Okoz: 11. 00. 00. 00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11. 03. 00. 00 Erdan foydalanish va muhofaza qilish / 11. 03. 01. 00 Asosiy qoidalar] [tsz


Download 364.27 Kb.
bet2/9
Sana17.06.2020
Hajmi364.27 Kb.
#119708
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
30.04.1998

OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Erdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.06.00 Er tuzilishi. Er tuzish jarayoni. Er uchastkalari chegarasini o‘rnatish]

11-modda. Qishloq xo‘jaligining tabiiy moslashuvi jihatidan yerlarni rayonlashtirish

Qishloq xo‘jaligining tabiiy moslashuvi jihatidan yerlarni rayonlashtirish — hududlarning tabiiy sharoitlarni va qishloq xo‘jaligi o‘simliklari agrobiologik talablarini hisobga olgan holda bo‘linishidir.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish qishloq xo‘jaligining tabiiy moslashuvi jihatidan yerlarni rayonlashtirishga muvofiq amalga oshiriladi.

Qishloq xo‘jaligining tabiiy moslashuvi jihatidan yerlarni rayonlashtirish to‘g‘risidagi normativ hujjatlarning talablari yer uchastkalarini qonuniy saqlash vazifalariga taalluqli bo‘lib, yuridik va jismoniy shaxslarga ana shu uchastkalarni berish shartlari jumlasiga kiritiladi.

 LexUZ sharhi

Qarang: mazkur Kodeksning 29-moddasi.

[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Erdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.06.00 Er tuzilishi. Er tuzish jarayoni. Er uchastkalari chegarasini o‘rnatish]

12-modda. Yer tuzishning vazifalari va mazmuni

Yer tuzish yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishni tashkil etishga, yer resurslarini hisobga olish va baholashga, qulay ekologik muhitni vujudga keltirishga va tabiiy landshaftlarni yaxshilashga, yer tuzishning hududiy va ichki xo‘jalik rejalarini tuzishga qaratilgan tadbirlar tizimini o‘z ichiga oladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Yer tuzish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, mahalliy davlat hokimiyati organining topshirig‘iga yoki yuridik va jismoniy shaxslarning talabnomalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining organlari tomonidan amalga oshiriladi;



(12-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 24-iyuldagi O‘RQ-487-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2018-y., 03/18/487/1569-son)

Yer tuzish istiqbolga mo‘ljallangan, loyihalash oldidan, xo‘jaliklararo hamda ichki xo‘jalik yer tuzish turlariga bo‘linadi.

Istiqbolga mo‘ljallangan va loyihalash oldidan amalga oshiriladigan yer tuzishga quyidagilar kiradi:

1) respublika va uning mintaqalarining yer-suv resurslaridan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish chizmalarini ishlab chiqish;

2) tumanlar va viloyatlarning yer tuzilishi chizmalarini ishlab chiqish;

3) tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish bilan bog‘liq istiqbol rejalarini, respublika miqyosidagi va hududiy dasturlarni ishlab chiqish;

Oldingi tahrirga qarang.

4) muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning joylashishi va chegaralari belgilanishini asoslash.



(12-modda to‘rtinchi qismining 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 4-yanvardagi O‘RQ-278-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 1-modda)

Xo‘jaliklararo yer tuzishga quyidagilar kiradi:

1) joyning o‘zida ovullar, qishloqlar, posyolkalar, tumanlar, shaharlar, viloyatlarning chegaralarini belgilash;

2) yerlarning joylashishidagi noqulayliklarni bartaraf etgan holda yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilarning va mulkdorlarning yangi yer uchastkalarini tashkil etish hamda mavjud yer uchastkalarini tartibga solish loyihalarini tuzish;

3) yangi tashkil etilayotgan, qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jalik korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlariga yer ajratib berish loyihalarini tuzish;

4) korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yiladigan yerlarni ajratib berish loyihalarini tuzish;

5) yer uchastkalarini naturada (joyning o‘zida) ajratib berish, yerga egalik qilish huquqini va yerdan foydalanish huquqini, yer uchastkasini ijaraga olish huquqini hamda yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni tayyorlash;

6) yangi yerlarni o‘zlashtirish, qishloq xo‘jalik yerlarini yaxshilash, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish, tuproqni suv va shamol eroziyasidan, sellardan, ko‘chkilardan, suv bosishdan, zaxlashdan, qaqrab qolishdan, zaranglashishdan, ishlab chiqarish chiqindilari, radioaktiv va kimyoviy moddalar bilan ifloslanishdan himoya qilish bo‘yicha ishchi loyihalarini ishlab chiqish;

7) barcha yerlarni ro‘yxatga olish hamda foydalanilmayotgan, samarasiz foydalanilayotgan yoki belgilangan maqsadda foydalanilmayotgan yerlarni doimiy aniqlab borish;

8) yerlarni resurs jihatidan baholash, yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan yer tuzish hujjatlarini ishlab chiqish;

9) yerlarni baholash tadbirlarini o‘tkazish.

Xo‘jaliklararo yer tuzish tumanlar yoki bir-birlari bilan o‘zaro bog‘liq qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari guruhlarining ma’muriy chegaralari doirasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Xo‘jaliklararo yer tuzish loyihalari boshqa tumanlar yoki shahar va posyolkalar hududiga tegishli bo‘lgan hollarda, ularning chegaralarini o‘zgartirish masalalari ma’muriy-hududiy birliklarning chegaralarini joyning o‘zida belgilash tartibida hal qilinadi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy-hududiy tuzilish masalalarini hal etish tartibi to‘g‘risida”gi Qonuni.

Xo‘jaliklararo yer tuzish loyihalari tasdiqlanganidan keyin naturaga (joyning o‘ziga) ko‘chirilib, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar yer uchastkalarining chegaralari belgilangan namunadagi marza belgilari bilan ajratiladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Ichki xo‘jalik yer tuzish turi qishloq xo‘jaligi korxonalarining, muassasalarining va tashkilotlarining hududini ichki xo‘jalik negizida belgilab olishni, qishloq xo‘jalik ekinlarini va ko‘p yillik dov-daraxtlarni joylashtirishni, ilmiy asoslangan almashlab ekishni joriy qilishni, barcha qishloq xo‘jalik yerlarini (pichanzorlar, yaylovlar, bog‘lar, tokzorlar va boshqalarni) joylashtirishni, tuproq eroziyasiga qarshi kurashish tadbirlarini ishlab chiqishni, shuningdek sug‘oriladigan yerlarni kompleks rekonstruksiya qilishni o‘z ichiga oladi.



(12-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 24-iyuldagi O‘RQ-487-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2018-y., 03/18/487/1569-son)

Ichki xo‘jalik yer tuzish turi loyihalarining amalga oshirilishi ustidan yer tuzishning tarkibiy qismi bo‘lgan mualliflik nazorati olib boriladi.

Yer tuzish tartibida yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish bilan bog‘liq boshqa loyihalar ham ishlab chiqilishi mumkin.

Yer tuzish tarkibida topografiya-geodeziya, kartografiya, tuproq, agrokimyo, geobotanika jihatidan, tarixiy-madaniy va boshqa yo‘nalishda tekshirishlar hamda izlanishlar olib borish nazarda tutiladi.

[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Erdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.06.00 Er tuzilishi. Er tuzish jarayoni. Er uchastkalari chegarasini o‘rnatish]

13-modda. Yer tuzish loyihasini ko‘rib chiqish va tasdiqlash

Ma’muriy-hududiy birliklarning chegaralarini joyning o‘zida belgilashga doir materiallar, shuningdek istiqbolga mo‘ljallangan hamda loyihalash oldidan yer tuzish ishlariga doir boshqa materiallar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.

Xo‘jaliklararo va xo‘jalik ichidagi yer tuzish loyihalari qishloq xo‘jaligi hamda o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari mol-mulkining mulkdorlari yoki ular vakolat bergan organlar tomonidan ko‘rib chiqiladi va qabul qilinadi, shuningdek manfaatdor tashkilotlar bilan kelishiladi.

Xo‘jaliklararo yer tuzish loyihalari viloyat hokimi tomonidan tasdiqlanadi. Yuridik va jismoniy shaxslarga yer ajratib berish loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyat, tuman va shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.

Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining ichki xo‘jalik yer tuzish loyihalari tuman hokimi tomonidan tasdiqlanadi. Yer tuzish loyihalariga o‘zgartishlar ushbu loyihalarni tasdiqlagan organlarning ruxsati bilan kiritiladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Yer tuzishni O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi organlari davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiradi. Qishloq xo‘jalik ekinzorlarini joylashtirish, yerlarni yaxshilash va muhofaza qilish, eroziyaga qarshi va melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish borasidagi yer tuzish loyihalarini ishlab chiqish yuridik va jismoniy shaxslarning talabnomalariga muvofiq ular hisobidan amalga oshirilishi mumkin.



(13-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 24-iyuldagi O‘RQ-487-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2018-y., 03/18/487/1569-son)

[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Erdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.04.00 Erning davlat hisobi. Davlat yer kadastri. Er monitoringi]

14-modda. Yer monitoringi

Yer monitoringi yer tarkibidagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash, yerlarga baho berish, salbiy jarayonlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish uchun yer fondining holatini kuzatib turish tizimidan iborat.

Davlat yer kadastrini yuritishni, yerdan foydalanishni, yer tuzishni, yer fondidan belgilangan maqsadda va oqilona foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshirishni, yerlarni muhofaza qilishni axborot bilan ta’minlash yer monitoringi asosida amalga oshiriladi.

Yer monitoringini o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 23-dekabrdagi 496-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida Yer monitoringi to‘g‘risida”gi nizom, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-sentabrdagi 737-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi to‘g‘risida nizom”.

[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Erdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.04.00 Erning davlat hisobi. Davlat yer kadastri. Er monitoringi]

15-modda. Davlat yer kadastri

Davlat yer kadastri yerlarning tabiiy, xo‘jalik va huquqiy rejimi, ularning toifalari, sifat ko‘rsatkichlari va bahosi, yer uchastkalarining joylashgan manzili va o‘lchamlari, ularni yer egalariga, yerdan foydalanuvchilarga, ijarachilarga hamda mulkdorlarga taqsimlash to‘g‘risidagi zarur, ishonchli ma’lumotlar va hujjatlar tizimidan iborat.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat yer kadastri to‘g‘risida”gi Qonuni 3-moddasining birinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 31-dekabrdagi 543-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat yer kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 2-bandi.

Davlat yer kadastri O‘zbekiston Respublikasi davlat kadastrlarining yagona tizimiga kiruvchi davlat va tarmoq tabiat resurslari kadastrlarining asosidir.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat yer kadastri to‘g‘risida”gi Qonuni 3-moddasining birinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi Qonuni 5-moddasi birinchi qismining birinchi, ikkinchi xatboshilari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-fevraldagi 66-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish tartibi to‘g‘risida”gi nizom 1-bandining ikkinchi, uchinchi xatboshilari, 8-bandining birinchi, ikkinchi xatboshilari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 31-dekabrdagi 543-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat yer kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 10-bandi.

Davlat yer kadastri yer munosabatlarini tartibga solish, yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish, yer tuzishni tashkil etish, yer uchun to‘lanadigan haq miqdorini asoslash, xo‘jalik faoliyatiga baho berish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni yer to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlashga mo‘ljallangandir.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 31-dekabrdagi 543-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat yer kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 6-bandi.

Davlat yer kadastri yerning qiymat bahosini aniqlash uchun asos bo‘ladi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Davlat yer kadastri to‘g‘risida”gi Qonunining 19-moddasi.

Davlat yer kadastrining ma’lumotlari yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishda, yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) va ularni olib qo‘yishda, yer uchun to‘lanadigan haq miqdorlarini belgilashda, yer tuzish ishlarini o‘tkazishda, xo‘jalik faoliyatiga baho berishda hamda yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan boshqa tadbirlarni amalga oshirishda majburiy tartibda tatbiq etiladi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat yer kadastri to‘g‘risida”gi Qonuni 23-moddasining uchinchi qismi.

Oldingi tahrirga qarang.

Davlat yer kadastri butun respublika uchun yagona tizim asosida davlat budjeti mablag‘lari hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi organlari tomonidan yuritiladi.



(15-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 24-iyuldagi O‘RQ-487-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2018-y., 03/18/487/1569-son)

Davlat yer kadastrini yuritish topografiya-geodeziya, kartografiya, tuproq, agrokimyo, geobotanika jihatidan va boshqa yo‘nalishda tekshirish va izlanishlar olib borish, yerlarni hisobga olish va ularga baho berish, yer egalarining, yerdan foydalanuvchilarning, ijarachilarning hamda mulkdorlarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini ro‘yxatga olish bilan ta’minlanadi.

Davlat yer kadastrini yuritish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat yer kadastri to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 31-dekabrdagi 543-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat yer kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida”gi nizom.

4-BOB. YERGA BO‘LGAN MULKChILIK, YuRIDIK VA JISMONIY ShAXSLARNING YER UChASTKALARIGA BO‘LGAN HUQUQLARI

[OKOZ:

1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.03.00 Xususiy mulk;

2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.04.00 Ommaviy mulk / 03.08.04.02 Respublika mulki;

3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Erdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.08.00 Erga nisbatan mulk va boshqa huquqlar / 11.03.08.01 Er uchastkasiga mulk huquqi (shuningdek, 03.08.03.00, 03.08.04.00 ga qarang)]

16-modda. O‘zbekiston Respublikasida yerga bo‘lgan mulkchilik

Yer davlat mulki — umummilliy boylikdir, undan oqilona foydalanish zarur, u davlat tomonidan muhofaza etiladi hamda oldi-sotdi qilinmaydi, ayirboshlanmaydi, hadya etilmaydi, garovga qo‘yilmaydi, O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida belgilangan hollar bundan mustasno.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasi, mazkur Kodeksning 18-moddasi, 90-moddasi birinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 5-moddasining birinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 170-moddasi, 214-moddasining birinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 21-yanvardagi PF-745-sonli “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni 3-bandining birinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 5-yanvardagi PF-1030-sonli “Xususiy tadbirkorlikda tashabbus ko‘rsatish va uni rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi Farmonining 12-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 14-noyabrdagi PF-1287-sonli “O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatiya vakolatxonalari va xalqaro tashkilotlarning ish sharoitlarini yaxshilashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonining 1-bandi.

17-modda. Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlari

Yuridik shaxslar ushbu Kodeks va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish, ijaraga olish va mulk huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo‘lishlari mumkin.

 LexUZ sharhi

Qarang: mazkur Kodeksning 18-moddasi, 20-moddasining birinchi — to‘rtinchi qismlari, 24-moddasining birinchi, ikkinchi qismi.

Jismoniy shaxslar ushbu Kodeks va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish, ijaraga olish va mulk huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo‘lishlari mumkin.

 LexUZ sharhi

Qarang: mazkur Kodeks 18-moddasining birinchi, uchinchi qismlari, 19-moddasining birinchi, ikkinchi qismlari, 20-moddasi uchinchi qismining birinchi, ikkinchi, beshinchi xatboshilari, 24-moddasi ikkinchi qismining birinchi, ikkinchi xatboshilari.

[OKOZ:

1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Erdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.08.00 Erga nisbatan mulk va boshqa huquqlar / 11.03.08.02 Er uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi (shuningdek, 03.08.07.03 ga qarang);

2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Erdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Er uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.03 Auksion va shartnomalar va boshqa bitimlarga asosan yerga bo‘lgan huquqlarning paydo bo‘lishi]

18-modda. Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqining vujudga kelishi

Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqi savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlari ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga xususiylashtirilganda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vujudga keladi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 11-apreldagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlarini ular joylashgan yer maydonlari bilan birgalikda hamda yer maydonlarini meros qilib qoldirish sharti bilan umrbod egalik qilish uchun xususiy mulk sifatida sotish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 1 — 12 bandlari.

Diplomatiya vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xalqaro tashkilotlarning yer uchastkalariga mulk huquqi ularga o‘zlari vakolatxona binosi sifatida foydalanayotgan imorat yoki imoratning qismlari, shu jumladan vakolatxona boshlig‘ining qarorgohi ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga, shuningdek mazkur vakolatxonalarning imoratlarini qurish uchun yer uchastkalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda realizatsiya qilinganda vujudga keladi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 479 — 487-moddalari.

Chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarning — diplomatiya korpusi xodimlarining, O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan matbuot vakillarining, firmalar, kompaniyalar va xalqaro tashkilotlar doimiy vakolatxonalari xodimlarining, chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalarda doimiy asosda ishlovchi shaxslarning, shuningdek respublikada doimiy istiqomat qiluvchi va yashash uchun guvohnomasi bo‘lgan shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqi ularga uy-joy binolari shu binolar joylashgan yer uchastkalari bilan birga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda realizatsiya qilinganda vujudga keladi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 479 — 488-moddalari.

[OKOZ:

1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.00 Boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.03 Er uchastkasini umrbod meros qilib qoldiradigan egalik qilish huquqi (shuningdek, 11.03.08.02ga qarang);

2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Erdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.08.00 Erga nisbatan mulk va boshqa huquqlar / 11.03.08.02 Er uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi (shuningdek, 03.08.07.03 ga qarang)]

19-modda. Yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi

O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari:

dehqon xo‘jaligi yuritish uchun;

 LexUZ sharhi

Qarang: mazkur Kodeksning 55-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunining 7, 8-moddalari.

yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun;

 LexUZ sharhi

Qarang: mazkur Kodeksning 27-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksi 22-moddasining birinchi, ikkinchi xatboshilari.

jamoa bog‘dorchiligi va uzumchiligi yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga yer uchastkasi olish huquqiga egadirlar.

 LexUZ sharhi

Qarang: mazkur Kodeksning 56-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-martdagi 51-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Bog‘dorchilik-uzumchilik shirkatlari to‘g‘risida”gi nizomning 3-bandi.

Yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda ham berilishi mumkin.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-noyabrdagi 575-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Qoraqalpog‘iston Respublikasida foydalanilmayotgan yerlarni hamda past rentabelli va zarar ko‘rib ishlovchi qishloq xo‘jaligi korxonalarining yerlarini fuqarolarga meros qilib qoldirish sharti bilan umrbod egalik qilishlari uchun tajriba tariqasida berish to‘g‘risida”gi nizom.

Oldingi tahrirga qarang.

Fuqarolarning yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risidagi guvohnoma bilan tasdiqlanadi.



(19-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 24-iyuldagi O‘RQ-487-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2018-y., 03/18/487/1569-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risidagi guvohnomaning shakli, ushbu guvohnomani ro‘yxatga olish va berish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.



(19-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 24-iyuldagi O‘RQ-487-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2018-y., 03/18/487/1569-son)

[
Download 364.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling