Okoz: 11. 00. 00. 00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11. 03. 00. 00 Erdan foydalanish va muhofaza qilish / 11. 03. 01. 00 Asosiy qoidalar] [tsz


Download 364.27 Kb.
bet7/9
Sana17.06.2020
Hajmi364.27 Kb.
#119708
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
30.04.1998

OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Erdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Er uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.01 Davlat organlari hujjatlariga asosan yerga bo‘lgan huquqning vujudga kelishi (er berish)]

57-modda. Yordamchi qishloq xo‘jaligini yuritish uchun yer berish

Yordamchi qishloq xo‘jaligini yuritish uchun sanoat, transport hamda boshqa noqishloq xo‘jalik korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga ana shu korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning xodimlarini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlashni yaxshilash, shuningdek oshxonalar, bolalar muassasalari, maktablar, kasalxonalar, keksalar va nogironlar uylarini, sanatoriylar, dam olish uylari va shu kabilarni ta’minlash maqsadida viloyat hokimi foydalanilmayotgan yoki samarasiz foydalanilayotgan yerlarni, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan boshqa yerlarni ham doimiy egalik qilishga berishi mumkin.

[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Erdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Er uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.01 Davlat organlari hujjatlariga asosan yerga bo‘lgan huquqning vujudga kelishi (er berish)]

58-modda. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni qishloq xo‘jaligi va boshqa yo‘nalishdagi korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarga berish tartibi va shartlari

Oldingi tahrirga qarang.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar qishloq xo‘jaligi hamda boshqa yo‘nalishdagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga yerlari olib qo‘yilayotgan yer egalarining roziligiga ko‘ra va yerdan foydalanuvchilar bilan kelishuvga muvofiq yer uchastkalarini ajratish loyihalariga asosan tuman yoki viloyat hokimining qarori bilan beriladi.



Yangi tashkil etilayotgan, qayta tashkil etilayotgan yoki tugatilayotgan qishloq xo‘jaligi hamda boshqa yo‘nalishdagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlari ular tuman yoki viloyat hokimining qarori asosida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etilgan, qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan paytdan e’tiboran vujudga keladi yoki tugatiladi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 42, 49, 53, 55-moddalari.

Qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni berish xo‘jalik faoliyati uchun qulay chegaralarda amalga oshiriladi. Qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari foydalanishidagi yer uchastkalarining tarqov, o‘zga yerlarga suqulib kirgan bo‘lishiga va boshqa kamchiliklarga ega bo‘lishiga, qoida tariqasida, yo‘l qo‘yilmaydi.

Qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari foydalanishidagi yerlarning tarqov, o‘zga yerlarga suqulib kirgan bo‘lishini va boshqa kamchiliklarni bartaraf etish xo‘jaliklararo yer tuzish tartibida amalga oshiriladi

(58-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)

[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Erdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Erlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.02 Aholi punktlari yerlari]

7-BOB. AHOLI PUNKTLARINING (ShAHARLAR, POSYoLKALAR VA QIShLOQ AHOLI PUNKTLARINING) YERLARI

59-modda. Shaharlar va posyolkalar yerlarining tarkibi

Shaharlar va posyolkalarning ma’muriy chegaralaridagi barcha yerlar shaharlar va posyolkalarning yerlari jumlasiga kiradi. Bu yerlar tarkibiga quyidagilar kiradi:

1) shahar va posyolka qurilishi yerlari;

 LexUZ sharhi

Qarang: mazkur Kodeksning 62-moddasi.

2) umumiy foydalanishdagi yerlar;

 LexUZ sharhi

Qarang: mazkur Kodeksning 64-moddasi.

3) qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlar va boshqa yerlar;

 LexUZ sharhi

Qarang: mazkur Kodeksning 65-moddasi.

4) daraxtzorlar egallagan yerlar;

 LexUZ sharhi

Qarang: mazkur Kodeksning 66-moddasi.

5) sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar;

 LexUZ sharhi

Qarang: mazkur Kodeksning 67-moddasi.

Oldingi tahrirga qarang.

6) muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yerlari;



 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi.

(59-moddaning 6-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvardagi O‘RQ-278-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda)

7) suv fondi yerlari;

8) zaxira yerlar.

60-modda. Aholi punktlarining chegarasi. Shahar atrofi zonalari

Aholi punktlarining chegarasi — shahar, posyolka, qishloq aholi punkti yerlarining tashqi chegaralari bo‘lib, ular ana shu yerlarni boshqa yerlardan ajratib turadi.

Aholi punktlarining chegarasini belgilash tasdiqlangan shaharsozlik va yer tuzish hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Aholi punktlarining chegarasi yuridik va jismoniy shaxslar yer uchastkalarining chegaralari bo‘yicha belgilanishi lozim.

 LexUZ sharhi

Qarang: mazkur Kodeks 12-moddasining to‘rtinchi — oltinchi qismlari, O‘zbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksining IV bobi (“Shaharsozlik hujjatlari. Davlat shaharsozlik kadastri”).

Shahar atrofi zonalari shahar bilan yagona ijtimoiy, tabiiy va xo‘jalik hududini tashkil etuvchi shahar chegarasidan tashqaridagi yerlarni o‘z ichiga oladi. Shahar atrofi zonalarida shahar atrofidagi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi hududi, aholi dam olish zonalari, shaharni rivojlantirish uchun zaxira yerlar ajratiladi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksi 51-moddasining birinchi qismi.

Shahar atrofi zonalarining chegaralari va huquqiy rejimi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksi 51-moddasining ikkinchi qismi.

[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Erdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Er uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.01 Davlat organlari hujjatlariga asosan yerga bo‘lgan huquqning vujudga kelishi (er berish);

2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Erdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.11.00 Erga bo‘lgan huquqlarning bekor bo‘lishi]

61-modda. Shaharlar va posyolkalarda yer uchastkalarini berish, olib qo‘yish va qayta sotib olish tartibi

Shaharlar va posyolkalarda yer uchastkalari tuman yoki shahar hokimining qaroriga asosan beriladi, bu qarorlarda rejalashtirish va qurilish olib borishning tasdiqlangan loyihalariga muvofiq yerlarni egalik qilishga, foydalanishga va ijaraga berish shartlari belgilanadi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksining V bobi (“O‘zbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishning shaharsozlik jihatidan rejalashtirilishi”).

Yuridik shaxslar o‘zlariga biriktirib qo‘yilgan yerlardan tuman yoki shahar hokimining qaroriga muvofiq boshqa yuridik shaxslarga, fuqarolarga yer uchastkalarini vaqtincha foydalanishga berishlari mumkin.

Shaharlarda va posyolkalarda yer uchastkalarini olib qo‘yish, qayta sotib olish ushbu Kodeksning 37-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.

Shaharlarda, posyolkalarda qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun foydalaniladigan yerlari va boshqa yerlarini olib qo‘yish ushbu Kodeksning 37-moddasida belgilangan tartibda tuman, shahar va viloyat hokimining qarorlari bilan tasdiqlanadi.

Fuqarolar egaligidagi, ko‘p yillik dov-daraxtlar egallagan yer uchastkalarini olib qo‘yish yoki fuqarolarga mulk huquqi asosida qarashli bo‘lgan uy-joylarni buzish bilan bog‘liq holda yer uchastkalarini olib qo‘yish ushbu Kodeksning 86-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.

62-modda. Shahar va posyolka qurilishi yerlari

Shahar va posyolka qurilishi yerlariga uy-joy, kommunal-maishiy, madaniy-ma’rifiy, sanoat, savdo, ma’muriy va boshqa binolar hamda inshootlar qurilgan yoki shunday bino va inshootlar qurish uchun berilgan hamma yerlar kiradi.

Shahar va posyolka qurilishi yerlari korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga uy-joy, madaniy-maishiy, sanoat obyektlari qurish va kapital qurilishning boshqa turlari uchun foydalanishga, fuqarolarga esa, yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga beriladi.

Shahar va posyolkaning qurilish uchun ajratilgan, lekin vaqtincha shu maqsadda foydalanilmayotgan yerlari yengil turdagi obyektlar (savdo chodirlari, do‘konchalar, reklama inshootlari va shu kabilar) qurish va o‘zga ehtiyojlar uchun vaqtincha foydalanishga shahar yoki tuman hokimi qarori bilan berilishi mumkin.

Yer uchastkasining yoxud undagi imoratning u yoki bu qismi kommunal xizmatdan (yoritish, kanalizatsiya, truboprovod, sug‘orish qurilmalari va shu kabilar), yer uchastkalarining egalari yoki undan foydalanuvchilar esa, mustaqil ravishda o‘zicha yoki transportda kirib-chiqish imkonidan mahrum bo‘lib qoladigan bo‘lsa, yer uchastkasining bo‘linishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 3-sonli “Yer kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi qarori 11-bandining ikkinchi xatboshisi.

Agar yer uchastkasiga xo‘jalik binolari (garaj, otxona, og‘ilxona, omborxona, yerto‘la va shu kabilar) qurish ushbu uchastkada joylashgan yuridik shaxslar yoki uy-joylarda yashovchi jismoniy shaxslarning manfaatlariga zarar keltirsa, bunday qurilishni amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Tabiiy ofat yoki boshqa sabablar bilan imorat buzilgan taqdirda buzilgan imoratning mulkdori imorat buzilgan kundan boshlab ikki yildan kechiktirmasdan imoratni tiklashga yoki ana shu uchastkada yangi imorat qurishga kirishsa, buzilgan imorat mulkdorining yer uchastkasiga egalik qilish yoki undan foydalanish huquqi saqlanib qoladi, shaharni yoki posyolkani rejalashtirish va uni qurish loyihasida ana shu yer uchastkasidan boshqacha tarzda foydalanish nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Bunday hollarda buzilgan imoratning mulkdoriga ushbu shahar, posyolka chegarasi doirasida boshqa yer uchastkasi yoki boshqa obod uy-joy beriladi.

 LexUZ sharhi

Qarang: mazkur Kodeksning 23, 27-moddalari.

63-modda. Ko‘p kvartirali uylar atrofidagi yer uchastkalari

Oldingi tahrirga qarang.

Ko‘p kvartirali uylar atrofidagi yer uchastkalari ushbu uylarning turar joylari va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylari mulkdorlariga doimiy foydalanish uchun beriladi.



(63-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 14-noyabrdagi O‘RQ-584-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son — 2020-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)

Ko‘p kvartirali uylar atrofidagi yer uchastkalaridan foydalanish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 28-iyundagi 325-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Turar joylarni va uy atrofidagi yerlarni saqlash va ulardan foydalanish” qoidalarning 33, 35, 36-bandlari.

64-modda. Aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari

Aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlariga quyidagilar kiradi:

maydonlar, ko‘chalar, tor ko‘chalar, yo‘llar, sug‘orish tarmog‘i, sohil bo‘yi yerlari va shu kabi yerlar;

aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlar (daraxtzorlar, bog‘lar, sayilgohlar, xiyobonlar, shuningdek ariq tarmoqlari egallagan yerlar);

kommunal-maishiy ahamiyatga molik yerlar (qabristonlar, chiqindilarni zararsizlantirish va ulardan foydalanish joylari va boshqa shu kabi joylar).

Umumiy foydalanishdagi yerlar muayyan yuridik va jismoniy shaxslarga biriktirib qo‘yilmaydi hamda bevosita shahar, tuman davlat hokimiyati organlarining ixtiyorida bo‘ladi.

Aholi punktlaridagi suv havzalarining sohil bo‘yi yerlari va qirg‘oq mintaqasidan birinchi navbatda dam olish va sport maqsadlarida foydalaniladi.

Umumiy foydalanishdagi yerlarda bu yer qaysi maqsadga xizmat qilsa, faqat shunga mos keladigan imorat va inshootlar qurishga ruxsat beriladi.

Yo‘llar va ariq tarmoqlari egallagan yerlardan tashqari umumiy foydalanishdagi yerlardan tuman yoki shahar hokimining qaroriga binoan yuridik shaxslar va fuqarolarga yengil imorat va inshootlar (savdo chodirlari, do‘konchalar, reklama inshootlari va shu kabilar) qurishda vaqtincha foydalanishga ijara shartlari asosida yer uchastkalari berilishi mumkin.

65-modda. Shaharlar va posyolkalardagi qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan va boshqa yerlar

Shaharlar va posyolkalardagi qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan va boshqa yerlarga qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlarining egaligidagi haydaladigan yerlar, bog‘lar, uzumzorlar, tutzorlar, mevazorlar, polizlar, pitomniklar, yaylovlar, pichanzorlar, sug‘orish, zax qochirish va yo‘l tarmog‘i, imoratlar, hovlilar, maydonlar egallab turgan va boshqa yerlar kiradi.

Shaharlar va posyolkalarning chegarasidagi qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan va boshqa yerlarga qishloq xo‘jaligi hamda o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari uy-joylar, madaniy-maishiy hamda ishlab chiqarish imoratlari qurishni shahar yoki tuman hokimi bilan kelishilgan holda amalga oshiradilar.

66-modda. Shaharlardagi daraxtzorlar egallagan yerlar

Shaharlardagi daraxtzorlar egallagan yerlar aholining dam olishini tashkil etishga, shahardagi mikroiqlimni, atmosfera havosining holatini va sanitariya-gigiyena sharoitlarini yaxshilashga, aholining madaniy-estetik ehtiyojlarini qondirishga, shahar hududini suv va shamol eroziyasidan muhofaza qilishga mo‘ljallanadi. Ular tarkibidagi, daraxtzorlar egallamagan yer uchastkalaridan sport maydonchalari tashkil etish va boshqa ehtiyojlar uchun foydalaniladi.

67-modda. Shaharlar va posyolkalardagi sanoat, transport, aloqa, mudofaa hamda boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar

Shaharlar va posyolkalardagi sanoat, transport, aloqa, mudofaa hamda boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlarga tegishli vazifalarni bajarish uchun korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga va fuqarolarga berilgan yerlar kiradi.

Foydalanish uchun beriladigan yer uchastkasida joylashtirilishi lozim bo‘lgan imorat va inshootlar ro‘yxati yer uchastkasi ajratish uchun talabnoma berish chog‘idagi boshlang‘ich ma’lumotlarda belgilanadi. Foydalanish davrida qo‘shimcha imoratlar va inshootlarni joylashtirish shahar yoki tuman hokimi ana shu ishlar xususida qo‘shimcha qaror qabul qilganidan keyin amalga oshiriladi.

68-modda. Qishloq aholi punktlarining yerlari

Qishloq aholi punktlarining yerlariga yer tuzish tartibida ana shu punktlar uchun belgilab qo‘yilgan chegaralar doirasidagi hamma yerlar kiradi.

Qishloq aholi punktlarining yerlari jumlasiga quyidagilar kiradi:

1) qishloq aholi punktlarining qishloqlar va ovullar hududidagi yerlari;

2) qishloq aholi punktlarining qishloq xo‘jaligi hamda o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari hududidagi yerlari.

Qishloq aholi punktlarining chegarasi tumanlarning davlat hokimiyati organlari tomonidan ularni rejalashtirish, qurish hamda ichki xo‘jalik yer tuzish loyihalariga muvofiq belgilanadi va o‘zgartiriladi.

Qishloq aholi punktlarining yerlaridan foydalanish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

Qishloq aholi punktlarining qishloq xo‘jaligi hamda o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari hududidagi yerlari shahar chegarasiga kiritilgan taqdirda, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar tarkibidan chiqariladi va shaharning tegishli yerlari tarkibiga kiritiladi. Bunda ayrim binolar va inshootlar, ularni obodonlashtirish uchun zarur bo‘lgan yer uchastkalari bilan birga, qishloq xo‘jaligi hamda o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining xohishiga ko‘ra o‘zlarida doimiy foydalanish uchun qoldirilishi mumkin, qolgan binolar va inshootlarning qiymati hamda shu aholi punktlari hududida qilingan boshqa xarajatlar esa yer egalariga va yerdan foydalanuvchilarga mahalliy budjetdan to‘lanadi.

[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Erdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Erlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.03 Sanoat, transport, aloqa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar]

8-BOB. SANOAT, TRANSPORT, ALOQA, MUDOFAA VA BOShQA MAQSADLARGA MO‘LJALLANGAN YERLAR

69-modda. Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlarning tarkibi

Sanoat maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar jumlasiga sanoat korxonalariga, shu jumladan kon sanoati, energetika korxonalariga ishlab chiqarish va yordamchi binolar hamda inshootlar qurish uchun doimiy foydalanishga berilgan yerlar kiradi.

Transport maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar jumlasiga temir yo‘l, ichki suv transporti, avtomobil, havo va truboprovod transporti korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga transport inshootlari, qurilmalari va boshqa obyektlaridan foydalanish, saqlash, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, takomillashtirish va rivojlantirish sohasida ular zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun doimiy foydalanishga berilgan yerlar kiradi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Havo kodeksi 27-moddasi, 58-moddasining to‘rtinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasining “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Avtomobil transporti to‘g‘risida”gi Qonunining 5-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi Qonuni 3-moddasining to‘rtinchi xatboshisi, 22-moddasi.

Aloqa maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar jumlasiga aloqa liniyalarini hamda ularga tegishli inshootlarni joylashtirish uchun aloqa, radioeshittirish, televideniye va axborot korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga doimiy foydalanishga berilgan yerlar kiradi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi Qonuni 19-moddasining to‘rtinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi Qonuni 5-moddasi.

Transport maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarga, kabel, radiorele va aloqa havo liniyalari va elektr uzatish liniyalari o‘tgan yerlarga tutash yerlarda qonun hujjatlari bilan belgilanadigan tartibda muhofaza zonalari o‘rnatiladi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi Qonuni 5-moddasi uchinchi, to‘rtinchi qismlari.

Qurolli Kuchlar, chegara, ichki ishlar va temir yo‘l qo‘shinlarining harbiy qismlari, harbiy o‘quv yurtlari, korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining joylashuvi hamda doimiy faoliyati uchun berilgan yerlar mudofaa ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan yerlar deb e’tirof etiladi.

Boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar jumlasiga korxonalar, muassasalar va tashkilotlar foydalanib kelayotgan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar, aholi punktlarining yerlari, sanoat, transport, aloqa, mudofaa, tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar, shuningdek o‘rmon va suv fondlari yerlari tarkibiga kirmagan qolgan barcha yerlar kiradi.

Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

70-modda. Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa yo‘nalishdagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga yer berish

Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa yo‘nalishdagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga foydalanish uchun yer berish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

 LexUZ sharhi

Qarang: mazkur Kodeksning 23, 24-moddalari.

Sanoat, transport, aloqa va xalq xo‘jaligi boshqa tarmoqlarining korxonalari, muassasalari va tashkilotlari o‘zlari foydalanmayotgan yerlarni tuman va shahar hokimlarining qaroriga binoan qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda va shartlarda yuridik va jismoniy shaxslarga vaqtincha foydalanishga beradilar.

Oldingi tahrirga qarang.

9-bob. Tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar



71-modda. Tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar tarkibi

Tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar muhofaza etiladigan tabiiy hududlar egallagan yerlardan iborat bo‘ladi.

Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan yerlardan iborat bo‘ladi.

Yerlarni tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar jumlasiga kiritish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonuni.

72-modda. Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar

Oldingi tahrirga qarang.

Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar jumlasiga davlat qo‘riqxonalarining, majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalarining, tabiat bog‘larining, davlat tabiat yodgorliklarining, ayrim tabiiy obyektlar hamda majmualarni saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tiklash uchun mo‘ljallangan hududlarning, muhofaza etiladigan landshaftlarning, ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun mo‘ljallangan hududlarning, davlat biosfera rezervatlarining, milliy bog‘larning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarga tabiatni muhofaza qilish maqsadlari uchun berilgan yerlari kiradi. Mazkur yerlarda ularning belgilangan maqsadiga zid bo‘lgan har qanday faoliyat taqiqlanadi.



(72-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonuni 4-moddasining birinchi, ikkinchi qismlari, 7-modasining birinchi, ikkinchi, uchinchi qismlari.

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga salbiy ta’sirning oldini olish maqsadida davlat qo‘riqxonalari, buyurtma qo‘riqxonalar va davlat tabiat yodgorliklari atrofida ularning rejimiga rioya etilishini ta’minlashga zararli ta’sir etadigan xo‘jalik faoliyati va boshqa faoliyat cheklangan yoki taqiqlangan holda muhofaza zonalari tashkil etiladi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonuni 47-moddasi.

Oldingi tahrirga qarang.

Milliy bog‘larning yerlari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.



(72-modda O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)

Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonuni 4-moddasining birinchi, ikkinchi qismlari, 7, 12-moddalari, 18-moddasining birinchi qismi, 19-moddasining birinchi, ikkinchi qismlari, 21-moddasining birinchi qismi, 22-moddasi, 23-moddasining birinchi qismi, 24 — 28, 30-moddalari, 31-moddasining beshinchi qismi, 32, 33-moddalari, 36-moddasining birinchi qismi, 37-moddasi, 38-moddasining birinchi qismi, 39 — 46-moddalari.

73-modda. Sog‘lomlashtirish maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar

Sog‘lomlashtirish maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar jumlasiga kasalliklarning oldini olishni va ularni davolashni tashkil etish uchun qulay tabiiy omillarga, shifobaxsh hamda sog‘lomlashtirish xossalariga ega bo‘lgan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli yuridik shaxslarga foydalanishga berilgan yerlar kiradi. Mazkur yerlarda ularning belgilangan maqsadiga zid bo‘lgan har qanday faoliyat taqiqlanadi.

Aholining davolanishi va dam olishi uchun zarur sharoitlarni, shuningdek tabiiy shifobaxsh hamda sog‘lomlashtirish xossalari muhofaza qilinishini ta’minlash maqsadida sog‘lomlashtirish maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarda kurort tabiiy hududlarning rejimi belgilanadi.

Sog‘lomlashtirish maqsadlariga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonunining 36, 37-moddalari.

74-modda. Rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar

Rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar jumlasiga turizmni va aholining ommaviy dam olishini tashkil etish uchun yaroqli geografik va iqlim sharoitlariga ega bo‘lgan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarga doimiy foydalanishga yoki ijaraga berilgan yerlar kiradi. Mazkur yerlarda ularning belgilangan maqsadiga zid bo‘lgan har qanday faoliyat taqiqlanadi.

Rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksining 47-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonunining 38, 39-moddalari.

75-modda. Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar

Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar jumlasiga tegishli yuridik shaxslarga doimiy foydalanishga berilgan moddiy madaniy meros obyektlarining yerlari kiradi. Mazkur yerlarda ularning belgilangan maqsadiga zid bo‘lgan har qanday faoliyat taqiqlanadi.

Moddiy madaniy meros obyektining o‘zgartirilishi mumkin bo‘lmagan o‘ziga xos xususiyatlarini va uning tarixiy muhitini saqlab qolish maqsadida unga tutash hududda muhofaza zonalari, imoratlar qurishni va xo‘jalik faoliyatini tartibga solish zonalari, muhofaza etiladigan tabiiy landshaft zonalar belgilanadi.

Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlarni ajratish va ulardan foydalanish, ularga tutash hududlarda muhofaza zonalarini, imoratlar qurishni va xo‘jalik faoliyatini tartibga solish zonalarini, muhofaza etiladigan tabiiy landshaft zonalarni belgilash va ularni muhofaza qilish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni 15-moddasining birinchi, oltinchi xatboshilari, 16-moddasining birinchi, ikkinchi, yettinchi xatboshilari, 23-moddasining ikkinchi qismi, 26-moddasining uchinchi qismi, 29 — 33-moddalari.

(9-bob O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvardagi O‘RQ-278-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda)

[
Download 364.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling