tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga yoxud O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan olib qo‘yiladi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5495-sonli “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonning 2, 3-bandlari. Yer egasi, yerdan foydalanuvchi va ijarachi yer uchastkasini olib qo‘yish haqidagi tegishincha tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga rozi bo‘lmagan taqdirda, bu qarorlar ustidan sudga shikoyat qilishi mumkin. Korxonalar, binolar va inshootlar qurish uchun yer uchastkalarini olib qo‘yishdan manfaatdor bo‘lgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar loyihalash boshlangunga qadar hududni kompleks rivojlantirishni ta’minlashni inobatga olgan holda obyekt quriladigan joyni, uchastkaning taxminiy o‘lchami va uni ajratish shartlarini yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar, shuningdek tegishincha tuman, shahar, viloyat hokimi yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan oldindan kelishib olishlari shart. Bunday tarzda, oldindan kelishib olinmagunga qadar loyiha ishlarini moliyalashga yo‘l qo‘yilmaydi. Yer uchastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish hamda obyekt quriladigan joyni oldindan kelishib olish, shuningdek yer ajratib berishni rasmiylashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarning mulki bo‘lgan yer uchastkasini savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyekti yoki uy-joy binosi va boshqa bino yoki binoning bir qismi bilan birga davlat va jamoat ehtiyojlari uchun qayta sotib olish ushbu Kodeksning 41-moddasida nazarda tutilgan kafolatlar ta’minlangan holda tegishincha tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga yoxud O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan amalga oshiriladi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 3-sonli “Yer kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi qarorining 17-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2001-yil 14-sentabrdagi 22-sonli “Uy-joy nizolari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarori 2-bandining birinchi, sakkizinchi xatboshilari, 8-bandi. [OKOZ: 1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Erdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.11.00 Erga bo‘lgan huquqlarning bekor bo‘lishi] 38-modda. Yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganda yer uchastkasini olib qo‘yish Ushbu Kodeks 36-moddasi birinchi qismining 6-11-bandlarida nazarda tutilgan hollarda, shuningdek yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilgan boshqa hollarda yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organ yer egasini yoki yerdan foydalanuvchini oldindan ogohlantirganidan keyin yer uchastkasini bergan organga yer uchastkasini olib qo‘yish haqida taqdimnoma kiritadi. Yer uchastkasini bergan organ taqdimnoma asosida bir oylik muddatda yer uchastkasini olib qo‘yish haqida qaror chiqaradi. Yer uchastkasini olib qo‘yish masalasini hal qilish vakolat doirasiga kiruvchi organ, zarur hollarda, yer uchastkasining holatini hamda yer egasi yoki yerdan foydalanuvchi tomonidan yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning sifatini qo‘shimcha ravishda tekshirishni tayinlashga haqli. [OKOZ: 1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Erdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.14.00 Er uchastkalari mulkdorlari, yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari] 5-BOB. YER EGASI, YERDAN FOYDALANUVChI, IJARAChI VA YER UChASTKASI MULKDORINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI 39-modda. Yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdorining huquqlari Yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdori quyidagi huquqlarga ega: 1) yer uchastkasida undan foydalanish maqsadiga muvofiq mustaqil xo‘jalik yuritish; LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) to‘g‘risida”gi Qonuni 20-moddasining birinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasining “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuni 22-moddasining birinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasining “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuni 12-moddasi birinchi qismining birinchi, ikkinchi xatboshilari. 2) qishloq xo‘jalik ekinzorlari va ko‘chatzorlari hamda dov-daraxtlarga, yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsuloti va uni realizatsiya qilishdan olingan daromadga bo‘lgan mulk huquqi; LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuni 19-moddasining ikkinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasining “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunining 15-moddasi. 3) yer uchastkasidagi mavjud keng tarqalgan foydali qazilmalar, o‘rmonzorlar, suv obyektlaridan xo‘jalik ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda foydalanish, shuningdek yerning boshqa foydali xossalarini ishga solish; LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi Qonunining 31-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunining 18, 181, 26, 27-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining “O‘rmon to‘g‘risida”gi Qonunining (Yangi tahriri) 31 — 32-moddalari. 4) yerlarni sug‘orish va ularning zaxini qochirish, agrotexnika va boshqa melioratsiya ishlari o‘tkazish; 5) qishloq xo‘jalik ekinlarini, dov-daraxtlarni sug‘orish hamda boshqa maqsadlar uchun sug‘orish manbalaridan limitlarga muvofiq suv olish; LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunining 18, 181, 26, 27, 30-moddalari. 6) belgilangan tartibda uy-joy binolari, ishlab chiqarish, madaniy-maishiy hamda boshqa imoratlar va inshootlarni barpo etish, yer uchastkalaridan foydalanish maqsadi va loyiha hujjatlariga muvofiq ularni qayta qurish va buzib tashlash. Yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar bu ishlarni yer egalari bilan kelishib amalga oshirishga haqli; LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 26-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksining 53 — 55-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 30-dekabrdagi 272-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi to‘g‘risida”gi nizom. 7) yer uchastkasi olib qo‘yilgan taqdirda unga yetkazilgan zararning (shu jumladan boy berilgan foydaning) qoplanishini yoki yer uchastkasidan ixtiyoriy ravishda voz kechilganida sarflangan xarajatlarning to‘lanishini talab qilish; LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 86-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 14-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 146-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlariga yetkazilgan zararlar, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklariga, shuningdek, yerlarning qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqishiga sabab bo‘lgan hollarda yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risidagi”gi nizom, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-noyabrdagi 911-son qarori bilan tasdiqlangan “Yer uchastkalari olib qo‘yilishi va olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom. 8) yer uchastkasini yoki uning bir qismini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vaqtincha foydalanishga va ichki xo‘jalik ijarasiga berish. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeks 20-moddasining yettinchi, sakkizinchi qismlari,24-moddasining uchinchi, to‘rtinchi qismlari. Yer egasi bo‘lgan fuqaro yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini, shu jumladan kim oshdi savdosi asosida olingan shunday huquqni dehqon xo‘jaligi yuritish, yakka tartibda uy-joy qurish maqsadida kreditlar olish uchun garovga qo‘yishi mumkin. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Garov to‘g‘risida”gi Qonunining 1 — 26, 30, 32, 43-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumlarining 2006-yil 22-dekabrdagi 13/150-sonli “Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini ta’minlash to‘g‘risidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qo‘shma qarorining 18-bandi. Yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdori qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Ipoteka to‘g‘risida”gi Qonunining 6, 9-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 1999-yil 24-sentabrdagi 16-sonli “Fuqarolik kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi qarorining 17-bandi. 40-modda. Yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdorining majburiyatlari Yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdori quyidagilarni bajarishi shart: 1) yerdan belgilangan maqsadga muvofiq oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishning tabiatni muhofaza qiluvchi texnologiyalarini qo‘llash, o‘z xo‘jalik faoliyati natijasida hududda ekologik vaziyatning yomonlashuviga yo‘l qo‘ymaslik; 2) ishlab turgan irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlari, muhandislik kommunikatsiyalarini soz holatda saqlab turish; 3) yerlarni muhofaza qilishga oid, ushbu Kodeksning 79-moddasida nazarda tutilgan turkum tadbirlarni amalga oshirish; 4) yer solig‘ini yoki yer uchun ijara haqini o‘z vaqtida to‘lash; LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeks 28-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 544-moddasining ikkinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi XVI bo‘limi (Yer solig‘i), O‘zbekiston Respublikasining “Ijara to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasi. 5) boshqa yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlarining huquqlarini buzmaslik; 6) foydali qazilma konlarini ishlatish, qurilish va boshqa ishlarni amalga oshirish uchun berilgan qishloq xo‘jalik yerlari va o‘rmonzorlarni ularga ehtiyoj qolmaganidan keyin o‘z hisobidan qishloq xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi yoki baliq xo‘jaligida foydalanish uchun yaroqli holatga, mazkur ishlar boshqa yerlarda amalga oshirilgan hollarda esa, belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish; LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeks 25-moddasining to‘rtinchi qismi, 79-moddasi to‘rtinchi qismining birinchi, yettinchi, sakkizinchi xatboshilari, O‘zbekiston Respublikasining “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi Qonuni 33-moddasi birinchi qismining birinchi, o‘n oltinchi xatboshisi. 7) foydali qazilma konlarini ishlatish chog‘ida, shuningdek boshqa ishlarni amalga oshirish paytida o‘zlariga egalik qilishga va foydalanishga hamda mulk etib berilgan (realizatsiya qilingan) yer uchastkalari hududidan tashqaridagi qishloq xo‘jalik ekinzorlari, o‘rmonzorlar va boshqa yerlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishning oldini olish yoki uni mumkin qadar cheklash chora-tadbirlarini amalga oshirish; LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeks 79-moddasining uchinchi qismi. 8) mahalliy davlat hokimiyati organlariga yerdan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan ma’lumotlarni o‘z vaqtida taqdim etish; LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 31-dekabrdagi 543-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat yer kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 26-bandi. 9) boshqa yer egalariga, yerdan foydalanuvchilarga, yer uchastkalarining ijarachilariga va mulkdorlariga yetkazilgan zararni belgilangan tartibda qoplash. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 14, 985-moddalari. Oldingi tahrirga qarang. 10) yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar majburiy tartibda bekor qilingan taqdirda, yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishi natijasida yetkazilgan zararning o‘rnini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplash; 11) yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallashga va (yoki) o‘zboshimchalik bilan qilingan qurilishga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasidagi qonunga xilof qurilishni to‘xtatib turish bo‘yicha choralar ko‘rish. (40-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 24-iyuldagi O‘RQ-487-sonli Qonuniga asosan 10 va 11-bandlar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2018-y., 03/18/487/1569-son) Qonun hujjatlariga muvofiq yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishlari mumkin. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 3-sonli “Yer kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi qarorining 15-bandi. 41-modda. Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning kafolatlari Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari faoliyatiga davlat, xo‘jalik organlari va boshqa organlar hamda tashkilotlarning, shuningdek ular mansabdor shaxslarining aralashuvi taqiqlanadi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 84 va 85-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 5-moddasining to‘rtinchi xatboshisi, 18-moddasi. Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlarining buzilgan huquqlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tiklanishi kerak. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 91-moddasi. Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlari huquqlarining buzilishi natijasida yetkazilgan zarar (shu jumladan boy berilgan foyda) to‘la hajmda qoplanishi kerak. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 86-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 14, 985-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 146-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlariga yetkazilgan zararlar, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklariga, shuningdek, yerlarning qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqishiga sabab bo‘lgan hollarda yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risidagi”gi nizom, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-noyabrdagi 911-son qarori bilan tasdiqlangan “Yer uchastkalari olib qo‘yilishi va olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom. Jismoniy shaxslarga berilgan yer uchastkalari davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun mazkur shaxslarning xohishiga ko‘ra tuman, shahar, viloyat hokimining qarori bilan avvalgi yer uchastkasi bilan aynan bir xil yer uchastkasi ajratilgach, shu yer uchastkasi olib berilayotgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar olib qo‘yilayotgan yer uchastkasining o‘rniga yangi joyda uy-joy, ishlab chiqarish binolari va boshqa imoratlarni qurib berganidan keyin hamda ushbu Kodeksning 86-moddasiga muvofiq boshqa barcha zararlar (shu jumladan boy berilgan foyda) to‘la hajmda qoplanganidan keyin olib qo‘yilishi mumkin. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 1997-yil 2-maydagi 3-sonli “Xususiylashtirilgan turar joylarga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf qilish bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 5-bandi. Davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi korxonalarining, qishloq xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot muassasalarining, tajriba va o‘quv xo‘jaliklarining yerlari ularning xohishiga ko‘ra olib qo‘yilayotgan imoratlar o‘rniga uy-joylar, ishlab chiqarish binolari va boshqa imoratlar qurib berilganidan keyin hamda ushbu Kodeksning 86-moddasiga muvofiq boshqa barcha zarar (shu jumladan boy berilgan foyda) to‘la hajmda qoplanganidan keyin olib qo‘yilishi mumkin. Yuridik va jismoniy shaxslar mulkida bo‘lgan savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektini, shuningdek uy-joy binolari hamda boshqa binolarni yoki binolarning bir qismini ular joylashgan yer uchastkasi bilan birga davlat va jamoat ehtiyojlari uchun qayta sotib olish, shuningdek ularni musodara qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 3-sonli “Yer kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi qarorining 17-bandi. 42-modda. Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlari huquqlarining cheklanishi Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlarining huquqlari davlat manfaatlarini, atrof muhitni muhofaza qilish, muhandislik kommunikatsiyalari qurish va ulardan foydalanish manfaatlarini, boshqa yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlarining manfaatlarini, shuningdek fuqarolar xavfsizligini ko‘zlab faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda cheklanishi mumkin. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeks 29, 30-moddalari, 72-moddasining birinchi, ikkinchi qismlari, 73-moddasining birinchi qismi, 74-moddasining birinchi qismi, 75-moddasining birinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 48-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonuni 7-moddasining ikkinchi, uchinchi qismlari, 25-moddasining to‘rtinchi, oltinchi, yettinchi qismlari, 28-moddasining birinchi qismi, 32-moddasining birinchi qismi, 33-moddasining beshinchi qismi, 37-moddasi, 39-moddasining ikkinchi qismi, 41-moddasi, 43-moddasining birinchi qismi, 44-moddasining to‘rtinchi qismi, 46-moddasining birinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 16-fevraldagi 69-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘riqlanadigan geodeziya zonalari va geodeziya punktlarini qo‘riqlash to‘g‘risida”gi nizomning 4-bandi. [OKOZ: 1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Erdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Erlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.01 Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar] 6-BOB. QIShLOQ XO‘JALIGIGA MO‘LJALLANGAN YERLAR 43-modda. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning tarkibi Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berib qo‘yilgan yoki ana shu maqsadlar uchun belgilangan yerlar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar hisoblanadi. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeks 8-moddasining 1-bandi. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar qishloq xo‘jaligini yuritish uchun zarur bo‘lgan qishloq xo‘jaligi yerlari va daraxtzorlar, ichki xo‘jalik yo‘llari, kommunikatsiyalar, o‘rmonlar, yopiq suv havzalari, binolar, imoratlar va inshootlar egallagan yerlarga ajraladi. Haydaladigan yerlar, pichanzorlar, yaylovlar, tashlandiq yerlar, ko‘p yillik dov-daraxtlar (bog‘lar, tokzorlar, tutzorlar, mevali daraxt ko‘chatzorlari, mevazorlar va boshqalar) egallagan yerlar qishloq xo‘jaligi yerlari jumlasiga kiradi. Qishloq xo‘jaligi yerlari maxsus muhofaza qilinishi lozim. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni qishloq xo‘jaligidan o‘zga ehtiyojlar uchun boshqa toifadagi yerlarga o‘tkazishga alohida hollarda ushbu Kodeks va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq yo‘l qo‘yiladi. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeks 9-moddasining uchinchi va to‘rtinchi qismlari, 44-moddasining uchinchi qismi, 45-moddasining ikkinchi, uchinchi qismlari. Oldingi tahrirga qarang. Qishloq xo‘jaligi yerlarini irrigatsiya suvdan foydalanish va suv iste’moli tizimiga asoslangan sun’iy sug‘orish qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishning asosi va yerlardan samarali foydalanish hamda ularning unumdorligini oshirish shartidir. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunining XIII bobi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-martdagi 82-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibi to‘g‘risida”gi nizom. (43-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda) 44-modda. Sug‘oriladigan yerlar Qishloq xo‘jaligida foydalanish va sug‘orish uchun yaroqli bo‘lgan, suv resurslari shu yerlarni sug‘orishni ta’minlay oladigan sug‘orish manbai bilan bog‘langan doimiy yoki muvaqqat sug‘orish tarmog‘iga ega bo‘lgan yerlar sug‘oriladigan yerlar jumlasiga kiradi. Oldingi tahrirga qarang. Suv xo‘jaligi organlari sug‘oriladigan yeri bo‘lgan yer egalari va yerdan foydalanuvchilarni sug‘orish ishlari uchun manbalarning sersuvligini hisobga olgan holda joriy etilgan limitlar bo‘yicha suv to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan tartibda suv bilan ta’minlashlari shart.
Sug‘oriladigan yerlar maxsus muhofaza qilinishi lozim. Bunday yerlarni sug‘orilmaydigan yerlar sirasiga o‘tkazish alohida hollarda, tuproq-meliorativ va iqtisodiy sharoitlar, yerlarning suv bilan ta’minlanganligi, ulardagi mavjud suv resurslari hamda bu suvlarga belgilangan limitlar inobatga olinib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining hamda O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining xulosasiga muvofiq viloyat hokimi qaroriga binoan amalga oshiriladi. (44-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 24-iyuldagi O‘RQ-487-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2018-y., 03/18/487/1569-son) 45-modda. Alohida qimmatga ega bo‘lgan unumdor sug‘oriladigan yerlar Kadastr baholanishiga ko‘ra o‘rtacha tuman bonitet ballidan 20 foizdan ko‘p bo‘lgan sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlari alohida qimmatga ega bo‘lgan unumdor sug‘oriladigan yerlar jumlasiga kiradi. Alohida qimmatga ega bo‘lgan unumdor sug‘oriladigan yerlar maxsus muhofaza qilinishi lozim va ularning sug‘orilmaydigan yerlar jumlasiga o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Alohida qimmatga ega bo‘lgan unumdor sug‘oriladigan qishloq xo‘jalik yerlarini korxonalar, binolar va inshootlar qurilishi uchun berishga alohida hollarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan yo‘l qo‘yiladi. 46-modda. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni berish Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar quyidagilarga beriladi: 1) qishloq xo‘jaligi kooperativlariga (shirkat xo‘jaliklariga), boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga — tovar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yuritish uchun; 2) tajriba-ishlab chiqarish, o‘quv, o‘quv-tajriba va o‘quv-ishlab chiqarish xo‘jaliklari, ilmiy-tadqiqot va boshqa qishloq xo‘jalik muassasalari va tashkilotlariga — ilmiy-tadqiqot va ta’lim maqsadlari, tovar qishloq xo‘jaligini yuritish va ilg‘or tajribani targ‘ib qilish uchun; 3) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga — fermer xo‘jaliklarini yuritish uchun; 4) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga — dehqon xo‘jaliklarini, yakka tartibda bog‘dorchilik, polizchilik va chorvachilikni yuritish uchun; 5) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga — jamoa bog‘dorchiligi, polizchiligi va uzumchiligi uchun; 6) qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanmaydigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga — yordamchi qishloq xo‘jaligini yuritish uchun. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda yuridik va jismoniy shaxslarga qishloq xo‘jaligini yuritish, shuningdek o‘zga maqsadlar uchun berilishi mumkin. Qishloq xo‘jaligi yerlari o‘zga maqsadlarda, qoida tariqasida, keyinchalik qishloq xo‘jalik maqsadlarida foydalanish uchun yaroqli holga keltirish sharti bilan vaqtincha foydalanishga beriladi. Oldingi tahrirga qarang. (47-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda) 48-modda. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish sohasida yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning majburiyatlari Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanuvchi yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar: 1) biznes-rejalarda tuproq unumdorligini oshirish va yerlardan oqilona foydalanish yuzasidan aniq tadbirlarni nazarda tutishlari; 2) zona sharoiti va xo‘jalikning ixtisoslashuviga muvofiq ilmiy asoslangan almashlab ekishni, dehqonchilikning eng samarali va iqtisodiy jihatdan oqilona tizimlarini joriy etishlari; 3) haydaladigan yerlar asralishi va kengaytirilishini ta’minlashlari; 4) meliorativ jihatdan nobop sug‘oriladigan yerlarni kompleks rekonstruksiya qilishlari, pichanzor va yaylovlarga suv chiqarishlari hamda ularning holatini yaxshilashlari; 5) xo‘jalikning butun ichki sug‘orish va kollektor-drenaj tarmog‘ini hamda undagi inshootlarni texnikaviy jihatdan soz holatda saqlashlari; 6) qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini sug‘oriladigan yerlarning sho‘r bosishi va zaxlanishiga, yerlarning va suv manbalarining ifloslanishi va zararlanishiga yo‘l qo‘ymaydigan usullar bilan amalga oshirishlari; 7) qishloq xo‘jalik ekinlari va dov-daraxtlarni parvarish qilishning suv tejaladigan texnologiyalarini, sug‘orishning ilg‘or usullarini joriy etishlari; Oldingi tahrirga qarang. 8) yerlarni muhofaza qilish yuzasidan, shu jumladan sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ushbu Kodeksga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq choralar ko‘rishlari shart. (48-moddaning 8-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 28-avgustdagi O‘RQ-558-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2019-y., 03/19/558/3662-son) LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeks 79-moddasining to‘rtinchi qismi. Oldingi tahrirga qarang. 49-modda. Qishloq xo‘jaligi kooperativlariga (shirkat xo‘jaliklariga), boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga yer uchastkalari berish Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) – tovar qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirish maqsadida pay usuliga asoslangan qishloq xo‘jaligi korxonasining tashkiliy-huquqiy shakli. Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) kooperativning (shirkatning) ishlab chiqarish faoliyatida, asosan oila (jamoa) pudrati asosida shaxsan ishtirok etuvchi mulkiy pay egalari bo‘lgan a’zolarini birlashtiradi. Qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarda (aksiyadorlik jamiyatlari, mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar hamda xo‘jalik shirkatlari shaklida) ham tuzilishi mumkin. Qishloq xo‘jaligi kooperativlariga (shirkat xo‘jaliklariga) va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlariga qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yuritish maqsadida yer uchastkalari ijaraga yoki doimiy egalik qilish uchun beriladi, mazkur yer uchastkalaridan oqilona va samarali foydalanilgan taqdirda esa ular ijaraga yoki vaqtincha foydalanishga qo‘shimcha yer uchastkalari olishlari mumkin. Qishloq xo‘jaligi kooperativlariga (shirkat xo‘jaliklariga) va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlariga berilgan yerlar jamoat egaligidagi yerlardan va fuqarolarga dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yerlardan iborat bo‘ladi hamda ulardan faqat belgilangan maqsadda foydalaniladi. Oldingi tahrirga qarang. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar tuman yoki viloyat hokimining qarori bilan qishloq xo‘jaligi kooperativlariga (shirkat xo‘jaliklariga) ijaraga, boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga esa doimiy egalik qilish uchun yoki ijaraga beriladi. Yer uchastkasining ijara shartnomasi qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) raisi, boshqa qishloq xo‘jaligi korxonasi, muassasasi, tashkiloti rahbari bilan tuman hokimi o‘rtasida tuziladi. Yer uchastkalarini olgan qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga yer uchastkasiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatiga olinganligi to‘g‘risidagi guvohnoma belgilangan tartibda beriladi. (49-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 24-iyuldagi O‘RQ-487-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2018-y., 03/18/487/1569-son) Qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari) va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlarining yer uchastkalariga bo‘lgan huquqi ular uyushmalar va boshqa agrosanoat birlashmalari tarkibiga kirganida saqlanib qoladi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) to‘g‘risida”gi Qonunining 14-moddasi. (49-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda) Oldingi tahrirga qarang. 491-modda. Tajriba-ishlab chiqarish, o‘quv, o‘quv-tajriba va o‘quv-ishlab chiqarish xo‘jaliklari, ilmiy-tadqiqot va boshqa qishloq xo‘jalik muassasalari va tashkilotlariga yer uchastkalarini berish Tajriba-ishlab chiqarish, o‘quv, o‘quv-tajriba va o‘quv-ishlab chiqarish xo‘jaliklari, ilmiy-tadqiqot va boshqa qishloq xo‘jalik muassasalari va tashkilotlariga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish yoki ijara huquqi asosida ilmiy-tadqiqot va ta’lim maqsadlari, tovar qishloq xo‘jaligini yuritish va ilg‘or tajribani targ‘ib qilish uchun beriladi. Tajriba-ishlab chiqarish, o‘quv, o‘quv-tajriba va o‘quv-ishlab chiqarish xo‘jaliklari, ilmiy-tadqiqot va boshqa qishloq xo‘jalik muassasalari va tashkilotlari yer uchastkalarini ijaraga yoki ikkilamchi ijaraga berish huquqiga ega emas. Tajriba-ishlab chiqarish, o‘quv, o‘quv-tajriba va o‘quv-ishlab chiqarish xo‘jaliklari, ilmiy-tadqiqot va boshqa qishloq xo‘jalik muassasalari va tashkilotlariga berilgan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda imoratlar va inshootlar qurishga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra alohida hollarda yo‘l qo‘yiladi. (491-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-martdagi O‘RQ-526-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.03.2019-y., 03/19/526/2701-son — 2019-yil 6-iyundan kuchga kiradi) Oldingi tahrirga qarang. (50-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda) [ Download 364.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling